BIRINCHI BOBGA DOIR XULOSALAR
Birinchi bobga doir materiallarni o’rganish tufayli shuni alohida ta’kidlash
joizki, asrlar davomida o’zbek oilasi mustahkam va baxtli bo’lishi uchun o’zida
yaxshi ma’nodagi paternalizm tamoyilini asrab kelmoqda. Paternalizm (lot. Pater –
ota, paternus – otalarcha,) – kishilar ongiga “otalarcha g’amxo’rlik” va “ijtimoiy
sheriklik” g’oyasini singdirishga qaratilgan qarash va faoliyat majmuidan iborat.
Birinchidan, oila muhitidagi paternalizm – otaning obro’-e’tiborliligi,
farzandlar tarbiyasi va oila farovonligidagi o’z o’rni va mas’uliyatini anglashi va
buning oila a’zolari tomonidan ongli e’tirof etilishidir.
Ikkinchidan, bundan tashqari, ushbu tushuncha oiladagi keksalar, qariyalar,
yoshlar, yordamga muhtojlar yoki iqtidorlilarga hamisha ko’maklashish, ular
uchun etarli hayot sharoitini yaratishni ham nazarda tutadi.
Uchinchidan, Paternalizm g’oyasi o’zida insonparvarlik, hamkorlik
g’oyalarini ifodalab, xalqning umumiy qiziqish va intilishlarini aks ettirgani uchun
ko’p hollarda jamiyatni birlashtirib, uning ravnaqi uchun xizmmat qiladigan omil
hisoblanadi, bu tom ma’noda mohiyatan o’zbek oilalarida o’z ifodasini saqlab
qolgan. Bu qadriyat “oilaviy burch”, “hamjihatlik ruhi”, “fidoyilik”,
“vatanparvarlik”, “oilaviy qadriyatlarga sadoqat”, “kattalarga hurmat”, “kichikka
g’amxo’rlik” kabi tushunchalarga asoslanadi.
To’rtinchidan, oila ijtimoiy institut sifatida o’zining barcha vazifalarini
bajargan taqdirdagina, mafkuraviy tarbiyaning kafolatli o’chog’iga aylanadi. Zero,
33
har bir oilaning muqaddas vazifasi – qobiliyatli farzandlarni o’stirish, ularni
jismoniy, intellektual va ma’naviy tomondan etuk qilib, ota-onasiga, Vataniga
sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdan iborat. Ya’ni, ham ma’naviy, ham jismoniy
jihatdan sog’lom, barkamol inson faqat sog’lom oilada shakllanishi mumkin.
Oiladagi sog’lom muhit va barqarorlik esa yaxlit jamiyat ma’naviy takomilining
aslosidir.
Beshinchidan, xalq psixologiyasida mafkuraviy ta’sirchan omillar mohiyatini
bilish, yangicha rasm-rusmlar marosimlarning ahamiyatli tomonlarini kundalik
turmush tarziga aylantirish yoshlar e’tiqodiga samarali ta’sir ko’rsatuvchi
pedagogik texnologiyalarga kiradi.
|