olti hosil bo`ladi>> <> Bu sonlarning
yozuvdagi <<+>> va <<->> belgilarining manosi ushbu alomat bo`yicha
o`zlashtiriladi: Agar ko`payadigan (kamayadigan) bo`lsa, demak, qo`shamiz
(ayiramiz), demak <<+>> (<<->>) belgisini qo`yish kerak.
Ikkinchi sinifda birinchi darslardan boshlab ifodalarning nomlari kiritiladi:
3+2 Bu uch va ikki sonlarning yig`indisi. U beshga teng.
37
6-4. Bu olti va to’rt sonlarning ayirmasi u ikkiga teng.
Matematik nutqni rivojlantirish uchun bunday topshiriq berish foydalidir:
<
>
Navbatdagi darslarda og`zaki sanoq ishida matematik diktant berilib unda
misollar turlicha ifodalanadi:
1. 5ga 4ni qo`shing.
2. 6 va 4 sonlarning yig`indisini toping
3. 9ni 3ta kamaytiring.
4. Birinchi qo`shiluvchi 2, ikkinchi qo`shiluvchi 7, natijani toping.
5. Kamayuvchi 7, ayriluvchi 3, natijani toping.
6. 6ni 2ta ortiring va h/k.
II bosqich. Ikkiknchi bosqichda matematik ifodalar bilan tanishish ko`pincha
1-bosqich amallari deb ataladigan
4+5-3, 3+3+3
Kabi ifodalarga va 2-bosqich amallari deb ataladigan
8:2*3, 5*4:10, 3*2*4 20:2:5.
kabi ifodalarga xosdir.
Bunday ifodalarni hisoblash usullari ochib berayotib, o`qituvchi matematiklar
bunday ifodalarning qiymatlarini, ularda amallar qanday tartibda yozilgan bo`lsa shu
tartibni bajarib hisoblashga kelishib olganliklarini aytadi va bunday ifodalarni
o`qishni o`rgatadi:
4+5-3-<>
5*4:10-<>
III bosqich Bu bosqichdagi ifoda to`rt amalning hammasini o`z ichiga oladi:
5*3+10, 43-7*6, 4*8+15:5, 27:3-2*4,
Bunday ifodalarda xam eng sodda ifodalarni birlashtiradigan amallar belgilari
ikkiyoqlama ma’noga ega: Qanday amalni bajarish ekanligini bildiradi va ifodani
belgilash uchun xizmat qiladi.
Murakkab ifodalarni tuzish matematik diktant yordamida kiritilishi mumkin,
masalan, <
hisoblamasdan yigirma sonini qo`shing qanday ifoda hosil bo`ladi,>>
38
8*4+20, (Sakkiz va to`rt sonlarining ko`paytmasiga yigirma sononi qo`shdik)
Buni qanday tartibda yozgan bo`lsak shu tartibda hisoblaymiz. Avval
ko`paytirishni bajaramiz; 8*32, natijaga 20ni qo`shamiz: 32+20=52. <<+>> ishorasi
nimani bildiradi. (20 soni bilan qanday amal bajarish kerakligini bildiradi)? Biz
20 sonini qo`shdik, shuning uchun u qo`shiluvchi bo`ladi. 20ni nimaga qo`shdik
(8*4 ko`paytmaga), demak, 8*4 ko`paytma ham bizning ifodaga qo`shiluvchi bo`ladi.
Uni bunday o`qish mumkin: birinchi qo`shiluvchisi 8 va 4 sonlarining ko`paytmasi,
ikkinchi qo`shiluvchisi esa 20 bo`lgan yig`indi ko`pkarra mashqlar jarayonida
o`qituvchining intonatsiyasini diqqat bilan tinglab va gapning tuzilishini tahlil etib,
o`quvchilar murakkab ifodalarning yozilish usulini egallaydilar, ikkala komponenti
(tashkil etuvchisi) ifodalar orqali berilgan ifodalar yoziladi va hisoblanadi (5*3+8:2,
26:2-3*4)
IV bosqich. Bu bosqichga qavslarni o`z ichiga oladigan ifodalar xosdir.
Qavslarni kiritishga doir dars shu qo`llanmaning <> bobida kiritilgan edi.
Bu dars bo`lagining variantlaridan biri mana bunday: Katakli taxtachada
kartochkalari qo`yilgan
Topshiriq: kartochkalardan foydalanib ifodalar tuzing ularni aytib berig.
O`quvchilar tuzadilar:
(2va7 sonlarining
yig`indisi)
(7va2 sonlarning ayirmasi). O`qituvchi bu
ifodalarni
kartochkalar bilan
almashtiradi va
kartochkalarni qo`shadi.
Keyin bu ifodalarning qiymatlarini qanday hisoblanishi aniqlashtiriladi.
O`qituvchi tuzilgan ifodalardan sonlar yig`indisi (ayirmasi) <> qamalgan
deb tushuntiradi.
7
2
+
-
7
+
2
2
+
7
-
7
2
7+2
7-2
2+7
-
+
10
39
Daftarlarda bunday uychalarni chizish noqulay. Shu saababli uychaning poilni
va shiftini olib tashlaymiz, devorlarini esa bir oz egriroq qilamiz qavslarni hosil
qilamiz. Ifodalar bunday ko`rinishni oladi:
10+(7+2), (7-2)+10, 10-(7+2).
Amallar tartibini aniqlash oson-avval qavslar ichidagi, keyin ikkinchi amalni
hisoblaymiz, bu ifodalarni o`qishni o`rganamiz: so`ngi amalni ajrat, natijaning
nomini ayt va keyin ifodani o`qi.
1. 10 soniga 7 va 2 yig`indisini qo`shish kerak
2. 7 va 2 ayirmasiga 10 sonini qo`shish kerak
3. 10 soni bilan 7 va 2 sonlari yig`indisi orasidagi ayirmani topish kerak.
Amallar tartibini bajarishda bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish
maqsadida ushbu mashqlar takilf etiladi:
1. Qavslarni shunday qo`yingki tengliklar to`g`ri bo`lsin:
25-15:5=2, 3*6-4=6, 48:8-2=4.
2. Yuldizchalar o`rniga <<+ yoki ->> belgilarini shuday qo`yingki to`g`ri
tengliklar hosil bo`sin.
38*3*7=34, 38*3*7=42,
3. Yulduzchalar o`rniga amallar ishoralarini shunday qo`yingki, Tengliklar
to`g`ri bo`lsin.
12*5*2=4, 12*6*2=24.
4. Yozilgan misollar juftliklaridan amallar tarkibi qoidalari bo`yicha
hisoblangan misollarni ko`chirib oling:
60-20:4=10, 4*3+20:5=16.
b) Ifodalarni aynan almashtirish.
Ifodani aynan almashtirish bu berilgan ifodani qiymati shu ifodaning qiymatiga
teng bo`lgan boshqa ifoda bilan almashtirishdir.
100 ichida arifmetik amallarning bajarilishi arifmetik amallarning xossalariga
va bu xossalaridan kelib chiqadigan natijalarga asoslangan.
Sonni yig`indiga qo`shish, sonni yig`indidan ayirish, yig`indini songa
ko`paytirish sonni yig`indiga ko`paytirish va bo`lish xossalari bilan tanishish
natijasida bolalar natijani turli usul bilan topish mumkinligiga ishonch hosil qiladilar.
40
Amallarning xossalari haqidagi bilimlarni o`quvchilar berilgan ifodalarni
aynan teng ifodalarga almashtirishga tadbiq etadilar, bunday ko`rinishdagi
topshiriqlar taklif etiladi.
1. Ifodalarning qiymatlarini uch xil usul bilan top:
30+(40-20), (20+34)-4.
2. Tenglikning chap tomonida yozilgan ifodalarini taqqoslang: ularning nimasi
o`xshash, nimasi bilan farq qiladi?
(10+6)+3=10+(6+3)=10+9=19.
3.Quyidagi ifodalarda yozuvni shunday davom ettirki,<> belgisi
saqlanib qolsin:
[80:[(4*10)]=80:10…,
50-(30+5)=50-30………..
4. Ifodalarni taqqoslang va >, <, = belgilarini qo’y:
7+7+7*7*9, 12+12 12*2 , 5*4+5 5*5, 8*5 – 8 8*4
Agar qavsli ifodalarda qavslar amallar tartibiga ta’sir etmasa, ularni qo’ymaslik
mumkinligini aynan almashtirishlar asosida ko’rsatish mumkin.
(40+20)+10=40+20+10, (10*60):4=10*6:4
C) Harfiy ifodalar bilan tanishtirish
2a+3, a+b, c-4 kabi yozuvlar o’zgaruvchili ifodalar yoki harfiy ifodalar deb
ataladi, o’zgaruvchi bu belgi (simvol) bo’lib, uni sonlar bilan almashtirishga ruhsat
etiladi. Bunday sonlar to’plami o’zgaruvchining qiymatlari deb ataladi.
Bolalar birinchi sinfdayoq ushbu ko’rinishdagi misollarni yechadilar:
[] +-2 []+-3 va hokazo.
<
> bu o’zgaruvchidir. Bu darchaga turli sonlarni qo’yib, ifodalarning
turli qiymatlarini topamiz.
Ikkinchi sinfda <> (<>) ifodalar bilimlarni
umumlashtirish bosqichida
[] +0=[], []-0=[]
Kabi va topshiriqlarni umumiy ko’rinishda berish usuli
[] +[] = [], [] – [] = []
41
Bu kabi kvadratchalarni sonlar bilan almashtirib, <
> saklida
beriladi. Biroq bu topshiriqlar o’zgaruvchili ifodalarning oshkormas ko’rinishda
berilishidir. To’rtyilllik maktabning uchinchi sinfida o’zgaruvchini harfiy ifodalash
kiritiladi.
42
2.4. Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda algebra
elementlarini o`rgatishga bag`ishlangan bir soatlik dars ishlanmasi. (2 – sinf
uchun viktorina darsi)
Darsning maqsadi: o'quvchilarning o'tilgan bo'limlar yuzasidan olgan
bilimlarini mustahkamlash, ularning guruh-guruh bo'lib ishlash, bir-biriga o'zaro
hurmat, do'stona munosabatda bo'lish malakalarini shakllantirish, fikrlash
qobiliyatlarini oshirish, tezkor va chaqqon harakat qilishga o'rgatish.
Dars turi: mustahkamlash.
Dars uslubi: musobaqa, savol-javob.
Jihozlar: har bir guruh - ishtirokchilari ko'kraklariga taqish uchun emblemalar,
4 ta shart uchun avvaldan tuzib qo'yilgan misol, masala, tenglama, krossvord
yechimi, tezkor savollarga javoblar yozilgan konvertlar to'plami, g'olib guruh uchun
ko'krak nishoni, ovoz yozib olingan tasma, og'zaki masala tuzish uchun har xil
rasmlar, o'quvchilarga berish uchun ertak kitobcha va ruchkalar.
Doskaga «Amir Temur», «Alisher Navoiy», «Mirzo Ulug'bek», «Xorazmiy»,
«Beruniy» va «Abu Ali ibn Sino» kabi guruh nomlari yozilgan konvertlar yopishtirib
qo'yilgan. Har bitta guruh uchun 5 nafardan o'quvchiga mo'ljallangan partalar
joylashtiriladi. Guruhlar emblemasiga allomalarimizning tarixda qoldirgan buyuk
ishlarini tasvirlovchi rasmlar chizilgan.
«Amir Temur» guruhi emblemasiga qilich bilan qalqon tasviri;
«Alisher Navoiy» guruhi emblemasiga kitob bilan pat-qalam; «Mirzo
Ulug'bek» guruhi emblemasiga oy, yulduz va koinot tasviri;
«Xorazmiy» guruhi emblemasiga geometrik shakllar; «Beruniy» guruhi
emblemasiga yer shah, globus;
«Abu Ali ibn Sino» guruhiga qadahga chirmashgan ilon tasviri chizilgan.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) O'quvchilarni darsga hozirlash.
b) Har bir guruhni baholab borish uchun hakamlar hay'ati a'zolarini saylash.
43
Hakamlarga har bitta guruh emblemasidagi tasvir tushirilgan ball qo'yish
uchun 5 ta shart yozilgan oq qog'oz beriladi. Hakamlardan diqqat bilan
ishtirokchilarni kuzatib borishlah so'raladi. Har bir ishtirokchi uchun 1dan 5gacha
raqamlardan misol, masala, tenglama, krossvord yechish uchun maxsus kodlangan
varaqlar taxlab qo'yilgan bo'ladi. Ishtirokchilar 5ta shart bo'yicha baholanib boriladi.
Har bitta shartni to'g'ri bajargan o'quvchi 1 ball bilan rag'batlantiriladi. Har bir
guruhga qo'ng'iroqchalar qo'yilgan. Birinchi bo'lib shartni bajarib bo'lgan guruh
qo'ng'iroqni chaladi va uni hakamlarga beradi. Hakamlar ularning ishini o'z vaqtida
baholab boradilar.
II. Asosiy qism.
Sardorlar o'z guruhlarini tanishtiradilar. (Tanishtirishga ijodiy yondashish
mumkin). Doskaga sana, mavzu va 5ta shart yozib qo'yi'lgan.
1 - shart. Misollar yechish.
2 - shart. Masala yechish.
3 - shart. Tenglama yechish.
4 - shart. Tezkor savollarga javob berish.
5 - shart. Geometrik materiallar.
1- shart. Har bir guruhga misollar solingan 6ta konvert topshiriladi.
29 + (45 - 43) = 31
64 + (38 - 28) = 74
48 + (43 - 40) = 51
42 + (36 - 30) = 48
36 + (24 - 14) = 46
45 + (35 + 15) = 95
Shart tugagach, hakamlar baholab bo'lgunlaricha o'quvchilar raqamlar haqida
she'rlar aytadilar. Hakamlar baholarni e'lon qiladilar.
2-shart. Masala yechish. Guruhlarga 6ta masala solingan konvert tarqatiladi.
Ishtirokchilarga maslahatlashib olishlari uchun bir daqiqa vaqt beriladi. Guruh
ishtirokchilari masalaning qisqacha shartini va yechimini yozib olishadi. Shart
bajarilgach, sardor qo'ng'iroq chaladi.
1.1- katakda — 9 ta tovuq
2- katakda — ? (2 ta ortiq)
2. Bir chiziqli — 15 ta
44
Katak daftar — ? (4 ta ortiq)
3. 1- bo'lakda—15 kg
2- bo'lakda — ? (4 kg ortiq)
4. 1 - shoxda — 19 ta
2- shoxda — ? (4 ta kam)
Bor edi — 23 ta bidon
Olib ketildi — ? (3 ta kam)
1- bo'lakda— 18 m chit
2- bo'lakda — ? (8 m kam)
O'quvchilar masalalarni yechib bo'lgach, sardor ularni hakam-larga beradi.
Hakamlar 2- shartni baholaguncha, o'quvchilar matematik maqollar aytadilar.
- Sanamay sakkiz dema.
- Birni kessang, o'nni ek.
- Birni ko'rib shukur qil, birni ko'rib fikr.
- Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda.
- Yetti o'lchab, bir kes.
3-shart. Tenglama yechish. Yana 6ta konvertga solingan tenglama tarqatiladi.
1. .x-2= 18
4.
х-7 = 42
2.
х : 5 = 4 5. х • 8 = 48
3
. х : 9 = 2 6. х • 5 = 25
Hakamlar baholaguncha, kodoskop bilan masala sharti yozilgan ko'rgazma
namoyish etiladi. Birinchi masala javobini topgan guruh 5 ball bilan rag'batlantiriladi.
Har bir shartdan keyin hakamlar baholarni e'lon qiladi. Hakamlar
baholaguncha telefon orqali (awaldan yozib olingan) masala eshittiriladi.
Masala. Men bir son o'yladim. Uni 4 soniga bo'lganda bo'linma 5ga teng
bo'ldi. Men qanday son o'yladim?
Ushbu masalani tenglama usulida yechish kerakligi aytiladi. Eng birinchi bo'lib
qo'ng'iroq chalgan guruh doskaga chiqib masalani yechadi va 5 ballni qo'lga kiritadi.
Hakamlar guruhlar olgan ballarni e'lon qiladilar.
4- shart. Tezkor savollarga javoblar.
15t a misol beriladi. Eng birinchi bo'lib qo'ng'iroq chalgan guruh javob beradi.
Har bitta to'g'ri javobga 1 ball qo'shiladi.
45
54:9 = 6 12:2 = 6
10:5 = 2 7-7 = 49
6-2 = 12 15:5 = 3
3-4=12 6-3 = 18
0-45 = 0 12:4 = 3
18:3 = 6 23-0 = 0
45:5 = 9 20: 10 = 2
1x100=100
5- shart. Geometrik shakllar bilan topshiriqlar bajarish.
Hakamlar baholarni e'lon qilgunlariga qadar guruhlarga «Klaster» usulida
yozilgan misollar tarqatiladi. Belgilangan 5 daqiqa ichida birinchi bo'lib misolni
yechgan guruh 5 ball bilan rag'batlantiriladi.
Hakamlar oxirgi shartning ballini va umumiy ballami e'lon qiladilar.
Doskadagi guruhlar nomi yozilgan konvertlarga umumiy ballar yozilgan kartochkalar
solinadi. G'olib guruhga ko'krak nishoni topshiriladi. Sardorlar bellashuvi o'tkaziladi.
Eng ziyrak, zukko, bilimdon sardor saylab olinadi. Har bir sardorga rasm solingan
ko'rgazma tarqatiladi. Rasm asosida og'zaki masala tuzish va masalada aytilgan
narsaning ahamiyati, foydali tomonlari haqida so'zlab berish topshiriladi. Eng yaxshi
masala tuzgan sardor ko'krak nishoni bilan taqdirlanadi.
III. Darsni yakunlash. Bu dars davomida barcha o'quvchilar ishtirok etadi.
Eng muhimi, o'quvchilar jamoa bilan ishlashni o'rganadilar. Ular o'zgalar fikrini
hurmat qilishga, iqtidorli o'quvchilarga tenglashishga harakat qiladilar.
46
2.5. Noan’anaviy o’qitish usullaridan foydalanilgan holda o’tilgan
1 soatlik dars ishlanmasi. (3-sinflar uchun)
Maqsadlar: O'quvchilarni matematika fanidan olgan bilimlarini
mustahkamlash, ularni erkin, mustaqil ishlashga o'rgatish, aqliy faoliyatini
kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va o'stirish.
Darsning jihozi: Sinf xonasi chiroyli bezatilgan. «Bilimdonlar bellashuviga
xush kelibsiz!», “Zukkolarga oq yo’l”, «Quvnoqlarga quvonch yor bo'lsin» shiorlari
osilgan. Har bir guruhni baholab borish uchun ballar yozilgan kartochkalar, rag'bat
uchun bayroqchalar, g'olib va faol ishtirokchilarga berish uchun turli ertak kitoblar,
albomlar hozirlangan. Guruh a'zolari o'z joylarini egallaydilar.
Tadbirning sharti: Sinfda.gi o'quvchilarning eng iqtidorlilaridan 12 nafari
tanlab olinadi va guruhlarga birlashtiriladi. Bellashuv jarayonida har bir guruhga
4 tadan shart qo'yiladi. Ularga,matematika fanidan misol va masalalar, topishmoqlar,
boshqotirmalar yechish topshirig'i beriladi.
Har bir guruhda 4 tadan o'quvchi bo’lishi kerak. Eng avval sardorlar
tayinlanadi va guruhlarga nom qo'yiladi.
Tadbir O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boshlanadi.
O'qituvchi: Assalomu allaykum, hurmatli ustozlar, aziz davramiz
ishtirokchilari! «Bilimdonlar bellashuvi»ga xush kelibsiz! Bugungi bellashuvda siz,
o'quvchilarimizning birinchi yarim yillikda olgan bilimlarini qay darajada ekanligini,
ularni nechog'li topqirliklarini guvohi bo’lasiz. Ishtirokchilarni davraga taklif etsak.
O'qituvchi guruh; va uning sardorlarini birma-bir tanishtiradi.
1-guruh — «Bilimdonlar»
2-guruh — «Zukkolar»
3-guruh — «Quvnoqlar»
Tanishuv tugagach, qizlar ijrosida qo'shiq raqsi bilan ijro etiladi. O’qituvchi
bellashuv shartlari bilan tanishtiradi.
1-shartga guruh a'zolari matematika faniga oid she'riy masalaga javob
berishlari kerak bo'ladi. . I
To'g'ri javob 5 ball bilan baholanadi.
47
2-shart: O'tilgan mavzularga doir 4 tadan misol yechish.
3-shart: Masalalar yechish.
4-shart: Savollarga og’zaki javob berish.
5-shart: Boshqotirmani yechish va so'nggi, 6-shartda esa sardorlar o'zaro
bellashadilar. Unda “Kim marraga tez yetadi?» o'yini o’ynaladi. Qaysi guruh ko’p
ball to'plasa, shu guruh g'olib bo’lishi va bayroqcha bilan taqdirlanishi, guruh sardori
«Oltin toj» sohibiga aylanishi ham aytib o'tiladi. Shartlar tanishtirilgach, bolalar
raqslarimizdan birini ijro etadilar.
1-shart: She'riy masala.
Ko'm-ko'k archa ostida jajji belanchak, Belanchakda hayvonlar uchar
xushchaqchaq. 9 malla bo'richa, 7 tulkicha, 8 ayiq bolasi va 2 juft quyoncha.
Hisoblang, bolajonlar, hammasi qancha?
2-guruhga:
O'ynar edi ? ta qizaloq,
Keng chamanzorda. Ularga qo'shildi 14 dugona, Ayting, ja'mi qizlar sonini.
Ular bo'ldi nechta?
3-guruhga Hovlimizda bor shaftoli daraxti, Mevalari juda totli. Xil-xil pishgan
mevalarni «Sanab ko’rsam 45 dona. Farrux yebdi 5 ta kecha, Qani toping bari
nechta?
Musiqali ta’naff us o'tkaziladi.
1-shart bo'yicha hay'at a'zolarining qo'ygan ballari e'lon qilinadi.
2-shart: Har bir guruh uchun 4 tadan misol doskaga yozib qo'yiladi.
O'quvchilar misollarni yechishlari kerak.
1. «Bilimdonlal'» guruhiga: 48-37= 100-13= (35+18)-12= 46+34=
2. «Zukkolar» guruhiga: 72-28= 100-26= 80-(50-14)= 72-1-18=
3. «Quvnoqlar» guruhiga: 48-27= 100-18=100-(35+23)= 26+44=
Guruhlarning ishlari hay'at a'zolari tomonidan baholanadi va e'lon qilinadi.
2-shart bajarilguncha o'quvchilar ilm, kitob haqida she'rlardan namunalar
aytishadi. 3-shart: Masalalar yechish.
1. «Bilimdonlar»guruhiga:
48
Birinchi likobchada 15 ta, ikkinchi likopchada undan 8 ta kam, uchinchi
likobchada esa ikkinchi likopchadagidan 2 ta ortiq nok bor. Uchala likobchadagi
noklar nechta?
2. «Zukkolar» guruhiga: Birinchi qopda 18 kg, ikkinchisida undan 7 kg ortiq,
uchinchi qopda esa birinchi qopdagiga qaraganda 3 kg ortiq sabzi bor. Uchala qopda
necha kilogramm sabzi bor?
3. «Quvnoqlar» guruhiga: «Tiko» avtomobilida 29 litr, «Neksiya»
avtomobilida undan 39 litr ortiq, «Matiz» avtomobilida esa «Neksiya»
avtomobilidagidan 12 litr kam benzin bor. Uchala mashinada necha litr benzin bor?
3-shart qanday bajarilgani hay'at a'zolari tomonidan baholanadi va e'lon
qilinadi.
Qiziar ijrosida raqs ijro etiladi.
4 shart: Savollarga og'zaki javob berish.
Har bir guruhga 4 tadan savol beriladi.
1. «Bilimdonlar» guruhiga:
1. 60 soni 20 sonidan nechta ortiq?
2. 20 sm necha dm ga teng?
3. Birinchi kesmaning uzunligi 7 sm, ikkinchi kesma undan 11 sm uzun,
uchinchi kesma ikkinchisidan 3 sm kalta. Uchala kesmalarning uzunligini toping.
4. 67 sonidan oldin, lekin 63 sonidan keyin kelgan sonlarni ayting.
2. «Zukkolar» guruhiga:
1. 80 soni 154 sonidan nechta kam?
2. 40 sm necha dm ga teng?
3. Birinchi kesma 9 sm, ikkinchi kesmaning uzunligi undan 8 sm qisqa,
uchinchi kesmaning uzuniigi ikkinchi kesmadan 3 sm uzun. Uchala kesmalarning
uzunligini toping.
4. 84 sonidan keyin, lekin 89 sonidan oldin kelgan sonlarni ayting.
Dostları ilə paylaş: