O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə57/151
tarix25.07.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137457
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   151
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi-www.hozir.org

Himoyalash. Ixtiyoriy foydalanuvchi o‘z ishiga boshqa foydalanuvchilaming monelik qilishini xohlamaydi. Shu sababli sistema foydalanuvchilarni dastur va ma’lumotlarini o‘zgalar xatolari ta’siridan hamda aralashuvidan himoya qilishi lozim.


  • Samaradorlik. Odatda, operatsion sistemaning o‘zi EHM ning katta resursini egallaydi. Bu resurslar foydalanuvchi ixti- yoriga berilmaydi. Demak, sistemaning o‘zi ancha ixcham bolishi va EHM resurslarini har tomonlama samarali bosh- qarishi lozim.


  • Qulaylik. Operatsion sistemada ko‘p hollarda bir paytda ikki va undan ortiq foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion sistema orqali turli maqsadli va turli algoritmli masalalarni hal qiladi. Ravshanki, bunday holda har bir foydalanuvchiga keng qulayliklar yaratilishi talab etiladi. Shu bois, mazkur xususiyat operatsion sistemaning muhim jihati hisoblanadi.

    Hozirgi kundagi operatsion sistemalarning quyidagi xarakterli tomonlarini ajratish mumkin:


    • ma’lumotlarni xotirada saqlashni tashkil etish vositasi — fayl sistemasidan foydalanish;


    • imkoniyatlari turlicha chegaralangan ko‘p foydalanuvchilik jihatining mavjudligi;


    • vaqtni taqsimlash asosidagi ko‘pmasalalilik.


    Har qanday operatsion sistema, asosan, quyidagi 3 ta vazifani bajaradi:


    • qurilmalarni (printer, klaviatura, disk yurituvchi va boshqalar) boshqarish;


    • dasturlami boshqarish (yuklash, bajarish va boshqalar);


    • buyruqlar va ko‘rsatmalami bajarish.


    OT rivojlanish bosqichlari.



    Birinchi davr (1945-1955 yillar).
    Hammaga ma’lumki, kompyuter ingliz matematigi Charlz Bebich tomonidan 18-asr oxirida kashf etildi. Uning “analitik mashina”si haqiqatda ishlay olmadi, chunki u vaqtdagi texnologiyalar hisoblash texnikasi uchun zarur bo‘lgan aniq mexanika detallarini tayyorlash bo‘yicha zarur talablarni qondiradigan texnologiyalar mavjud bo‘lmagan. Yana eng asosiy narsa, u vaqtda kompyuter operatsion tizimga ega bo‘lmagan.
    Raqamli hisoblash mashinalarini yaratishda, ikkinchi jahon urushidan keyin ma’lum progress-rivojlanish yuz berdi. 40 yillar o‘rtalarida 1-chi lampali mashinalar yaratildi. U vaqtda ayni bir guruh mutahassislar hisoblash mashinalarini ham loyihalashda, ham ekspluotatsiya qilishda va dasturlashda ham shu guruh mutahasislari ishtirok etganlar. Bu jarayon ko‘proq, kompyuterdan instrument-uskuna sifatida turli amaliy sohalar masalalarini yechishda foydalanish emas, balki hisoblash texnikasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishiga yaqinroq edi.
    Dasturlash faqat mashina tilida amalga oshirilar edi. OT to‘g‘risida gap ham yo’q edi, chunki hisoblash jarayoni tashkil qilish masalalari, har dasturchi tomonidan boshqaruv pulti orqali “qo‘lda” yechilar edi.
    Pult oldida faqat bitta foydalanuvchi o‘tirish mumkin edi. Dastur mashina xotirasiga eng yaxshi xolatda perfokarta kolodasidan kiritilar edi, odatda esa o‘tkazish paneli (panel pereklyuchateley) yordamida yuklanar edi.
    Hisoblash tizimi bir vaqtning o‘zida faqat bitta operatsiyani (kiritish-chiqarish yoki hisoblashlar) bajarar edi. Dasturni sozlash boshqarish panelidan xotira va mashina registri xolatini o‘rganish yordamida olib borilar edi. Bu davr oxirida birinchi tizimli dasturiy ta’minot yuzaga keldi; 1951-1952 yillar simvolli tillar (Fortran va boshq) dan birinchi kompilyatorlar versiyalari yuzaga keldi, 1954y esa IBM-701 uchun Assembler ishlab chiqildi.
    Vaqtning eng ko‘p qismi dasturni ishga tushirishga ketib qoldi, dasturlarning o‘zi esa qat’iy ravishda ketma-ket ishlov berish rejimi deb ataldi.
    Xulosa qilib aytganda, birinchi davr, hisoblash tizimlarining yuqori narhi, ularning soni kamligi va foydalanishning past samarali bilan belgilandi.


    Yüklə 0,54 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   151




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin