Delphi asosiy menyu bandlari vazifalari Microsoftoffis standart dasturlarining menyu bandlari vazifalaridan deyarli farqlanmaydi va ulardan foydalanishtartibi ham xuddi shunday saqlanadi.
Asboblar paneli va komponentalar ro‘yxati
Ob’ektlar daraxti
Ob’ektlar inspektori
Dastur formasi
Ob’ektlar inspektoridan foydalanish Windows uchun tuzilgan programmaning ichki tuzilishi konsol programmalarning ichki tuzilishidan farqlanadi. Dastur bajarilishida kalit so‘zlar bo‘lgan begin va end orasiga olingan operatorlarni windows boshqacha shaklda boshqaradi, yani ularni hodisa deb qaraydi. Har bir hodisaning o‘ziga mos xossalari mavjud. Dasturlashda bu xossalardan keragini tanlab ishlatiladi. Bu tanlash ob’ektlar inspektorida qilinadi. Ob’ektlar inspektori ikki qismdan iborat Properties yani xodisalar va Events xossalar. Delphi ning xarakterli tomoni shundan iboratki, agar biz biror kompanentadan foydalansak, ob’ektlar inspektori unga mos xodisalarni ajratib ko‘rsatib turadi. Masalan biz biror yangi forma xosil qilgan bo‘lsak, ob’ektlar inspektorida captionda Form1 yozuvi turadi. Agar biz xoxlasak Form1ning o‘rniga yangi o‘zimizning programmaga mos nomimizni berishimiz mumkin. Har bir kompanentaga obektlar inspektorida unga tegishli xodisa va shu xodisaga mos xossalar bo‘ladi.
Delphi dasturlash tilining yana bir xarakterli tomoni shundan iboratki, agar biz dasturda biror tugmaga qandaydir vazifani yuklamoqchi bo‘lsak, shu tugmaning ustida sichqonchani ikki marta chertilsa, shu tugmaga mos keluvchi protseduraning ichiga avtomatik ravishda kiritib qo‘yadi. Bundan tashqari dastur tuzish jarayonida formadan modulning ichiga va moduldan formaga o‘tishga extiyoj bo‘ladi, buning uchun asboblar panelidan ToggleForm-Unit tugmasi tanlanadi yoki F12 tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi.
Formalar bilan ishlash Delphida tuziladigan dasturlar biror forma asosida qilinadi. Delphida har bir yangi hosil qilingan formaga unga mos bo‘lgan modul avtomatik tashkil qilinib turiladi. Bu esa dasturchi uchun juda qulay imkoniyat, yani uning ishini tezlashtirishga yordam beradi.
Bu formaning shaklini tanlash, unda kompanentalarni joylashtirish bizning ixtiyorimizda bo‘ladi. Formaga biror kompanentani qo‘ymoqchi bulsak, shu kompanentaning ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosiladi. Bu kompanenta formaning o‘rtasiga joylashadi. Biz uni xoxlagan joyimizga surib ko‘chirishimiz mumkin.