1.3. Milliy g’oya tamoyillarining oila taraqqiyotidagi roli
Mamlakatimizdagi ijtimoiy-demografik ahvolning yana bir muhim
xususiyati – jamiyatning asosi bo’lgan kuchli oila tizimidir. O’zbekistonda
nikohdan o’tish darajasi yuqori va eng muhimi, oilalarning buzilishi dunyo
bo’yicha eng past darajada. Oila bizning xalqimiz uchun millatning ko’p asrlik
an’analari va ruhiyatiga mos bo’lgan g’oyat muhim hayotiy qadriyatlardan biridir.
Respublikada mavjud oilalar soni bugungi kunda 5 milliondan ziyod bo’lib,
ularning aksariyati bo’linmagan, ko’p avlodli, turli avlod vakilllari birga
yashaydigan va birga xo’jalik yuritadigan xonadonlardir. Oilaning bunday
o’zimizga xos bo’lgan shakli bolalarni tarbiyalash, ularni umuminsoniy ma’naviy
qadriyatlardan, an’analardan bahramand qilish, shu bilan birga milliy
an’analarimizning saqlanishi, bilim darajasini oshirish uchun qulay sharoitlar
yaratdi. Xuddi ana shunday oilalarda odamlar bolalik chog’laridanoq
mehnatsevarlikni, kattalarga hurmatni, bilim egallashga intilishni, tug’ilib o’sgan
yurti, qishlog’i, shahri, yaxlit Vatanini sevishni o’rganadilar.
O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy istiqboliga bevosita aloqador ilmiy
tadqiqotlarni
o’tkazishdan
ko’zlangan
asosiy
maqsad
–
O’zbekiston
1
Авдеева Н.Н., Хаймовская Н.А. Зависимость типа привязанности ребенка к взрослому от особенностей их
взаимодействия (в семье и Доме ребенка) // Психологический журнал. – М.: 1999. – Т. 20. – № 1. – С.
26
Respublikasida huquqiy-demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurish
jarayonlarida jamiyatning negizi hisoblangan oilalar borasidagi davlat siyosatining
asosiy maqsadi, yo’nalishlari va tamoyillarini belgilash orqali oilaga yo’naltirilgan
ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy, iqtisodiy faoliyatning dasturini va oila
institutini milliy va umuminsoniy qadriyatlar muvofiqligida mustaqhkamlashning
ilmiy asoslangan strategiyasini ishlab chiqishdan iboratdir.
Respublikamizda 90-chi yillardayoq oilalarning ko’p bolalik shaklidan
o’rtacha bolalik shakliga o’tish ro’y berayotganligi bashorat qilingan edi. Chunki
1998-1999 yillarda o’tkazilgan tadqiqotlarda shahar oilalarining 75-76, qishloq
oilalarining 53-54 foizi oilada farzand tug’ilishini rejalashtirayotganligi to’g’risida
ma’lumotga ega bo’lingan edi. Lekin muhtaram Prezidentimizning “Sog’lom avlod
yili” davlat dasturi asosida “Sog’lom ona – sog’lom bola” ijtimoiy harakatini
takmomillashtirishga
qaratilgan
Davlat
dasturidagi
chora-tadbirlarning
belgilanganligi tufayli, ayni paytda oila va salomatlik sifatlari sog’lom tug’ilgan
bola va uni dunyoga keltirgan onaning holatiga bog’liq ekanligini aholi tobora
teranroq tushunib bormoqda va bu tushuncha aholining farzand ko’rishga nisbatan
reproduktiv ustanovkalarida aks etmoqda.
Oilalar miqdorining ortib borishi oxirgi yillarda asosan yosh oilalar va nuklear
tipli, ya’ni, er-xotin va ularning farzandlari alohida yashaydigan oilalar hisobiga
sodir bo’lmoqda. Mavjud oilalarning salkam 50 foizi – bu nuklear oilalar, bir
xonadonda bir necha alohida oilalar istiqomat qiladigan patriarxal oilalar jami
oilalarning salkam 23,5 foizini tashkil etadi. Nuklear, yosh oilalarning aksariyati 9
yildan kam bo’lgan turmush tajribasiga ega bo’lganlar bo’lib, sodir bo’layotgan
nikohning barbod bo’lishi holatlari aynan shu kabi oilalarga to’g’ri kelmoqda.
Ya’ni, ilmiy izlanishlardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, 70 foizdan ortiq nikoh
ajrimlari yosh oilaga to’g’ri keladi.
Bundan tashqari, oila borasidagi yangi holat shuki, agar 90-chi yillarda
migrantlar orasida ayollar ko’pchilikni tashkil etgan bo’lib, ular asosan turmushga
chiqish oqibatida turar manzilini o’zgartirigan bo’lsa (jami migrantlarning 53%),
oxiirgi yillarda aksincha erkaklarning mehnat migrasiyasi ko’lami ortib bormoqda
27
va bu ham oilaning holati va sifatiga kuchli ta’sir etmoqda. Ushbu holat ham jiddiy
tadqiqotlarni talab etadi.
Ya’ni, O’zbekiston aholisi katta demografik salohiyatga va qulay tarkibga
ega. O’tgan o’n yilliklarda tug’ilish darajasi nisbatan kamaydi, ammo mavjud
ko’rsatkichlar ham bu salohiyat va tarkib muayyan davr oralig’idagina saqlanib
qolishini ko’rsatadi. O’zbekiston aholisining 37 foizini 16 yoshgacha bo’lgan
bolalar tashkil etadi, aholining umumiy tarkibida mehnatga yaroqli aholi
ulushining nisbatan pastligi va O’zbekistondagi demografik vaziyatning boshqa
xususiyatlari bozor munosabatlariga o’tish davrida aholini faol ijtimoiy muhofaza
qilishni taqozo etadi. Shu bois, aholining ijtimoiy muhofazasi O’zbekiston
siyosatining ustivor yo’nalishlaridan biridir va bu tizim izchil takomillashtirib
borilmoqda.
Bugungi kunda davlat ijtimoiy siyosatining muhim jabhalaridan biri aholi
nufuzi, sifati masalasidir. Aholi sifati deganda, asosan aholi salomatligi darajasi,
bolalar va onalar salomatligi darajasi, o’rtacha umr ko’rish darajasi, reproduktiv
ustanovkalari, aholi ma’lumoti va ish bilan bandligi darajasi, milliy qadriyatlar va
an’analar saqlanganligi kabi qator tavsiflar tushuniladi. Ya’ni, ta’kidlash joizki.
mamlakatimiz ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishshini jadallashtirishning muhim sharti
aholi sifatini oshirishdir. Bunga erishish uchun davlatimizda ko’plab ishlar amalga
oshirilmoqda, lekin ularning samaradorligini oshirish ilmiy asoslangan milliy
siyosat asosidagina ta’minlanishi mumkin. Bunda aniq ilmiy ma’lumotlar,
jumladan, aholining tarkibi, stratifikasion xususiyatlari, milliy tarkib albatta
inobatga olinishi lozim.
O’zbekiston aholisining milliy tarkibi aholi o’rtasida amalga oshiriladigan
siyosatning tarkibiy qismi bo’lib, davlatimizdagi demografik vaziyatni ilmiy –
asosli baholash va uning monitoringini olib borishga asoslanadi.
Shunday qilib, mamlakat mustaqilligining 20 yili mobaynida amalga
oshirilgan ishlar ana shu xalqning yaratuvchanlik yo’lida yagona g’oya atrofida
birlashayotganligining isboti bo’lib, bu ishlarning ko’lami O’zbekistonning dunyo
hamjamiyatidagi e’tirofiga sabab bo’ldi. Oliy Majlisning 9 sessiyasida
28
yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek: “..yurtimizdagi o’zgarishlar va yangilanishlar
jarayonining ko’lami kengayib, samaradorligi oshib borgan sari jamiyat hayotining
barcha sohalarini erkinlashtirish va demokratlashtirish zarurati tobora ko’proq
sezilmoqda”.
1
Demokratik ko’nikma va fuqarolik fazilatlari tarbiyalanadigan
muhim maskanlardan biri – oiladir.
Oilaga doir bunday muammolarni o’rganish, ilmiy tadqiq qilish o’ta dolzarb
xisoblanadi. Ayniqsa, muammolar echimini topishda yurtimizdagi demografik
vaziyat bilan bog’liq holda ish olib borish maqsadga muvofiqdir. Chunki
mustaqillik yillaridagi mamlakatni modernizasiya qilish jarayonlarida oila
taraqqiyotining barcha jabhalarida o’zgarishlar kuzatilmoqda va o’z-o’zidan
yangicha demografik vaziyat yuzaga kelmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek
“Respublikadagi alohida demografik vaziyat o’z ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyot
yo’lini tanlab olish zarurligini belgilab beruvchi g’oyat muhim xususiyatlardan
biridir”.
Oila siyosatining uzoqni ko’zlagan, istiqbolli yo’nalishi jamiyatda oila
institutini
mustahkamlashga qaratilgandir.
Bunday siyosatning fuqarolar
tomonidan anglanishi ularda oila-nikoh munosabatlariga nisbatan cheksiz
mas’uliyat hissini, o’zi qurgan oilaga nisbatan g’urur va uni qadrlash
psixologiyasini shakllantiradi, albatta.
XXI asr konsepsiyasini yaratish va uni hayotga joriy etishdan ko’zlangan
asosiy maqsad – milliy an’analar, urf-odatlar, umuminsoniy kadriyatlar va jamiyat
taraqqiyoti istiqbollarini hisobga olgan oila va uning ijtimoiy muhofazasiga
aloqador tashkilot va jamoatchilik muassasalari uchun, oila borasida ilmiy
izlanishlar olib boruvchi olimlar va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga mas’ul
bo’lgan ta’lim va tarbiya masakanlari, ota-onalar uchun o’zbek mentaliteti,
xalqimizning o’lmas madaniy meroslari, milliy qadriyatlarni inobatga olgan va
uning ertasini belgilovchi metodologik hamda nazariy-amaliy qarashlar majmuini
yaratishdan iboratdir. Bu ish Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazida “Ona va
1
Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти
асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари // Туркистон газетаси. – Т.: 31.08.2002. – №.
29
bola yili” davlat dasturi doirasida ishlab chiqildi.
XXI asr oilasi konsepsiyasini yaratishdan ko’zlangan asosiy maqsad –
O’zbekiston Respublikasining asriy an’analari, oilaviy urf-odatlari, milliy
qadriyatlarini tarixiy-etnografik asosda o’rgangan holda O’zbekiston oilalarining
istiqbolini belgilovchii ustivor vazifalarni va faoliyat strategiyalarini belgilashdan
iboratdir.
O’zbekiston oilalariga xos bo’lgan ustivor xususiyatlar, milliy qadriyatlar
darajasiga ko’tarilgan oilaviy udumlar, rasm-rusmlar va an’analarning shaxsga
tarbiyalovchi ta’sir ko’rsatuvchi jihatlari ilmiy jihatlarini ochishga yo’naltirilgan
ushbu hujjat Respublikamizda istiqlol yillarida oilani ijtimoiy jihatdan himoya
qilish, ota-onalarga berilgan imtiyozlar va bola tarbiyasi uchun yaratilgan shart-
sharoitlar va ularning komil inson tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarini
inbatga olgan holda mavjud bo’lgan muammolar doirasida oilaning istiqboli,
rivojlanish tendensiyalarini belgilaydi. «XXI asr oilasi» konsepsiyasi asosida oilani
kompleks o’rganish dasturi taklif etilgan.
Mamlakatimizda izchillik bilan olib borilayotgan oila siyosatining tom
ma’nosi XXI asr oilasining istiqboldagi rivojlanishi va taraqqiyotining ustivor
yo’nalishlari jamiyat taraqqiyotining kafolatlari to’g’risidagi ezgu g’oyalarimizga
hamohangdir. Shunga tayangan holda XXI asrda oilalar rivojlanishiga asos
bo’luvchi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy omillar va tamoyillar
quyidagicha ifodalanishi mumkin:
•
XXI asr oilasi jamiyatda ustivor bo’lgan demokratik tamoyillarga
asoslangan, hech qanday siyosiy kuchlarning subektiv xohish-irodasiga qaram
bo’lmaydigan, jamiyatni olg’a rivojlanishiga to’siq bo’luvchi illat va asoratlarni
bartaraf etishga qodir bo’lgan maskan rolini o’ynaydi;
•
Yangi asr oilasi milliy urf-odatlar, milliy qadriyatlar, an’analar va
udumlarning jamiyat rivoji va oila barqarorligiga xizmat qiluvchi jihatlarini ilg’or,
insoniyat taraqqiyotiga aloqador an’analar bilan uyg’unlashtiruvchi tabiiy
makondir;
•
XXI asr oilasi insonparvarlik va demokratiya tamoyillarining tom
30
ma’noda jamiyatda ustivor bo’lishi va har bir jamiyat a’zosi bo’lgan fuqaro
tomonidan ongli tarzda idrok qilinishi uchun ma’rifat maktabini o’ynaydi;
•
XXI asr oilasi umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakatda
tinchlik va xavfsizllikni ta’minlanishi uchun ma’naviy qo’rg’on rolini o’ynaydigan
ijtimoiy institutdir;
•
XXI asr oilasi “O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat”, “Inson va uning
manfaatlari har narsadan ulug’” degan tamoyillarni o’z a’zolari ongiga singdirish
uchun qulay bo’lgan mafkuraviy muhitdir;
•
XXI
asr
oilasi
xalqimizning
ma’naviy
boyliklarini,
jahon
sivilizasiyasining eng ilg’or yutuqlarini o’zida mujassamlashtiradigan va shu
asnoda har tomonlama barkamol sog’lom avlodni tarbiyalovchi maskandir;
•
XXI asr oilasi har bir fuqaroning kuch va iqtidorini o’z halol va
safarbar mehnati orqali ro’zg’orning iqtisodiy takomilini ta’minlash, shu orqali
jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining samaradorligi va qudratini ta’minlovchi
ijtimoiy munosabatlar makonidir. Oila iqtisodini barqarorlashtirishda oilaviy
tadbirkorlik, ijara, oilaviy ishlab chiqarish, kasanachilik shakllaridan oqilona
foydalanadi va oila byudjetini yaxshilash, turmush tarzini farovonlashtirish uchun
zamonaviy texnika va texnologiyalardan, maishiy xizmat shahobchalari xizmatidan
unumli va o’rindi foydalanadi;
•
XXI asr oilasi o’z fuqarolarida yuksak huquqiy madaniyatni
shakllantirish orqali insonlarga berilgan huquq va erkinliklarga ongli munosabatini
ta’minlovchi, bunda milliy, umuminsoniy va demokratik tamoyillar ma’no-
mohiyatini etkazuvchi ijtimoiy institutdir;
•
XXI asr oilasi o’zining intellektual salohiyati, aql-zakovati va iqtidori
bilan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanish orqali innovasion
kashfiyotlar va yuksak texnologiyalarni oila barqarorligiga yo’naltiruvchi, sog’lom
ijodiy muhitni ta’minlovchi makondir.
Milliy g’oyani omma ongiga singdirishni eng avvalo oiladan boshlash,
oilaning etnopsixologik xususiyatlarini, oila a’zolari ongiga sog’lom fikrlarni
singdirishning pedagogik tamoyillarini, psixologik mexanizmlarini, oila a’zolari
31
o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning ma’naviy-madaniy jihatlarini inobatga olish
maqsadga muvofiqdir. Bugun barchamizga istiqlol mafkurasi va milliy g’oya
mamlakatimiz erishayotgan va erishajak yutuqlarning asoslaridan birini tashkil
qilishi, millatni millat, xalqni xalq qilib birlashtiruvchi, jamiyat ijtimoiy
taraqqiyotining zaruriy mezoni ekanligi tarixiy haqiqatdir. “Oila haqida gapirar
ekanmiz, avvalambor, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini
ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak
nasllar qanday inson bo’lib etishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan tarbiya
o’chog’i ekanini tan olishimiz darkor”
1
.
Ma’lumki, iymonlilik, insonparvarlik, diyonat, e’tiqodlilik kabi shaxs
mafkuraviy tasavvurlarining asosida yotgan fazilatlar o’smirning eng avvalo
oilaviy munosabatlar tizimida tutgan o’rnidan, ota va ona, oiladagi boshqa katta
avlod vakillarining ijtimoiy mavqelari va roli mazmunidan kelib chiqadi. Zero,
mafkuraviy tasavvurlar hamda ular asosida shakllanuvchi insoniy fazilatlar
shaxsning yaxlit strukturasidagi muhim omillardan hisoblanadi.
Milliy g’oyani oila muhitida bolaning ongi, qalbiga singdirishning muhim
vositasi – bu oilaviy qadriyatlarni saqlash va ilg’or oilaviy an’analarni kundalik
tarbiya tizimiga joriy etish, turmush tarzining bir bo’lagiga aylantirishdir. Bunda
ota-onaning o’rni va roli bevosita xarakterga ega bo’lib, faqat sog’lom muomala va
samimiyat muhitigina o’smirning dunyoqarashi shakllanishiga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi.
Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan
yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtaga qo’yilgan
maqsadlarga erishish o’zlariga bog’liq ekanligini, ya’ni bu narsa ularning
sobitqadam
g’ayrat-shijoatiga,
to’la-to’kis
fidokorligiga
va
cheksiz
mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab etishlari kerak. Xuddi shu narsa
davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir.
Shu nuqtai nazardan, oilaviy an’analar, rasm-rusmlar va odatlar orqali
1
Каримов И.А. Оила фаровонлиги – миллат фаровонлиги: Ўзбекистон Республикаси Президенти
Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конститутциясининг 5 йиллигига бағишланган мажлисидаги
табрик сўзи. // Халқ сўзи газетаси. – 1997. – Б. 8.
Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида: Т.6. – Т.: Ўзбекистон, 1998. – 400 б
.
32
bolalarimiz ongiga milliy g’oyani va istiqlol mafkurasini singdirishni ta’minlovchi
psixologik omillar va shart-sharoitlarni aniq bilish o’ta dolzarb va muhim
vazifadir.
Xalq psixologiyasida mafkuraviy ta’sirchan omillar mohiyatini bilish,
yangicha rasm-rusmlar marosimlarning ahamiyatli tomonlarini kundalik turmush
tarziga aylantirish yoshlar e’tiqodiga samarali ta’sir ko’rsatuvchi pedagogik
texnologiyalarga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |