O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika psixologiya fakul’teti


II–BOB. AKA UKALIK VA OPA SINGILLIK MUNOSOBATLARI



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/22
tarix22.03.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#54036
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
sibling maqomining psixologik xususiyatlari

II–BOB. AKA UKALIK VA OPA SINGILLIK MUNOSOBATLARI 

PSIXOLOGIYASINING MAZMUNI 

2.1. Sibling maqomining psixologik jihatlari 

      Mashhur  psixolog  olim  Adler  oilashunoslik  fanida  ilk  marotaba  bola 

shaxsining  shakllanishi  va  rivojlanishi  uning  oilasidagi  aka-ukalar  va  opa-

singillarning  borligiga  bog’liqligi  g’oyasini  ilgari  surgan.  Afsuski,  bu  omil  Sharq 

xalqlari,  xususan,  O’zbekiston  uchun  o’ta  muhim  bo’lishiga  qaramay,  bizda  ham, 

kichik oilalar xos bo’lgan G’arbda ham juda kam o’rganilgan. 

Psixologik  adabiyotda  sibling  maqomi  aslida  (inglizcha  sibling, sibs  –  bir 

oiladagi  akalar  va  opalar  ma’nosini  bildiradi)  –  muayyan  insonning  muayyan 

oilada tug’ilishi, jinsi va tug’ruqlar orasidagi rasmiy farqni ifodalovchi tushunchani 

bildiradi.  Bolaning  sibling  maqomi  va  uning  shaxsiy  ko’rsatkichlar  bilan 

bog’liqligi  masalasiga  xali  aniqlik  kiritilmagan,  ya’ni  aniq  ilmiy  dalillar  etarli 

emas.  Shunga  qaramay,  ko’pgina  tadqiqotchilar  shaxsning  sibling  maqomi  uning 

shaxsiga, er-xotinlik va ota-onalik maqomlariga, do’stlar bilan muomalasiga, ishda 

rahbariyat  va  hamkasblar  bilan  o’rnatadigan  muloqotlarining  xarakteriga  ta’sir 

etishini  o’rganishgan.  Empirik  ma’lumotlar  bunday  bog’liqliklarning  to’rt  turi 

mavjudligini ta’kidlaydi. 

• 

To’ng’ich  bola,  oiladagi  farzandlarning  kattasi,  odatda  ota-onasining 



umidi  bo’lib,  ota-onalar  undan  ko’p  narsalarni  kutadi  va  odatda  u  bu  umidlarni 

oqlaydi  ham.  Undagi  muvaffaqiyatlarga  bo’lgan  intilish,  o’qish  va  kasb-hunar 

egallash yo’nalishidagi yutuqlari va unga erishish imkoniyatlari ham odatda yuqori 

bo’ladi.  Uning  muvaffaqiyatlari  nafaqat  ota-onaning  kutishlariga  bog’liq,  balki 

ma’lum  vaqt  erkalatilgan  bolaning,  keyinchalik  “taxtdan  tushishi”,  mavqening 

birdan  o’zgarishi  va  kutishlar  tizimining  ham  shunga  yarasha  boshqacha  bo’lib 

qolishi  bilan  bog’liqdir.  Buni  Adler  iborasi  bilan  aytganda, “detronizasiya”,  ya’ni 

taxtdan  ayrilishi  deb  atash  mumkin.  Chunki  ukasi  yoki  singlisi  paydo  bo’lgandan 

so’ng,  ota-onasining  e’tibori  birdan  boshqa  bolaga  qaratilib,  unga  munosabat 

o’zgarib qolganligini bola o’ziga xos qayg’urish bilan his qiladi. Lekin ota-onaning 




 

35 


e’tibori va mehriga qaytadan erishish maqsadida u harakat qila boshlaydi.  

Agar  to’ng’ich  farzandning  uka  ko’rgandan  so’ng  paydo  bo’ladigan 

deprivasiyasi kuchli bo’lsa-da, o’zini ko’rsatish uchun ichki imkoniyatlari, layoqati 

etarli  bo’lmasa  (ba’zan  to’ng’ich  farzand  nimjonroq  bo’ladi),  unda  bolaning 

xulqida  keskin  salbiy  o’zgarishlar  ro’y  bera  boshlaydi,  masalan,  ukasini  yomon 

ko’rib, unga ziyon etkazishga harakat qiladi, injiqligi bilan ota-onasini xafa qiladi, 

ovqat  emaydigan,  o’zi  mustaqil  ravishda  uxlamaydigan,  hatto,  hojatga 

chiqmaydigan,  aytilganlarni  bajarmaydigan  o’jar  bo’lib  boradi.  Hayotda  shunday 

voqealar ham kuzatilganki, endi tetapoya bo’lib, mustaqil harakatlar qila boshlagan 

to’ng’ich farzand ukasini itarib yuborishi, og’ziga yomon narsalarni solib qo’yishi, 

beshikda  uxlab  yotgan  bolani  yiqitish  holatlari  bo’lgan.  Ya’ni,  ota-onaning 

domimiy mehri etishmayotganligini his qilgan bolada rashk hissi uyg’onadi, uning 

sababchisi esa yangi dunyoga kelgan ukasidir. 

Shunga  qaramay,  aksariyat  to’ng’ich  farzandlar  ota-onasining  ziyrakligi, 

o’zida  paydo  bo’lgan  ko’nikma  tufayli  yangi  sharoitga  moslashadi,  sekin-asta 

ukasiga  mehr  qo’yadi,  unga  g’amxo’rlik  qilishdan  rohatlanadigan  ham  bo’lib 

qoladi.  Bu  unga  foyda  keltiradi  ham:  kelajakda  u  turli  toifa  insonlar,  jumladan, 

kattalar,  obro’li  insonlar  bilan  kelishib  ishlashga  harakat  qiladigan,  ularning 

ko’ngliga  qaraydigan,  uyida  ko’rganlari  ko’chada  qaytarilmasligiga  harakat 

qiladigan,  moslashuvchan  bo’lib  o’sadi.  Odatda  bunday  bolaning  tengqurlari 

orasida  o’ziga  xos  mavqei  bo’ladi.  Yoshligidan  ota-onaning  yuzi-ko’ziga  qarab, 

ularning  munosabatini  his  qilishga  o’rgangan  bola  kelajakda  o’qituvchisi  yoki 

rahbarining  ham  yuzi-ko’ziga  qarab,  muomala  qilishga  o’rganadi.  Ota-onalik 

maqomiga  aloqador  munosabatlarni  tashqarida  boshqalarga  ham  qo’llashga 

ko’nikib  boradi.  Shuning  uchun  to’ng’ichlarda  kirishimlilik,  kichiklarga 

g’amxo’rlik,  mustaqil  qarorlar  qabul  qilishga,  mas’uliyatni  bo’yniga  olish  va 

liderlikka  moyillik  rivojlanib  boradi.  Shuning  uchun  ham  jamiyatda  rahbar 

lavozimlarda 

ishlayotgan, 

siyosiy 


va 

jamoatchilik 

idoralarini 

boshqarayotganlarning  aksariyati  oilada  to’ng’ich  farzand  ekanligi  o’rganilgan. 

Masalan,  Amerika  Prezidentlarining  yarmi, 20 nafardan  ortiq  avstronavtlar  oilada 



 

36 


to’ng’ich  farzandlar  bo’lishgan.  Odatda  oilada  o’sayotgan  o’g’il  bolalarning 

to’ng’ichi  erkaklar  jamoasini  (masalan,  harbiy,  xalqaro,  siyosiy  tashkilotlar), 

singillari  bo’lgan  akalar  xotin-qizlar  jamoasini  (maktab,  shifoxona),  va  shunga 

o’xshash  opalar  ham  mantiqan  mos  ravishda  jamoalarni  muvaffaqiyatli 

boshqaradigan  rahbarlar  bo’lib  etishadi.  Nikoh  borasida  esa  o’rtancha  farzand 

ancha kelishib, baxtli yashashga moyil bo’ladi. Shuni ham ta’kidlash joizki, ayrim 

holatlarda  aynan  to’ng’ich  farzandlar  ba’zan  jamiyatda  muammoli,  tarbiyasi 

og’irlar  kategoriyasiga  tushib  qoladi.  Bunga  yo  ota-onaning  katta  farzandidan 

umidlarining  haddan  ziyod  og’irligi  yoki  “detronizasiya”  jarayonining  bola 

tomonidan salbiy idrok etilishi sabab bo’ladi. 

• 

Ikkinchi  farzand  (yoki  o’rtancha)  odatda  kattalarga  tobe,  o’zgalar 



ko’magiga 

muhtoj, 


adolatsizlik, 

xaqsizliklar 

va 

qattiqlikka 



chidamsiz, 

boshqalarning munosabatlarini injiqlik bilan qabul qiladigan bo’lib o’sadi. U akasi 

yoki  opasiga  qarab,  uning  soyasida  ayyorroq,  epsizroq  bo’lib  ko’rinadi,  chunki 

tug’ilganidan  yonida  undan  kattalar  borligiga  u  ko’nikib  boradi.  O’rtancha 

farzandlardan yaxshi san’atkorlar, sportchilar, diplomatlar, odamlar bilan ishlashga 

ustasi farang rahbarlar etishib chiqishi ham mumkin. 

• 

Kichik  farzand  umrining  oxirigacha  o’zini  kichikman,  deb  his  qilishga 



moyil  bo’ladi,  uni  hech  kim  hafa  qilishi  mumkin  emas.  Hamisha  g’amxo’rlik 

og’ushida  bo’lgan  kichkintoy,  kelajakda  ham  hamma  erda  o’zini  muhofazada, 

xavfsizlikda  his  etishga  moyil  bo’ladi  va  buni  o’zgalardan  talab  ham  qiladi. 

Ularning  kayfiyati  ko’pincha  yaxshi  bo’lib,  yon-atrofidagilar  bilan  yaxshi 

muomalaga  kirisha  oladi.  Odatda  kichik  farzandda  muvaffaqiyatga  erishish 

motivasiyasi  kuchli,  raqobatbardoshlik  talab  etilgan  sharoitda  u  chidamliroq 

bo’ladi.  Afsuski,  ularning  nikoh  borasida  omadlari  kamroq  bo’lishi  kuzatilgan, 

oilada  kichik  farzand  bo’lganlar  salga  ajralishni  o’ylaydi,  chunki  ulardan  yaxshi 

vafodor,  chidamli  er  yoki  xotin  chiqmaydi.  Shu  bois,  turmush  qurishga  ham 

unchalik shoshmaydi, chunki o’ziga mas’uliyatni olishni yoqtirmaydi

• 

Yagona  farzandning  sibling  maqomi  to’ng’ichnikiga  yaqin.  Ota-



onaning umidlari va orzu-havaslarini bilib katta bo’lgan bola ko’p sohada, ayniqsa, 


 

37 


intellektual  sohada  katta  muvaffaqiyatlarga  erishishi  mumkin,  lekin  odatda  juda 

o’zini  yaxshi  ko’radigan,  egoist  bo’lib  qolishadi.  Ular  jamiyatda  ham  xato  qilib 

qo’yishdan  qo’rqmaydi,  muvaffiqiyat  sari  dalil  yuradi,  lekin  har  doim  ham  unga 

erisholmaydi,  chunki  odamlar  bilan  kirishimli  emas.  Shuning  uchun  o’zbeklarda 

“yagona farzand – farzand emas”, degan gaplar bor, ular ota-onaning kuyib-pishib, 

unga  barcha  imkoniyatlarni  yaratib,  yaxshi  ko’rayotganligining  qadriga  etmaydi. 

Bu  kelgusida  ham  boshqa  insonlarga  nisbatan  munosabatda  o’z  aksini  topadi, 

keksayib  qolgan  ota-onaga  to’ng’ich  farzand  qanchalik  mehribon  bo’lsa,  yagona 

farzand buning aksi bo’lib, otasi va onasi vafotidan keyin ham ulardan xafa bo’lib 

yuradi, “nega  meni  tashlab  ketishdi?”,  deb.  Shuning  uchun  yaxshi  oila  uchun 

kamida  ikkita  farzandning  bo’lishi 

va  ular 

o’rtasida 

yaxshi 


o’zaro 

munosabatlarning  qaror  topishi  shaxs  uchun  ham,  oila  va  jamiyat  uchun  ham 

foydalidir. 

• 

Siblinglar  raqobati  hodisasi  G.T.  Xomentauskas  tomonidan  fanga 



kiritilgan  va  o’rganilgan.  Bunda  bolalarning  o’zaro  munosabatlari,  qachon  bir-

biriga raqib, qachon birlashishlari o’rganilgan. Masalan, oilaviy inqirozlar paytida, 

ota-ona  qazo  qilganda  yoki  xastalanib  qolganda  ular  albatta  bir-biriga  muruvvat 

qiladi,  jipslashadi.  Aksariyat  hollarda  esa,  ayniqsa,  rivojlangan  mamlakatlarda 

ko’pincha  bitta  ota-onaning  farzandlari  o’rtasida  o’ziga  xos  tarang  munosabatlar 

kuzatilgan.  Bu  narsa  o’sha  jamiyatlardagi  shaxsiy  avtonomiya  fenomeni  bilan 

bog’liq  bo’lib,  har  bir  inson  ilk  yoshlikdan  faqat  o’z  manfaati  uchun  yashaydi  va 

kurashadi.  Bunday  sharoitda  sibling  munosabatlarining  faqat  ijobiy  bo’lishiga 

erishish ancha mushkul. 

O’ziga  xos  demokratiya  muhiti  oilalarda  barqaror  bo’lgan  o’zbekistonliklar 

millati, irqi, kelib chiqishi va iqtisodiy maqomidan qat’iy nazar, albatta, oilada ikki 

va  undan  ortiq  farzand  bo’lishiga  intiladi  va  bolalar  o’rtasidagi  munosabatlarni 

ijobiy  tarzda  yo’lga  qo’yish,  oilaviy  rollar  taqsimoti  borasidagi  ishlarga  alohida 

mas’uliyat  bilan  qaraydi.  Bunda  er-xotin  momolar  va  bobolar  o’gitlaridan,  asriy 

an’analar  samarasidan  o’rinli  foydalanishga  intiladi.  Hukumatning  bu  boradagi 

demografik  siyosati  ham  oilalar  manfaatiga  hamohang,  yagona  farzand  mamlakat 




 

38 


iqtisodi va uning istiqboli uchun etarli emas ekanligini bizda hamma tushunadi.  

   Oilaning kelajagi, uning shaxs bo’lib kamol topishi ko’p jihatdan ota-ona oilasi, 

u  to’g’rida  farzandda  shakllangan  tasavvurlarga  bog’liq  ekanligi  psixologlar 

tomonidan  ancha  batafsil  o’rganilgan.  Tadqiqotlarda  aniqlanishicha,  bolaning  o’z 

oilasi  to’g’risidagi  tasavvurlari  ko’pincha  ota-onaning  tasavvurlari  va  asl  holat 

bilan  qisman  mos  keladi.  Odatda  ota-ona  o’z  farzandi  uchun  qo’lidan  kelgan 

barcha  choralarni  ko’rayotganday,  buni  bola  anglashini  va  undan  hamisha 

minnatdor bo’lishi kerakligini kutadi, lekin bolalar bu xususda turlicha tasavvurga 

ega bo’ladilar. Mehribon ota-ona og’ushida ayrim bolalar o’zlarini baribir yolg’iz, 

kemtik,  kamsitilgan  his  etadi.  G.T.  Xomentauskas  (1989)  oilada  ota-ona  xulq-

atvori va bolaning bu xatti-harakatlarni idrok qilishi va ota-onaga munosabatining 

5 ta asosiy ko’rinishlarini tahlil qilgan: 

•  Ota-ona  va  bola  munosabatlari  demokratik  tamoyillarda  amalga 

oshadigan  oilada  bolada  o’zi  va  ota-onasi  to’g’risida  quyidagicha  tasavvur 

shakllaandi: “Meni  sevishadi  va  men  kerakman,  shuning  uchun  men  ham  ularni 

juda sevaman”. Bunday bola psixologiyasi va xarakterida ustuvor fazilatlar sifatida 

adekvat o’z-o’zini baholash va insonlarga ishonch, har qanday yaxshi narsalardan, 

jumladan,  ota-ona  bilan  yaqin,  samimiy  munosabatlar  quvonish,  o’ziga  ishonch, 

xatoliklardan cho’chimaslik, ayb ish qilib qo’yganda ham unchalik qayg’urmaslik, 

zaruratga  qarab  iltimoslar  qilish  va  bunda  real  ko’mak  olishga  umidvorlik,  ota-

onaning  hayotdagi  o’rni  va  ishonchlarini,  umid  va  istaklari  bilan  hisoblashish 

kabilarni sanash mumkin. 

•  Bolaga  nisbatan  haddan  ziyod  mehribonlik  (giperproteksiya),  e’tibor 

ko’rsatilgan  oilada  bola  “Meni  sevishadi  va  men  kerakman,  ular  meni  deb 

yashashadi”,  degan  tasavvur  mavjud  bo’ladi.  Bunday  oilada  bolalar  o’zining 

borligidan,  tug’ilganligidan  mag’rurlanib  yashaydi  va  shuning  uchun  har  qanday 

tilak  va  xohish  amalga  oshishiga  ishonadi.  Odatda  bunday  bolaning  tug’ilishini 

ota-ona uzoq  vaqt kutgan bo’ladi  va buni ular hadeb bolaga  eslataveradi, shuning 

uchun ham bola juda egoist bo’lib ulg’ayadi, ota-onasining nochorligi to’g’risidagi 

tasavvur o’zining ko’p narsalarga qodirligi bilan uyg’unlashadi. Tantiq bolada o’zi 




 

39 


to’g’risida  go’yoki  o’ta  iqtidorli  ekanligi  fikri  ustuvor  bo’ladi,  chunki  ota-ona 

uning ayrim, ahamiyatsiz yutuqlarini ham osmonga ko’taradi. 

•  Yuqoridagi holatning aksi, ya’ni, bolaga nisbatan e’tiborsizlik, mehrsizlik 

bo’lgan  oilada  bolaning  tasavvuri  quyidagicha  bo’ladi: “Meni  yoqtirishmaydi, 

lekin  men  o’zim  harakat  qilib,  ularga  yaqinlashishim  kerak”. “Men  yaxshi  bola 

emasman”,  degan  tasavvur  odatda  bolada  qator  jiddiy  salbiy  sifatlarning  paydo 

bo’lishiga olib keladi. Masalan, o’ziga bo’lgan bahoning pastligi, o’zini aybdor deb 

hisoblashning  yuqoriligi,  ko’p  narsalardan  hadiksirash,  ayb  ish  qilib  qo’yishdan 

cho’chish,  kayfiyatning  beqarorligi  va  shunga  o’xshash.  Bunday  oilada  ma’naviy 

muhit yaxshi bo’lmaganligi sababli bola salga yig’laydigan, “qo’rqqan oldin musht 

ko’taradi”,  deganlariday,  har  bir  yaxshi  yoki  yomon  ishni  qilib  qo’yib,  o’zini 

oqlashga  intilish  psixologiyasi  paydo  bo’ladi.  Aslida  bola  o’zining  kutilmagan 

ekanligini, 

ota-onalari 

uni 

vaziyat 


taqozosi, 

tasodif 


tufayli 

dunyoga 


keltirishganligini  yaxshi  biladi.  Chunki  bu  haqda  ota-onalar  uning  oldida 

gapiraveradilar. 

•  Ota-ona  mehriga  to’ymagan,  unga  erisholmagan  bola  salbiy  hissiy 

kechinmalarning  keyingi  bosqichiga  o’tadi: “Sizlar  meni  xafa  qilyapsizlar,  men 

ham shunga munosib javob beraman”. Bunday sharoitda bola ataylab, ota-onasiga 

yoqmaydigan  qiliqlar  qiladi,  aytganlarining  teskarisini  bajaradi,  tobora  ota-ona 

uchun ham u bilan bo’ladigan muloqotlar  og’ir botadigan bo’lib boradi. Qasoskor 

bola  ko’pincha  ota-ona  talablarining  teskarini  qilib,  ularning  asabiga  tegadigan, 

boshqarib  bo’lmaydigan  qaysar  va  ko’pincha  jinoyat  yo’liga  ham  kirib  ketadigan 

insonga aylanadi. 

•  Ba’zan ota-ona mehrsizligidan aziyat chekkan bola kurashib charchaydi: 

“Meni sevishmaydi, kerak emasman, meni tinch qo’yinglar”, degan ma’noda bola 

o’z nochorligini ifodalay boshlaydi. Bunday oiladagi vaziyat juda og’ir bo’lib, bola 

o’zini  yolg’izlikka  mahkum  etadi,  hammadan  qochadi,  o’smirlar  o’rtasida  sodir 

bo’ladigan  suisid  holatlarining  aksariyati  ana  shu  psixologik  vaziyatdan  kelib 

chiqadi. 

Bolani  asrab  olish.  Ayrim  holatlarda  bola  begona  shaxslar  tomonidan  asrab 



 

40 


olinadi  va  qonuniy  ro’yxatdan  o’tkaziladi.  Bunday  holatlarda  ota-ona  –  bola 

munosabatlarida  sun’iylik  elementlari  ko’p  bo’ladi,  chunki  agar  bolani 

chaqaloqligidan  asrab  olgan  bo’lsa,  bola  ularni  tabiiy  idrok  etaveradi.  Lekin  ota-

ona  uchun  unga  ko’nikish  muammosi  yuzaga  keladi.  Shu  sababli  ham  bunday 

oilalardagi  shaxslararo  munosabatlar  ko’p  hollarda  yashirin  yoki  ochiq  ravishda 

tarang bo’ladi. 

Bolani  saqlab  olgan  er-xotindagi  ota-onalik  motivasiyasi  aslida  boshqa 

toifalardan qolishmaydi. Ba’zan hattoki, kuchli ham bo’ladi. Chunki asrab olishga 

majbur  qilgan  motivlar  bepushtlik,  kech  turmush  qurish  yoki  o’z  farzandining 

nobud bo’lganligi bo’lishi mumkin. Shuning uchun bunday oilalardagi ota-onaning 

tarbiya  uslubi  giperproteksiyaga,  hattoki,  haddan  ziyod  giperproteksiyaga 

o’xshaydi va shunga yarasha salbiy oqibatlarga ega. 

Yana  bir  sabab  –  odatda  bola  asrab  olishga  axd  qilgan  er-xotinlar  bolani 

kutadilar, kutishlar mutivasiyasi qanchalik kuchli bo’lsa, bolani erkalatib yuborish 

yoki unga nisbatan talabalar qo’yish shunchalik katta bo’ladi. 

Uchinchidan,  bola  boshqa  insonlardan  dunyoga  kelgani  uchun  uning 

genlarida  o’sha  haqiqiy,  tabiiy  ota-onaning  sifatlari  bo’lib,  u  ba’zan  asrab  olgan 

ota-onaga  o’xshamaydi.  Texass  shtatida  10  yil  mobaynida  o’tkazilgan  tadqiqotlar 

natijasini  tahlil  qilgan  rus  olimasi  Ravich-Sherbo  I.V. (2002) bunday  bolalardagi 

shaxsiy  va  intellektual  ko’rsatkichlar  tabiiy  ota-onalar  sifatlariga  asrab  olgan 

ijtimoiy  ota-onalarnikiga  nisbatan  ancha  yaqin  bo’lishini  isbotladi.  Ya’ni, 

qanchalik  urinmasin,  asrandi  bolada  o’sha  tuqqan  onasi  va  otaning  sifatlari 

ko’rinaveradi. Ayrim ko’nikmalar, odatlar, xarakter xususiyatlari asrab olganlarga 

yaqin  bo’lishi  mumkin.  Shu  bois  ham  ba’zi  asrab  oluvchi  ota-onalar  muayyan 

muddatdan  keyin  asrandini  etimxonalarga  qaytaradilar,  bu  bilan  ular  bolaning 

kelgusi taqdiriga yanada murakkab chizgilarni belgilaydi, dilini og’ritadilar. 

Asrandi bolalar muammosi O’zbekistonda ham mavjud. Bizda hozirgi paytda 

7  mingdan  ziyod  bola  yaqin  qarindoshlar  yoki  mahalladagi  oliyjanob  insonlar 

tarbiyasidadir.  Ular  soni  Mehribonlik  uylaridagi  chin  etimlar  sonidan  ortiqligi 

xalqimizning  asl  tabiatidagi  odamiylik,  oliyjanoblik  xislatlari  bilan  bog’liq.  Lekin 




 

41 


nima  bo’lganda  ham  bizda  bolani  o’z  ota-onasi  tarbiyasiga  berish  an’anaga 

aylangan. Oilaviy etimxonalarda ham yaqinlarning etim bolalari va turli sabablarga 

ko’ra ota-onadan judo bo’lgan qo’shni bolalar tarbiyalanadilar. 

 


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin