O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi а. Qodiriy nomli jizzax davlat pеdagogika instituti


§ Maktabgacha ta’lim muassasalarining tayyorlov guruhi bolalarini



Yüklə 220,7 Kb.
səhifə7/17
tarix13.12.2023
ölçüsü220,7 Kb.
#175087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta\'limi vazirligi а. Qodiriy nomli-fayllar.org

1.2§ Maktabgacha ta’lim muassasalarining tayyorlov guruhi bolalarini 

maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasini aniqlash. 
Ushbu muammoning yechimini topishda maktabgacha ta’lim yoshidagi 
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda quyidagi ob’ektiv va sub’ektiv shart-
sharoitlarning yaratilishi muhim ahamiyatga ega. 


A) 

Sub’ektiv shart-sharoitlar. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash
davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi 

bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo’yicha ota-ona, pedagog 

hamda maktabgacha ta’lim muassasa hodimlarining bu borada muayyan bilimga


ega ekanligi; 

Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash qiziqarli va ichki intilishning 

mavjujudligi;



B) 
Ob’ektiv shart-sharoitlar. 

Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashga oid mavzularda yaratilgan 

manbalar ilmiy,ilmiy – ommabop, metodik adabiyotlar, darslik, qo’llanma hamda


ko’rgazmali qurollarning mavjudligi; 

Ta’lim jarayonining axborot va texnik vositalar bilan yetarli darajada 

ta’minlanganligi va hakazolar.


Metodlar og’zaki metod uning mazmunini ifodalovchi quyidagida o’z aksini 
topadi.Ma’ruza, semenar, konferensiya.
Ko’rgazmali metod mazmunini ifodalovchi shakllarni bolalarni maktab 
ta’limiga tayyorlash bo’yicha bukled, elektron darslik, plakat va boshqa didaktik
materiallar to’plami, vedio syujet, (bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo’yicha) 
va hakozalar.Yuqoridagi manbalarni o’rganish natijasida mazkur band yuzasidan
quyidagi xulosaga kelish mumkin. 



14


1. 
So’nggi yillarda ―Bolalarni maktabga tayyorlash‖ metodikasi 
muammo sifatida o’rgangan va bu borada bir qator konsepsiyalarga asoslangan.

2. 
Tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashning 
pedagogik asoslari mavzusida yartilgan manbalardan muammoning u yoki bu jihati
alohida-alohida tatbiq etilgan.Shu bois, bu masalani yaxlit bir butun hamda har 
tomonlama yondashuv asosida tatbiq etish dolzarb va pedagogik muammo sifatida
izlanishlar olib borish ehtiyojini yuzaga keltirmoqda. 


3. 
Chiqarilgan nazariy xulosalarga asoslangan holda tatqiqotchilik 
faoliyatini yo’lga qo’yishda dastlabki pedagogik va psixologik jihatdan ―Maktab
ta’limiga tayyorlash ‖ tushunchalariga sharh berishda boshlash lozim degan 
to’xtamga keldik.Zero bu tarzdagi harakat tatqiqotning umumiy mohiyati
to’g’risida aniq tasavvurning hosil bo’lishiga zamin yaratdi.Dessertatsiya ishining 
1.2 bandida ana shu xususida so’z yuritilgan.
Bolarni maktab ta’limiga o’qitishning samaradorligi ko’p jihatdan ularning 
tayyorgarlik darajalariga bog’liq bo’ladi.Maktab ta’limiga tayyorgarlik-
maktabgacha ta’lim muassasalari va oilada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaga 
berilgan ta’lim va tarbiyaning muhim yakunidir.Bolaning maktab ta’limiga
tayyorgarlik darajasi maktab bolaga qo’yadigan talablar majmui orqali 
aniqlanadi.Bu talablarning o’ziga xos tomoni o’quvchining yangi sotsial-
psixologik o’rni, u bajarishga tayyorlangan bo’lishi lozim bo’lgan yangi vazifa va 
burchlardan kelib chiqadi.
Maktabga kirish bola hayotidagi odatiy turmush tarzi atrofdagilar bilan 
munosabat sistemasining o’zgarishiga aloqador muhim davrdir. Bola hayotida
birinchi bor markaziy o’rinni ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan o’quv faoliyati 
egallaydi. Unga odatiy bo’lgan erkin o’yin faoliyatidan farqli o’laroq endi ta’lim
majburiy bo’ladi va birinchi sinf o’quvchisidan to’rtta jiddiy munosabat talab 


15


etiladi.Ta’lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolaning kundalik hayot
jarayonini qayta quradi. 
Har qanday pedagog hech qanday vositalardan foydalanmay, bolani maktabga
tayyorgarligini aniqlay oladi. Ba'zi ota-onalar ham bola qanchalik sog'lom, chaqqon, 
mustaqil, aqlli, o'qishga tayyor ekanligini taxminan bilishadi.
Bog'cha tarbiyachilari har bir bolaning maktabga tayyorgarligini to'g'ri 
aniqlashda yetarli pedagogik, texnologik bilim va tajribalarga ega bo'lishlari kerak,
bunda ular MTMda ta'lim va tarbiya dasturi talablariga tayanishlari kerak. Agar 
maktabgacha davrda bola normal rivojlangan bo'lsa, uning jismoniy va aqliy
rivojlanishiga hech qanday kuchli ta'sirlar bo'lmagan bo'lsa, unda bola yetti yoshda 
ta'lim olish darajasiga yetadi.
Ammo ba'zi oilalar va bog'chada maktabga tayyor bo'lmagan bolalar ham 
uchraydi. Bunday bolalar mutaxassis nazoratida maxsus tekshiruvdan o'tishadi va
o'qishga tayyorgarligi darajasi haqida mutaxassis xulosa chiqaradi. Bolaning 
o'yinqaroqligi, mustaqil bo'la olmasligi, his-tuyg'u va ijtimoiy rivojlanishining juda
past darajaliligi uning maktabga tayyor bo'lishiga to'siq bo'ladi. Bunday bolalar 
o'rtoqlari va tengdoshlari orasida o'z o'rnini topa olmaydilar.
Ular kundalik faoliyatlarida yordamga muhtoj: berilgan va-zifalarni tushuna 
olmaydilar va mustaqil bajara olmaydilar, qo'llarining mayda harakatlari yaxshi
rivojlanmagan. Lug'at boyligi, o'z fikrlarini ifodalashi chegaralangan, xotirasi sust, 
umumlash-tirishni bajara olmaydi va hokazo.
Bularga nafaqat bolaning yomon ijtimoiy ahvoli sabab bo'ladi, balki nasliy 
omillar, jiddiy va murakkab kasalliklari, yengil tug'ma jarohatlari, nevrozlar keltirib
chiqaradigan sharoitlar ham sabab bo'ladi. Bola o’qishni butun mamlakat oldida 
javobgar bo’lgan o’z burchi, kishilarning mehnat hayotidagi ishtiroki tarzida



16


anglay boshlaydi.Bola o’quvchi bo’lgandan so’ng,maktabgacha ta’lim yoshidagiga
nisbatan sifat jihatdan yangi o’rin egallaydi. 
Ta’lim tizimining o’ziga xos xususiyati maktab ta’lim tizimini doimo
takomillashtirib borishidir. Maktab ta’limiga 1-sinfga keluvchi o’quvchidan 
qandaydir maxsus bilim va ko’nikmalarni emas, balki nilgarigi yillarga nisbatan
aqliy faoliyatning murakkabroq shakllarini, axloqiy irodaviy sifatlarinng 
yuksakroq rivojlangan darajasini o’z xatti-harakatini boshqarish qobilyatini katta
ishonchlilik qobilyatini talab qiladi.Maktabgacha ta’lim muassasasining vazifasi 
ta’lim – tarbiyaviy ishining butun sistemasi bilan bolalardan maktab ta’limi
talablariga to’liqroq muofiq keluvchi maktabda o’qishga tayyorgarlikni tarkib 
toptirishdir.
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, birinchidan, maktabgacha ta’lim 
muassasalarida tarbiyaviy ishni maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umumiy
har tomonlama rivojlanishining yuqori darajasini ta’minlaydigan, ikkinchidan, 
bolalarni maktabning boshlang’ich sinflardan o’rganishlari lozim bo’lgan o’quv
fanlarini egallashga, maxsus tayyorlashni ta’minlaydigan qilib tashkil etilishini 
nazarda tutadi.Shunga ko’ra psixologik-pedagogik adabiyotlarda tayyorgarlik
tushunchasi bola shaxsini rivojlanish sifatida aniqladi va ikkita o’zaro bog’langan 
jihatlardan maktabga, o’qishga, umumiy psixologik tayyorgarlik va ―maxsus
tayyorgarlik‖ tarzida ko’rib chiqiladi. 
Maktabga umumiy tayyorgarlik bolalar bog’chasining maktabgacha
yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashga oid davomli maqsadga muofiq 
ta’lim-tarbiyaviy ishning muhim yakuni sifatida namoyon bo’ladi.
Maktabga tayyorgarlik bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, 
ma’naviy, irodaviy, estetik va jismoniy rivojlanishda erishgan shunday
darajasidaki, u bolaning maktab ta’limining yangi sharoitiga va o’quv materialini 


17


yaratadi. Umumiy tayyorgarlik tushunchasi maktab ta’limi nuqtai nazaridan 1-
sinfga borayotgan bola psixik rivojlanishidagi muhim sifat ko’rsatkichlarni 
muovfaqiyatli jamlaydi. Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik bolaning
o’qishga intilishi, o’quvchi bo’lish ishtiyoqidan bilish faoliyati va tafakkur 
operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi bolaning o’quv faoliyati elemintlarini
egallashi, iroda va ijtimoiy rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo’luvchi 
asoslangan tayyorgarlikni o’z ichiga oladi.Bolaning maktabga psixologik
tayyorgarligining barcha majmua bolani sinf jamoasiga olib kirish, maktabda 
o’quv materialini ongli faol egallash, keng doiradagi maktabga oid majburiyatlarni
bajarishni qamrab oladi. 
Bolaning maktabga maxsus ravishda tayyorligi maktabda o’qishga umumiy
psixologik tayyorgarligiga qo’shimchadir.U bolada matematika va ona atili kabi 
o’quv fanlarini o’rganish uchun zarur bo’lgan maxsus bilim , ko’nikma va
malakalarning mavjudligiga ko’ra aniqlanadi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarda eng oddiy matematik
tasavvurlarni tarkib toptirish, nutqni o’stirish hamda savodni egallashga tayyorlash 
yuzasidan o’tadigan jadal ish bolalarni maktabda o’qishga maxsus tayyorlashning
zarur darajasini ta’minlaydi. 
Maktabga qatnaydigan bola yangi turmush tarziga kishilar bilan o’zaro
munosabatning yangi tizimiga faol aqliy faoliyatga tayyorlangan bo’lishi darkor.U 
yangi jiddiy majburiyatlarni uddalashi uchun jismoniy rivojlanishda muayyan
darajaga erishgan bo’lishi kerak. 
Bolaning maktabda o’qishga umumiy tayyorgarligi mazmunida bir necha
o’zaro bog’langan jihatlar mavjud bo’lib, ulardan muhimlari ma’naviy, aqliy, 
jismoniy tayyorgarlikdir.



18


Maktabda o’qishga axloqiy, irodaviy tayorgarlik bolaning maktabga bolalik
oxiriga kelib axloqiy xatti-harakat iroda axloqiy hissiyotlar va ong rivojida unga 
yangi ijtimoiy nuqtai-nazarni faol egallashga hamda o’zining o’qituvchi,
sinfdoshlar bilan o’zaro munosabatlarini axloqiy asosda qurishiga imkon beradigan 
darajaga erishishida ifodalanadi.
Maktabni, axloqiy-irodaviy tayyorgarlik mazmuninio’quvchi tutgan o’rnidan 
kelib chiquvchi bola shaxsi hamda xilqiga qo’yiladigan talablarga ko’ra
aniqlanadi.Bu talablar maktabda o’qishning dastlabki kunlaridanoq o’quvchi 
oldiga o’quv majburiyatlarini mustaqil va ma’suliyatni his etgan holda bajarish
tartibli va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishini talab etadi.Bu yuksak 
talablarni bajarishga tayyorlash oldindan maktabgacha ta’lim muassasalarida va
oilada maktyabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan davomli, maqsadga 
yo’naltirilgan tarbiyaviy ish jarayonida amalga oshiriladi. Maktabgacha tarbiya
yoshidagi bola shaxsiy hulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon 
bo’ladi.Bu munosabatda bolaning maktabgacha tarbiya yoshi davomida
rivojlanadigan o’z xulq-atvorini boshqarish qobilyati qoidani yoki tarbiyachi 
talablarini ongli bajarish asabiylashib ketishga erk bermaslik, qo’yilgan maqsadga
erishishda qat’iyatni namoyon qilish, kerakli ishni o’ziga tortadigan, ammo 
maqsaddan chalg’itadiganiga qarshi o’laroq oxirigacha bajarish ko’nikmasi va shu
e’tiborga loyiqdir.Bo’lajak o’quvchi xulq-atvoridagi ixtiyorilikni rivojlanish 
asosini maktabgacha tarbiya yoshi oxiriga kelib tarkib topadigan sabablar, o’zaro
bo’ysinuvchilari tashkil qiladi.Sabablarning o’zaro bo’ysinganligi katta 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning ushbu daqiqadagi o’z ishtiyoqlarini
ma’naviy ahamiyatli maqsadlar yo’lida yengish uchun irodaviy, ongli intilishlariga 
aloqadordir.



19


Tabiiyki, maktabgacha tarbiya yoshida bolaning xulq-atvori ixtiyoriylikning
yuqori darajasi bilan ajralib turmaydi, ammo bu davrda maktabdagi yangi xulq-
atvori turiga o’tishni ta’minlaydigan ixtiyoriy xulq-atvor mexanizmining tarkib
topishi muhimdir. 
Maktabgacha
axloqiy-irodaviy 
tayyorgarlikning
qaror

topishida,


shuningdek, tayyorlov guruhidagi bola shaxsiy xulq-atvoridagi mustaqillik
uyushganlik va intizomlilik kabi xususiyatlar ahamiyatlidir.
Tayyorlov guruhidagi bolada mustaqillikni muovfaqiyatli shakllanishining 
dalolati tarbiyachining eslatish va ko’magisiz xulq-atvor qoidalarini bajarish, yangi
sharoitlarda harakatning to’g’ri odatiy usullaridan foydalanish yordam berishga 
tayyorlik qobilyatidir.Mustaqillik bilan uzviy bog’langan xulq-atvordagi
uyushganlik va intizomlilik bola xulq- atvoridagi maqsadga yo’llanganlikda o’z 
faoliyatini maktabgacha ta’lim muassasalarida qabul qilingan qoidalarga muofiq
ongli tashkil eta bilishda faoliyat natijasiga erisha bilish va uni nazorat qilish, o’z 
xulq-atvorini boshqa bolalarniki bilan muvofiqlashtirish o’z xatti-harakatlari uchun
shaxsiy ma’suliyatni his qilishda o’z ifodasini topadi.Tayyorlov guruhi bolalar 
xulq-atvoridagi mazkur xususiyatlarning mavjudligi maktabga axloqiy-irodaviy
tayyorlikni shakllantirishning isboti xizmatini o’taydi. 
Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikning boshqa muhim tarkibiy qismi
bolaning katta yoshlilar va tengqurlari bilan o’zaro munosabatlarini qoidalarga 
muofiq tashkil eta bilishdir.Tajribaning ko’rsatishicha, maktabdagi o’qish
sharoitlariga moslashish oldingi yillarda bolalarda ―jamoachilik‖ sifatlari:do’tlarga 
nisbatan xayrixoh, xushmuomilalik, g’amxo’rlik bildirish, o’zaro yordamga
hozirlikning qanchalik muvoffaqiyatli shakllantirilganligiga bevosita bog’liqligini 
ko’rsatdi.Bola xulq-atvorida jamoatchilik xislatlarini bunday majmuining
mavjudligi uni maktabga, axloqiy, irodaviy tayyorligining ko’rsatkichi bo’la oladi 


20


va yangi jamoada tengqurlari bilanmuomilada ko’tarinki ijobiy ruxni yuzaga
keltiradi. 
Maktabda bolaning o’qituvchi bilan o’zaro munosabati ham ishga oid yangi
asosda tashkil topadi.O’qituvchining baxosi o’quvchi bilimi va uni o’quv 
majburiyatlarini bajarish sifatining mezoniga aylanadi. Maktabga aqliy
tayyorlikning muhim tarkibiy qismi maktabga o’qishga kirayotgan bolada 
atrof, dunyo haqida yetarlicha keng bilish boyligining mavjud bo’lishidir.
Bilimlarning bu fondi o’qituvchi o’z ishini tashkil etishda tayanadigan 
zarur asos hisoblanadi.
Bolani maktabga aqliy tayyorligida bolalar egallagan bilimlarning
sifati a]hamiyatlidir. Bilimlar sifatining ko’rsatkichi birinchi navbatda
ularni bolalar tomonidan ongli egallaganligi; tasavvurlarining aniq va 
tabaqalashtirilganligi; oddiy tushunchlar mazmuni va hajmining to’liqligi;
o’zlariga tushunarli o’quv va amaliy vazifalarni hal etishda bilimlarni 
mustqkil qo’llana olish qobilyatlari; muntazamlilik, ya’ni maktabgacha
tarbiya yoshidagilarning narsa va hodisalar o’rtasidagi tushunarli, muhim 
aloqa hamda munosabatlarni aks ettira bilish qobiliyatidir.
Bolani maktabga aqliy tayyorgarligining tarkibiyqismi bola bilish 
faoliyatini muayyan darajada rivojlangan bo’lishidir. Bu o’rinda
Birinchidan bilish jarayonining o’sib boro’vchi ixtiyoriyligi;
materialni ma’no jihatdan ixtiyoriy eslab qolish va takror ifodalash,
narsa va hodisalarni rejali idrok etish, qo’yilgan bilish va amaliy 
masalalarni maqsadga muvofiq hal etish qobiliyati va shu kabilar;
Ikkinchidan bilish jarayonlari sifatini oshirish: sezgila rning
aniqligi, idrokning to’liq va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va
takror ifodalashning tez va aniqligi; 


21


Uchinchidan bolada atrof dunyoga bilish munosabatlari, bilimlarni
egallash va maktabda o’qishga intilishning mavjudligi muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Maktabga aqliy tayyorlikni shakillantirishda bo’lajak o’quvchini
tafakkur faoliyatining umumiy darajasi muhim ahamiyatga ega.
Bolalar bog’chasining bolalarni aqliy tarbiyalashga oid olib borayotgan 
muntazam, maqsadga muvofiq ish sharoitlarida bolala rda (faoliyat)
tafakkur faoliyatida narsalarning ko’p tomonlama tahlil qilish qobiliyati, 
ijtimoiy tarkib topgan sensor etalonlardan fan hamda hodisalar xususiyat
va sifatlarini tadqiq qilishda foydalana bilish narsa va hodisalardagi asosiy 
aloqa, bogliqlik, belgilarni anikqlash asosida oddiy umumlashtirishlar
qilish qobiliyati, uo’shashlik va farqlanuvchi belgilarni izchil ajratish 
asosida narsalarni qiyoslashni amalga oshirish ko’nikmasi tarkib
toptiriladi. 
Bulajak
o’quvchilarda 
akliy
faoliyatning 

elementar


mustaqilligi: o’z faoliyatni mustaqil rejalashtirish va uni reja asosida 
amalga oshirish ko’nikmasi, oddiy bilish vazifasini qo’yish va uni xhl etish
kuo’ikmasi va shu kabilar rivojlantiriladi. 
Maktabda aqliy tayyorlik, shuningdek bolalar tomonidan o’quv
faoliyati elementlarini egallab olinishini ham o’z ichiga oladi. 
Bolalar muntazam ta’lim sharoitlarida maktabgacha bolalik oxiriga
kelib, o’quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini: tushunarli o’quv 
vazifasini qabul qilish, tarbiyachining ko’rsatmalarini tushunish va aniq
bajarishni ishni kattalar tomonidan o’z, xulq-atvori, topshiriklarni bajarish 
sifati ustidan nazorat kilish kunikmasini, uzining va b oshka bolalarning
ishlariga tanqidiy baho berish qobiliyatini, egallab olishlari kerak. 
Nutqni qanchalik yuqori darajada rivojlangan bo’lishi bolani



22


maktabga aqliy tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Tovushni aniq talaffuz qilish, lug’atning boyligi, o’z fikrini mantiqiy 
grammatik to’g’ri bayon qila bilish, madaniy nutq muomalasi-bularning
barchasi maktabda muvaffaqiyatli o’qishning zaruriy sharti h isoblanadi. 
Aqliy tayyorlik tarkibiga shuningdek, savodning boshlang ’ich
asoslari oddiy matematik tasavvurlar, on a tili yetarlicha keng bilim, 
ko’nikma va malakalar doirasi ham kiradi.
Shunday qilib, maktabdagi o’qishga aqliy tayyorlik bolalarni aqliy va 
nutqiy rivojlantirishning uzaro bog’langan tarkibiy qismlardan tarkib
topadi. Bilish faoliyati, bilish qiziqishlari, bola tafakkuri usullari, atrof 
dunyo
haqidagi 

anglangan


sistemalashtirilgan 
tasavvurlar
hamda

elementlar tasavvurlar va elementar o’quv faoliyati umumiy darajasining


birligi bolalarda maktabdagi o’quv materialini egallashga aqliy tayyorlikni 
vujudga keltiradi.
Bolani maktabda o’qishga jismoniy tayyorligi o’qishning
muvaffaqiyatli bo’lishida katta ahamiyatga egadir. Maktabga chiq ish
munosabati bilan bola turmush tarzining qayta ko’rilishi, kun tartibining 
o’zgarishi, jiddiy o’quv mehnati, darslarning davomiyligi undan sezilarli
jismoniy zo’r berishni talab qiladi. Maktabga jismoniy tayyorlik ko’pgina 
tarkibiy
qismlardan 
tarkib
topadi.

Bu
birinchi 


navbatd a
bola

salomatligining yaxshi bo’lishi, organizimning chiniqqanligi, ma’lum


darajada chidamliligi va ish qobiliyati, kasalliklarga qarshilik ko’ rsata 
olishidir. Bolalarni maktabga tayyorlashda barmoq mayda muskullarining
rivojlanishi alohida o’rin egallaydiki, bu yozuvni muvaffaqiyatli 
egallashning zaruriy shartidir.
Maktabga jismoniy tayyorlik shuningdek bola tomonidan madaniy


23


gigiyenik malakalarni egallanishini, ularda shaxsiy gigiyena
qoidalariga rioya qilish odatini tarbiyalashni nazarda tutadi. 
Jismoniy tayyorlik bola maktbaga yetuklikni shakllantirishning zarur 

tarkibiy qismi hisoblanadi.


Maktabga yetuklikni aniqlashda bola sog’ligining holati va
organizmning biologik yetukligini baholash (antropometrik ko’rsatkichlar
suyak, mushak, nafas olish va yurak-tomir sistemasining) rivojlanganligini 
nazarda tutuvchi ko’p omilli tahlildan, maktabga funksional tayyorlikni
«Maktabga yetuklik»ni asosiy ko’rsatkichi va eng avvalo bir qator 
fiziologik
funksiyalarining 
rivojlanish
darajasini 
baholashdan
foydalaniladi. Bularga: partada anchagina uzoq muddat o’tirish uchun 
zarur bo’ladigan tormizlanish kobiliyatining rivojlanganligi; harakatlarni
yaxshi boshqarish, jumladan yozish va rasm solishga aloqador grafik 
vazifalarni bajarishda zarur bo’ladigan barmoqlarning mayda h arakatlari;
ijobiy va tormozlanishiga xos shartli aloqalarni nisbatan tez hosil qilish 
hamda mustahkamlash, shuningdek ikkinchi signal sistemaning yetarlicha
rivojlanganligi ta’luqlidir. 
Bolalarni
«Maktabga 
yetukligi»ni
aniqlash 
maqsadlarida
gigiyenistlar Kern-Irasekning (ChSSR) testlari, sovet tadqiqotchilari 
(M.M.Antropova, M.M.Kolsova, T.S.Sorokina va boshqalar) tomonidan
ishlab chiqilgan metodikadan foydalanadilar. Bolalarni tekshirish ularni 
maktabda olti yoshdan o’qishlari mumkinligini aniqlash imkonini beradi.
Bolalarni maktabga jismoniy tayyorliklarini tekshirish natijasi
ko’pchilik bolalarda uning asosiy ko’rsatkichlari norma atrofida ekanligini
va hatto undan ilgarilashini ko’rsatdi. 


24


Kun tartibi, chiniqtiruvchi muolajalar, muntazam jismoniy tarbiya
mashgulotlari, hilma-xil harakatli o’yinlar va jismoniy mashqlar faol 
harakat rejimi bolalarni maktabda o’qishiga jismoniy tayyorligini
ta’minlashning zaruriy shartlari hisoblanadi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar asosan MTMda va oilada
maktabga tayyorlanadi. MTMlarda bolalarni rivojlanis hi va maktabga 
tayyorlash 3 bosqichda amalga oshadi:
Bolalar nutqini rivojlantirish. 
Jismonan rivojlantirish.
Ma’nan rivojlantirish. 
Bolalarni maktabga tayyorlashdan maqsadi bola shaxsini bolalarni
maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat 
talablariga muvofiq sog’lom va yetuk maktabga o’qishga tayyorlangan
tarzi shakllanishdan iboratdir. 
Maktabga tayyor bo'lmagan bolaning qabul qilishi bola shaxsining
rviojlanishiga har tomonlama yomon ta'sir etadi. O'qishdagi o'zlashtira olmasliklar 
bolada o'qishga nisbatan salbiy munosabat tug'diradi. Uning jismoniy va ruhiy
sog'lig'i ham xavf ostida. Ularda nevroz belgilari paydo bo'lishi mumkin: uyquning 
buzilishi, siydik ushlay olmaslik, bosh og'riqlari va boshqalar. Tarbiyasida ham
qiyinchiliklar paydo bo'la boshlaydi: bola qanday bo'lmasin o'ziga diqqat-e'tiborni 
qaratmoqchi bo'ladi, yomon harakatlar qila boshlaydi. Agar bolaning tayyor
emasligini vaqtida aniqlansa, bunday hollarning oldini olish mumkin bo'ladi. 
Bolaning maktabga tayyorligini turli sohadagi mutaxassislar aniqlay oladilar.
Bolalar shifokori bolani tekshirib, somatik rivojlanishini aniqlaydi, agar ma'lum bir 
jismoniy, ruhiy kamchiligi bo'lsa, uni ruhiy-pedagogik tekshiruvga yuboradi. Ma'lum
bir nuqsonlarga ega bo'lgan bolalar maxsus maktabga yuboriladi. 1 sentabrga 


25


qadar 7 yoshga to'lmagan, bolalar bog'chasiga bormagan, pedagogik qoloq, nutq
kamchiliklari, jismoniy rivojlanish kamchiliklari bo'lgan bolalarni maxsus 
konsultatsiyalar, boshlang'ich sinf o'qituvchilari tekshirib beradilar.
Tuman

ruhiy-pedagogik


konsultatsiyalarida 
bolaning
maktabga 
tayyorgarligini har tomonlama aniqlashadi. Ular ta'lim-tarbiyadagi qiyinchiliklarni
bartaraf etishda profilaktik va korreksion usullarni tavsiya etadilar, tarbiya sohasiga 
oid maslahatlar beradilar. Bular bilan birga tuman mahalla qo'mitalari faol ishtirok
etadilar. Bola tarbiyasiga salbiy ta'sir etadigan ota-onalar bilan mahalla qo'mitalari 
va boshqa ijtimoiy tashkilotlar ishlashadi.
Tuman ruhiy-pedagogik konsultatsiyalarida bolalarning maktabga tayyorligini 
aniqlashda psixologik testlardan foydalanadi.
Testlarni mazmun jihatdan 2 guruhga bo'lish mumkin: 
1.
O'qish jarayonida ishtirok etadigan alohida psixologik tomonlarning 

shakllanish darajasini aniqlaydigan testlar.


2. Maktabga umumiy tayyorgarlikni tekshiradigan testlar. 
Konsultantlar bolani ota-onalar oldida tekshiruvdan o'tkazadilar. So'ngra
tekshiruvlar natijalari asosida quyidagi choralarni maslahat beradilar: 
a) umumta'lim maktabining 1-sinflga yozish;
b) o'qishni 1 yilga qoldirish; 
d)bolani
bog'cha

yoki
maktab

qoshidagi
maxsus

sinfga
yozdirish; 


e)bolani maxsus maktabga yozdirish.
Konsultatsiyalarning xulosasi asosida mahalla qo'mitalarining maktab 
bo'limlari bola qayerda o'qishini hal qilishadi. Agar bola 7 yoshga to'lib, ammo
uning sog'lig'i yaxshi bo'lmasa, unda tekshiruvlar natijasiga ko'rao'qish 1 yilga 


26


qoldiriladi. 1 yildan so'ng, bola qaytadan maxsus tekshiruvdan o'tadi va qayerda
o'qishi hal qilinadi. 
Agar bola tarbiyasida ishtirok etadigan shaxslar unga alohida e'tibor ajratishsa,
uning har tomonlama rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratib berishsa, yordam berishsa, 
o'qishdan qolgan muhlat ijobiy natija beradi.
O'qishdan qolgan bolalar bilan ishlashda tarbiyachilar uchun hozircha maxsus 
dasturlar ishlab chiqilmagan. Pedagoglar bunday bolalar bilan mavjud bo'lgan.
Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim va tarbiya dasturi bo'yicha ishlashmoqda, 
faqat ularga ko'proq e'tibor ajratadilar.
Maktabda o'qishni o'zlashtira olmaydigan bolalar uchun maxsus sinflar ochiladi. 
Bunday sinfda o'qishni vaqtincha o'zlashtira olmaydigan, normal intellektga ega
bo'lgan bolalar o'qiydilar. O'qishdagi qoloqlikni individual mashg'ulotlar, alohida 
parvarish va maxsus kurs tartibi yordamida bartaraf etish mumkin.
Maxsus sinf 12-15 o'quvchiga mo'ljallangan bo'lib, maktab direktorining 
ruhsati bilan ochiladi. Maxsus sinfga o'tkazish sinf rahbari tavsiyasi, maktab
shifokori va ruhiy-pedagogik konsultatsiya xulosasi asosida amalga oshiriladi. 
O'quvchi maxsus sinfda vaqtincha, uning o'qishdagi qoloqligi bartaraf etilguncha
qoladi. Sinfda 2 yilgacha o'qish mumkin. 
Aqliy va jismoniy, nutq kamchiliklarigaega bo'lgan, qiyin tarbiyalanadigan,
kasal va quvvatsiz bolalar maxsus maktablarga yuboriladi. Bularga aqli zaif bolalar 
uchun maxsus maktablar va yordamchi maktablar kiradi.
Maktabga umumiy va maxsus tayyorgarlik ko'rishga jiddiy talablar 
qo'yilgan, shuning uchun bolani maktabga doimiy ravishda tayyorlash kerak.
Tayyorgarlik o'z-o'zidan, avtomatik tarzda paydo bo'ladi. Faqat maqsadga 
yo'naltirilgan va uzoq muddatga mo'ljallangan tarbiya jarayoni bolani maktabga
yaxshi tayyorlanishiga olib keladi.


27



Yüklə 220,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin