12
1.2. Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim
samaradorligini oshirish omili.
Ma’lumki, kadrlar tayyorlash Milliy dasturining uchinchi bosqichida ta’lim
muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarining yanada mustahkamlanishi,
o’quv-tarbiya jarayonini yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik
texnologiyalar bilan to’liq ta’minlanishi asosiy vazifa qilib belgilangan.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o’quvchilarning o’quv va
ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini
kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida boy tajriba to’plangan
bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar o’ziga xos ahamiyatga egadir.
Yangi dars berish metodlaridan asosiysi «interaktiv» metod bo’lib, hozirda
uning chala tarjimasi ko’p hollarda «interfaol» deya yuritiladi. «Interaktiv» atamasi
aslida inglizcha «interactive» so’zidan olingan bo’lib, «o’zaro ta’sirlanish» ma’nosini
bildiradi va biror faoliyat yoki muammoni muloqotda, o’zaro bahs-munozara, fikrlash
asnosida, hamjihatlik bilan hal etish tushuniladi. Ammo biz ayrim o’quv
qollanmalarini varaqlaganimizda «o’qitishning interaktiv metodlari» termini
qo’llanishining ham guvohi bo’ldik. Shunday ekan, yuqoridagi kabi terminlarning
turlicha nomlanish holatlari kabi muammoning yechimini topishni va unga aniqlik
kiritishni endilikda soha mutaxassislari e’tiboriga qaratamiz.
Haqiqatan ham, interaktiv metodning ma’nosi to’gri izohlangan, lekin biz
ushbu metodni o’rganish jarayonida «Xalq ta’limi», «Boshlang’ich ta’lim»,
«Uzluksiz ta’lim» jurnallarini hamda «Ma’rifat» gazetasi kabi vaqtli nashrlarni
varaqlaganimizda muallif, olim, o’qituvchi, tadqiqotchilar tomonidan ushbu metod
ko’p o’rinlarda interfaol metod deya qayd etilganligining guvohi bo’ldik.
Ta’lim berish jarayoni bevosita o’qitish metodi bilan uzviy bog’liqdir.
Metodika sizning qanday texnik vosita yoki kitoblardan foydalanayotganingiz emas,
balki sizning ta’limingiz qanday tashkil etilayotganligidir. Boshqacha qilib aytganda,
o’qitish metodi ta’lim oluvchi va o’qituvchining o’qitish jarayonidagi o’zaro aloqa
shaklidir. Biz oxirgi jumlaga misol va ko’rgazma bilan aniqlik kiritamiz.
13
O’qituvchi va o’quvchi orasidagi jarayon aslida o’quvchini u yoki bu bilim,
ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish maqsadida bog’lab turganligini ko’rsatadi.
Agar keng ko’lamda oladigan bo’lsak, o’qitishning birinchi kunlaridan to shu
kungacha o’qituvchi va o’quvchi orasida keng ma’noda uch xil bog’lanish
shakllangan bo’lib, u o
’
z tasdig’ini topgan. Buni quyidagi chizmadan ko’rish mumkin
(strelkalar faoliyat yo’nalishini biidiradi).
Yuqoridagi chizmalardan ko’rinib turibdiki, uslubiy yondashuvda o’qitishning
barcha metodini uch guruhga bo’lishimiz mumkin.
1. Nofaol metod;
2. Faol metod;
3. Interaktiv metod.
Ko’rsatib o’tilgan har bir uslubiy yondashuv o’ziga xos xususiyatga ega.
Quyida biz uslubiy yondashuvlarni atroflicha ko’rib chiqamiz. Shu bilan birga asosiy
diqqatimizni o’qitishning interaktiv usullariga qaratamiz.
Nofaol uslubiy yondashuv. 1-chizmada ko’rinib turibdiki, bu o’quvchi bilan
o’qituvchi orasidagi bog’liqlik shaklidir. Bunda o’qituvchi darsning asosiy
harakatlanuvchi figurasi hisoblanadi, o’quvchilar esa nofaol eshituvchi sifatida
namoyon bo’ladi. Mazkur metod darslardagi teskari mustaqil savol-javoblarda,
nazorat ishlarida, test va boshqa usullarda aks etadi. Nofaol metod o’quvchilarning
o’quv materialini o’zlashtirishlaridagi eng samarasiz usul hisoblanadi, lekin uning
o’ziga xos ijobiy tomoni mavjud. Bu xildagi darslarga tayyorgarlik ko’rishda ko’p
mehnat talab qilinmaydi. Chegaralangan vaqt oralig’ida katta miqdordagi o’quv
materialini topishga imkon beradi. Shuni hisobga olib, ayrim o’qituvchilar uni boshqa
metodlardan ustun qo’yadilar. Darhaqiqat, ayrim hollarda bu metod tajribali va
malakali o’qituvchining ishga yondashuvida ijobiy natijalar berishi mumkin.
Ayniqsa, o’quvchilar o’rganayotgan predmetlarning maqsadini va tub mohiyatini
aniq belgilab olgan bo’lsalar, maqsadga muvofiqdir. Nofaol darsning keng yoyilgan
shakli ma’ruzadir. Bu dars turi oliy o’quv muassasalarida keng tarqalgan bo’lib, biz
talabalarni to’liq shakllangan predmetni chuqur o’rganishni maqsad qilgan shaxs
sifatida ko’ramiz. Lekin faol metodlar yanada ko’proq foydali natijalarni
berishi mumkin.
14
2-chizmadagi faol uslubiy yondashuvda o’qituvchi bilan o’quvchi bir-biri bilan
o’zaro aloqada bo’ladi. Dars jarayonida o’quvchi nofaol tinglovchi emas, balki
darsning faol ishtirokchisiga aylanadi. Agar nofaol dars metodida asosiy harakat
qiluvchi figura o’qituvchi bo’lgan bo’lsa, bu metodda o’qituvchi va o’quvchi teng
huquqqa egadir. Nofaol darslar o’qitishning avtoritar uslubiga ega bo’lgan bo’lsa,
faol metodlar demokratik uslubga egadir.
Faol va interfaol yondashuvlarda esa umumiylik ko’proq ko’zga tashlanadi.
Umuman olganda, interaktiv metodni ko’proq yangi faol metodlarning shakli sifatida
ko’rishimiz mumkin. Faol metodlardan farqli o’laroq, interaktiv metodlar nafaqat
o’qituvchi va o’quvchining o’zaro aloqasini, balki o’qitish jarayonida ularning o’zaro
bir-biri bilan faol munosabatda bo’lishlariga yo’naltirilgan (3-chizmaga qarang)ligi
bilan ham ahamiyatlidir. Quyida biz mazkur metodni atroflicha ko’rib chiqamiz:
Interaktiv («inter» -
взаимний, «akt» - действие - «o’zaro ta’sir» man’nosini
bildiradi) uslubiy yondashuvda o’quvchilar bilish va o’rganish jarayoniga butunlay
sho’ng’ib ketadilar, ular o’zlari bilgan va o’ylayotganlari xususida bahslashishlari
ham mumkin.
Interaktiv darslarda maqsadga erishish uchun o’qituvchi o’z o’rnini
o’quvchilarga bo’shatib berishi lozim.
Bunda o’qituvchi o’rni o’quvchilar faoliyati yo’nalishi bilan qisman bog’lanadi
va bu dars jarayonida maqsadga erishish uchun yetarli zamin yaratadi. O’qituvchi
dars rejasini tuzadi (qoida bo’yicha interaktiv mashq va topshiriqlar o’quvchi
o’zlashtirayotgan material bilan o’zaro bog’liq bo’ladi). O’quvchilar bajaradigan
interfaol darslardagi interaktiv mashq va topshiriqlar uning asosiy tarkibi hisoblanadi.
Oddiy mashq va topshiriqlardan interaktiv mashq va topshiriqlar shunisi bilan
farqlanadiki, ularni bajarish jarayonida o’rganilgan material nafaqat
mustahkamlanadi, balki yana yangilari ham olinadi.
Shuningdek, bu mashq va topshiriqlar interaktiv yondashuvga mo’ljallangan
bo’lib, yangi pedagogikada ham uning boy zahirasi to’plangan, shulardan
quyidagilarni ajratib o’tamiz:
1. Ijodiy topshiriq.
2. Kichik guruhlar bilan ishlash.
15
3. Ta’limiy o’yinlar (rolli, maqsadli va bilim beruvchi o’yinlar).
4. Jamiyatdagi zahiralardan foydalanish (mutaxassis taklif etish, ekskursiyalar).
5. Ijtimoiy loyihalar va auditoriyadan tashqari beriladigan ta’lim metodlari
(ijtimoiy loyihalar, radio va gazetalar, filmlar, sahna asarlari, ko’rgazmalar, sahna
ko’rinishlari, qo’shiq va ertaklar).
6. Razminka.
7. Yangi materialni o’rganish va mustahkamlash (interfaol ma’ruza,
ko’rgazmali qurollar bilan ishlash, video va audio materiallar, «O’quvchi o’qituvchi
rolida», «Har bir kishi har bir kishiga o’rgatadi», mozaika (ajurali arra), savollardan
foydalanish, buqrotli dialog).
8. Murakkab va muzokaratalab savol va muammolarni yechish («Fikr
maktabi», «Pozitsiyani egalla», «POPS» formula, loyihalashtirilgan texnikalar, «Bir
o’zing — ikki kishi birgalikda», «Pozitsiyangni o’zgartir», «Karusel», «Televizion
tok shou uslubida munozara», debatlar, simpozium);
9. Muammo - yechim («Yechimli daraxt», «Aqliy hujum», «Kazuslar tahlili»,
«Kelishuvlar va mediatsiya») va h. k.
Ijodiy topshiriqlar deganda biz shunday topshiriqlarni tushunamizki, bunda
ishtirokchilardan nafaqat oddiy axborotni qabul qilish, balki unga ijodiy yondashuv
ham talab etiladi. Chunki, berilgan topshiriqlar katta yoki kichik hajmdagi
o’rganilmagan elementga, qoidaga ko’ra bir necha yondashuvni talab etadi.
Xullas, hozirgi zamon ilm-fan, texnika rivojlanib borayotgan bir paytda, ta’lim
sohasida ham tub o’zgarishlar sodir bo’lishi tabiiydir. Shunday ekan, yosh avlodga
bilim berishda qo’llanilayotgan o’qitish usullari ham o’qituvchi mahoratiga,
sinflardagi muhitga moslab o’zgarib, yangilanib borishi va o’quvchilarni bilim
olishga qiziqishini orttirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Bu ta’limda sifat va
samaradorlikka erishishning bosh omilidir.
16
(nofaol metod)
o’quvchi
17
1.3. Boshlang`ich sinflarda matematika kursini o`qitishda
foydalaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar.
Biz ushbu paragrafda boshlang’ich sinflarda algebra elementlarini o’rgatishda
foydalanish mumkin bo’lgan yangi pedagogik texnologiyalardan namunalar
keltiramiz.
1. «Kichik guruhlarda ishlash» metodikasi
Kichik guruhlarda ishlash -
o’qituvchi tomonidan bеrilgan ma'lum bir
topshiriqni hamkorlikda bajarish uchun o’quvchilarni kichik guruhlarga ajratib,
bеrilgan topshiriqni yechish yo’llarini ishlab chiqshni taqozo etuvchi metoddir.
Ushbu metod qo’llanilganda o’quvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol
ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo’lishga, bir-biridan o’rganishga va turli
nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Kichik guruhlarda ishlash metodi qo’llanilganda o’qituvchi boshqa
noan'anaviy metodlarga qaraganda vaqtni tеjash imkoniyatiga ega bo’ladi. Chunki,
o’qituvchi bir vaqtning o’zida barcha o’quvchilarni mavzuga jalb eta oladi va
baholash imkoni bo’ladi.
Kichik guruhlarda ishlash metodining afzalligi:
O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kеladi;
Muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishiga olib kеladi;
Vaq
tni tеjash imkoniyati mavjud;
Barcha o’quvchilar jalb etiladi;
O’z-o’zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo’ladi.
Kichik guruhlarda ishlash metodining kamchiliklari:
Kuchsiz o’quvchilar bo’lganligi sababli, kuchli o’quvchilarning past baho olish
ehtimoli bor;
Barcha o’quvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo’ladi;
Guruhlararo o’zaro salbiy oqibatlar paydo bo’lishi mumkin.
l Guruh ichida o’zaro nizo paydo bo’lishi mumkin.
2. «Bahs-munozara» metodi - o’quvchilami ikki guruhga bo’lgan holda, biror
mavzu bo’yicha o’zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o’tkaziladigan metodidir.
18
Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida
muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda, ushbu metod qo’llaniladi. Bahs -
munozarani boshqarib borish vazifasini o’quvchilarning biriga topshirish mumkin.
bahs-munozarani erkin holatda olib borish va har bir o’quvchini munozaraga jalb
etishga harakat qilish lozim. Ushbu metod olib borilayotganda o’quvchilar orasida
paydo bo’ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish k
еrak.
Bahs-munozara metodining afzalliklari:
O’quvchilami mustaqil fikrlashga undaydi;
O’quvchilar o’z fikrining to’g’riligini isbotlashga intiladilar;
O’quvchilarda eshitish qobiliyatining rivojlanishiga yo
rdam bеradi.
Bahs-munozara metodining kamchiliklari:
O’qituvchidan boshqarish mahoratini talab etadi;
O’quvchilar bilim darajasiga mos va qiziqarli bo’lgan mavzu tanlash kerak.
3. «Davra suhbati» metodi:
Davra suhbati - o’quvchilar o’rtasida va kichik guruhlarda aylana stol atrofida
o’z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o’qitish metodidir.
«Davra suhbati» metodi qo’llanilganda stol-stullarni doira shaklida
joylashtirish k
еrak. Bu har bir o’quvchining bir-biri bilan «ko’z aloqasi»ni o’rnatib
turishiga yordam bеradi. Davra suhbati og’zaki va yozma shakllari mavjud. Og’zaki
davra suhbatida o’qituvchi mavzuni boshlab, o’quvchidan ushbu mavzu bo’yicha o’z
fikr-mulohazalarini bildirishlarini so’raydi va aylana bo’ylab har bir o’quvchi o’z
fikr-mulohazalarini og’zaki bayon etadi. So’zlayotgan o’quvchini barcha qiziqish
bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo’lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib
bo’lingandan so’ng muhokama qilinadi. Bu esa o’quvchilarning mustaqil
fikrlashishiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam b
еradi.
Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir
o’quvchiga konvеrt qog’ozi bеriladi. Har bir o’quvchi konvеrt ustiga ma'lum bir
mavzu bo’yicha o’z savolini bеradi va yonidagi o’quvchiga uzatadi.
Konvеrtni olgan o’quvchi o’z javobini qog’ozga yozib, konvеrt ichiga solib
qo’yadi va yonidagi o’quvchiga uzatadi.
Barcha konvеrtlar aylana bo’ylab
harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvеrtlar yig’ib olinib, tahlil qilinadi.
19
Davra suhbati metodining afzalliklari:
O’tilgan mat
еrialni yaxshi esda qolishiga yordam bеradi; «barcha o’quvchilar
o’zaro muloqotda bo’ladilar;
Har bir o’quvchi o’zining ishtirok etish mas'uliyatini his etadi;
O’z fikrini erkin ifoda etish imkoniyati mavjud.
Davra suhbati metodining kamchiliklari:
Ko’p vaqt talab etiladi;
O’qituvchi o’zi ham rivojlangan fikrlash qobiliyatiga ega bo’lishi talab etiladi;
O’quvchilar bilim darajasiga mos va qiziqarli mavzu tanlash talab etiladi.
4. «Ishbop o’yin» metodi
Ishbop o’yin -
bеrilgan topshiriqlarga ko’ra yoki o’yin ishtirokchilari
tomonidan tayyorlangan har xil vaziyatdagi boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilishni
imitatsiya qilish (taqlid, aks ettirish) metodi hisoblanadi.
