O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi а. Qodiriy nomli jizzax davlat pеdagogika instituti



Yüklə 220,7 Kb.
səhifə9/17
tarix13.12.2023
ölçüsü220,7 Kb.
#175087
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta\'limi vazirligi а. Qodiriy nomli-fayllar.org

II-BOB. 

TAYYORLOV 

GURUHI 

BOLALARINI 

MAKTAB 

TA’LIMIGA TAYYORLASHNING MAZMUNI, SHAKL, 

METODLARI. 

2.1§ Bolalarni maktabga tayyorgarlik mazmuni. 
Maktabdagi majburiy ta'lim bolaga ma'lum talablarni qo'yadi. Ma'lumki 
shu bola ta'lim-tarbiyaviy muassasaning talablarini baj'ara oladigan rivojlanish
daraj'asiga yetish kerak, faqat shundagi bolani maktabga yozdirish mumkin. 
Maxsus adabiyotlarda bolalarning maktabga tayyorgarligini mazmuni va
mezonlari aniq ko'rsatib berilgan, lekin bolani maktabga tayyorlashda bola 
shaxsini qaysi tomonlari va qanday rivojlantirish kerakligi masalasida ota-onalar
va bog'cha tarbiyachilar tasavvurlari turlichadir. Bola tarbiyasida ishtirok etgan 
kattalar orasida o'tkazilgan so'rovlar shuni ko'rsatadiki, ko'pchilik ota-onalar
uchun bolaning maktabda muvaffaqiyatli o'qishini asosiy hal qiluvchi shartni 
uning umumiy rivojlanishi tashkil etadi, ya'ni yaxshi sog'liq, jismoniy
chiniqish, axloqiy va ijtimoiy yetuklik. Ba'zi bir kattalar (ota-onalar) faqatgina 
aqliy rivojlanish muvaffaqiyatli maktab o'qishning asosiy omili deb
hisoblashadi. O'z fikrlarini uiar shunday asoslab berishadi, xususan, birinchi 
sinfda bolalarga barcha o'quv fanlari mazmunini o'zlashtirish qiyin bo'ladi va
yana hozirgi ilmiy-texnikaviy rivojlanish insonning aqliy qobiliyatiga juda katta 
talablar qo'yadi. So'ralganlarning ko'pchiligi eng, avvalo, bolaning jismoniy va
aqliy rivojlanish darajasini ko'paytirish kerak deb hisob lashadi. Ota-
onalarning kamchiligi bolaning hissiy-axloqiy rivojlanish darajasini nazarda tutib,
bolaning ijtimoiy rivojlanishiga asosiy kuchni qaratishadi. 
Bolani maktabga tayyorlashda ota-onaning kuchlari, asosan, o'qish
jarayoni bilan bevosita bog'liq, malaka va ko'nikmalarga yo'naltiriladi. Ular 
birinchidan - bolani diqqatini bir joyga jalb qilishni o'rganish kerakligi,



30


ikkinchidan uning bilimlarini to'ldirib, xotira, tafakkur va nutqini rivojlantirish
kerakligi, uchinchidan - maktabga bo'lgan qiziqishini o'stirib borish kerakligini 
ta'kidlab aytishadi. Ba'zilar bolalarning irodaviy sifatlarini rag'batlantirish va
mustahkamlash kerak deb hisoblashadi, ular bolaning qat'iyatli va tirishqoq 
bo'lishiga harakat qilishadi hamda bolada intizomni, harakatchanlikni
shakllantirish, ya'ni uning butun xulqini shakllantirish. Qo'l amaliyotini 
rivojlantirish ham alohida bir qism bo'lib kiritilgan.
Ota-onalarning ko'pchiligi birinchi sinfga borishdan oldin bolaga o'qish 
va yozishni o'rgatish kerak emas deb hisoblashadi, chunki keyinchalik, bola
maktabga borganda o'qishga qiziqishni yo'qotib qo'yish mumkin, darslarda 
be'tibor
bo'lishi 
mumkin.
Ularning 
bolaga
o'qish

va
yozishni 


o'rgatmasliklarining yana bir sababi maktab talabalarini bilmay turib, noto'g'ri
o'rgatib qo'yishdan xafvsirashadi (qo'rqishadi). O'qish va yozish bu faqat 
maktab faoliyat turlari va ularni o'rgatish maxsus tayyorlangan o'qituvchilar
ostida amalga oshish kerak deb hisoblashadi. 
Ota-onalarning boshqa bir guruhi bolaning maktabga borishdan oldin
o'qish va yozishga o'rgatishga intiladilar. Ular bolaga maktab tomonidan 
qo'yilgan talablari va 1-sinfda o'qitish tempi juda baland va tez, shuning uchun
oldindan olingan (o'zlashtirilgan) malakalar bolaga har
qanday topshiriqlarni bajarishga yordam beradi va natijada, ortiqcha
zo'riqishni oladi, deb asoslab berishadi. 
Shunday ota-onalar ham borki, ular bolani o'z shuhratparst niyatlarga
o'rgatadilar: o'quv yili boshida ularning bolalari o'z tengdoshlaridan oshib o'tib 
(ilgari o'tab ketib) va shu tufayli endi shakllanayotgan kollektivda manfaatli
o'rinni egallaydilar. 


31


5-6 yoshli bolalar bilan ishlaydigan bog'cha tarbiyachilar so'rovlari shuni
ko'rsatdiki, ko'pchilik bolaning maktabga tayyorlashda jismoniy va aqliy 
rivojlanishni afzal qo'yish-moqda. Ta'lim tarbiyaviy - ishni bolani tafakkuri,
nutqi va bilim jarayonlarini shakllantirishga yo'naltirilib, pedagoglar bolani 
tabiat va jamoat to'g'risida asosiy bilimlar bilan boyitishadi. Ular, ota-onalar
kabi aqliy va jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasi bolaning shu sohadagi 
duch kelgan qiyinchiliklardan saqlaydi, deb hisoblashadi. Bunda, shaxsning
iroda va intizom kabi sifatlarini tarbiyalashga kamroq e'tibor beriladi. 
Qanday qilib olimlar maktabga tayyorgarlikni aniqlashadi? Pedagogik va
psixologik adabiyotlarda bolaning ta'lim va tarbiya jarayoniga kirib, uning 
mazmuni muvaffaqiyatli o'zlashtirib olishga yo'l qo'yadigan shaxsning umumiy
rivojlanganligi deb ko'rsatilgan, yana maktabgacha yoshdagi bola o'zining 
jismoniy, aqliy va estetik rivojlanishini egallashi kerak bo'lgan.
Maktabga tayyorgarlik darajasini bolaning katta aqliy va jihatlarning yaxlit 
bir sistemasi (tartibi) deb ko'rsatilgan. Jismoniy vazifalarini bajara oladigan butun
organizm va asab sistemasining ma'lum yetuklik saviyasini aniqlaydi 
(ko'rsatadi). Shu bilan bir qatorda tevarak atrof haqida olinganoddiy bilimlar,
amaliy va aqliy faoliyatdagi oddiy malakalar, 
tafakkur, nutq va bilim qiziqishlarining rivojlanish darajasi, hulqning
ijtimoiy va axloq-irodaviy sifatlarini shakllanish darajasi katta ahamiyatga ega. 
Psixologlar (ruhshunoslar) maktabga umumiy tayyorgarlikning quyidagi
tarafiarini ajratadilar: jismoniy, aqliy, ijtimoiy-axloqiy (yoki ijtimoiy his tuyg'uli) 
va sababli (motivli).
Boshlang'ich maktab bolaning o'qitishga tayyorgarlik darajasiga o'z 
talablarini qo'yadi. Talablardan biri - bog'cha bolalariga xos bo'lgan kun tartibga
rioya qilish. Maktabgacha bolaning bog'chaga borish vaqti oilaviy sharoitga 


32


qarab belgilanadi. Ammo maktabga borish majburiy bola darslarga har kuni
kelishi shart. 
Bog'cha bolasi kun bo'yi tuzilishi va mazmuni qiziq bo'lgan turli xil
faoliyatlar bilan shug'ullanadi. Asosan, bola o'z xohish (istagi) bo'yicha o'ynaydi 
yoki ish bilan shug'ullanadi. Bola o'zining mashg'ulotlarini va o'yinlarini vaqti va
mazmunini o'rganish mumkin. Maktabda esa kunning birin-chi qismining 
asosiy vaqtini tartibli (sistemali) o'qitish egallaydi; bundan tashqari, kunning
ikkinchi qismini ma'lum vaqtini yana darslarni tayyorlashga ajratish kerak. 
Maktabda bola o'z xohishi va qiziqishi bilan tanlagan mashg'ulotlar
chegaralangan. Bola maktab tartibi va darslar jadvaliga bo'ysunishi kerak. Har 
qanday ob-havoda bola maktabga vaqtida kelishi, o'quv qurollarini olib kelishi,
maktab ta'lim sharoitlariga ko'nikishi kerak. Darslarda ma'lum vaqt tinch 
o'tirib, diqqatini bir joyga jalb qilib ishlashi tanaffuzda esa nisbatan qisqa vaqt
ichida o'z kuchlarini tiklab olishi kerak bo'ladi. Maktabdagi ta'limning tashkil 
etilishi va mazmuni o'quvchining mustaqil ishlashini ta'minlab beradigan malaka
va ko'nikmalarining rivojla-nishini yuqori darajasini talab qiladi. Bolaning 
yozuvni muvaffaqiyatli egallashi uchun, masalan, unda barmoqlarini mayda
harakatlari rivojlangan bo'lishi shart. 
Shunday qilib, maktab hayotiga jismoniy va ruhiy jihatdan o'rganish,
uchun bolaga eng, avvalo, mustahkam sog'liq, orgnizmni kasalliklarga kurashish 
qobiliyati, jismoniy chiniqish va chidamli bo'lish kerak. Sistemali (tartibli)
ta'lim uchun bolaning aqliy rivojlanishi, ya'ni, aniqrog'i, maktabga umumiy ruhiy 
tayyorgarligi muhim deb hisoblanadi.
Bola birinchi sinfda uchta fan (o'qish, yozuv va matematika)ning asoslarini, 
tabiat va jamiyat to'g'risida oddiy bilimlarni egallaydi. Bola odamlar, jismlar va
tevarak atrof-dagi hodisalar haqida ma'lum tasawur bilan maktabga kelishi kerak. 


33


Bolaning o'quv materialni to'liq o'zlashtirishi va ta'limni bola qobiliyatlariga
mos kelishi uning aqliy faoliyatiga bog'liq bo'ladi. 
Bolaning yaxshi o'qishiga aqliy faoliyatining rivojlanish darajasi, idrok,
tasavvur, xotira va tafakkur funksiyalari, hamda aqliy faoliyat bilan 
shug'ullanish odatlari ta'sir qiladi. Bola tahlil qilish (analiz) qobiliyatiga
o'rganish kerak: narsalarni (predmetlarni) idrok etganda muhim va muhim 
bo'lmaganlarni ajrata bilish, kuzatayotgan hodisalarni umumlashtirish, guruhlash
va hokazo. Bola zehinli, ziyrak, topqir, mustaqil bo'lishi kerak. Zavq, 
hursandchilik keltiradigan aqliy faoliyatga nisbatan bolada qiziqish paydo bo'ladi.
Ta'limning muvaffaqiyatli bo'lishi ko'p jihatdan bola nutqining rivojlanish 
darajasiga, uning lug'at boyligiga, mustaqil, aniq, ifodali va grammatik jihatdan
to'g'ri gapira berishiga bog'liq bo'ladi. Nutq-aqliy faoliyatning asosiy qismi 
(komponenti) va bolaning shu faoliyati natijalarini aytib bera oladigan asosiy
vosita bo'ladi. O'qishda ijobiy natijalarga erishishning muhim asoslaridan 
bilimdonlik, tirishqoqlik hisoblanadi.
Bolada maktabga borish bilan nafaqat hayot tartibi va asosiy faoliyatida, 
balki ijtimoiy o'rnida ham o'zgarishlar sodir bo'ladi. Sola munosabatlari
shakllangan tanish tengdoshlar va kattalar jamoadan, notanish bolalar va kattalar 
jamiyatiga o'tadi. Oldingi jamoada (kollektivda) bola ma'lum bir o'rinni egallash,
o'zini huquq, burch va imtiyozlarini bilar edi, yangi shakllanayotgan maktab 
jamoatida esa bola o'zini boshidan ko'rsatishi kerak. Bolaning burch va huquqlari,
maktabgacha davrga nisbatan, aniqroq va qattiqroq belgilanadi. Bola faoliyatini 
baholashning muhim mezonlardan bin, nafaqat maktabda, balki oilada,
tengdoshlar davrasida, — bu muvaffaqiyatli o'qish bo'lib qoladi. 
Baho qo'yish va baholash ijtimoiy ahamiyatga va rasmiy hujjat shakliga ega.



34


Maktabda uzoq muddat ota-ona g'amxo'rligisiz bo'lgani sababli, bola o'z
yoshiga mos his tuyg'u va iroda mustah-kamligiga ega, o'z xulqini nazorat qila 
olishi kerak. Agar o'quvchi o'qishga ijobiy yondashsa, o'qishni xohlab, intilsa,
ta'limdagi boshlang'ich qiyinchiliklarni tezroq va osonroq bartaraf etiladi. Iroda 
bolaga barcha maktab vazifalarini doimiy va muvaffaqiyatga bajarishga kerak
bo'ladi. 
Bilim va ijtimoiy hayot qonun-qoidalariga rioya qilish, xarakterning ijobiy
jihatlarining shakllanganligi bolaga boshqa bolalar bilan muloqot o'rnatishda, 
sinfdoshlar bilan do'stona munosabat o'rnatishda va jamoada faol ishtirok etishda
juda katta yordam beradi. 
Bolani maktabga umumiy tayyorgarligi deganda uning har tomonlama,
ya'ni uning ma'lum bir taraflari emas, balki hamma taraflari rivojlangan bo'lish 
kerak. Har qanday bir tarafini rivojlanmagani, zaifligi (aqliy, his-tuyg'uli,
irodaviy yoki amaliy-harakatli) maktabda o'zlashtirmaslikning sabablaridan 
bo'lishi mumkin.
Shu bilan birgalikda, birinchi sinfda o'quv fanlarning (o'qish, yozish, 
matematika) mazmunini o'zlashtirish uchun maxsus bilim, malaka va
ko'nikmalarga ega bo'lishlari kerak. Masalan, matematika o'qitishda o'qituvchi 
bola narsalarning rangi, shakli, katta-kichikligi, sonini ajrata biladi deb hisob-
laydi; yozuvni o'rganishda esa bola yozuv va rasm qurollarini to'g'ri ishlata 
olishini, grafik mashqlarni bajara olishga tayanadi. Shu kabi bilim, malaka va
ko'nikmalar maktabga maxsus tayyorgarlikni tashkil etadi. Umumiy va maxsus 
tayyorgarlik bir-biriga zid kelmaydi, bir-birini chiqarib tash-lamaydilar. Maktab
fanlarini mazmunini o'zlashtirishda bolani, maxsus tayyorgarligi umumiy 
tayyorgarlikdan kelib chiqadi, unga mos keladi va tayanadi va aksincha, maxsus



35


tayyorgarlikning mazmuni ta'limning umumiy tayyorgarlikka yordam berish
kerak.

Bola shaxsini rivojlantirishda ma'lum bir tarafiga (asosan, aqliy) kuchli


yo'naltirish berishga alohida e'tibor berish kerak. Kattalar har doim shuni esda 
tutishlari kerakki bolaning yoshini hisobga olinmagan tezlashtirilgan, jadal
o'qitish zarur hisoblanadi. 
Maktabgacha davr inson shaxsini shakllantirishda juda katta ahamiyatga
ega, chunki shu davrda shaxsning asoslari solinadi. Agar shaxsni har taraflama 
shakllantirishda aynan shu yoshdagi qulay sharoitlardan qo'llanilmasa,
rivojlanishning to'xtab qolishlari yoki chetlashlarini bartaraf etish nihoyatda 
og'ir kechadi.
7 yosh - bu bola yangi sharoitga tez o'rganadigan va o'qish jarayonida 
muvaffaqiyatli ishtirok etadigan davr hisoblanadi. Ya.A.Komenskiy bolaning
yettinchi yili - bu bekorchilikda buzilib ketmaslik uchun maktabda o'qishni 
boshlaydigan vaqt hisoblagan. Bolani ona maktabida 5-6 yil ta'lim-tarbiya
olishini (oilada bolani ona tarbiyasi nazarda tutilgan) u yetarli va optimal muhlat 
deb hisoblagan.
Bolaning yoshi (7 yosh) mezonidan tashqari, uni sog'lig'ini umumiy holati 
va asosiy antropometrik ko'rsatkichlari jismoniy tayyorgarligini belgilashadi.
Bunda bo'yi (7 yoshga 110 sm dan kam bo'lmasligi kerak), vazn (20 kg), ko'krak 
aylanasi (nafas chiqqanda 55 sm dan kam bo'lmasligi kerak), tanadagi
o'zgarishlari suyaklarni o'sishi, tishlarni almashuvi. 
Maktabga tayyor bo'lgan bola jismoniy chiniqqan, bar qanday ob-havoda
uzoqda uzoq vaqt yura oladi, asosiy harakat malakalarga, to'g'ri osankaga ega, 
o'zining harakat-larini nazorat qila oladi, tozalikka rioya qiladi.



36


Bolaning bilim jarayonlarini rivojlanganligi uning jamiyat va tabiat, voqea
hodisalarni tushunib yetishi, kuzatish qobiliyati, kundalik hodisalarni to'g'ri 
nomlash, bir-biri bilan bo'lganlar aloqani tushunib yetishi ko'rsatiladi. Bola o'z
fikrlarini ifoda eta bilish kerak, ijodiy va mustaqil fikrlay olishi, aniq ko'rgazma 
materialga tayanib, masalalarni yecha bilishi kerak. 6-7 yoshli bola oiladan
tashqarida ham o'zini dadil tutishi kerak. Shakllangan madaniy ko'nikmalari o'z 
tengdoshlari bilan munosabatlar o'rnatishga yordam beradi.
Bolaga mustaqil o'zi kiyinishni, ovqat yeyishni, narsalarini toza va 
tartibli saqlashni o'rganishi kerak. Bola kattalar mehnatini muhimligini
tushunishi va hurmat qilishi kerak. Har qanday ishga ijobiy yondashib, uni diqqat, 
e'tibor bilan vaqtida bajarishi lozim.
Bolada estetik idrokni shakllantirish, o'zini yoshida mos adabiy asarlarga 
qirqish uyg'otish, yon-atrofni estetik (nafis) jihatdan bezatishiga intishini
rivojlantirish kerak. Bolani musiqani, adabiy so'zni, rasmlarni chiroyini sezishni 
o'rganishi kerak; ashula aytishi, rasm chizish, yasash, toipsh moqlar, laparlar,
tez aytishlar, maqollar, ertaklarni bilishi va aytib berishi, kitoblarni avaylashni 
bilishi kerak.



37



Yüklə 220,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin