O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


Ish yuritishning integrallangan tizimlari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə102/151
tarix25.07.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137457
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   151
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi-www.hozir.org

Ish yuritishning integrallangan tizimlari. Rahbarning ish joyini avtomatlashtirish vositalaridan iborat. Bunday tizimlarning asosiy vazifalariga eng oddiy hujjatlarni yaratish (tuzish), tahrir qilish, formatlash vazifalari, elektron pochta, faks va telefon aloqasi funktsiyalarini markazlashtirish, korxonaning hujjatlar aylanmasini dispetcherlashtirish, monitoring qilish, ma’muriy xo‘jalik faoliyatini optimallashtirish hamda tezkor axborotlarni yetkazib berish kiradi.

Hisobchilik (buxgalterlik) tizimlari. Bu o‘zida matn va jadval muharrirlarini, elektron jadval bazalarini boshqarish tizimlarining vazifalarini birlashtirgan ixtisoslashgan tizimdir.
U korxonaning birlamchi (boshlang‘ich) buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash va ularni hisobga olishni avtomatlashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish, xo‘jalik, moliyaviy faoliyat yakunlari bo‘yicha soliq idoralari byudjetidan tashqari jamg‘armalar va statistika hisobi idoralariga taqdim etish uchun belgilangan shakllardagi muntazam hisobotlarni avtomatik tarzda tayyorlash uchun mo‘ljallangan.
Korxonada buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish masalasi hal qilinayotgan paytda unga me’yoriy hiquqiy baza o‘zgarganda bunga moslashish vositalari mavjud bo‘lishi zarurligini hisobga olish kerak.
Moliyaviy tahliliy tizimlar. Bu toifa dasturlari bank va birja tuzilmalarida ishlatiladi. Ular moliya, tovar va xom-ashyo bozorlaridagi vaziyatni nazorat qilish, ro‘y berayotgan hodisalarni tahlil qilish, ma’lumotlar va hisobotlar tayyorlash vazifasini bajaradi.

Geoaxborot tizimlari (GAT) kartografiya va geodeziya ishlarini tipografik hamda aerokosmik usullardan olingan axborot asosida avtomatlashtirishga mo‘ljallangan.

Videomontaj tizimlari. Video materiallarga ratsiya orqali ishlov berish, ularni montaj qilish, video effektlarni yaratish, materiallardagi nosoz joylarni tuzatish, tasmaga ovoz, titr va subtitrlarni tushirish uchun mo‘ljallangan.
O‘zining rivojlangan ichki tasniflash tizimlariga ega bo‘lgan amaliy-dasturiy vositalarning ayrim toifalari o‘rgatuvchi, rivojlantiruvchi, ma’lumotlar beruvchi va ko‘ngilochar tizimlar hamda dasturlarni taqdim etadi. Dasturiy ta’minotning ushbu sinflarining o‘ziga xos tomonlari tarkibidagi mul’timediya qismiga talabning (musiqaviy kompozitsiyalardan foydalanishda) yuqoriligidadir.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin