O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika psixologiya fakul’teti


 Ko’p bolalik oilalarda shaxslararo munosobatlarning psixologik



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/22
tarix22.03.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#54036
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
sibling maqomining psixologik xususiyatlari

2.2. Ko’p bolalik oilalarda shaxslararo munosobatlarning psixologik 

muammolari 

        Odatda ko’p bolali deb, 5 va undan ortiq bolaga ega bo’lgan oilani tushunish 

an’anaga  aylangan.  Lekin  hozirda  bu  holat  juda  kam  uchraydi,  ayniqsa,  G’arbiy 

Evropa  mamlakatlari,  jumladan,  Rossiyada  deyarli  sanoqlidir.  Respublika  “Oila” 

ilmiy-amaliy  markazining  90-chi  yillar  oxirida  o’tkazgan  tadqiqotlarida  qishloq 

aholisining  har  uchtasidan  bittasi  ko’p  bolali,  ya’ni, 5 va  undan  ortiq  bola 

bo’lishiga tarafdor bo’lib, ma’lumot bergan bo’lsa, bugungi kunga kelib, atigi 0,6-

0,7 % aholigina  oilada  bolalar  soni  ko’p  bo’lishiga  qarshi  emas,  lekin  real 

turmushda  ham  5  va  undan  ziyod  farzand  ko’rayotgan  oilalar  soni  keskin 

qisqargan. 

Ilgari,  ya’ni  sobiq  sho’rolar  davrigacha  bo’lgan  paytlarda  ayollarning  bola 

tug’ishi soni haqiqatan ham ko’p bo’lgan,  lekin u bolalarning aksariyati perenatal 

davrdayoq  nobud  bo’lgan,  buni  hech  bir  rasmiy  organlar  qayd  etmagan. 

Muallifning 

shaxsiy 

izlanishlariga 

ko’ra, 

arxivlarda 

bunday 

statistika 

yuritilmaganligi  ham  aniqlangan.  Chunki  sharoitning  og’irligi,  onalarning  tibbiy 

savodsizligi tufayli  onalar  o’limi ham, chaqaloqlar  va kichik  yoshli bolalar  o’limi 

ko’rsatkichlari ham aslida juda yuqori bo’lgan. 

Sho’rolar  davrida  bu  masalaga  yondoshuv  o’zgargan.  Mustamlaka 

mamlakatlarning  serfarzandligi  va  bolajonligidan  foydalanib,  qo’shimcha  ishchi 

kuchi  va  resurslarni  ko’paytirish  maqsadida  ko’p  bolali  oila  hukumat  tomonidan 

qo’llab-quvvatlanadigan bo’lib qoldi. Hattoki, 6 tadan ortiq farzand ko’rgan onaga 

“Qahramon  ona”  nishoni  ham  berilar  edi.  Lekin  onalikni  va  bolalikni  muhofaza 

qilish  bo’yicha  deyarli  hech  qanday  choralar  ko’rilmaganligi  oqibatida,  baribir, 

onalar  o’limi  ko’rsatkichi  ham,  bolalar  o’limi  ko’rsatkichi  ham  yuqori  bo’lgan. 

Faqat bu haqda rasman  gapirilmas, statistika  o’ta maxfiy  edi. YuNISEF  tashkiloti 



 

42 


monitoringi natijalariga e’tibor bersak, 1989 yildan 2010 yilgacha bo’lgan muddat 

oralig’ida  mamlakatimizda  olib  borilayotgan  kuchli  ijtimoiy  himoya  siyosati 

tufayli chaqaloqlar o’limi 2,5 barobarga (1000 ta tirik tug’ilgan chaqaloq hisobidan 

1989  yilda  38,1  va  2010  yilga  kelib, 16,7 miqdorga  kamaydi, 2009  yilda  bu 

ko’rsatgich  yanada  pastladi),  onalar  o’limi  ham  qariyb  ikki  barobardan  ziyodga 

kamaydi (mos ravishda 100000 tirik tug’ilgan bolaga nisbatan 42,8 – 1989 y.; 26,9 

– 2010 y.)

1

.  



Shuni ta’kidlash joizki, zamonaviy oila a’zolari hech nimaga qaramay, oilada 

kam sonli (bizda o’rtacha 2-3 ta) bolani tarbiyalashga bog’liq ustanovkalarga ega. 

Psixologik  tadqiqotlar  ko’p  bolali  oila  a’zolarining  psixodiagnostik  testlardagi 

ko’rsatkichlari  boshqalarnikiga  nisbatan  past  ekanligini  ko’rsatdi.  Bu  ularning 

intellektual  va  ijobiy  rivojlanishi  ko’rsatkichlariga,  ijtimoiy  adaptasiyasi  va 

salomatligiga  ko’proq  taalluqlidir.  Amerikalik  tadqiqotchilar  ko’p  farzandli 

oilaning  salbiy  oqibatlariga  ko’proq  e’tiborni  qaratadi,  lekin  ularning  ko’pgina 

xulosalari  bizning  muhitimiz,  bola  tarbiyalash  an’analarimizga  mos  emas.  Bizda 

nekluar  oilada  ko’p  farzandni  tarbiyalash  mushkulligi  to’g’risidagi  tasavvur  bor, 

lekin  katta  bo’lmagan  oila  sharoitida  3-4  ta  va  undan  ortiq  bolani  tarbiyalashdagi 

qator ijobiy tajriba va xulosalar ham yo’q emas. 

Nima bo’lganla ham shuni ta’kidlash joizki, zamonaviy o’zbek oilalarida ham 

reproduktiv  ustanovkalar  o’zgargan  va  yoshlar,  hattoki,  ota-onalar  ham  katta 

oilaning  tashvishlarini  yaxshi  tasavvur  etadilar.  Oila  tarbiyasida  umuminsoniy 

qadriyatlar  bilan  milliy  qadriyatlarni  uyg’unlashtirish  oilaning  barcha  a’zolari 

tarbiyalanganlik darajasini oshirishning muhim omillaridan biridir. 

O’zbekistonda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, ularning har 

tomonlama  kamol  topishi  va  farovonligi  uchun  shart-sharoitlar  yaratish  davlat 

tomonidan  kafolatlanadi.  Shu  o’rinda  oila  borasida  davlat  siyosatining  shu  tarzda 

qonunan  kafolatlangan,  maqsadga  yo’naltirilgan  tarzda  olib  borilishi  zarurati 

nimalarga asoslanadi, degan o’rinli savol paydo bo’ladi. 

Davlat  tomonidan  oila  siyosati,  uning  bazasini  mustahkamlash  siyosatining 

                                                 

1

Социальный мониторинг. – М.: “Инноченти”, 2011. – С. 67. 




 

43 


olib  borilmasligi  ushbu  noyob  ijtimoiy  instittutning  boshqa  ijtimoiy  instittular 

qatoridan munosib o’rin ololmasligiga olib kelishi va buning oqibatisifatida oila va 

nikoh  munosabatlari  bo’hronga  uchrashi,  insonlar  o’rtasidagi  munosabatlarga 

zarba  berilish,  turli  muammolar  ko’payib,  yosh  avlod  tarbiyasining  dastlabki 

o’chog’ida  ma’naviy  inqirozlar  kuzatilishi  mumkin.  mumkin.  Shuning  uchun 

muttasil  taraqqiyot  va  xalq  farovonligiga  erishish  yo’lidan  sobit  qadamlik  bilan 

boradaigan  jamiyat  va  undagi  davlat  tizimlari  oilaning  mustahkam  va  barqaror 

bo’lishidan, avlodlararo vorislik yo’qolib ketmasligidan manfaatdordir. 

Shunday  qilib,  Oila  siyosati  –  bu  davlat  organlari,  siyosiy  partiyalar,  jamoat 

tashkilotlari,  NNT  larining  shaxs  va  jamiyat  manfaatiga  mos  keladigan  oila  deb 

atalmish  er-xotin  va  ularning  ikki  va  undan  ortiq  farzandlaridan  iborat  ijtimoiy 

tuzilmani  har  tomonlama  qo’llab-quvvatlash  va  himoya  qilishga  qaratilgan 

faoliyatidir.  Bu  oilaviy  turmush  tarzini  barqarorlashtirish,  har  bir  insonning  o’z 

oilasi  va  shajarasi  bo’lishi  istagini  ro’yobga  chiqarish  uchun  aholini  qo’llab-

quvvatlash  siyosatidir.  Uning  tom  ma’nosi  shundaki,  davlat  va  jamiyat  to’liq 

oilalarning  imkon  darajasida  ko’p  bo’lishidan,  unda  avlodalraro  vorislik, 

shajaralarning  bardavomligi,  yoshlarning  oila  va  nikohni  qadriyat  sifatida  e’tirof 

etishidan  yurt  tinchligi,  Vatan  taraqqiyoti  va  xalq  farovonligi  ta’minlanishiga 

ishonchini bildiradi. 

E’tirof etish joizki, mustaqillik yillarida O’zbekistonda oila institutini amalda 

mustahkamlash  borasida  talay  ijobiy  ishlar  amalga  oshirildi.  Eng  avvalo  oila  va 

nikoh  munosabatlarini  takomillashtirishning  qonuniy  bazasi  yaratildi. 1998 yilda 

qabul  qilingan  “Oila  Kodeksi”da  ushbu  munosabatlarning  barcha  jabhalari 

reglamentasiya qilingan.  

Bundan  tashqari,  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tomonidan  qabul 

qilingan  boshqa  qator  Kodeks  va  qonunlarda  ham  bevosita  oila  a’zolarining, 

jumladan,  xotin-qizlar  va  bolalarning  manfaatlari  himoya  qilingan.  Misol 

tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin: 

•  O’zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksida  oila  a’zolarining 

mulkiy munosabatlari, ularning ulushlari, merosxo’rlik, vorislik huquqlari; 




 

44 


•  O’zbekiston  Respublikasining  Mehnat  kodeksida  farzandi  bor  ayollarga 

tadbiq  etiladigan imtiyozlar, fuqaro sifatida barcha oila a’zolarining mehnat qilish 

huquqlari; 

•  O’zbekiston  Respublikasining  Uy-joy  kodeksida  mulk  sifatida  uy-joyga 

ega bo’lish huquqlari; 

•  “Fuqarolarning  davlat  nafaqa  ta’minoti  to’g’risida”gi  qonunda  oilaning 

kattalari hamda mehnat yoki salomatligi tufayli nafaqaxo’r bo’lganlarning ijtimoiy 

himoyasi; 

•  “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi Qonun (1998) da ko’p bolali, 

nogiron bolasi bor bo’lgan oilalarga beriladigan imtiyozlar, kvotalarni taqdim etish 

tartiblari va h-zo; 

•  “Fuqarolar  sog’lig’ini  saqlash  to’g’risida”gi  Qonunda  (1995  y.)  oilada 

xotin-qizlarning  salomatligi,  jumladan,  reproduktiv  salomatlikning  davlat 

tomonidan muhofaza etilishi tartiblari; 

•  “Xotin-qizlarga beriladigan qo’shimcha imtiyozlar to’g’risida”gi Qonunda 

farzandi  bor  hamda  og’ir  mehnat  sharoitida  ishlaydigan  ayollarga  beriladigan 

imtiyoz va qo’shimcha imkoniyatlar borasidagi qoidalar o’z ifodasini topgan. 

Qonunlarning  amaldagi  ijrosi  mustaqillik  yillarida  qabul  qilingan  va 

amaliyotga  joriy  etilgan  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmon  va 

Farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o’nlab qarorlari 

asosida  ta’minlanadi,  ularda  aynan  oilaning  ijtimoiy-iqtisodiy  salohiyatini 

mustahkamlash,  kam  ta’minlangan  oilalar  sonining  oila  a’zolari  bandligini 

ta’minlash,  mehnat  huquqlarining  kafolatlanishi  orqali  kamaytirish  choralari 

belgilangan. 1994 yildan  buyon  qabul  qilinayotgan  va  amalda  muvaffaqiyat  bilan 

ijrosi  ta’minlanayotgan  Davlat  dasturlarida  ko’p  bolali  va  kam  ta’minlangan 

oilalar,  onalik  va  bolalikning  davlat  tomonidan  muhofaza  etilishi  o’z  aksini 

topmoqda. Bularning eng muhimlari: 

•  Prezidentimizning  “O’zbekiston  xotin-qizlar  qo’mitasini  qo’llab-

quvvatlash  borasidagi  qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risda”gi  Farmoni  (25  may 

2004  y.) va Vazirlar Mahkamasining  Farmon ijrosini ta’minlash bo’yicha 299-chi 




 

45 


sonli qarori; 

•  “Fuqarolarga  xizmat  ko’rsatish  uchun  birvaqtlik  yordam  pullari 

to’g’risida” Vazirlar Mahkamasining qarori(2002 yil); 

•   “Oliy  o’quv  yurtlarida  to’lov-kontrakt  asosida  tahsil  olish  uchun 

umumta’lim  kreditlarini  taqdim  etish  to’g’risida”  Vazirlar  Mahkamasining  qarori 

(2001 yil); 

•  “Bolalik  oilalarni  ijtimoiy  qo’llab-quvvatlashni  kuchaytirish  bo’yicha 

chora-tadbirlar to’g’risida” Vazirlar Mahkamasining qarori (1996 yil); 

•  “Ishlayotgan  nafaqaxo’rlarga  nafaqalarni  to’lash  to’g’risida”  O’zbekiston 

Respublikasi Prezidentining qarori (1995); 

•  “Kam  ta’minlangan  oilalarni  ijtimoiy  himoyalashni  tashkil  qilish 

masalalari haqida” Vazirlar Mahkamasining qarori (1994 yil); 

•  “Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha 

chora-tadbirlar  to’g’risida”gi  O’zbekiston  Respublika  Prezidentining  2007  yil  18 

maydagi  Farmoni  va  boshqa  o’nlab  Farmon,  normativ  hujjatlar  va  qarorlarni 

keltirish mumkin. 

Yurtimizda  oilani  mustahkamlash  borasidagi  davlat  siyosatining  afzalligi 

shundaki, davlat oilaning o’ziga xos suveren tuzilma sifatida qadrlaydi, uning ichki 

ishlariga aralashmaydi, lekin u yoki bu sabablarga ko’ra, oilada ba’zi qiyinchiliklar 

paydo  bo’lgan  bo’lsa,  mahalliy  o’zini-o’zi  boshqarish  organlari,  mahalla 

qo’mitalari, unda faoliyat yuritayotgan jamoatchilik komissiyalariga murojaat qilib 

orqali  fuqarolar  o’z  manqaatlarini  himoya  qilishlari  va  davlatning  madadiga 

erishishlari mumkin. 

Ikinchi  tomondan,  oila  ikki  oilaning,  unda  tarbiyalanayotgan  ikki  yoshning 

ixtiyoriy  kelishuvi,  tanlovidan  hosil  bo’lgan  ittifoq  bo’lgani  uchun  ham  ushbu 

jarayonlarga  ham  aralashmaydi,  chunki  bu  shaxsiy  muammo.  Lekin  davlat 

fuqarolarning  “erkin  nikohlari”ga,  xohlagan  paytda  xohlagan  inson  bilan  o’zi 

bilganicha nikohga kirib yoki kirmay yashashiga befarq bo’la olmaydi. Chunki bu 

jamiyatning  ahloqiy  tomirlarini  kesishi  mumkin.  Shuning  uchun  turli  xil  oilani 

qo’llab-quvvatlovchi  tuzilmalar  borki,  ular  oila-nikoh  borasidagi  nohaqliklar 




 

46 


bo’lgan  sharoitda,  oilada  bir  yoki  bir  necha  a’zoning  insoniy  manfaatlari 

tahqirlangan  sharoitda,  farzandlar  ota-onasining  nojo’ya  harakatlari  tufayli 

ko’chada qolib xavfi paydo bo’lganda o’zining jamoatchilik tashkilotlar, jumladan, 

xotin-qizlar  komissiyalari, 

yarashtirish  komissiyalari, “Oila” 

markazlari, 

oqsoqollar orqali bu kabi salbiy holatlarning oldini olish va bartaraf etish bo’yicha 

aniq chora-tadbirlar ko’radi, kerak bo’lsa, ularni xukumat dasturlari yoki qarorlari 

asosida mustahkamlaydi. 

   Oilaning  musathkam  va  barqaror  bo’lishi  uning  a’zolari  salomatligiga,  ota-

onalikka  psixologik  jihatdan  tayyorligiga  bevosita  bog’liq  bo’lgani  uchun  ham 

mamlakatimizda  bu  borada  aniq  mexanizmlar  ishga  solingan.  Jumladan, 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy 

ko’rikdan  o’tkazish  to’g’risidagi  365-sonli  qarorining  amalda  joriy  etilishi, 

akademik  liseylar  va  kasb-hunar  kollejlarida  o’qitilayotgan  “Oila  psixologiyasi” 

kurslarining  uzluksiz  ta’lim  tizimiga  kiritilganligi  kabilarning  davlat  tomonidan 

moliyalashtirilayotganligi  ham  fikrimizning  dalilidir.  Ko’pchilik  nikohlarni  baxtli 

ham  baxtsiz  ham  deb  atash  mushkul,  chunki  ularda  er-xotinlarning  bir-birlarini 

sekin-asta  tarbiyalab  borishlari  va  taqdir  taqozosi  bilan  bora-bora  munosabatlar 

chuqurlashib,  tushunish  hissi  va  do’stona  munosabatlar  sayqal  topib,  u  hattoki, 

romantik muhabbat darajasiga ko’tariladi. 

Nikoh  modeli.  Oila  va  nikoh  bo’yicha  ko’plab  mutaxassislar  Z.Freyd  va 

A.Adlerning g’oyalarini ma’qullagan holda shuni ta’kidlaydilarki, oila qurayotgan 

yosh kelin-kuyovlar o’zlari anglamagan ravishda o’zlari tarbiya topgan oilalarining 

modelini yangi oilaga tadbiq eta boshlaydilar.  

Ota-ona  oilasi  Z.Freydning  psixoanalitik  nazariyasi  mos  keladi.  Unga 

muvofiq,  bola  o’zi  katta  bo’lgan  oilasidagi  o’z  jinsiga  mos  ota  yoki  ona  obraziga 

o’zini  identifikasiya  qilib,  hayoti  mobaynida  ko’rgan-kechirganlarini  xatti-

harakatlarida takrorlaydi, qarama-qarshi jins vakili bo’lmish ota-onaning obrazi esa 

turmush  o’rtog’ini  tanlashni  belgilaydi.  Agar  ushbu  obraz  ijobiy  bo’lgan  bo’lsa, 

masalan,  qiz  bola  uchun  otasi  ideal,  namunali  tuyulsa,  kelajakda  shu  qiz  o’z 

turmush  o’rtog’i  bilan  kelishib  yashashga  moyil  bo’ladi.  Mobodo  obraz  salbiy 




 

47 


bo’lsa  (ota  ichuvchi  yoki  bevafolik  qilib  tashlab  ketgan),  unga  o’xshamagan 

insonni  qidiradiyu,  aslida  topgan  taqdirda  ham  u  bilan  kelishib  yashashiga  o’zi 

ham  ishonmaydi,  ruhiy  iztirobda  bo’ladi,  ko’p  ikkilanadi.  Agar  o’zi  o’sib 

ulg’aygan  oila  kichik  bo’lsa,  istiqbolda  u  ham  aynan  detosentrik,  kichik  oila 

qurishga intiladi.  

Opa-singil,  aka-inilik  munosabatlariga  asoslangan  oila  modeli  A.Adler 

g’oyalari  ta’sirida  ishlab  chiqilgan.  Unga  ko’ra,  er-xotin  aloqalari  mustahkam  va 

barqaror  bo’lishi  uchun  ikkasi  o’z  munosabatlari  jarayonida  akalari  yoki  opa-

singillari  bilan  bo’ladigan  hamkorlik,  liderlik,  hukmronlik,  mas’uliyat, 

g’amxo’rlik,  tobelik  kabi  qator  munosabatlarini  ro’yobga  chiqarishlari  lozim 

(sibling  yondashuv).  Bu  aloqalarning  bir  ko’rinishi  shundayki,  unda  er  va  xotin 

bir-biriga  akaday,  singilday  u  yoki  bu  munosabatlardagi  kemtikliklarni  to’ldirib 

borishlari  mumkin  (komplementar  nikoh).  Bu  bizdagi  munosabatlarga  ham  xos 

bo’lib,  ko’pgina  o’zbek  oilalarida  xotin  erini  “aka”  deb  atasa,  er  birinchi  farzand 

tug’ilgach,  xotiniga  to’ng’ich  farzandning  ismini  aytib  murojaat  qiladi.  Bu  holat 

ayniqsa,  er  o’z  oilasida  singillarining  akasi  bo’lgan  bo’lsa,  yoki  xotin  ham  o’z 

navbatida  ota-onasining  uyida  akalarning  singlisi  bo’lgan  bo’lsa  komplementar 

tarzda uyg’unlik kashf etadi, ular oilaviy munosabatlarda kim ustun, kim tobe kabi 

muammolarga  duch  kelmaydilar.  Agar  xotin  o’z  oilasida  biriga  singil,  biriga  opa 

bo’lib  katta  bo’lgan  bo’lsa,  u  yoki  bu  tajriba  eri  bo’lgan  munosabatlarda  qisman 

komplementar vazifani bajaradi. Nihoyat, agar er o’z oilasida to’ng’ich farzand va 

xotin  ham  o’z  oilasida  to’ng’ich  bo’lgan  bo’lsa,  unda  er-xotin  munosabatlari 

nokomplementar  nikohga  to’g’ri  keladi,  ya’ni,  ular  teng  mavqeli  bo’lgani  uchun 

odatda  o’zaro  munosabatlarida  liderlik  va  o’zaro  adaptasiya  holatlari  muayyan 

qiyinchiliklar  va  muammolar  bilan  kechadi,  tez-tez  bir-biriga  nimalarnidir  da’vo 

qiladigan,  o’z  fikrini  uqtirish  va  amalga  oshirishga  moyillik  kuzatiladi.  Odatda 

bunday  nikoh  ikki  ziyoli  inson  o’rtasida  tuzilgan  bo’lsa,  ular  baxtli  bo’lishlari 

mumkin,  ayniqsa,  hozirgi  davrda,  lekin  o’zaro  til  topishib,  ko’nikib  ketishlariga 

anchagina vaqt, sabr-toqat kerak bo’ladi.  

Ota-onasining oilasida ko’rgan-kechirganlari bolaning bo’lg’usi oilasi, undagi 




 

48 


er-xotin  munosabatlari,  farzandlar  tarbiyasi,  qarindosh-urug’lar  bilan  bo’ladigan 

murakkab  o’zaro  aloqalarning  qanday  kechishini  belgilovchi  muhim  omildir. 

Ushbu omilning ta’sirini batafsil o’rgangan olimlardan biri N. Pezeshkian bo’lib, u 

bunday ta’sirchanlikning 3 jihatini alohida ajratadi:  

• 

turli stresslarga nisbatan munosabat; 



• 

hissiyotlarga  beriluvchanlik  va  uning  oqibatlari  –  ijtimoiy  xatti-

harakat me’yorlari; 

• 

oilaviy munosabatlar. 



Pezeshkian ota-ona oilasida ko’rgan-kechirganlari ta’sirida turlicha stresslarga 

hozirjavoblikning  to’rt  xil  tipik  usullarini,  yo’llarini  ajratadi:  Avvalo,  bu  –  tana 

reaksiyalari  yoki  vujud  bilan  javob  berish  bo’lib,  u  turli  psixosomatik  kasalliklar 

yoki  holatlarga  nisbatan  inson  vujudining  javobi  (masalan,  uyqu,  kayf  bo’lish, 

ochlik  yoki  to’qlik  kabi)  sifatida  namoyon  bo’ladi.  Bunda  masalan,  ota-ona 

oilasida  urf  bo’lgan  xazil-xuzul,  aytishuvlar  orqali  u  yoki  bu  zarar  etkazuvchi 

tangliklarning oldini olish tajribasi nazarda tutiladi. 

Faoliyat  ham  stressning  oldini  olish  vositasi  sifatida  muallif  tomonidan  ikki 

yo’nalishda  bo’lishi  mumkinligi  qayd  etiladi.  Masalan,  birinchisi  –  ishga 

mukkadan  ketish  orqali  stressni  echish  bo’lsa,  ikkinchisi  –  u  yoki  bu  sohadagi 

yutuqlar va qo’lga kiritilgan natijalar orqali o’zini-o’zi tinchlantirish, tangliklardan 

“qochish”ni anglatadi. 

Muloqot yoki bevosita muomala shaklida odam ko’proq turli suhbatdoshlarni 

topib,  ular  bilan  kirishib  ketish  orqali  yoki  aksincha,  o’zini  yolg’izlikka  mahkum 

etish  orqali  stressni  engillatish  usuli  bo’lsa,  oxirgi  yo’l  –  xayolga  berilish,  ya’ni, 

real  harakatlarni  ramziy  taassurotdagi  obrazlar  bilan  almashtirish  hisobiga 

tangliklardan uzoqlashishdir. 

Hissiyotlarga  berilish  hamda  uni  ijtimoiy  xatti-harakat  normalariga 

muvofiqlashtirish  –  bu  ko’rgan-kechirgan  hissiyotlar  va  xulq  namunalari 

to’g’risidagi  tasavvurlar.  Pezeshkian  bevosita  hissiy-emosional  normalarga  sevgi-

muhabbatni, ishonch, umid, sabr-qanoat, o’zgalarga e’tiborli bo’lish, o’zgalar bilan 

yaqin  samimiy  munosabatlarga  kirisha  olish,  e’tiqodlilik,  diniy  hissiyotlarni 




 

49 


kiritadi.  Bunday  hissiyotlar  odatda  ota-onasi,  yaqinlari,  aka,  opalar,  uka-singillar 

bilan o’zini identifikasiya qilish, o’zini ular bilan solishtirish, o’xshashlikka intilish 

jarayonida  shakllanadi.  Aynan  shu  sababli  inson  kimgadir  ishonishga,  samimiy 

muruvvat  ko’rsatishga  o’rganadi.  Oila  muhitida  boshdan  kechirgan  hissiyotlar 

oqibati bo’lmish xatti-harakatlar normalariga esa bir so’zlilik, saranjom-sarishtalik, 

ozodalik,  samimiyat,  adolatlilik,  intiluvchanlik,  tejamkorlik,  sadoqat,  ishonch, 

xalollik  kabilar  kiradi.  Pezeshkian,  ayni  emosional  sohalarda  er-xotin  o’zaro 

munosabatlarining  o’xshamasligini  er-xotin  nizolarida  asosiy  nizo  keltirib 

chiqaruvchi sabab, deb hisoblaydi. Xatti-harakat normalaridagi kelishmovchiliklar 

ham muhim, lekin ular psixoterapevtik amaliyotda biroz yumshoqroq hisoblanadi. 

Ijtimoiy  va  oilaviy  munosabatlar.  Bola  tajribasining  asoslaridan  biri  undagi 

ota-ona oilasi ta’sirida shakllanadigan ijtimoiy fe’l-atvordir. Ya’ni, o’zaro ishonch, 

o’zini-o’zi  baholash,  Men-konsepsiyasi  ota-onasi,  aka-ukalari,  opa-singillari 

ta’sirida  bola  ongida  shakllanadigan  hislatlardir.  Bola  ota-onasining  o’zaro 

muloqotlariga  qarab,  umri  mobaynida  kuzatib,  bilib-bilmay  ularga  taqlid  qilib, 

tinchlik  –  xotirjamlikda,  o’zaro  hamjihatlikda  yashashga  o’rgansa,  aka-uka,  opa-

singillariga  qarab,  jamiyatdagi  murakkab  o’zaro  muomala  holatlarida  o’zini 

qanday  tutishga  o’rganadi,  hayotning  ma’nosini  tushunib  boradi,  dunyoqarashi, 

dunyoviy  hamda  diniy  e’tiqodlarining  shakllanishi  ham  ayni  shu  munosabatlar 

ta’sirida ro’y beradi. 

Er-xotin munosabatlari avvalo adaptasiya, ya’ni bir-biriga asta-sekin ko’nikib, 

moslashib  borish  jarayonidan  boshlanadi,  zero,  ularning  har  biri  yangi  muhitga, 

yangi  ro’zg’orga  o’z  oilasida  orttirgan  shaxsiy  tajribasi,  oila  to’g’risidagi  ijtimoiy 

tasavvurlari  bilan  kirib  keladi.  Natijada  ota-onasi  oilasida  olgan  tajribaning  bir 

qismidan  voz  kechgani  holda,  yangi  munosabatlar  uchun  yangi  fazilatlarni  o’zida 

tarbiyalay boshlaydi. 




 

50 



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin