O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika psixologiya fakul’teti



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/22
tarix22.03.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#54036
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
sibling maqomining psixologik xususiyatlari

Ishning  ikkinchi  bobi  aka  ukalik  va  opa  singillik  munosobatlari 

psixologiyasining  mazmuni  deb  nomlangan.Ushbu  bobda  sibling  maqomining   

psixologik  jihatlari,  ko’p  bolalik  oilalarda  shaxslararo  munosobatlarning 

psixologik  muammolari,  milliy  va  umiminsoniy  qadriyatlarning  oila  rivojiga 

ta’siri     ilmiy o’rganilgan. 

Bitiruv  malakaviy  ish  kirish,  ikki  bob,  olti  paragraf,  xulosa  va  takliflar 

hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’ yxati va ilovalardan tashkil topgan. 

 

 



 

 

 



 


 



I – BOB.  OILADAGI  PSIXOLOGIK MUAMMOLARNING  NAZARIY  



ASOSLARI 

1.1.  Mamlakatimizda oilaning ijtimoiy hayotdagi o’rni 

Olimlarning  ta’kidlashicha,  oila  institutining  o’zi  tabiati  nuqtai  nazaridan 

ancha konservativ, ya’ni o’zgarmas, turg’un tizim bo’lgani bois, jamiyat miqyosida 

ro’y  beradigan  o’zgarishlar  oila  doirasida  taxminan  XX  asrning  30-yillardan 

keyingina  aks  eta  boshlaydi.  Bundan  tashqari,  rus  sotsiologi  S.Golodning 

yozishicha, Evropa xalqlari hayotida, oilaviy munosabatlarda kuzatiladigan barcha 

ijobiy  jarayonlar  monogam,  patriarxal  oilaning  saqlanib  qolingani  sababli  ro’y 

bergan  bo’lsa,  qolgan  barcha  salbiy  holatlar  aksincha,  oilada  ro’y  berayotgan 

salbiy,  yomon  jarayonlardan  kelib  chiqadi.  Bu  kabi  talqinlar  tabiiyki,  ko’plab 

tadqiqotchilarga  oila  va  uning  istiqbolini  tushunishga,  mazkur  yo’nalishda  jiddiy 

tadqiqotlar olib borishga xalaqit beradi. 

Shunga  qaramay,  oila  institutida  kuzatilayotgan  har  qanday  o’zgarishlari 

odatda  eng  avvalo,  ayolning  –  xotin-qizlarning  jamiyat  va  oilada  tutgan 

maqomlarining  o’zgarib  borayotganligi,  ular  malakalarining  oshib  borayotganligi 

va  kasb-hunar,  lavozim  pog’onalarida  erkaklardan  qolishmaslikka  intilayotganligi 

bilan izohlanadi. Qayd etilgan holat bevosita oila hayotida ro’y berayotgan turli xil 

o’zgarishlarga, ham salbiy, ham ijobiy hodisalarga sabab bo’lmoqda. 

Ikkala  jins  vakillari  xaq-huquqlarining  amalda  tenglashib  borayotganligi 

xotin-qizlarning  erkaklar  –  yigitlar  oldida  o’zini  tutishi  va  o’z  navbatida 

yigitlarning  qizlarga,  erkaklarning  ayoliga  bo’lgan  munosabatlari,  xushomad 

qilishlarida  o’z  aksini  topmoqda.  Ayniqsa,  Evropa  xalqlarida  nikoh  oldi  sovchilik 

instituti yo’qolib, uning o’rniga o’z xohishi bilan o’ziga nikoh sheriginini tanlashi 

an’anasi  barqarorlashdi.  Lekin  ayni  holat  saqlanib  qolgan  mamlakatlarda, 

jumladan,  O’zbekistonda  oila  institutiga  munosabat  boshqacharoq,  ya’ni 

an’analarga  sodiqlik  saqlanib  qolgan.  Sovchilikning  ahamiyati  shundaki,  bunda 

o’rtada  turganlar,  kelin-kuyov  oilasini  tanigan,  bilgan,  surishtirgan  odamlar 

bo’lgani  sababli  ham  ular  yosh  oilaning  mustahkam  bo’lishidan  juda 

manfaatdordirlar,  shuning  uchun  haqiqiy  o’zbekona  mezonlar, “teng-tengi  bilan” 




 

tamoyili  asosida,  sovchilar  yordamida  qurilgan  nikohlar  aksariyat  holatlarda 



mustahkam bo’ladi. 

Shuni  ta’kidlash  lozimki,  har  bir  davrda  bo’lgani  kabi  hozir  ham 

yoshlarning  o’z  ihtiyori  bilan,  bir-birlarini  yoqtirib  qolishlari  oqibatida  paydo 

bo’lgan  oilalar  mavjud.  Yoshlarning  ayrimlari  o’z  ixtiyori  bilan  qalliq  tanlashni, 

yoqtirib,  sevib  turmush  qurishni  oldindan  niyat  qiladi.  Shunisi  borki,  o’z  ihtiyori 

bilan  turmush  o’rtog’i  tanlashda  ota-ona  va  oilasi  manfaatlari,  ularning  istak-

xohishlari  deyarli  inobatga  olinmaydi.  Odatda  bu  kabi  yoshlar  nikoh  oldidan  ota-

otasining  roziligini  olmaydi,  shu  sababli,  ko’pincha,  bunday  nikoh  engil-elpi 

qarorlar  oqibati  bo’lib,  uzoqqa  bormasligi  mumkin.  Respublika  “Oila”  ilmiy-

amaliy  markazi 2009  yilda  o’tkazgan tadqiqot natijalariga ko’ra, ajralishib ketgan 

yosh oilalarning 90 foizidan ortig’i nikoh motivi-sababi sifatida “sevish-sevilish”ni 

ko’rsatganlar. 

Xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligi tufayli XX asrga kelib ayolning oila va 

jamiyatda tutgan o’rni va maqomi keskin o’zgardi. Oxirgi paytlarda butun dunyoda 

matriarxat  davridagi  kabi  oilaning  etakchisi,  boshlig’i  roliga  ko’pincha  ayol 

da’vogarlik  qila  boshlashi  kuzatildi.  Buning  oqibatida  erkak  kishining  oiladagi 

etakchilik  roli,  oilada  resurslarni  boshqarish,  qarorlar  qabul  qilish  va  farzandlarni 

jamiyat hayotiga jalb etishdagi maqomi sezilarli darajada pastladi. 

Ikkinchi  tomondan,  ayol-onaning  oilasi  va  bola  tarbiyasi  uchun  bo’sh 

vaqtining  kamayib  borayotganligi,  reproduktiv  mas’uliyatning  jamiyatda 

lavozimlar  pog’onasida  yuqoriroq  o’rin  egallash  istagiga  nisbatan  pastlab 

borayotganligi  salbiy  oqibatlarga  olib  kelmoqda.  Shu  sababli  sanoati  rivojlangan 

mamlakatlarda  tug’ilishlar  sonining  kamayib  borayotganligi,  oqibatda  aholi 

sonining keskin pasayishi kuzatilmoqda. Afsuski, bunday holatlar O’zbekistonning 

shahar hududlarida ham kuzatilmoqda. 

Oilaning  tarbiyalovchi  vazifasi  oila  a’zolaridan  tashqari  boshqa  insonlarga, 

muassasalarga  –  enaga  va  guvernantkalarga,  yoki  davlat  tomonidan  to’la 

muhofazaga  olingan  tashkilotlar  –  Mehribonlik  uylari,  Muruvvat  uylari  va 

boshqalar  zimmasiga  yuklatilmoqda.  Sobiq  totalitar  tuzum  davrida  ushbu 



 

10 


vazifaning  davlat  zimmasida  ekanligi,  individual,  oilaviy  tarbiyaning  gruppaviy 

tarbiya  bilan,  tarbiyalanuvchi  shaxsiga  e’tiborning  keskin  kamayishi  bilan 

o’zgartirildi. Oqibatda hech kimga tegishli bo’lmagan, psixik  va aqliy  rivojlanishi 

o’rtamiyona  bo’lgan  bolalar  paydo  bo’ldi.  Bu  ochiq  yoki  yashirin  onalik 

deprivasiyasini keltirib chiqardi. 

Ya’ni,  XX  asr  o’rtalariga  kelib,  monogam  oilada  o’zgacha  uyg’unlik  kashf 

etgan,  yaxlit  guruhday  tasavvur  etilgan  oilaning  vazifalari – nikohga kirish, jinsiy 

hayotni  ta’minlash  va  o’zidan  nasl  qoldirish  –  reproduksiya  bir-biri  bilan 

bog’lanmagan  vazifalar  tarzida  ayrocha,  alohida  funksiyalarday  tasavvur  etila 

boshlandi.  Agar  XIX  asr  oxirlarigacha  oila  paydo  bo’lishi  bilan  unda  farzandlar 

tug’ilishini  kutish  odatga  aylangan  bo’lsa,  yangi  davrga  kelib,  qachon  tashkil 

bo’lganligiga qaramay, bola tug’ilishini rejalashtirmaydigan oilalar hamda boshqa 

tomondan, oilasiz, nikohsiz ham tug’iladigan bolalar ko’paydi. Ochiqroq aytadigan 

bo’lsak, turmushga chiqmasa-da, bola tug’adigan yolg’iz onalar ham paydo bo’ldi. 

Shu tariqa nikoh bilan oilaning reproduktiv vazifasi o’rtasida tafovut paydo bo’ldi. 

Jinsiy  hayot  borasida  sodir  bo’lgan  o’zgarishlar  shuki,  agar  ilgari  bunday 

munosabat  oiladan  tashqarida  ro’y  bersa,  jamiyat  ham,  din  ham  uni  qoralar  edi. 

So’nggi  o’n  yilliklarda  dunyo  miqyosida  erkaklar  ham,  ayollar  ham  erkin  jinsiy 

hayotga  oddiy  munosabat  sifatida  qaraydigan  bo’lishdi.  Ma’naviy  inqiroz 

hisoblanmish  bunday  munosabatlarga  jamiyatning  befarqligi  ilg’or  fikrlovchi 

insonlarni  jiddiy  tashvishga  solmoqda.  Buning  asosiy  sababi  jamiyatda  ma’naviy 

qadriyatlar  inqirozga  yuz  tutgani  bo’lsa,  ikkinchi  tomondan,  bunga  ayollar 

o’rtasida  kontraseptiv  vositalardan  foydalanishning  urf  bo’lishi  va  ular  o’zlariga 

berilgan ijtimoiy erkinliklarni noto’g’ri idrok etishlari, ommaviy axborot vositalari 

orqali  u  yoki  bu  xalq  mentalitetiga  mos  kelmaydigan  axborotlarning  keng 

tarqalishi sabab bo’layotir. 

Eng  achinarlisi,  ayrim  yoshlar  va  ularning  ota-onalari  uchun  “nikoh”  va 

“ajrim”  tushunchalari  oddiy  narsaday,  ziddiyatsiz  qabul  qilinadigan  bo’ldi.  Ular 

o’z  shaxsiy  mas’uliyatini  his  etmayaptilar.  Sanoat  rivojlangan  mamlakatlarda  51 

foizgacha  bo’lgan  nikohlar  muayyan  muddatdan  so’ng  barbod  bo’layotganligi 




 

11 


odatiy  holday  qabul  qilinadi.  Chet  el  axborot  vositalarining  ba’zi  taniqli  shaxs, 

aktyor yoki millionerning har 3-4 yilda almashinib turiladigan nikohlari to’g’risida 

yozilayotgan  maqolalari  eng  o’qimishli,  qiziqarli  axborotday  talqin  etilmoqda. 

Tabiiyki,  bu  ularni  o’qiyotgan  yoshlar  ongiga  salbiy  ta’sir  ko’rsatadi.  Ta’kidlash 

joizki,  bunday  holatlarda  ajrimlarning  tashabbuskorlari  ko’pincha  ayollar  bo’lib, 

bu  o’z  navbatida  oila  ajrimlari  sonining  ortib  borishiga,  farzandlarning  aybsiz 

aybdorlarday noto’liq oilalarda tarbiyalanishiga olib keladi. 

Patriarxal  monogam  oila  –  bu  o’z  mohiyatiga  ko’ra  oiladagi  erkak  kishining 

nufuzi, etakchilik roli, xotinning unga, farzandlarning ota-onaga tobeligini nazarda 

tutadi.  Bundany  oilada  o’g’il  bolalar  otaning  oilasini  sira  tark  etmaydi,  aksincha, 

uylangan  taqdirda  ham  turmush  o’rtog’ini  shu  xonadonga  olib  keladi,  qizlar  esa 

kimga  turmushga  chiqsa,  uning  familiyasiga  o’tib,  o’z  ota-onasining  uyini  tark 

etadi.  Bunday  oilada  urug’ning  atalashi  (familiya),  shajara  va  mulkka  egalik 

otaning yo’lidan amalga oshiriladi, oilaviy rollar esa erkaklarniki yoki xotinlarniki 

tarzida  aniq  tafovutlanadi.  Erkaklar  oilaning  moddiy  boyliklari,  resurslari, 

ta’minoti bilan shug’ullansalar, ayollar asosan uy ishlari bilan band bo’ladilar. 

Oilaning  ijtimoiy  nufuzi,  obro’si  otaning,  erning,  o’g’ilning  iqtisodiy 

maqomidan  kelib  chiqadi,  ayolniki  esa  –  farzandlar  soni  bilan  belgilanib,  uning 

professional  maqomi  ko’p  hollarda  oilaning,  turmush  o’rtog’ining  ijtimoiy 

maqomiga  salbiy  ta’sir  ko’rsatadi,  farxzandlar  ko’z  o’ngida  otaning  avtoriterti 

pastlaganday  bo’ladi,  ayrim  holatlarda  erning  oila  ta’minotaidagi  ulushi  tushib 

ketishi ham ayolning oila moddiy ta’minotiga bevosita aralashishiga sabab bo’ladi. 

Monogam  oila  –  bola  manfaatiga  yo’nalgan  oila  (detosentrik)  XIX  asrning 

oxiri – XX asrning boshlarida paydo bo’lgan hodisadir. U xotin-qizlarning ijtimoiy 

hayotdagi rolining ortishi hamda bola huquqlarining oshib borishi bilan izohlanadi. 

Bunday  holatlarda  gap  ko’proq  oilada  farzandlar  soni  haqida  emas,  balki  oilada 

umuman  bola  borligining  qadrlanishi  to’g’risida  boradi.  Ota-onalar  bunday 

sharoitda  ko’proq  bolaning  kelajakda  kim  bo’lishi,  u  egallashi  lozim  bo’lgan 

martabalar, uning istiqboli xususida qayg’uradigan, shu bois ham oila byudjetining 

asosiy  qismi  uni  ta’minlash,  unga  zarur  ta’lim  va  tarbiyani  berish,  g’amxo’rlik 




 

12 


qilishga  sarflanadi.  Bolalar  bilan  bog’liq  ehtiyojlarning  o’sib  borishi  oqibatida 

mamlakatda ham bolalar ta’minoti, ularning ozuqasi, kiyim-kechagi, o’yinchoqlar, 

bolalarning  madaniy-ma’rifiy  maskanlarini  rivojlantirishga  ixtisoslashgan  sanoat 

korxonalari  ko’payadi,  rivojlanadi.  Bolalar  va  yoshlarning  turli  ma’rifiy 

o’choqlarining  kengayishi,  yangi  texnika  va  texnologiyalarning  asosan  bolalar 

manfaatiga  bevosita  bog’lanishi,  yoshlarning  kasb  ta’limini  takomillashtirish 

ishlari,  ular  o’qishi  va  bilim  olishi  muddatlarining  uzaytirilishi  ularning  mehnat 

sohasiga  kechroq  kirib  borishiga  olib  keladi.  Ya’ni,  ilgarigiga  nisbatan  bolalar 

kechroq  mustaqil  hayotga  kirishadi.  Buning  oqibatida  nikoh  yoshi  ham  tobora 

kattalashib  boradi.  Kattalar  tomonidan  bolaga  e’tiborning,  shu  bilan  bir  qatorda 

tashvishlarning  ortishi,  o’z  navbatida  bolalarning  tug’ilish  soni  kamayishiga  olib 

keladi.  Bolalar  erka  bo’lib,  ular  erkinligi  ortib  boradi,  ota-onaning  butun  diqqat-

e’tibori  ularga  qaratiladi.  Bu  toifa  oiladagi  bola  manfaati  shu  qadarki,  ba’zan  ona 

faqat  bolani  o’ylash,  unga  e’tibor  qilishni  afzal  bilganidan,  eridan  ham  voz 

kechishi holatlari ham kuzatiladi. 

Bola manfaatiga yo’nalgan oilaning ham turli ko’rinishlari bo’lib, ulardan biri 

avtoritar  tipdir.  Bunda  bola  soni  bittami  yoki  ikkitami  ota-onaning  cheksiz 

g’amxo’rligi,  ular  obro’si  bilan  parallel  tashkil  etiladi.  Masalan,  ko’pgina 

amaldorlarning oilasi shunday. Ota-ona bola nazarida eng nufuzli, aqli har narsaga 

etadigan,  shuning  uchun  bola  ham  xuddi  otasi  yoki  onasiday  bo’lib  etishish 

motivasiyasi kuchli bo’ladi. 

Ambivalent  detosentrik  oiladagi  bola  ko’proq  ota-onaning  hissiy-emosional 

g’amxo’rligi ta’sirida bo’ladi. Masalan, bu agar qiz bo’lsa, u faqat otasi yoki onasi, 

yoki  ikkisining  doimiy  erkalashlari  og’ushida  katta  bo’lib,  oxir-oqibat  shunday 

holatga ko’nikib ketadi. Oilaviy munosabat faqat shunday bo’lsa kerak, degan fikr 

ba’zan  o’zi  mustaqil  oila  qurganda,  uning  yangi  xonadonga  ko’nikishiga  jiddiy 

xalaqit beradi. 

Kvaziavtonom  detosentrik  oilada  bola  huquqlari  kattalarniki  bilan  deyarli 

tenglashtiriladi, ularga kattalar bilan bir qatorda oilaviy yumushlarni bajarish erki, 

o’z  holicha  qarorlar  qabul  qilish  huquqlari  berilgan  bo’ladi.  Buning  albatta,  ham 




 

13 


ijobiy, ham salbiy jihatlari bor. 

Er-xotin  oilasi XX asrning 60-chi  yillarida paydo bo’lib, u ham ayollar, ham 

bolalar  emansipasiya  jarayonlarining  oqibati  sifatida  qaraladi.  Bunday  oiladagi 

o’zaro  munosabatlar  asosan  erkak  va  xotin  o’rtasidagi  muomalaga,  uning 

qanchalik samimiy, iliqligiga bog’liq bo’ladi. Ayolga o’z xohish-irodasini mumkin 

qadar  namoyon  etish,  unga  ma’lum  ma’noda  mustaqil  erishish  imkoniyati 

yaratiladi.  U  ko’p  holatlarda  turmush  o’rtog’iga  suyukli,  erka  va  zarur  yor  rolini 

o’ynaydi.  Er-xotinning  bir-birlariga  yaqin  bo’lishlarining  4  xil  jihatini  farqlaydi: 

simpatiya (yoqtirish), samimiyat, minnatdorlik va erotik jihatdan bog’liqlik. 

Monogam  bo’lmagan  oila  toifasi  chin  ma’noda  nikoh  munosabatlariga 

tayanmaydi. Bundan oilaning uch xil ko’rinishi mavjud:  

Ajrimlar tufayli paydo bo’lgan noto’liq oila – XX asrning oxirlarida ko’payib 

ketgan  noto’liq  oila  turi.  Olimlarning  ma’lumotlariga  ko’ra,  Rossiyadagi  oilalar 

ajrimi  shu  qadar  ko’paydiki,  har  100  ta  nikohga  51  ta  oila  ajrimi  to’g’ri  keldi. 

Bunga  sabablardan  biri  ota-onalik  rollarining  bajarilmasligi,  otaning  bola 

tarbiyasidan 

sovuqqonlik 

bilan 


chetlashishidir, 

chunki 


ko’pgina 

otalar 


ajralishgandan  so’ng  ma’lum  muddat  o’tgach,  farzandlari  bilan  umuman  yuz 

ko’rmas  bo’lib  ketishadi.  Afsuski,  O’zbekistonda  oila  va  nikoh  nechog’li 

qadrlanmasin,  oilaviy  ajrimlar  ham  qayd  etiladi.  Statistik  ma’lumotlarga  ko’ra, 

oxirgi  yillarda  yiliga  o’rtacha  14,5  mingdan  15  mingacha  oila  ajrimlari  qayd 

etiladi,  ajrimlarning  sudlar  orqali  rasmiylashtiriladigan  turlari  FXDYo  orqali 

rasmiylashtiriladiganidan  ko’proqdir.  Ajrim  bo’lgan  oialalrning  70  foizi  yosh 

oilalar bo’lib, ularda o’rtacha 2,5 ta bola chala etim bo’lib qoladi. Bu kabi noto’liq 

oilalarda  o’ziga  yarasha  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolar  paydo  bo’ldaiki,  shu  bois 

ham  davlatimizning  oila  siyosatining  mazmuni  noto’liq  oilalar  sonini 

kamaytirishga  qaratilgandir.  Bunda  masalaning  moddiy  tomonidan  ham  uning 

ma’naviy-ahloqiy tomonlari bizni ko’proq tashvishga soladi. 

Beva bo’lib qolish, yoki turmush o’rtog’ining vafoti munosabati bilan noto’liq 

bo’lgan  oila  ham  ko’proq  onaning  farzandi  bilan  yolg’iz  qolishidir.  Bunday 

oilalardagi  ma’naviy  muhit  ajrim  tufayli  paydo  bo’lgan  noto’liq  oilaniqidan  farq 




 

14 


qiladi.  O’zbek  onalari  bunday  holatlarda  otasining  ruhi  hurmatidan  farzandlarida 

yuksak  insoniy  fazilatlarni  tarbiyalashga  intiladi.  Bunday  o’ziga  xoslik  qator 

tadqiqotlarda alohida qayd etilgan (G. Yadgarova, 2003). 

Nikohdan  tashqari  oila  90-chi  yillarda  ko’paygan  oila  turi,  unda  asosan 

yolg’iz  qolgan  ayol-ona  oilani  tebratadi.  Bunday  oilalar  o’sha  davrda  Rossiyada 

20-21 foizni, Buyuk Britaniyada va Fransiyada – 32-35 foizni tashkil etgan bo’lib, 

ko’proq  yoshgina  bo’la  turib  ona  bo’lganlar  (15-19  yoshlilar)  yoki  aksincha, 

reproduktiv  yoshdan  o’tib  qolganlar  –  40-44  yoshlilar  tashkil  etadi.  Bu  o’rinda 

ikkala  holatda  xotin-qizlarning  nikohga  kirmasdan  tug’ish  motivlari  turlicha 

bo’ladi. 

Rossiyada ota-onalardan bittasigina bo’lgan oilalarda 1989 yilda 4,5 mln. bola 

yashagan bo’lsa, bu ko’rsatgich 1994 yilda 5 millonga etdi O’zbekiston sharoitida 

bu  kabi  holatlar  favqulotda  holatlar  sifatida  qaraladi,  chunki  ayrim  udumlar  va 

milliy  qadriyatlarimiz  farzandning  nikohdan  tashqari  paydo  bo’lishini  qoralaydi, 

Shunday  bo’lsa-da,  turli  sabablar  va  otag’onalarning  vaziyatlar  qurboni  bo’lishi 

natijasida mamlkataimizda otalikni belgilash holatlari ortib bormoqdaki, unda ham 

ko’pincha  rasman  oila  nikohsiz  oiladay  tasavvur  etiladi.  Sha’riy  nikoh  o’qilgani 

bilan rasmiy ravishda nikohning o’z vaqtida qayd etilmasligi mentalitetimizga zid 

bo’lgan shu toifa oilaalrning rasmiylashtirilib qolishiga sabab bo’lmoqda. 

Alternativ  oila  turlari  –  kam  uchraydigan  oila  turlari  bo’lib,  ular  ayrim 

jihatlari  bilan  boshqalardan  farqlanib  turadi  va  o’z  navbatida  toifalarga  bo’linadi. 

Masalan,  ulardan  biri  –  fuqarolik  nikohi  deb  atalib,  unda  erkak  va  ayol  o’z 

ixtiyorlari bilan rasmiy nikohni qayd emay,  yashayveradi. Ba’zan bunday qarorga 

ular  kutilmagan  homiladorlik  paydo  bo’lganda  ham  kelishlari  mumkin.  Bunday 

nikoh  bizning  sharoitimizga,  musulmonchilikka  sira  ham  to’g’ri  kelmaydi. 

Alternativ  nkiohlar  ko’proq  g’arb  mamlakatlariga  xosdir.  Lekin  olimlarning 

ta’kidlashicha,  hozirda  Rossiyada  mavjud  oilalarning  7%  shunday  nikoh  asosida 

tashkil  topgan.  Oilaning  muqaddasligini  tinimsiz  targ’ib  etishimiz  azaliy 

qadriyatlarni  ardoqlab  kelayotgan  yurtimizda  bunday  salbiy  holatlarning 

bo’lmasligiga xizmat qiladi. 




 

15 


Alternativ  nikohning  yana  bir  ko’rinishi  qayta  nikohlardir.  Odatda  bunday 

nikoh  turi  beva  yoki  tul  qolgan  shaxslarda  uchraydi.  Aslida  ham  birinchi  qayta 

nikohlar XVI asrda Angliyada qayd etila boshlagan. Hozirda  esa bunday nikohlar 

odatda  beva  qolganlar  yoki  ajrashib  ketganlar  o’rtasida  qayd  etilishi  mumkin. 

Bunday oila turi ham ajrimlar ko’payishiga mos tarzda ortib bormoqda. 

Aralash  oilalar  yoki  begona  ota-onalar  bilan  yashaydiganlar  oilasi.  Bu  – 

etimlarni boqib olish hisobiga paydo bo’ladigan, otalikka olish, o’gay ota yoki ona 

bilan  yashaydiganlar  oilasidir.  Ming  afsuski,  turli  hayotiy  vaziyatlar  tufayli 

shunday oila ham bor, ular nisbatan ko’p bo’lmasa-da, O’zbekistonda ham mavjud. 

Godvin  –  nikohlar,  uning  asoschisi  bo’lgan  ingliz  sosial-monarxi  U.Godvin 

(1756-1836)  nomi  bilan  bog’liq.  U  bunday  oilani  ideal  deb  hisoblagan,  chunki 

bunday  oilalar,  asosan,  ota-onaning  xohish-irodasiga  ko’ra  paydo  bo’ladi, 

yoshlarning istaklari bunda inobatga olinmaydi. Bunday nikohlarda jinsiy yaqinlik 

ko’zda  tutilmaganligi  sababli,  o’zaro  hurmat  va  bir  tom  ostida  alohida  yashashga 

mo’ljallangan  bo’ladi,  er  va  xotin  bir-birlarining  oldida  faqat  ma’naviy  jihatdan 

majburiyatlarga  ega  xolos.  To’g’ri,  bir  qarashda  bunday  nikoh  bizdagi  sovchilik 

yo’li bilan quriladigan oilaga  o’hshab ketadi,  lekin bizda zurriyod qoldirish, birga 

yashash talab  etiladi. Shuning uchun  yigit  va qiz bir-birlarini  sevmagan bo’lsalar-

da,  nikoh  o’qilayotganda  ularning  rizochiliklari  so’raladi,  javob  ijobiy  bo’lgach, 

ular  chimildiqqa  kiritiladi.  Godvin  tipidagi  nikohlar  ko’pincha  O’zbekistonda 

keksalar o’rtasida rsmiylashtiriladi. Masalan, kampiridan uning qazosi tufayli juda 

bo’lgan  otaxon  o’zaro  kelishuv  natijasida  o’zga  bir  beva  ayolga  uylanadi,  ular 

o’rtasidagi  munosabatlar  o’zaro  samimiyat,  hurmat,  qo’llab-quvvatlov,  keksalikni 

bezashga  yo’naltirilgan.  Lekin  bu  oila  o’zidan  zurriyod  qoldirish  kabi  haqiqiy 

oilaga  xos  funksiyalarning  barchasini  bajarmaydi.  Bunday  oila  Islom  dini 

arkonlariga  ham  mos  bo’lib,  bu  ikki  keksa  odamning  bir-birlari  umrlarini 

cho’zishga qaratilgan samimiy munosabatlari majmuidir. 

Qo’shxotinlilik  ham  alternativ  nikoh  turlaridan  biri  bo’lib,  bunda  bir  erkak 

ko’pincha  hufyona  o’z  qonuniy  nikohidagi  ayoldan  tashqari  yana  boshqasi  bilan 

shar’iy  nikohda  yashaydi.  Qo’shxotinlilik  ko’proq  Osiyo  va  Sharq  mamlakatlari 




 

16 


aholisiga  xos  deb  hisoblansa-da,  hozirda  bunday  oilalar  hattoki,  Rossiyada  ham 

kuzatilmoqda. Lekin bunday oila turi qonunan man etilgan. 

 


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin