O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə125/151
tarix25.07.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137457
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   151
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi-www.hozir.org

MaxLength xossasi. Ushbu xossadan uchala ob’ektga kiritiladigan simvollarni cheklash uchun foydalaniladi.

MaskEdit komponentasining umumiy xossalaridan tashqari qo‘shimcha xossalarga ham egadir. Ushbu xossadan bu ob’ekt orqali klaviaturadan kiritiladigan simvollarni filterlash uchun foydalaniladi. Maska qanday simvol qabul qilinishi yoki qilinmasligini aniqlaydi.

-ListBox komponentasi.


Ushbu komponenta foydalanuvchiga tanlash uchun elementlar ro‘yxatini ko‘rsatadi. Ayrim payti siz o‘z dasturingizda juda ko‘p elementlarning ro‘yxatini ko‘rsatish lozim bo‘lib qoladi. Bunday xolatlar uchun ro‘yxatlar darchasida standart ko‘rinishdagi surgich paydo bo‘ladi va yordam beradi. Ro‘yxatlar paneliga elementlarni qo‘shish yoki olib tashlash mumkin. Ushbu komponentaning ichki ko‘rinishini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan turli xil xossalari mavjud.
Ro‘yxatlar darchasini formada joylash uchun ko‘p joy zarur bo‘ladi. Kombinatsiyalashgan panel komponentasi Combo Box ni formada joydan ekonom qilish uchun foydalanish qulayroqdir.

-ComboBox komponentasi.


Combo Box komponentasi Sombination Boxes so‘zidan qisqartirilgan bo‘lib List Box komponentasiga o‘xshashdir. Lekin kombinatsiyalashgan darcha kam joyni talab qiladi va bir vaqtning o‘zida bitta elementni ko‘rsatadi.
Demak List Box komponentasi bilan Combo Box komponentasining farqi bir vaqtning o‘zida qancha element ko‘rsata olishda ekan. Joydan tejash maqsadida Combo Box dan foydalanish qulayroq bo‘lsa, ko‘proq elementni ko‘rsatish uchun List Box dan foydalanish qulay.

Button va Check Box komponentalari.

Button (tugma) va Check Box komponentalarining ko‘pgina Windows muhitida uchratish mumkin.

Button (tugma) komponentasi.
Bu komponenta odatda dialog darchalarida foydalaniladi. Ko‘pgina Windows dasturlarida tanish bo‘lgan Ok va Cancel juftligini ko‘rgansiz. Ammo sizga tugma komponentasidan foydalanish uchun diolog darchasini yaratish shart emas. Tugma komponentasini siz dasturingizning istalgan joyida joylashtirishingiz mumkin.

-BitBtn komponentasi.


Grafik tugma komponentasi oddiy tugma komponentasiga judaham o‘xshashdir. Delphi tugmalarning standart majmuasini taklif qiladi. Bularni dasturingizda yaratish uchun tanlab olishingiz mumkin.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin