O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə100/151
tarix25.07.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137457
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   151
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi-www.hozir.org

Yelektron jadvallar. Elektron jadvallar turli tipdagi ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berish uchun mo‘ljallangan kompleks vositalardan iborat. Elektron jadvallar raqamli tipdagi ma’lumotlar bilan ishlash uchun ancha keng imkoniyatlarni taqdim etadi.
Yelektron jadvallar bilan ishlashning sodda va qulayligi buxgalteriya sohasida, moliya, xom ashyo va tovar bozorlarini tahlil qilishning universal natijalariga, ishlov berishning qulay vositalari sifatida, ya’ni raqamli ma’lumotlarning yetarli darajada katta hajmlarida doimiy takrorlanib turadigan hisob-kitoblari zarur bo‘lgan hamma joylarda keng qo‘llanishiga sabab bo‘ldi.


Avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari (ALT). Mazkur tizimlar loyiha-konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Mashinasozlik, asbobsozlik, me’morchilikda qo‘llaniladi.
ALT – tizimlarining o‘ziga xos, ajralib turuvchi xususiyati loyihalashtirishning hamma bosqichlarida texnik shartlar, me’yor va qoidalarga konstruktorni (yoki me’morni) ijodiy bo‘lmagan ishlarni bajarishdan ozod qiladi. Masalan, mashinasozlikda ALT mahsulotning yig‘ish chizmasi bazasida detallarning ishchi chizmalarini avtomatik ravishda bajarish ikkinchisiga o‘tish izchilligini ko‘rsatgan holda zarur texnologik hujjatlarni tayyorlash, zarur sabablar, dastgohlar va nazorat moslamalarini tayorlash, shuningdek, raqamli dasturiy boshqaruvli dastgohlar va sanoat robotlari hamda moslanuvchan avtomatlashtirilgan liniyalar uchun boshqaruv dasturlarini tayyorlashga qodirdir. Bugungi kunga kelib, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari usiz moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlari (MIChT) va texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (TJBAT)ni amalga oshirish va qo‘llash o‘z samaradorligini yo‘qotuvchi zarur komponentga aylanib bormoqda.


Doimiy nashriyot tizimlari. Bu toifa (sinf) dasturlarining vazifasi matbaa nashrlarini sahifalash jarayonini avtomatlashtirishdan iboratdir. Dasturiy ta’minotning bu sinfi matn protsessorlari va avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari o‘rtasidagi oraliqni egallaydi.
Matn protsessorlaridan doimiy nashriyot tizimlari matnning parametrlari va grafik ob’ektlari bilan o‘zaro aloqador harakatlarini boshqarishning kengaytirilgan vositalarining mavjudligi bilan farqlanadi.
Doimiy nashriyot tizimlaridan foydalanishning tipik usuli ularni matn protsessorlari va grafik muharrirlari oldindan ishlovdan o‘tgan hujjatlarda ham qo‘llash mumkin.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin