WINDOWS COMMANDER dasturidan chiqish uchun [Alt]+[F4] tugmachasi ustiga ko‘rsatkich keltirilib “sichkoncha” tugmachas ibosiladi.
Test savollari
1. WINDOWS COMMANDER dasturidja fayl, papkalarni arxivlashda qaysi tugmachalardan foydalaniladi?
a) ALTF6
b) *ALTF5
c) CTRLF5
d) SHIFTF5
2. WINDOWS COMMANDER dasturida arxivlangan faylni yoyishda qaysi tugmadan foydalaniladi?
a) ALTF6
b) ALTF5
c) CTRLF5
d) *ALTF9
19-mavzu: Dasturiy ta’minotning holati va rivojlanish tendensiyalari (2 soat ma’ruza).
Reja:
Dasturiy ta’minotning hayotiy tsikli
Dasturiy ta’minot hayotiy tsikli modulining evolyutsiyasi
Dasturiy ta’minot ishlab chiqilishini tezlashtirish
Dasturiy ta’minotning hayotiy tsikli deb, ayrim dasturiy ta’minotni yaratish g‘oyasi boshlangan vaqtdan uning ishlab chiquvchi – firma tomonidan qo‘llab – quvvatlash tugagan vaqtgacha bo‘lgan davrga aytiladi.
Hayotiy tsikl jarayonining tarkibi xalqaro standart ISO / IEC 12207:1995 “Information Technology – Software Life Cycle Processes” («Axborot texnologiyalari – dasturiy ta’minot hayotiy tsiklining jarayoni») bilan tartibga solinadi.
ISO – International Organization for Standardization - Standartlashtirish xalqaro tashkiloti.
IEC – International Electro technical Commission – Elektrotexnika bo‘yicha xalqaro komissiya.
Ushbu standart dasturiy ta’minot hayotiy tsiklining tuzilmasini va uning jarayonini tavsiflaydi.
Ishlab chiqish jarayoni (Development process) standartiga muvofiq ishlab chiquvchi tomonidan bajarilayotgan amallar va vazifalarni ko‘zda tutadi, hamda, berilgan talablarga muvofiq dasturiy ta’minot va uning komponentlarni yaratish bo‘yicha ishlarni jumladan, loyiha va ekspluatatsion hujjatlarni rasmiylashtirishni, shuningdek, ishlash qobiliyatini va xodimlarni o‘qitish uchun zarur bo‘lgan dasturiy ta’minot materiallar sifatiga muvofiqligini tekshirish uchun zarur materiallar tayyorlashini qamrab oladi.
Standart bo‘yicha ishlab chiqish jarayoni quyidagi amallarni o‘z ichiga oladi:
tayyorgarlik ishi– standartlar, usullar va ishlab chiqish vositalari hayotiy tsiklining modelini tanlash, shuningdek, ishlar rejasini tuzish;
tizimga qo‘yiladigan talablarni tahlil qilish– uning funktsional imkoniyatlarini, ishonchlilik va xavfsizlikka qo‘yiladigan talablar, tashqi interfeyslarga qo‘yiladigan talablar va hakozo aniqlash;
tizim arxitekturasini loyihalashtirish- zarur uskuna, dasturiy ta’minot tarkibi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan bajariladigan amallarni aniqlash;
dasturiy ta’minotga qo‘yiladigan talablarni tahlil qilish– funktsional imkoniyatlarni jumladan, ishlab chiqarish tavsifi, komponentlar, tashqi interfeyslarning ishlash muhitini, ishonchlilik va xavfsizlik talablarni foydalaniladigan ma’lumotlarga, o‘rnatishga, qabul qilishga, foydalanish uchun hujjatlarga, ekspluatatsiya qilishga va kuzatishga qo‘yiladigan talablarni aniqlash;
dasturiy ta’minot arxitekturasini loyihalash – dasturiy ta’minot tuzilmasini aniqlash, interfeyslar, uning komponentlarini hujjatlashtirish, foydalanish xujjatlarning dastlabki versiyasini, shuningdek, testlarga qo‘yiladigan talablarni va integratsiya qilish rejasini ishlab chiqish;
dasturiy ta’minotni batafsil loyihalash– dasturiy ta’minot va ular o‘rtasidagi interfeyslar komponentlarining batafsil izohi, foydalanish hujjatlarini yangilash, dasturiy ta’minot komponentlarining testlash rejasi va testlarga qo‘yiladigan talablarni hujjatlartirish, komponentlar integratsiya rejasini yangilash;
dasturiy ta’minotni kodlash va testlash– har bir komponentni, shuningdek, testli protseduralarning jamini va ularni testlash uchun ma’lumotlarni ishlab chiqish va hujjatlashtirish, komponentlarni testlash, foydalanish xujjatlarini yangilash, dasturiy ta’minot integratsiya rejasini yangilash, dasturiy ta’minotni integratsiya qilish – integratsiya qilish rejasiga muvofiq dasturiy komponentlarni yig‘ish va o‘z xususiyatlariga mos keluvchi, hamda, berilgan ekspluatatsiya qilish sharoitlarida foydalanishga tayyor sifatida dasturiy mahsulotni kvalifikatsiyalash zarur bo‘lgan mezonlar to‘plamini yoki sharoitlardan iborat kvalifikatsion talablarga muvofiqligiga dasturiy ta’minotni testlash;
dasturiy ta’minotni malakaviy (kvalifikatsion) testlash- dasturiy ta’minotni buyurtmachi ishtirokida uning ekspluatatsiya qilish talablariga muvofiqligi va tayyorgarligini namoyish qilish uchun testlash, bunda texnik va foydalanish xujjatlarinining tayyorgarligi va to‘liqligi tekshiriladi;
tizimning integratsiyasi- barcha tizim komponentlarini, jumladan, dasturiy ta’minot va uskunani yig‘ish;
tizimni malakaviy testlash – talablarning tizimga muvofiqligi uchun tizimni testlash va xujjatni rasmiylashtirilishi va to‘liqligini tekshirish;
dasturiy ta’minotni o‘rnatish- dasturiy ta’minotni buyurtmachining uskunasiga o‘rnatish va uning ishlash qobiliyatini tekshirish;
dasturiy ta’minotni qabul qilish- dasturiy ta’minotni malakaviy testlash natijalarini va butun tizimni baholash, hamda, buyurtmachi bilan birgalikda baholashning natijalarini, buyurtmachiga dasturiy ta’minotni oxirgi uzatishni xujjatlashtirish.
Dostları ilə paylaş: |