Test savollari
1. Buxgalteriya sohasida keng qo‘llangan amaliy dasturlar:
a) *1S
b) format, safeformat, fformat, rformat
c) norton commander, volkov commander
d) autocat, fotoshoor
2. Hisob kitoblar uchun qaysi standart dasturlar ishlatiladi?
a) Wordpad
b) Paint
c) *Kalkulyator
d) Windows
31-mavzu: Yuqori darajali dasturlash tillari va ularning turlari
(2 soat amaliy ishi).
Reja
1. Kompilyatsiya nazariyasining elementlari.
2. Kompilyatorning ishlashining umumiy chizmasi.
3. Translyatsiya kilinadigan dasturlarning turlari.
4. Interpretatorlar.
5. Dasturlash tilining standart kutubxonasi
6. Dasturlar yaratish vositalar
Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog‘lik yunalish tez sur’atlar bilan rivojlanmokda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun kuvvatli va kulay vositalarni tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va CASE-texnologiyalar kiradi.
Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni taominlovchi dasturiy tizimlarni o‘z ichiga oladi. Ularga kuyidagilar kiradi:
— kompilyator va interpretatorlar;
— dasturlar kutubxonasi;
— turli yordamchi dasturlar.
Kompilyatsiya nazariyasining elementlari
Kompilyator – tizimli kayta ishlovchi dastur bulib, yukori daraja dasturlash tilida ѐzilgan dasturni mashina kurinishiga ugiradi (ob’ekt dasturga).
Ob’ekt dasturi mashina kodlarining ketma-keligidan iboratdir.
Kompilyatorning ishi - alfavitni, leksikani, sintaksisni, semantikani (mazmunni) saklagan xolda uzgartirishdir.
Alfavit – til konstruktsiyasini kurishda foydalanish mumkin bulgan belgilar tuplamidir.
Dostları ilə paylaş: |