O’yin faoliyati biron bir tashkilot vakili sifatida ishtirok etayotgan ishtirokchi
hulq-atvori va ijtimoiy vazifalarini imitatsiya qilish orqali b
еriladi. Bir tomondan
o’yin nazorat qilinsa, ikkinchi tomondan oraliq natijalarga ko’ra ishtirokchilar o’z
faoliyatlarini o’zgartirish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar. Ishbop o’yinda rollar va
rollarning maqsadi aralashgan holda bo’ladi. Ishtirokchilarning bir qismi qat’iy
bеlgilangan va o’yin davomida o’zgarmas rolni ijro etishlari lozim. Bir qism
ishtirokchilar rollarini shaxsiy tajribalari va bilimlari asosida bеlgilaydilar. Ishbop
o’yinda har bir ishtirokchi alohida rolni maqsadni bajarishi kеrak. Shuning uchun
vazifani bajarish jarayoni individual-
guruhli xaraktеrga ega.
Har bir ishtirokchi avval o’zining vazifasi bo’yicha qaror qabul qiladi, so’ngra
guruh bilan maslahatlashadi. Ushbu shaxsiy vazifa bo’yicha maqsadga erishish butun
guruh a'zolari erishgan natijalarga bog’lashdir. O’yin yakunida. har bir ishtirokchi va
guruh erishgan natijalariga qarab baholanadi.
«Ishbop o’yin» metodining afzalliklari:
O’quvchilarning bilimlarini va tajribalarini o’z qarashlari va xulqlari orqali
ifoda etishga yordam bеradi;
O’quvchining boshlang’ich bilimlari va tajribalarini safarbar etish uchun
yaxshi imkoniyat yaratiladi;
20
O’quvchilar o’z bilimlari doirasidan kеlib chiqqan holda imkoniyatlarini
namoyish etishlari uchun sharoit yaratiladi.
Ishbop o’yin» metodining kamchiliklari:
O’qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi, vaqt ko’p sarflanadi;
Tanlangan mavzu o’quvchining bilim darajasiga mos kеlishi talab etiladi;
O’quvchining xis-
hayajoni tug’ri qaror qabul qilishga xalaqit bеrishi mumkin.
5. «Loyihalash» metodi
Loyihalash metodi - bu o
’quvchilarning individual yoki guruhlarda bеlgilangan
vaqt davomida, bеlgilangan mavzu bo’yicha axborot yig’ish, tadqiqot o’tkazish va
amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda o’quvchilar rеjalashtirish, qaror
qabul qilis
h, amalga oshirish, tеkshirish va xulosa chiqarish hamda natijalarni
baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyihalash metodi yakka tartibda yoki
guruhiy bo’lishi mumkin, lеkin har bir loyiha o’quv guruhining birgalikdagi
faoliyatini muvofiqlashtirilgan natijasidir. Bu jarayonda o’quvchining vazifasi
bеlgilangan vaqt ichida yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki boshqa bir topshiriqning
yechimini topishdan iboratdir. O’quvchilar nuqtai-nazaridan topshiriq murakkab
bo’lishi va u o’quvchilardan mavjud bilimlarini boshqa vaziyatlarda qo’llay olishni
talab qilgan topshiriq bo’lishi kеrak.
Loyiha o’rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlami amaliyotga tadbiq etishi,
o’quvchilar tomonidan mustaqil rеjalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish
imkoniyatini
yarata oladigan bo’lishi kеrak.
O’qituvchi loyihalash metodini qo’llashi uchun topshiriqlarni ishlab chiqishi;
loyiha ishini dars rеjasiga kiritishi; topshiriq o’quvchilarning imkoniyatlariga
moslashtirib, ularni loyiha ishi bilan tanishtirishi; loyihalash jarayonini kuzatib turishi
va topshiriqni mustaqil bajara olishlari ta'minlanishi lozim.
Loyihalash metodidan nazariy bilimlami bеrishda hamda o’quv amaliyoti
darslarini o’tkazishda foydalanish mumkin.
«Loyihalash» metodining afzallik tomonlari:
O’quvchi
larning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini oshishiga yordam bеradi
mustaqil o’rganishning eng faol yo’li;
O’quvchilarda birgarlikda ishlash ko’nikmasi shakllanadi.
21
Loyihalash» metodining kamchiliklari:
Ko’p vaqt talab qiladi;
Tanlangan mavzu o’quvchining bi
lim darajasiga mos kеlishi talab etiladi.
6. «Yo’naltiruvchi matn» metodi
Yo’naltiruvchi matn - o’quvchilar mustaqil ravishda yo’naltiruvchi savollar
yordamida ma'lumot yig’ish, rеjalashtirish, amalga oshirish vazifalarini bajaradigan
metoddir.
«Yo’naltiruvchi matn» metodi «loyihalash» metodi bilan chambarchas
bog’liqdir. Ushbu ikki metodni bir-biridan quyidagi nuqtai-nazar bo’yicha farqlash
mumkin:
«Yo’naltiruvchi matn» metodi o’quvchilarning mustaqil o’rganishiga
qaratilgan;
«Loyihalash» metodi esa o’quvchilarning mustaqil o’rganishidan tashqari,
e'tiborni kasb o’rganishda k
еrak bo’ladigan shaxsiy qobiliyatlar va ko’nikmalarni
takomillashtirishga qaratilgan.
«Yo’naltiruvchi matn» metodidan o’quv amaliyoti darslarida foydalaniladi.
Ushbu metodni o’tkazish bosqichlari loyihalash metodining bosqichlari bilan bir
xildir. Ma'lumot
yig’ish, rеjalashtirish, amalga oshirish va tеkshirish bosqichlarida
o’quvchi mustaqil ishlaydi. Qaror qabul qilish va xulosa qilish bosqichlarida o’quvchi
va o’qituvchi orasida «qaytar aloqa» o’rnatilib, vaziyatni birgalikda muhokama
qiladilar. O’quvchilarga boshlang’ich bosqichlarda o’qituvchi tomonidan tuzilgan
yozma hujjatlar bеriladi. Bunday hujjatlarga tеxnik chizmalar, jadvallar,
yo’naltiruvchi savollar, tarqatma matеriallar, topshiriqlar varaqasi, baholash varaqasi
va boshqalar kiradi.
«Yo’naltiruvchi matn» metodining afzalliklari:
O’quvchilarning ko’nikma va malakalari shakllanishiga olib kеladi;
O’quvchilarning mustaqil o’rganish ko’nikmalarini shakllantiradi;
O’quvchilarda muloqot qilish, o’z natijalarini o’zi tеkshirish kuniklmalarini
rivojlantiradi;
O’quvchilarda ish-harakatlarn
i rеjalashtirish, mustaqil qaror qilish kabi
ko’nikmalarini rivojlantiradi.
22
«Yo’naltiruvchi matn» metodining kamchiliklari:
Ko’p vaqt talab qiladi;
Tanlangan mavzu o’quvchining bilim darajasiga mos kеlishi talab etiladi;
O’qituvchidan katta tayyorgarlik ko’rish talab etiladi.
7. «Muammoli vaziyat» metodi
Muammoli vaziyat - o’quvchilarga muammoli vaziyatlatni tahlil qilish va
ularning yechimini topishga asoslangan metoddir.
«Muammoli vaziyat» metodi uchun tanlangan topshiriqning murakkabligi
o’quvchilarning bilim darajalariga mos k
еlishi kеrak. Ular qo’yilgan muammoning
yechimini topishga qodir bo’lishlari kеrak, aks holda yechimni topa olmagach,
o’quvchilarning qiziqishlari so’nishiga, o’zlariga bo’lgan ishonchlarining
yo’qolishiga olib kеladi.
«Muammoli vaziyat» metodining afzalliklari:
O’quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi;
O’quvchilar sabab, farq va ta'sirlarni topishni o’rganadilar;
O’quvchilar bilim va tajribalarini baholash uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;
O’quvchilar fikr va natijalarni tahlil qilishni o’rganadilar. «Muammoli vaziyat»
metodining kamchiliklari: o’quvchilarda yuqori motivatsiya talab etiladi;
Qo’yilgan muammo o’quvchilarning bilim darajasiga mos k
еlishi kеrak;
Ko’p vaqt talab etiladi.
8. «Aqliy hujum» metodi
Aqliy hujum - g’oyalarn
i gеnеratsiya (ishlab chiqish) qilish metodidir. «Aqliy
hujum» metodi biror muammoni yechishda o’quvchilar tomonidan bildirilgan erkin
fikr va mulohazalarni to’plab, ular
orqali ma'lum bir yechimga kеlinadigan eng
samarali metoddir. Aqliy hujum metodining yozma va og’zaki shakllari mavjud.
Og’zaki shaklda o’qituvchi bеrgan savol o’quvchilarning har biri o’z fikrini
og’zaki bildiradi. O’quvchilar o’z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar.
Yozma shaklida esa bеrilgan savolga o’quvchilar o’z javoblarini qog’oz
kartochkalarga qisqa va barchaga ko’rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga
(magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ilgaklar yordamida)
mahkamlanadi.
23
«Aqliy hujum» metodining yozma shaklida javoblarn
i ma'lum bеlgilar
bo’yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to’g’ri va ijobiy
qo’llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o’rgatadi.
Aqliy hujum metodidan foydalanilganda o’quvchilarning barchasini jalb etish
imkoniyati bo’ladi, shu jumladan, o’quvchilarda muloqot qilish va munozara olib
borish madaniyati shakllanadi. O’quvchilarda o’z fikrini faqat og’zaki emas, balki
yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi
rivojlanadi. Bildirilgan fikrlarning baholanmasligi o’quvchilarda turli g’oyalar
shakllanishiga olib k
еladi. Bu metod o’quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish
uchun xizmat qiladi.
«Aqliy hujum» metodi o’qituvchi maqsadiga qarab amalga oshiriladi:
1. O’quvchilarning boshlang’ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo’yilganda,
bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2.
Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni kеyingi mavzu bilan bog’lash maqsad
qilib qo’yilganda - yangi mavzuga o’tish qismida amalga oshiriladi.
3. O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib quyilganda -mavzudan
so’ng, darsni mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
Quyidagi rasmda «Aqliy hujum» metodi tarkibiy tuzilmasi kеltirilgan (1-rasm).
«Aqliy hujum» metodini qo’llash bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. O’quvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo’yicha o’z javoblarini
(fikr, mulohaza) bildirishlarini so’raladi;
2. O’quvchilar savol bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishadi;
3. O’quvchilarning fikr-
g’oyalari (magnitofonga, vidеotasmaga, rangli
qog’ozlarga yoki doskaga) to’planadi;
4. Fikr-g’oyalar ma'lum
bеlgilar bo’yicha guruhlanadi; •
5. Yuqorida qo’yilgan savolga aniq va to’g’ri javob tanlab olinadi.
24
1-rasm.. «Aqliy hujum» metodining tarkibiy tuzilmasi.
«Aqliy hujum» metodini qo’llashdagi asosiy qoidalar:
1. Bildirilgan fikr-g’oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
2. Bildirilgan har qanday fikr-g’oyalar, ular hatto to’g’ri bo’lmasa ham
inobatga olinadi.
3. Bildirilgan fikr-
g’oyalami to’ldirish va yanada kеngaytirish mumkin.
«Aqliy hujum» metodining afzallik tomonlari;
Natijalar baholanmasligi o’quvchilarni turli fikr-g’oyalarning shakllanishiga
olib kеladi;
O’quvchilarning barchasi ishtirok etadi;
Fikr-g’oyalar ochiq-oydin namoish etiladi;
O’quvchilar boshlang’ich bilimlarini kеngaytirib ko’rish imkoniyati mavjud;
O’quvchilarda mavzuga qiziqish uyg’otish mumkin.
«Aqliy hujum» metodining kamchilik tomonlari:
O’qituvchi tomonidan savolni to’g’ri qo’ya olmaslik ehtimoli;
O’qituvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.
Dostları ilə paylaş: |