UMUMIY XULOSA VA TAKLIFLAR______________________
60
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI___________
63
ILOVALAR_____________________________________________
68
3
KIRISH
Muammoning dolzarbligi. Sibling maqomining psixologik xususiyatlari
masalasini ilmiy jihatdan o’rganish hozirgi davrda ta’limda amalga oshirilayotgan
islohatlar bilan chambarchas bog’liqdir. Ushbu mavzuning dolzarbligi yosh
avlodning tarbiyasi, mustahkam oilani shakllantirish bilan uyg’unligidadir.
Barkamol yoshlarning oiladagi tarbiyasining provard natijasi, ularning mamlakatda
ijtimoiy iqtisodiy yo’nalishda o’tkazilayotgan islohatlardagi faol ishtirokiga
qaratilgandir. Bu strategik masala yoshlarning o’qib o’rganishlarini, aka uka, opa
singil munosobatlarini muntazam mustahkamlash va mustahkam oila qurib
jamiyatimizga xizmat qilishdagi faoliyatlarini yanada takomillashtirshni talab
qiladi. Shuning uchun hum O’zbekiston Prezidentining taklifiga binoan 2012 yil
mamlakatimizda “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilindi.
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda Ta’lim to’g’risidagi qonun va Kadrlar
tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilish natijasida ta’lim jarayonida tub
o’zgarishlar ro’y berdi. Ta’limning barcha jabhalarida yangi pedagogik
texnologiyalar joriy qilindi. Oilalardagi psixologik rivojlanishning muhim
faktorlardan biri ularning yoshiga monand ta’lim berilishini tashkil qilish
masalasidir. Shuningdek ushbu ilmiy muammoning dolzarbligi ta’lim va tarbiya
jarayonida uchrayotgan, muammoli ta’limda foydalanilayotgan yangi pedagogik
texnologiyalarni o’quv jarayoniga joriy qilish kabi psixologik muammolarni
chuqur ilmiy tahlil qilishni ham talab qiladi hamda bu jarayon yoshlarimizning
axloqiy, huquqiy tarbiyasida, ularning mustahkam oilani shakllantirishlaridagi
muhim omillardan biri hisoblanadi.
Tanlangan mavzuning dolzarbligi yana shu bilan xarakterlanadiki, chunki bu
masala yoshlar oila qurishga tayyorgarligi tarbiyasini yuksaltirish, oila a’zolari
orasidagi munosobatlarni mustahkamlash, ularning psixologik va pedagogik ta’lim
olishi, bevosita kelajagi, ya’ni jamiyatdagi o’rni, mustaqil oila qurishlari bilan
bog’liqdir.
4
Shuningdek, ta’limni modernizasiyalash davrida O’zbekistonda pedagogika va
psixologiya fani rivojlandi, natijada talabalarni o’qib o’rgatishni ta’minlashga qaratilgan
psixologik ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Biz tanlagan tadqiqot mavzusining
dolzarbligi
psixologik
muammoli
ta’limda
qo’llanilayotgan
pedagogik
texnologiyalarning amaliyotdagi ahamiyati ya’ni barqaror oilani shakllantirish, oila
a’zolarining jamiyatimizdagi islohatlarda faol ishtirok etishlarini ta’minlash masalasi
bilan ham uyg’unligidadir.
Ta’kidlash lozimki, oila a’zolarining aqliy, psixologik, jismoniy rivojida
ta’limning ilg’or usullari va oila psixologiyasi fani texnologiyalarini qo’llashning
bevosita psixologik amaliyotdagi o’zgacha turi sifatida, yoshlarga oila qurish
jarayonida ilmiy psixologik yordam ko’rsatish jarayonining yaxlitligi, shuningdek
oila a’zolari orasida ijobiy munosbatlarni yuksaltirishni mujassamlashda ham aks
etadi.
Mavzuning dolzarbligi oila a’zolari orasidagi munosobatlar masalasining va
ushbu jarayondagi tarbiyaviy ishlarning mohiyati, mazmuni, yo’nalishlarining
o’ziga xos psixologik xususiyatilari bilan bog’liqligi ushbu bitiruv malakaviy
ishning maqsad va vazifalarini aniqlash bilan ham belgilanadi.
Mamlakatimizda barcha aholining 97 foizi oilalarga birlashib yashaydi,
qolgan uch foizi – ya’ni, yolg’iz qolgan keksalar, ota-onadan etim bo’lib qolgan va
Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotganlar, boshqa yurtdan kelib vaqtinchalik
O’zbekistonda istiqomat qilayotganlar ham oila a’zolari, yaqinlari, yurtdoshlari,
turli davlat va nodavlat tashkilotlaridagi insonparvar odamlarning mehridan darig’
emas. Shu ma’noda oila – inson o’z baxti va saodati, orzu-havaslari, maqsad-
muddaolarini mushtarak qilgan, o’zini inson sifatida idrok etib hayot nashidasini
suradigan muqaddas makondir.
Oila – ijtimoiy institutlarning eng qadimgisidir. Insoniyat boshidan
kechirgan tarixiy davrlarning qanchalik turfa va murakkab bo’lishiga qaramay,
ayniqsa, XIX va XX asrlarda ro’y bergan buyuk o’zgarishlar va islohotlarga dosh
bera olgan ushbu maskan o’z tizimi, tarkibi va jamiyat oldida turgan
majburiyatlarini bajarishi nuqtai nazaridan sog’ omon saqlanib qolgan tuzilmadir.
5
Oilani insonlar tashkil etgani va undagi hayot-mamotni ular o’rtasidagi o’zaro
munosabatlar tashkil qilishini hisobga oladigan bo’lsak, uni sof psixologik
jarayonlar maskani ham deb atash mumkin.
Oila – jamiyatning ajralmas bo’lagi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat
yo’qki, u o’zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va
uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan bo’lsa. Har qanday
istiqbol oilaning manfaatlaridan ayro tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson
uchun oila – bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning muqaddimasidir.
Qolaversa, har bir inson o’z baxti va saodatini eng avvalo oilasi bilan bog’laydi,
ya’ni, o’z uyi, oilasida baxtli bo’lgan insongina o’zini to’laqonli bahtiyor his etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2012 yilning
“Mustahkam oila yili” deb nomlanishi mamlakatimiz yoshlari uchun, ularning
ekologik tarbiyasida va ekologik madaniyatini shakllantirishda amaliy ahamiyat
kasb etadi. “Yangi yilga mana shunday nom berishimiz, azal azaldan, xalqimiz
uchun muqaddas bo’lmish oilani hayotimiz tayanchi va suyanchi, jamiyatimizning
hal qiluvchi asosiy bo’g’ini deb qabul qilishimiz zamirida, hech shubhasiz, juda
katta ma’no mohiyat mujassam. Chunki, oila sog’lom ekan - jamiyat mustahkam,
jamiyat mustahkam ekan - mamlakat barqaror. Buni isbotlab, tasdiqlab berishning
hech qanday hojati yo’q”
1
. Prezidentimizning ushbu metodologik ahamiyatga ega
bo’lgan tavsiya ham bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligidan dalolat
beradi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: sibling maqomining psixologik
xususiyatlarini ilmiy asoslarini o’rganish.
Dostları ilə paylaş: |