Test savollari
1. Arxivlanadigan fayllarni himoyalash maqsadida ARJ da quyidagicha belgi bilan parol o‘rnatiladi:
a) -e
b) -m
c) *-g
d) -f
2. Arxivlanadigan fayllarni himoyalash maqsadida PKZIP da quyidagicha belgi bilan parol o‘rnatiladi:
a) *-s
b) -v
c) -a
d) -l
22-mavzu: Antivirus dasturiy vositalar (2 soat amaliy).
Reja
1. Kompyuter viruslaridan axborotlarga ruxsatsiz kirish va ulardan foydalanishni tashkil etish;
2. Antivirus dasturlari;
3. Viruslarga qarshi chora-tadbirlar
4. Eset Nod32 Antivirus dasturidan foydalanish
Hozirgi vaqtda viruslarni yo‘qotish uchun ko‘pgina usullar ishlab chiqilgan va bu usullar bilan ishlaydigan dasturlarni antiviruslar deb atashadi. Antiviruslarni, kullanish usuliga ko‘ra, quyidagilarga ajratishimiz mumkin: detektorlar, faglar, vaktsinalar, privivkalar, revizorlar, monitorlar.
Detektorlar — virusning signaturasi (virusga taalluqli baytlar ketma-ketligi) bo‘yicha tezkor xotira va fayllarni ko‘rish natijasida ma’lum viruslarni topadi va xabar beradi. Yangi viruslarni aniqlab olmasligi detektorlarning kamchiligi xisoblanadi.
Faglar — detektorlarga xos bo‘lgan ishni bajargan holda zararlangan fayldan viruslarni chiqarib tashlaydi va faylni oldingi xolatiga kaytaradi.
Vaktsinalar — yuqoridagilardan farqli ravishda himoyalanayotgan dasturga urnatiladi. Natijada dastur zararlangan deb hisoblanib, virus tomonidan o‘zgartirilmaydi. Faqatgina ma’lum viruslarga nisbatan vaktsina qilinishi uning kamchiligi hisoblanadi. Shu bois xam, ushbu antivirus dasturlari keng tarqalmagan.
Privivka — fayllarda xuddi virus zararlagandek iz qoldiradi. Buning natijasida viruslar «privivka qilingan» faylga yopishmaydi.
Filtrlar — quriqlovchi dasturlar kurinishida bo‘lib, rezident holatda ishlab turadi va viruslarga xos jarayonlar bajarilganda, bu haqda foydalanuvchiga xabar beradi.
Revizorlar — eng ishonchli himoyalovchi vosita bo‘lib, diskning birinchi holatini xotirasida saqlab, undagi keyingi o‘zgarishlarni doimiy ravishda nazorat qilib boradi.
Detektor dasturlar kompyuter xotirasidan, fayllardan viruslarni qidiradi va aniqlangan viruslar xaqida xabar beradi.
Doktor dasturlari nafaqat virus bilan kasallangan fayllarni topadi, balki ularni davolab, dastlabki holatiga qaytaradi. Bunday dasturlarga Aidstest, Doctor Web dasturlarini misol kilib keltirish mumkin. Yangi viruslarning to‘xtovsiz paydo bo‘lib turishini hisobga olib, doktor dasturlarini ham yangi versiyalari bilan almashtirib turish lozim.
Filtr dasturlar kompyuter ishlash jarayonida viruslarga xos bo‘lgan shubhali harakatlarni topish uchun ishlatiladi.
Bu xarakatlar kuyidagicha bo‘lishi mumkin:
• fayllar atributlarining o‘zgarishi;
• disklarga doimiy manzillarda ma’lumotlarni yozish;
• diskning ishga yuklovchi sektorlariga ma’lumotlarni yozib yuborish.
Tekshiruvchi (revizor) dasturlari virusdan ximoyalanishning eng ishonchli vositasi bo‘lib, kompyuter zararlanmagan holatidagi dasturlar, kataloglar va diskning tizim maydoni holatini xotirada saklab, doimiy ravishda yoki foydalanuvchi ixtiyori bilan kompyuterning joriy va boshlangach holatlarini bir-biri bilan solishtiradi. Bunga ADINF dasturini misol qilib keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |