Yekspert tizimlari. Bu tizimlar bilimlar bazasida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni tahlil qilish va foydalanuvchilarning so‘rovlariga ko‘ra, tavsiyalar berishga mo‘ljallangan. Bunday tizimlarni boshlang‘ich ma’lumotlar yaxshi shakllanayotgan (formallashayotgan), ammo qaror qabul qilish uchun keng miqyosdagi maxsus bilimlar talab qilingan hollarda qo‘llaniladi.
Yekspert tizimlari ishlatiladigan sohalar xususan huquqshunoslik, tibbiyot, dorishunoslik, kimyo, geologiya va h.k sohalar kiradi.
Yekspert tizimlarini qo‘llash ilmiy-texnik faoliyatning bilimlar muhandisligi deb ataluvchi alohida sohasiga bog‘liqdir. Bilimlar muhandislari bular ekspert tizimini ishlab chiqaruvchilar (dasturchilar) va fan-texnikaning mukammal sohalaridagi yetakchi mutaxassislari o‘rtasidagi bo‘g‘in sifatida qaraluvchi, alohida malakali mutaxassislardir.
HTML(Huper Text Markup Language) gipermatnlarni belgilash tili muharrirlari (Web-muharrirlari). Bu o‘zida matn va grafik muharrirlarining xususiyatlarini birlashtiruvchi muharrirlarning alohida toifasidir. Ular Web hujjatlar (Internetning Web-sahifalari) deb ataluvchi hujjatlarni tuzish va tahrir qilishga mo‘ljallangan. Web hujjatlar elektron hujjatlar bo‘lib, ularni tayyorlashda Internetdan axborotni qabul qilib olish va uzatish bilan bog‘liq bo‘lgan amallarni bajaruvchi elektron hujjatlardir.
Brouserlar (sharhlovchilar, Web hujjatlarni ko‘rib chiqish vositalari). Bu toifada HTML ko‘rinishda bajarilgan elektron hujjatlar (bu formatdagi hujjatlar Web hujjatlar sifatida ishlatiladi)ni ko‘rib chiqishga mo‘ljallangan dasturiy vositalar kiradi. Zamonaviy Brouserlar faqatgina matn va grafikani qayta tiklash bilan cheklanmaydi. Ular musiqani, inson nutqini qayta yozishlari, Internetda radio eshittirishlarini eshitib ko‘rishni, video konferensiyalarni ko‘rib chiqishni, elektron pochta xizmatlari, telekonferensiyalar (yangiliklar guruhlari) tizimi bilan ishlashni ta’minlashi va ko‘plab boshqa vazifalarni bajarishi mumkin.