O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə99/151
tarix25.07.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137457
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   151
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi-www.hozir.org

Grafik muharrirlari. Bu grafik tasvirlarni yaratish va ishlov berish uchun mo‘ljallangan dasturlarning juda keng toifasidir (sinfi). Ushbu toifaga rastr muharrirlari, vektor muharrirlari va uch o‘lchamli grafikani (3D-muharrirlari) yaratish va ularga ishlov berish uchun ishlatiladigan dasturiy vositalar kiradi.
Rastr muharrirlari bilan rassomlar an’anaviy usullardan foydalanuvchilar, undan rasmni kompyuterga maxsus apparat vosita (skaner)lari yordamida kiritib, ishni rastr muharriri yordamida maxsus effektlar kiritish yo‘li bilan tugallashni afzal ko‘radilar.
Vektor muharrirlari rastr muharrirlaridan tasvir haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilish usuli bilan ajralib turadi. Vektor tasvirining elementar ob’ekti nuqta emas chiziqdir. Bunday yondashuv chiziqlar shakli, uni tashkil etuvchi ayrim nuqtalarning rangi haqidagi axborotga qaraganda ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lgan chizmalar va grafiklar bilan ishlash uchun xos. Vektor muharrirlari tasvirlarni yaratish uchun qulaydir. Ulardan reklama sifatida keng qo‘llaniladi, ularni matbaa nashrlarining muqovalarini bezashda va badiiy ishlov berishda, chizmachilikka yaqin bo‘lgan hamma joyda qo‘llash mumkin.
Uch o‘lchamli grafika muharrirlari uch o‘lchamli kompozisiyalarni tuzish uchun ishlatadi. Ular ikkita o‘ziga xos xususiyatga ega. Birinchidan, ular aks ettirilayotgan ob’ektlar yuzasi shakllarini yoritish manbalarining xususiyatlari bilan o‘zaro harakat aloqasini sharoitga moslashtirib boshqarish keng imkon beradi, ikkinchidan uch o‘lchovli animatsiya yaratish imkonini beradi. Shuning uchun uch o‘lchovli grafika muharrirlarini ko‘pincha 3D-animatorlar ham deb ataladi.


Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Ma’lumotlar bazasi deb jadval tuzilmalarga tushirilgan ma’lumotlarning katta to‘plamlariga aytiladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar:
• ma’lumotlar bazasini bo‘sh (to‘latilmagan) tuzilmasini yaratish;
• uni to‘ldirish vositalarini yoki boshqa bazaning jadvallaridan ma’lumotlar importini taqdim etish;
• ma’lumotlarga yo‘llash, ulardan foydalanishni osonlashtirish imkonini ta’minlash, shuningdek, izlash va filtrlash (saralash, tozalash) vositalarini taqdim etish.
Tarmoq texnologiyalarining yoyilishi munosabati bilan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan butun jahon kompyuter tarmog‘ining serverlarida joylashgan uzoqlashtirilgan va taqsimlangan resurslar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lish ham talab qilinadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin