2.3.Milliy va umiminsoniy qadriyatlarning oila rivojiga ta’siri
Mustaqillik urf-odat va an’analarimizning jamiyatni birlashtiruvchi
imkoniyatlaridan to’liqroq foydalanish uchun yo’l ochdi. Jamiyat hayotidagi ulkan
o’zgarishlar, televidiniya, radio va matbuotning mavqei kun sayin ortib
borayotgani, bir qarashda urf-odat va an’analarni o’rganish masalalari
zamonaviylashish jarayonlari komida qolayotgandan tuyulsa-da, ularning jamiyat
hayotidagi, shaxs ma’naviyati va mafkurasining shakllanishidagi ahamiyati
kamayayotgani yo’q. Albatta, urf-odat va an’analar hamda ma’rosimlar o’z
vazifasini to’g’ri o’tashi uchun ular bevosita xalq tomonidan to’la e’tirof etilishi,
kundalik turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan bo’lishi kerak. Shu sababli
har bir jamiyat urf-odatlarning xalq orasiga yaxshi singib ketishidan manfaatdordir.
An’ana va urf-odatlar tarixiy mazmunga ega, ya’ni moddiy turmush sharoiti
ta’sirida yuzaga keladi, vaqt o’tgan sari ular barqarorlasha borib, ajdodlardan
avlodlarga me’ros bo’lib qoladi. Buning uchun ular insoniyat hayotida qadriyatga
aylanishi kerak.
Zero, urf-odat, an’analar va marosimlar inson uchun qadriyatga aylanganda,
uning hayotini boyitadi. Shu bois har qanday jamiyat, har qanday ijtimoiy tuzum
ularga ehtiyoj sezadi, ular yordamida odamlar orasida o’zaro munosabatlar keng
tus oladi, ahloqning muayyan qoida va mezonlari vujudga keladi. Kishilarni
an’ana, marosim va urf-odatlarga jalb etishda eng avvalo oilaning, mahalla, qishloq
oqsoqollari va ulug’larining o’rni kattadir. O’zbekistonda kechayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy jarayon xalqning ma’naviyatiga ta’sir etib, bu juda ko’p urf-odat va rasm-
rusmlarda o’zgarishlarga sabab bo’lib, yangi udum va marosimlar shakllanishida
o’z ifodasini topmoqda.
Mustaqillik yillari davomida davlat va mamlakat miqyosida 9 ta rasmiy
umumxalq bayramlari qaror topdi. Ular xalq va mamlakat tarixi, milliy mentalitet
va ma’naviyat, shuningdek, umumjahon tajribasini hisobga olib, puxta o’ylab joriy
etilgan. Ushbu bayramlarni nishonlash yosh avlod tarbiyasida ona Vatanga bo’lgan
mehrni mustahkamlaydi. Asrlar mobaynida shakllangan, avloddan avlodga bebaho
meros sifatida o’tib kelayotgan urf-odat, marosim va bayramlar milliy mafkuraning
51
asosiy g’oyalarini singdirishda muhim omil bo’ladi. Xususan, Mustaqillik,
Navro’z, O’qituvchilar va murabbiylar, Xotira va qadrlash kuni kabi yangi bayram
va marosimlarimizdan jamiyat hayotiga zamonaviy mazmun baxsh etish yo’lida
oqilona foydalanish zarur.
Kattalarga hurmat, o’zaro hamkorlik, farzandlarning taqdiri va kelajagi uchun
qayg’urish, ularga g’amxo’rlik qilish hamisha oilaviy qadriyatlarning va
udumlarning asosiy qoidalari bo’lib kelgan. Afsuski, o’tgan totalitar tuzum davrida
bu qadriyatlarga jiddiy putur etdi. Shajaralar unut bo’ldi, oilaviy hunarmandchilik
va kasb-korni avlodddan-avlodga uzatish, oilaviy kasbiy ko’nikmalar unut bo’lishi
uchun barcha choralar ko’rildi. Qarindosh-urug’ning bir xil kasbga ixlos qo’yishi
“qarindosh-urug’chilik” tamg’asi ostida qoralandi. Shu tarzda jamiyatda oilalar va
urug’larning an’anaviy kasbiy va iqtisodiy “o’rni” batamom yo’qolib ketishiga sal
qoldi. Uning o’rniga urug’-aymoqchilik va oshna-og’aynigarchilikning ijtimoiy
buzuq shaklllari yuzaga kela boshladi. Shu bilan birga, qarindoshlarning o’zaro
yordami ba’zi hollarda jamiyat taraqqiyotini sekinlashtirib qo’yadigan tayyorga
ayyorlikka va tanish-bilishchilikka aylanib ketdi.
Istiqlol yillarida oila qadriyatlari va qon-qarindoshlik munosabatlarining
qayta tiklanishi har bir oilaning iqtisodiy, madaniy va kasb jihatidan erkin bo’lish
imkoniyatini yaratdi. Ya’ni, istiqlolning har bir oilaning mustaqil mamlakat
ichidagi mustaqil “jamiyat, davlat” sifatida erkin faoliyati, oilaviy biznesni
rivojlantirish, o’z a’zolarining barcha fazilatlari yaqqolroq namoyon bo’lishiga
ochgan cheksiz imkoniyatlari tufayli o’zbek xalqining turli faoliyat sohalaridagi
iste’dodi o’sdi, uning tadbirkorlik va kirishimlilik, bir necha chet tillarni tez
o’rganib olish kabi noyob fazilatlari to’la-to’kis ro’yobga chiqa boshladi. Buni
yurtimizga mehmon bo’lib kelayotgan xorijlik turistlar, rasmiy arboblar e’tirof
etishlari bois milliy mehmonnavozlik va sahovat an’analari yanada rivojlandi.
O’zbekning qaddi rosmana tiklandi, milliy g’urur o’sdi.
Endi biz G’arbning yoki dunyoning boshqa burchidagi xalqlarning u yoki bu
an’analari, rasm-rusmlariga ko’r-ko’rona taqlid qilishdan ko’ra, o’zining noyob
udumlarini ko’z-ko’z qilishga hozir bo’lgan xalqqa aylandik. Vaholangki, oila va
52
nikoh, farzand tarbiyasi, jamiyatning katta va kichigi o’rtasidagi samimiy, insoniy
munosabatlarga rivojlangan mamlakatlardan kelgan minglab xorijliklar havas
qilayotganlari ham ayni haqiqatdir. O’z asriy qadriyatlarining egasi bo’lgan
xalqimiz mustaqillik yillarida sharqona demokratiyaning o’z mentalitetiga mos
shaklini qaror toptirishda tashabbusni tobora o’z qo’liga olmoqdaki, bunda
aholining bilimdonligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Faqat bilimli, ma’rifatli
jamiyatgina demokratik taraqqiyotning barcha afzalliklarini qadrlay olishini va
aksincha, bilimi kam, omi odamlar avtoritarizmni va totalitar tuzumni ma’qul
ko’rishini hayotning o’zi ishonarli tarzda isbotlamoqda, bu haqiqatga xalq o’z
zakovati va fahm-farosati bilan etib bormoqda.
Milliy an’analarni o’rganish, targ’ib etish bilan bir qatorda to’y-ma’rakalarni,
odat va udumlarni ixchamlashtirish, bu borada isrofgarchilik va dabdababozlikka
yo’l qo’ymaslikka alohida e’tibor qaratish darkor. Bunda oila hamda mahalla
institutlarining keng imkoniyatlaridan oqilona foydalanish zarur. Bu borada amalga
oshirayotgan ishlarimiz oxir oqibat naqfahat mamlakat manfaatiga, balki har bir
oilaning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatiga xizmat qilishi muqarrar.
Har qanday davrda ham jamiyat va davlat aholi sonining bir maromda o’sib
borishi, muayyan an’analar va muqaddas udumlarning saqlanib, avloddan-avlodga
etkazilib turilishidan manfaatdor bo’lgan. Buyuk rus psixologi A.N.Leontev
avlodlararo muloqotning jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyatini o’rganib, ilk
asarlaridan birida agar shunday muloqot bo’lmaganida, taraqqiyotning o’zi ham
mutloq bo’lmas edi, deb ta’kidlagan. Bu vazifani bajarishda jamiyatning muhim
bo’lagi bo’lmish oilaning roli kattadir.
Demak, oila ijtimoiy institut sifatida eng avvalo tug’ilish orqali aholining
ma’lum miqdorda muttasil o’sib borishi, odamlar o’rtasida migrasiya, ya’ni u
erdan bu erga ko’chib turish yoki o’lim okibatida kamayib boradigan miqdorini
to’ldirish vazifasini bajaradi. Chunki ijtimoiy hamda iqtisodiy rivojlanish uchun
mehnat resurslari va ishchi kuchining yangilanib borishidan jamiyat ham, odamlar
ham manfaatdordir.
Bundan tashqari, har bir jamiyatning betakror qadriyatlari, o’lmas merosi,
53
avloddan avlodga o’tib boradigan an’analari bo’ladi. Fuqarolik holatlari, madaniy
o’sish, ma’naviy
yuksalishga
xizmat qiluvchi qadriyatlarning saqlanib
kelayotganligi ham oila tufaylidir. Masalan, shunday oilalar sulolasi borki, ular
asrlar osha u yoki bu muqaddas qadriyatlarni kasb-kori, turmush tarzi orqali saqlab
keladi (rassomchilik, san’atshunoslik, hunarmandchilik, gulchilik, kulolchilik,
ilmiy meroslar, agrar sohada va h-zo).
Umuman odamlar jamiyatining saqlanib qolishida ham oila ayrim alohida
olingan shaxs bilan yaxlit jamiyat o’rtasida o’ziga xos “bufer” – ko’prik rolini
o’ynab kelmoqda. Zero, madaniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab, avloddan-
avlodga etkazishda davlat va jamiyatdagi ta’lim muassasalari, madaniyat
o’choqlarining ham muayyan roli bor, lekin ularda o’zgarishlar tez-tez ro’y bergani
sababli, ularning avlodlararo muqaddas sanalib kelinayotgan qadriyatlarni asrab-
avaylashdagi roli oilachalik yuqori bo’lolmaydi. Shuning uchun davlat oilaning
mustahkam
va
farovonligi,
odamlarning
unda
tinchlik,
xotirjamlikda
yashashlaridan hamisha manfaatdor ekanligi sababli ham muayyan qonunlar va
yuridik tizimni ushlab turadiki, ular orqali nafaqat nikohning o’zi, balki ota-ona va
farzandlar o’rtasidagi munosabatlarni ham muvofiqlashtirib boradi. O’zbekistonda
yosh oilalarga ko’rsatilayotgan muruvvatlar, bola tug’ilishi va katta bo’lishi uchun
suyunchi puli, nafaqalarning belgilanishi, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofaza
qilinayotganligi, ota yoki ona farzand oldida o’z burchini bajarmagan taqdirda
moddiy, ma’naviy, hatto, jinoiy sanksiyalar orqali jazolanishi ushbu noyob
maskanni mustahkamlash, u orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keyingi
avlodlar uchun saqlash vazifasini bardavom etishdan iboratdir. Tahlil etiladigan
bo’lsa, odamlar o’rtasida ro’y beradigan ko’plab munosabatlar orasida faqat
oilaviy munosabatlargina davlat tomonidan shunchalik ardoqlanadi, masalan,
sevgi-muhabbat, do’st-yoronlik, odamlar urtasidagi oldi-sotti, tadbirkorlik. mehnat
munosabatlariga davlat deyarli aralashmaydi.
Demak, oilaning jamiyat oldidagi vazifalari deganda, uning avvalo oila
a’zolarining muayyan ehtiyojlarini qondirish hamda shu orqali davlat va
jamiyatning ehtiyoj va manfaatlariga xizmat qilish qobiliyati tushuniladi. Masalan,
54
ota ishlab chikarish korxonasida ertadan kechgacha mehnat qilar ekan, bu bilan u
nafaqat o’zining eb-ichish, dam olish, turli xaridlarni amalga oshirishga
yo’naltirilgan ehtiyojini qondiradi, balki oila a’zolarini, birinchi navbatda
farzandlari, uy bekasi bo’lsa, turmush o’rtog’ining ehtiyojlarini, qolaversa, u yoki
bu korxonadagi rentabellikning oshishi, iqtisodiy ko’rsatkichlarning yuqori
bo’lishiga, shu orqali o’z Vatanida ushbu sohaning rivojlanishiga hissa qo’shadi.
Oila psixologiyasiga oid ilmiy adabiyotlarda oilaning quyidagi funksiyalari
– jamiyat oldidagi vazifalari farqlanadi:
Oilaning hissiy-emosional funksiyasi – bu uning o’z a’zolari o’rtasida
muayyan iliq munosabatlarni saqlash, ular o’rtasida mehr-oqibat, o’zaro
g’amxo’rlik, bir-birini qo’llab-quvvatlash, sevish, sevilish kabi qobiliyatini
namoyon etishidir. Bu oila uchun juda muhim bo’lib, insonning ruhiy salomatligi
aynan shu vazifani qanday bajarayotganligiga bog’liqdir. Oilaning ma’naviy-
psixologik muhiti sog’lom deganda, aslida ana shu a’zolar o’rtasidagi iliqlik,
samimiyat, o’zaro bag’rikenglikning mavjudligi, mehr-oqibat kabi insoniy
hissiyotlarning ijobiyligi tushuniladi.
Jismoniy quvvatni ta’minlash funksiyasi – oila a’zolarining jismonan sog’,
tetik va o’zini yaxshi his qilishlarini ta’minlashga bog’liq bo’lgan sharoitlarni
nazarda tutadi, masalan, har birimiz oilada boshpanamizga egamiz, bundan
tashqari, mana shu o’z hududimizda, ya’ni, xonadonimizda dam olish, yaxshi
sifatli, to’yimli taomlardan bahramand bo’lish, ijod qilish va o’qishimiz uchun
zarur, qulay imkoniyatlarga ega bo’lishimiz shart. Zero, agar shulardan birortasi
ta’minlanmagan bo’lsa, bunday oila o’zini baxtli deb hisoblay olmaydi va qator
noqulayliklarni his qiladi. Masalan, uysiz, boshpanasiz qolgan odamlarning nafaqat
ruhiy, balki jismoniy azoblarga duchor bo’lganliklarini tasdiqlovchi psixologik
tadqiqotlar mavjud.
Ma’naviy muloqotni ta’minlash funksiyasi – odamning o’z nasl-nasabi,
ma’naviy-madaniy an’analari bo’lishiga intilishidan kelib chiqadi, har bir shaxs
o’zini kimning avlodi, qanday an’analarning vorisi ekanligidan cheksiz faxrlanadi,
u qanday oila bo’lishidan qat’iy nazar, albatta, o’z a’zolarini muayyan yaxshi urf-
55
odatlar, muomala maromlari doirasida birlashtirishga qodir bo’lgandagina
mustahkam va baxtiyor bo’ladi. Yangi tug’ilgan farzand teta-poya qilib yura
boshlagan onlardanoq oilaning kattalari uni erkalatishlar orqali shirin muomalaga
o’rgatadi, kattalarga xurmat, kichiklarka g’amxo’rlik, izzat tushunchalari xam
oilada tarbiyalanadi. Shu funksiyani ado eta olmagan oilada hamisha
ko’ngilxiraliklar, janjal, ziddiyatlar bo’lishi ehtimoli kattadir.
Jinsiy-hirsiy muloqot funksiyasi – er va xotin o’rtasidagi ikkalasigagina
taalluqli bo’lgan seksual ehtiyojlarni qondirish, shu orqali avlodlar bardavomligini
ta’minlashga
xizmat
qiladi.
Ushbu
funksiyaning
bajarilishi
er-xotin
munosabatlariga bevosita ta’sir qiladi, ularning bir-birlariga vafo-sadoqatda
bo’lishlarini, salomatliklari va to’g’ri turmush tarzini barqaror etishlariga xizmat
qiladi.
Baxt va tinchlik-xotirjamlikni barqarorlashtirish funksiyasi ham o’ta
muhim bo’lib, aynan oila har bir a’zosining muammolarini echish, uni tashqi turli
ta’sirotlardan himoyalash, kerak bo’lsa, unda himoya immunitetini shakllantirishga
yordam beradi. O’zbeklarda “O’z uyim – o’lan to’shagim” degan ibora bor, har
kim o’z uyida chinakam xotirjam bo’lishi mumkin. Uzoq safarlarda, yuksak servis
mavjud mehmonxonalarda dam olib kelgach, o’z uyida, oyog’ini uzatib, “shukur”
deyishi uning eng katta baxtidir. Shu nuqtai nazardan farzandlarning ham sog’-
omon katta bo’lishi, ular ongini turli tashqi ta’sirotlardan, yot g’oyalardan himoya
qilishda ham oilaning roli benazirdir. Oila tinch va xavfsiz bo’lsa, demak, jamiyat
ham, davlat ham tinch va undagi osoyishtalik barqaror bo’ladi.
Reproduktiv funksiya – bu oilaning nafaqat avlodlar, vorislarni yaratishga
aloqador vazifasi, balki, shu orqali ota va ona bo’lishdek baxtga muyassar bo’lish,
davlatning esa tub aholi sonini muayyan miqdorda ushlab turishiga ham xizmat
qiladi. Ayniqsa, o’zbeklarda nikohning dastlabki onlaridanoq, “uvali-juvali
bo’linglar, qo’sha qaringlar” deb duo qilinadi va kelinchakning homilador bo’lishi
intiqlik bilan kutiladi. Chunki aynan shu omil yosh oilaning mustahkamligida katta
ahamiyatga molik bo’ladi. “Farzandli oila” tushunchasi oila psixologiyasida ham,
oila sotsiologiyasida ham muhim bo’lib, u oilada turmush tarzining deyarli barcha
56
jabhalaridagi ko’rsatkichlarning mezonidir. Chunonchi, o’zbeklarda “Bolali uy –
bozor, bolasiz uy – mozor” degan naklning ma’nosi ham farzand tug’ilgan uyga
farishtalar yog’iladi, yaxshilik va xursandchiliklar, to’ylar uchun yo’l ochiladi,
demakdir.
Oila sotsiologiyasi va demografiyasida oiladagi farzandlar soniga ko’ra
guruhlarga bo’linadi. Masalan, ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan “kam sonli
oila” – bu 1-2 nafar bola bor oiladir. Bu raqam umuman demografik jihatdan
baholansa, aholining o’sishi va tabiiy yo’qotishlarning urnini qoplash uchun
kamdir. Sotsiolog A.Antonovning fikricha (2005), jamiyatda aholi balansini saqlash
uchun o’rtacha farzandlar soni 2,5 nafardan kam bo’lmasligi lozim. Yoki jami
oilalarning to’rtdan biri ikkita, uchdan biri uchta, 14 % – befarzand yoki yolg’iz, 7
%i ko’p bolali, ya’ni beshtagacha bolasi bor oilalardan iborat bo’lsa, avlodlar
vorisligi ta’minlanadi. Lekin Rossiya misolida bu masalaga e’tibor beriladigan
bo’lsa, aholining reproduktiv o’sishida jiddiy pastlashish kuzatilmoqda. U erda
jami oilalar nisbatida kam bolalilar, ya’ni, 1ta yoki 2ta bolaga ega bo’lgan oilalar
soni keskin oshib, bugun ularning ulushi 95 %ni tashkil etmoqda. Xalqaro
YuNISEF tashkilotining 2010 yili e’lon qilgan monitoringi natijalariga ko’ra,
Evropa mamlakatlarida ham O’rta Osiyo davlatlarida ham tug’ilishning kamayishi
holatlari kuzatilmoqda
O’zgaruvchan miqdorlarga ko’ra to’rt bosqichda tajriba-sinov ishlari
tashkil etildi. Tajribada o’zgaruvchan miqdorlarni oshirib borish usulidan
foydalanildi.
1–bosqich o’zgaruvchan miqdorlarga ko’ra tashkil etildi. Sibling
maqomining psixologik xususiyatlari bo’yicha o’zgaruvchan miqdorlar doirasida
o’tkaziladi. Bu bosqichda taqqoslash maqsadida 2 ta tajriba, 2 ta nazorat sinflari
tanlab olinadi. Tajriba va nazorat sinflarida jami 105 nafar o’quvchi ishtirok etdi.
Tajriba–sinov o’rganilgan va endi o’rganilayotgan mavzularning farqini
anglash, mavzuga mos dars holatini hosil qilish, o’rganilayotgan mavzuning
nazariy va amaliy ahamiyatiga doir kirish suhbati tashkil etildi. Nazorat ishlari
57
o’quvchilarda sibling maqomining psixologik xususiyatlarini to’liq o’zlashtirishiga
olib keladi, degan ilmiy faraz asosida o’tkaziladi.
Tajriba–sinov ishlarining 2–bosqichi 1–bosqichdan farqli ravishda
o’zgaruvchan miqdorlar doirasida o’tkaziladi. Tajriba–sinov ishlarining 2–
bosqichida yuqorida keltirilgan o’zgaruvchan miqdorlarga qo’shimcha tarzda
quyidagi miqdorlar berildi:
1) rasm, chizma, jadvallar;
2) dars topshirig’ida berilgan vazifalar;
3) takrorlash usuli;
4) o’zlashtirish darajasidagi o’quvchilarni ogohlantirish;
5) bahs; 6) savolga javob topish;
7) qo’shimcha topshiriq tanlash;
8) takrorlash.
Tajriba–sinov ishining 3–bosqich tajriba–sinov ishlari 2–bosqichida amal
qilingan barcha o’zgaruvchan miqdorlarga qo’shimcha tarzda o’zgaruvchan
miqdorlarninng ikki xususiyati hisobga olindi:
Yakuniy bosqich tajriba-sinov ishlari davrida o’quvchilar (105 nafar) o’rtasida
suhbat, savol-javob va anketa so’rovlari tashkil etildi, ular tomonidan test
topshiriqlari bajarildi. O’rganish natijasida quyidagi ko’rsatkichlar qo’lga kiritildi
(2.3.1- jadvallar):
Dostları ilə paylaş: |