“Sizningcha oilada nechta farzand bo’lishi kerak?” savoliga olingan javoblar
(“Ijtimoiy fikr” va “Oila” markazi ma’lumotlari)
Yillar
Tashkilotlar
1 ta
2 ta
3 ta
4 va
undan
ortiq
Boshqa
javoblar
2010
“Ijtimoiy fikr”
2,7
35,6
27,5
24,4
4,9
“Oila”
3,4
26,5
33,8
30,8
5,5
2002
“Ijtimoiy fikr”
2,2
31,6
29,0
28,8
4,1
“Oila”
0,7
15,6
33,2
42,4
8,1
Ko’rib turganimizdek, reproduktiv madaniyat oshgani sari real va ideal
ustanovkalarda ham muayyan o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Muhimi –
yurtdoshlarimiz bugungi kunga kelib, oilada farzandning borligi uning
mustahkamligi omili ekanligini chuqur anglagan holda, sog’lom onadan tug’ilgan
sog’lom bola uning baxt-saodati ekanligini to’la anglaydilar. Shu bois ham olib
21
borilayotgan targ’ibot-tashviqot ishlari, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi
faollashib borayotgan o’rni ularning reproduktiv xulqlariga o’z ta’sirini
ko’rsatmoqda.
Psixologiya fanida ishlatiladigan “perinatal” tushunchasi bilan tibbiyotda
ishlatiladigan tushuncha o’rtasida muayyan farq bor. Tibbiyotda perinatal davr o’z
ichiga homilaning ona qornidagi 28 haftalik taraqqiyot davri bilan bola
tug’ilgandan keyingi 7-10 kunlik davr oralig’ini nazarda tutadi. Perinatal
psixologiyada esa homila paydo bo’lgan davrdan toki chaqaloqning ona bilan
birgalikda, emosional bog’liqlikda kechadigan yaxlit davrigacha bo’lgan vaqt
nazarda tutiladi. Psixologiya uchun bolaning er va xotin qo’shilishi natijasida
qanday konstruktiv yoki destruktiv motivlar asosida paydo bo’lishi ham
ahamiyatlidir. Ayniqsa, ayolning homiladorlik davridagi his-kechinmalari,
bolaning qanchalik kutishi kabi psixologik omillar keyinchalik u bilan amalga
oshiriladigan psixoterapevtik ishlarda amaliy ahamiyat kasb etadi. I.V. Dobryakov
(2003) homilador ayollarning shu davr mobaynidagi psixologik kechinmalarining
shakllarini shunday tafovutlaydi:
•
optimal tip;
•
gipogestagnozik tip, ya’ni, turli sabablarga ko’ra, homilador ayol va uni o’rab
turganlarning uning holatiga e’tibori kamligi ko’rinishida (masalan, talaba
bo’lgan homilador ayol o’qishi tashvishlari bilan homilasiga etarli vaqt ajratib
e’tibor berolmaydi);
•
eyforik tip, ya’ni homilador ayolning yangi holatidan o’ta lazzatlanishi, butun
vujudi bilan “maza” qilishi holati;
•
xavotirli tip;
•
depressiv tip.
Ayolning homiladorlik davrini qanday boshidan kechirishi uning ona
bo’lganidan keyingi xulq-atvorini belgilaydi. Tug’ish bilan bog’liq tashvishlar
psixoanalitik yo’l bilan O.Rank va S.Grofflar tomonidan batafsil o’rganilgan.
Tug’ruqdan keyingi davr esa yana psixologik jihatdan alohida davr bo’lib, u ikkala
tomonning farzand tug’ilishiga bo’lgan hissiy munosabati xarakteridan kelib
22
chiqadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, O’zbekistonda onalik va bolalik davlat
tomonidan muhofaza qilinadi va qadrlanadi. Lekin masalaning muhim jihati
shundaki, nikohga kirishning eng dolzarb motivi farzand ko’rish bo’lgani sababli,
aksariyat oilalarda ayolning petenatal davrida unga alohida mehr ko’rsatish,
g’amxo’rlik qilish ham milliy an’analarimizga aylangan.
Oilaviy munosabatlarning eng ta’sirli, jozibali va muhim bo’lagi – bu ona-bola
munosabatlaridir. Ularning muhimligi shundaki, ayni dastlabki muloqot va mehrli
munosabatlar bolaning keyingi psixik va aqliy taraqqiyotini hamda onaning xulq-
atvorini shakllantiradi.
Bola tug’ilishining dastlabki onlarida ona va bola o’zaro hissan va psixologik
jihatdan bog’langan bo’lib, ikkalasi bir tan, bir vujud hisoblanadi. Shu bois
ularning munosabatlarida simbiotiklik (bir xillik, qo’shilib ketganlik, yaxlitlik)
bo’ladi. Bola ulg’ayib, katta bo’lgani sari ular o’rtasidagi masofa, psixologik
distansiya ortib boraveradi, simbioz munosabatlar aqliy-kognitiv munosabatlar
shaklidagi psixologik aloqalarga aylanib ketaveradi.
Chaqaloqning
jismoniy
o’sishi
va
rivojlanishi
tabiiyki,
onaning
g’amxo’rligiga bevosita bog’liq. Shunisi muhimki, bola uchun har qanday
g’amxo’r va mehribon inson unga ona o’rnini bosishi mumkin (buvisi, otasi,
enagasi). Lekin kimningdir doimiy g’amxo’rligi, ya’ni, mehribon insonning –
“obekt”ning doimiyligi bola rivojlanishi uchun o’ta muhim hisoblanadi. Bola bir
yoshga to’lguncha bo’lgan davri noverbal muloqot davri hisoblanib, undagi barcha
o’zgarishlar onasi yoki yaqinlari bilan bo’ladigan emosional, bevosita
munosabatlarning natijasi bo’ladi va bora-bora muomalaga til va tovushlar bilan
bog’liq belgilar kirib kela boshlaydi. Onaning barcha say’i-harakatlari bu davrda
bola psixik rivojlanishining muvaffaqiyatini belgilaydi.
Agar ota va ona tomonidan ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik doimiy va
samimiylik kasb etsa, bu E.Erikson ta’biri bilan aytganda, “mutloq ishonch”
(bazalnoe doverie)ga asos bo’ladi. Ya’ni, haqiqiy, g’amxo’r ona bolasining ayni
paytdagi barcha ehtiyojlarini qalban his etib, o’sha zahoti qondirishga harakat
23
qiladi, masalan, chanqasa suv, och qolsa – ko’krak suti, peshob qistaganda, to’sish
kabi ishlarni o’z vaqtida bajarib boradi. Onaning bola ehtiyojlarini shu kabi aniq
bilib, o’z vaqtida mehr ko’rsatishi ba’zan intuitiv tarzda kechsa, ba’zan ona o’zini
bola bilan identifikasiya qiladi, ya’ni, o’zini uning o’rniga qo’yish orqali, uning
talab-istaklarini sezganday bo’ladi, “vujudi bilan his etadi”. Bunday his qilishlar
odatda ona tomonidan aniq anglanmaydi, lekin, tabiiiyki, onaning kechinmalari va
sezishlari to’g’ri chiqadi. Lekin ba’zan pediatr yoki boshqa mutaxassis bilan
bolaning holati haqida fikrlashganda ayrim hollarda o’zining intuitiv qarorlari
to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini anglab qoladi.
Tan-vujud bilan ona va bolaning yaxlitligi o’ziga xos hissiyot bo’lib, u
ko’pincha “xolding” (inglizcha “tutish”, “ushlash” so’zidan olingan) tajribasidan
kelib chiqadi. Ya’ni, ona o’z bolasini qo’lida ushlab, badani badaniga tekkanda his
qiladigan kechinmalari orqali boladagi o’zgarishlarni tuyadi, his qiladi.
Olimlarning fikricha, “xolding” tajribasi yaxshi bo’lmagan onalarning shaxsiy
muammolari ko’p bo’lib, ular bolani qo’lida ushlaganda ham deyarli hech nimani
his etmaydilar. Ana shunday chaqaloqlarda keyinchalik ixtiyoriy psixik funksiyalar
rivojida muayyan muammolar bo’lishi mumkin, masalan, ixtiyoriy ravishda
diqqatni bir narsaga to’plash, ixtiyor holda u yoki bu narsani eslab qolish, gapirish,
mantiqiy fikrlash va shunga o’xshash.
Gapirish, nutq faoliyati bilan bog’liq psixik funksiyalar ko’pincha
sinxronizasiya jarayonida shakllanadi. Bolasini suyib, uning his-kechinmalarini
bilish qobiliyatiga ega bo’lgan ona odatda farzandining psixik rivojlanishida
barcha qiliqlarini, ulardan qanday foydalanish malakalarini orttirib boradi.
Masalan, bolada ba’zan shunday holat bo’ladiki, unda onaga bola bilan faol
kommunikativ faoliyatni amalga oshirish noqulay bo’ladi, go’dak injiqlik qilib,
hech narsaga ko’nmay qoladi, buni sezgan ona bolaga gapiravermay, jimgina toza
havoda sayr qildiraversa, ma’lum vaqt o’tgach, farzandidagi charchoq yoki boshqa
sababli paydo bo’lgan holat o’tib ketadi, u yana jonlanib, onaga talpinadi, u bilan
muloqotni davom ettiradi. Shuni inobatga olmagan holatlarda kommunikativ
omadsizlik sodir bo’ladi, buning oqibatlari psixologiyada yaxshi o’rganilgan.
24
Boladagi kognitiv rivojlanish, ya’ni fikrlar tarbiyasi, dunyoqarashlarning
shakllanishiga ham onaning xulq-atvori katta ta’sir etadi. Ingliz olimlarining
kuzatishlarida onaning har bir harakati, mimikalari bolaning tepasida turib, unga
qiladigan muomalasi, erkalashlari bora-bora bola o’zlashtiradigan alohida iboralar,
so’zlarda namoyon bo’ladi. Video tasmalarda shu narsa namoyon bo’lganki,
onaning qiliqlari tobora bolaning nutqli-nutqsiz, mantiqiy-mantiqsiz harakatlariga,
ishoralariga aylanib boradi, keyinchalik bola alohida so’zlarni talaffuz qila
boshlaganda ham beixtiyor onaning mimikalari, talaffuz uslublarini qaytaradi. Shu
tariqa onaning bevosita ishtiroki va yordamida bola dunyoni taniydi, o’rganadi.
Olamni ona orqali bilishga imkon beruvchi psixologik holatlardan yana biri –
bu hissiy-emosional bog’langanlikdir. Ingliz psixiatri Jon Boulbi tomonidan ishlab
chiqilgan, turli hayotiy vaziyatlarda ona-bola munosabatlarida degan olima
tomonidan tekshirilgan emosional bog’langanlik nazariyasi odatda etti oylikdan
keyingi bolaning onaga juda bog’lanib qolishi va shu orqali bola uchun muhim
psixologik rivojlanishlar ro’y berishini isbotlagan. Masalan, 12 oylikdan 18
oylikkagacha bo’lgan bolaning onasidan 3 minutga ayirib turib qayd etilgan
xulqiga qarab, olimlar hissiy bog’langanlikning 4 xil shaklini ajratishgan:
1
• Ishonchli bog’liqlik. Bola bunday sharoitda onasini ishonch bilan qidiradi,
atrofni o’rganadi; ketib qolganini seza boshlagach, tushkunlikka tushadi, xafa
bo’ladi, onasi qaytgach, uni zo’r xursandchilik bilan kulib kutib oladi, onasiga
talpinadi;
• Chetlashuvchi bog’liqlik. Onasi ketib qolganligini bilgach, atrofga qaraydi,
qidiradi, lekin ona qaytgach, unga talpinishi minimal bo’lib, hattoki, teskari
qarab ham oladi, o’yinchoqlarini o’ynashda davom etaveradi;
• Avbivalent bog’liqlik. Onasi ketgach, go’yoki qotib qolganday depressiyaga
tushadi, o’ynamaydi ham atrofga qaramaydi ham; onasi qaytgach, onasiga
talpinmaydi ham, undan qochmaydi ham. Uning xafaligini ham, xursand
ekanligini ham anglash qiyin bo’ladi;
1
Калмыкова Е. С., Падун М.А. Ранняя привязанность и ее влияние на устойчивость к психической травме:
Постановка проблемы (Сообщ. 1) // Психологический журнал. – Т. 23. – М.: 2002. – № 5. – С.
25
• Tartibsiz bog’liqlik. Bolada onaga nisbatan bog’liqlikni kuzatish qiyin,
go’yoki bolaga barcha narsa befarqday, qiliqlarda mantiqni kuzatish mushkul.
R.J. Muxamedraximov (1998) o’z tadqiqotlarida “xavfsiz bog’liqlik”
atamasini ishlatadi. Bunda ona-bola munosabatlari juda tekis, ravon, bir-biriga
monand, samimiy kechadi. Oila muhitida, yaxshi ijobiy munosabatlar doirasida
kechgan bog’liklik bilan ota-onasiz o’sgan etimxonadagi bolalardagi bog’liqlik
o’rganilganda, ayni xavfsiz bog’liqlik borasida ular o’rtasida katta tafovut borligi
isbotlangan.
1
Shunday qilib, onaning bolani normal psixik taraqqiyotida roli ulkan. Bu
ta’sir bolaning chaqaloqlikdan keyingi davrlarida ham o’z kuchini saqlab qoladi.
Dostları ilə paylaş: |