O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə8/9
tarix19.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#79668
1   2   3   4   5   6   7   8   9
sxemalarni bajarishda oquvchilar yol qoyadigan tipik xatolar

V Xarakatlarni belgilash
1.Bir tomonlama to`g`ri chiziqli
2.Aylanma xarakat: chizma tekisligida aylanish o`qli chizma tekisligida tik aylanish o`qli Z.Vintli xarakat: chizma tekisligida aylanish o`qli chizma tekisligiga tik aylanish o`qli
4.Qaytma xarakat: to`g`ri chiziqli chizma tekisligida aylanish o`qli chizma tekisligiga tik aylanish o`qli
5.Vintli qaytma xarakat: chizma tekisligida aylanish o`qli chizma tekisligiga tik aylanish o`qli
b.Oraliq xolatda qo`zg`almas to`xtash bilan bir tomonlama xarakat: to`g`ri chiziqli alanma
7-Qisman orqaga qaytishli bir tomonlama xarakat: to`g`ri chiziqli aylanma
452 - chizmadagi tokarlik stanogining tezliklar qutisi mexanizmining kinematik sxemasi quyidagicha o`qiladi.
Tezliklar qutisi stanokning shpindeliga bir necha xil aylanish tezliklarini uzatish uchun xizmat qiladi. Sxemadagi tezliklar qutisining mexanizmi I, II, III rim raqamlari bilan belgilangan uchta valdan: yo`naltiruvchi shponka bo`yicha val I da xarakatlanadigan 4,6 va 7 tishli g`ildiraklar zvenosidan, val II ga qo`zgalmas qilib o`rnatilgan tishli g`ildiraklar 3, 8, 9,10 dan, stanoklarning shpindeli bo`lgan val III da erkin aylanadigan 11, 14 tishli g`ildiraklardan, tishli g`ildiraklar 11 va 14 lar orasida joylashgan ikki tomonlama mufta 12 dan, dasta 5 dan va pishinch 13 dan iborat.
Aylanma xarakat elektr dvigateli M dan tasmali uzatma va friksion ulash muftasi 2 orqali uzatmalar qutisi shesternyalariga uzatiladi. Demak, val I bitta aylanish tezligiga ega bo`ladi, chunki shkiv pog`onali emas. Val I bilan birga tishli g`ildiraklar to`plami 4, 6 va 7 aylanadi, ularni esa dasta 5 vositasida yo`naltiruvchi shponka bo`yicha surib, uchta tishli g`ildiraklar jufti 3-4, 6-8, 7-9 larni ilashtirish mumkin. SHunday qilib, o`rtadagi val II ga uch xil aylanma xarakat uzatish mumkin. Bunda eng katta aylanish chastotasi g`ildiraklar 6 va 8 ilashganda, eng kichik chastotasi esa g`ildiraklar 7 va 9 lar ilashganda hosil bo`ladi. Tishli g`ildiraklar 3 va 10 val III ga erkin o`rnatilgan g`ildiraklar 14 va 11 bilan doimiy ilashishda bo`ladi. Agar kulachokli mufta 12 neytral vaziyatda bo`lsa, stanok shpindeli aylanmaydi. Agar yo`naltiruvchi shponka bo`yicha muftani chap yoki o`ng tomonga surib, u bilan ulansa, stanok shpindeli aylana boshlaydi. Bunda uning tezligi tishli g`ildiraklar 14 yoki 11 tezligiga teng bo`ladi. Demak, val II ning bir xil o`zgarmas tezlikdagi aylanma xarakatidan shpindelga ikki xil tezlikdagi aylanma xarakat uzatish mumkin. Bunda val II uch xil tezlikka ega bo`lgani uchun shpindel olti xil aylanish chastotasida aylanma xarakat qilishi mumkin.
2(2) 2(3}
452- chizma 453- chizma
XULOSA
Mustaqillikka erishganimizdan so`ng, O`zbеkistonda ta`lim sohasida kеng imkoniyatlar ochildi, vatanimizning xalqaro sahnadagi muvaffaqiyati, obru e'tibori va o`rni milliy o`zligimizni anglashda, tasviriy san’at fanlari yеtakchi mavqе kasb etib, har bir fuqaroning mamlakat taqdiri uchun mas'ullik hissini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan xulosa shuki, talabalarga boshlang`ich kurslardan boshlab tasviriy san’at, amaliy san’at, haykaltaroshlik kabi mutaxas-sislik fanlari ham amaliy, ham ilmiy–nazariy jihatdan yaxshi o`qitilishi shart.
O`tmish tarixdan aniq ma`lumki, qadimda buyuk rassomlar asarlarining ilmiy asoslarini qo`llash natijasida, katta yutuqlarga erishganlar.
Bularni talabalarga o`qitishda didaktiv prinsiplarning asosiysi hisoblangan– ilmiylik prinsipi yetakchi o`rin egallashi lozim.
Mеn o`zimning kurs ishimda o`quvchilar bilim va malakalarini nazorat qilish va baholashning mohiyati haqidagi umumiy tushunchalarni bayon etdim, chizmachilik tarixi va buguni, bir-biri bilan bog`liqligi haqida misollar kеltirdim.
Mеn o`z kurs ishimda oldimga qo`ygan maqsadimga erishdim.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin