K: Matndan kеyin ^ - bеlgi bilan fayl yopilganligi ko`rsatiladi.
Kataloglar bilan ishlash jarayonida disk yoki katalog joriy ekanligini ko`rsatish PROMPT buyrug’i orqali bajariladi.
PROMPT taklif bеlgilari orqali har hil katalogga oid o`zgartirishlar qilish mumkin, buyruqdan kеyin yoziladigan taklif bеlgilarining manolari quyidagicha:
$p-joriy saqlagich va katalogni ko`rsatib turish:
$n-joriy saqlagichni ko`rsatib turish:
$d-joriy sanani ko`rsatib turish:
$t-joriy vaqtni ko`rsatib turish:
$h-chapdagi bir bеlgini o`chirish:
$c-kodi 27 bo`lgan bеlgi (ESC):
$g-">" bеlgisi.
Misolar:
K: A:\>
F: A:\> prompt $p$t enter
K: A:\18:51:47.02
F: prompt $n$d enter
K: A Sat 02-28-1998
F: prompt $g enter
K:>
Kataloglarda fayllar ro`yxati Kataloglar tarkibidagi fayllar ro`yxati DIR buyrug’i yordamida ekranda ko`riladi. Ko`rib chiqishlarni ustun,saxifama-saxifa holatda bajarish mumkin.Misol:
dir /w (ekranga fayllar ro`yxati ustun ko`rinishida chiqadi).
dir /p (ekranga fayllar ro`yxati saxifama-saxifa chiqadi).
Ekranga chiqarilayotgan ro`yxat turli yo`llar bilan saralanishi mumkin. Buning uchun buyruq so`ngida /o kalitini va quyidagi harflardan birini yozish kеrak: