Viruslarga qarshi chora-tadbirlar Kompyuterni viruslar bilan zararlanishidan saklash va axborotlarni ishonchli saqlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
- kompyuterni zamonaviy antivirus dasturlar bilan ta’minlash;
- disketalarni ishlatishdan oldin har doim virusga qarshi tekshirish;
- qimmatli axborotlarning nusxasini har doim arxiv fayl ko‘rinishida saqlash.
Kompyuter viruslariga karshi kurashning quyidagi turlari mavjud:
- viruslar kompyuterga kirib buzgan fayllarni o‘z holiga qaytaruvchi dasturlarning mavjudligi;
- kompyuterga parol bilan kirish, disk yurituvchilarning yopiq turishi;
- disklarni yozishdan ximoyalash;
- litsenzion dasturiy ta’minotlardan foydalanish va o‘g‘irlangan dasturlarni qo‘llamaslik;
- kompyuterga kiritalayotgan dasturlarning viruslarning mavjudligini tekshirish;
- antivirus dasturlaridan keng foydalanish;
- davriy ravishda kompyuterlarni antivirus dasturlari yordamida viruslarga qarshi tekshirish.
Antivirus dasturlaridan DrWeb, Adinf, AVP, VootCHK va Norton Antivirus, Kaspersky Security kabilar keng foylalaniladi.
Eset Nod 32 Antivirus dasturini o‘rnatish uchun avvalambor kompyuterdagi oldin o‘rnatilgan antivirus dasturini o‘chirib tashlash kerak, so‘ngra ESET NOD32 Antivirus 4.2.64.12 Final (x32).exe faylini tanlaymiz. Ekranda quyidagi oyna hosil bo‘ladi
Agar Eset Nod 32 Antivirus ni o‘rnatmoqchi bo‘lsak, Dalee tugmachasi bosiladi.
Litsenziyani qabul qiluvchi oyna hosil bo‘ladi. U yerdan Ya prinimayu usloviya litsenzinnogo soglasheniya bandini tanlaymizda Dalee tugmachini bosamiz.
Eset Nod 32 Antivirus antivirusini qaysi papkaga o‘rnatishni so‘raydi u yerdan Dalee tugmasini bosgandan so‘ng, keyingi oynadan Ustanovit tugmasini bosamiz.
Barcha ishlarni bajarib bo‘lgandan so‘ng kompyuterni o‘chirib yoqishni so‘raydi va u yerdan Da tugmasini bosamiz.