O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə83/129
tarix06.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#125650
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   129
Tuproqlar-geografiyasi-2019-20-majmua-

“Tuproqlar geografiyasi” Umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1-kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. “Tuproqlar geografiyasi” fani aniq va tabiiy fanlar turkumiga kiradi. Predmetlararo bog’lanishni to‘g’ri amalga oshirish uchun o‘qituvchi Geografiya o‘qitish metodikasi yo‘nalishi xususiyatlarini hisobga olishi juda muhimdir. Mazkur fan boshqa geografiya fanlarining nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z rivojida aniq yo‘nalishdagi geografiya fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.


II. O‘quv fanining maqsad va vazifasi
“Tuproqlar geografiyasi” fanining maqsadi fanningning tadqiqot ob’ekti va predmeti, tadqiqot usullari, fanning rivojlanish bosqichlari, tuproq hosil bo‘lish omillari, tuproqning tabiat komponenti sifatida boshqa komponentlar bilan o‘zaro ta’sir va aloqada rivojlanishi, tuproqlarning turlari, xossalari, geografik tarqalishi, uni xaritalashtirish masalalariga oid bilimlar berish.
Fanning oldiga qo‘yilgan vazifalari quyidagilardan iborat:

  • tabiatda modda va energiya almashuvining tuproq hosil bo‘lishidagi ahamiyatini tushintirish;

  • gipergenez to‘g‘risidagi tushunchalarni tanishtirish;

  • pleystosen yotqiziqlar asosiy tuproq hosil qiluvchi jinslar ekanligini tushintirish;

  • tuproqlarning umumiy fizik va fizik-kimyoviy xossalari to‘g‘risida bilimlar berish;

  • tuproq va tuproq hosil qiluvchi tog‘ jinslarining mineral va kimyoviy tarkibi to‘g‘risida bilimlar berish;

  • tuproq hosil qiluvchi tog‘ jinslarining tuproqlar geografiyasiga ta’siriga oid bilimlar berish;

  • tuproqlar morfologiyasi tog‘risida bilimlar berish;

  • tuproqlar tasnifi haqida bilimlar berish;

  • tuproqlarning zonal tarqalishi to‘g‘risida bilimlar berish;

  • toglarda tuproqlarning balandlik mintaqalari qonuniyatlari asosida joylashishiga oid bilimlar berish;

  • O‘zbekiston tuproqlari to‘g‘risida batafsil bilimlar berish;

  • vohalardagi tuproqlarga oid bilimlar berish;

  • tuproq xaritalari va ularning ahamiyati haqidagi bilimlar berish;

  • tuproq muhofazasiga oid bilimlar berish.

“Tuproqlar geografiyasi” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- tuproqlarning hosil bo‘lishi, tuproqning tabiat zonalari va balandlik mintaqalari bo‘ylab geografik tarqalish qonuniyatlari, tuproq kesmalarini qo‘yish, genetik qatlamlarni ajratish, ularni xaritada tasvirlash, tuproqlar geografiyasi bo’yicha bilimga;
- qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo‘lgan tuproqlarning hosil bo‘lish jarayoni, rivojlanishi, tarkibi va xossalari hamda ularning geografik tarqalish qonuniyatlari, tuproq xaritalarining iqtisodiyotda qo‘llash ko’nikmalariga;
- tuproqlarning mexanik tarkibi, fizik va suv xossalarini mustaqil ravishda aniqlay olish, tuproqlar geografiyasini xaritaga tushira olish va ularni tahlil qilish malakasiga ega bo‘lishi kerak;



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin