19
Nikohga kirgandan to bola
tug’ilguncha bo’lgan davr
1.9
1,3
1,1
Birinchi
farzand
tug’ilgan
paytda onaning o’rtacha yoshi
25,9
24,2
23,6
Farzandlar tug’ilishi orasidagi
davr
5,5
4,2
2,6
Oxirgi
farzandini
tuqqanda
onaning o’rtacha yoshi
44,7
31,4
26,1
Reproduktiv
davrning
davomiyligi
20.7
6,7
3,6
Raqamlardan so’nggi 60 yildan ziyod vaqt oralig’ida ayollarning ertaroq
turmush qurishi, reproduktiv funksiyalarning yomon bajarilishi, ya’ni ushbu
davrning qisqarib borayotganligi, onalik davrining ham kamligi, erta yoki o’ta
kech ona bo’lish holatlarining kuzatilayotganligi ayon bo’lib turibdi. Demak,
reproduktiv xulqning asosiy parametrlarida jiddiy o’zgarishlar kuzatilmoqda.
Bu kabi muammolar O’zbekiston uchun ham xosdir. Lekin bizda xotin-
qizlarning reproduktiv madaniyati va ustanovkalari Evropa mamlakatlaridagidan
farq qiladi.
Mamlakatimiz aholisining reproduktiv ustanovkalarini o’rganish bo’yicha
olingan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, ayni paytdagi farzandlar soni – real bola
soni so’raluvchilarda shahar bilan qishloqda o’ziga xoslikka ega (1.2.1-jadval).
Masalan, 2002 yilda shaharlik respondentlarning 34,9 foizi 2 ta farzandga, salkam
30 foizi 3 ta farzandga ega bo’lsa, bu raqamlar 2009 yilda mos ravishda 33,6 va
25,2 ni tashkil etdi.
Qishloq oilasidagi real reproduktiv ustanovka 2002 yilda 37,7 foizi 2 ta, 24,0
foizi 3 ta, 19,2 foizi 1 ta bolali bo’lgan bo’lsa, 2004 yilda 2 va 3 nafar farzandlilar
kamaygan, negadir ko’pbolalilar oshgan, bu raqamlarni yana bir takror tekshirish
kerak. Chunki 2009 yilda Farg’ona vodiysi, Samarqandda o’tkazilgan
tadqiqotlarida ko’p bolali oilalar soni keskin kamaygan.