O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti


Sxemalarning turi va ko`rinishlari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə6/9
tarix19.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#79668
1   2   3   4   5   6   7   8   9
sxemalarni bajarishda oquvchilar yol qoyadigan tipik xatolar

2.1.Sxemalarning turi va ko`rinishlari.
Sxemalarning turi va ko`rinishlari (GOST 2.701-84). Standart barcha sanoat tarmoqlari bo`yicha sxema turlari va ko`rinishlarini chizish uchun tasdiqlagan. Sxemalar buyumning tarkibiy elementlari hamda ularning o`zaro bog`lanishlariga qarab harflar bilan belgilanadi: ye1 - elektr, S — gidravlik, R — pnevmatik, K — kinematik, O — optik, V — vakuumlik, S — gazli, K — radio, ye — buyumni tarkibiy qismlarga bo`luvchi, S — kombinatsiyalashtirilgan sxema kabi turlarga bo`linadi. Vazifasiga ko`ra ularni raqamlar bilan belgilash qabul qilingan: 1 — strukturali, 2 — funksional, 3 — prinsipal, elektr sxemalar uchun to`liq, 4 — birlashtirish (montaj) elektr sxemalari uchun, 5 — ulash, 6 — umumiy, 1 — joylashtirish va 0 — yig`ish.
Sxemaning nomi uning turi va ko`rinishiga qarab aniqlanadi. Masalan, prinsipial elektr sxemasi, gidravlik prinsipial sxema va boshqalar.
1. Strukturali sxema — buyum qismining asosiy funksiyasini, o`zaro bog`lanishi va vazifasini aniqlaydi. Funksional qismlarini to`g`rito`rtburchak shakllarda tasvirlash qabul qilingan bo`lib, ularga sxema elementlarining nomeri, belgisi, turi yoziladi. Ba’zi elementlarini shartli grafik belgilarda tasvirlashga yo`l qo`yiladi.
2- Funksional sxemada — buyum funksional qismlarining ayrimlari yoki barchasida ro`y beraligan jarayonlar tasvirlanadi. Buyumning ish jarayonini o`rganishda va buyumni sozlashda, nazorat qilishda va ta’mirlashda foydalaniladi.
3- Prinsipial sxemada — buyumning tarkibiy elementlari hamda ular orasidagi bog`lanishlarning barchasi ko`rsatiladi. SHunga ko`ra sxemaning bu turi buyumning ishlash jarayoni to`g`risida to`la ma’lumot beradi.
4- Birlashtirish (montaj) sxemasi — buyum qismlari orasidagi o`zaro birlashishlar ko`rsatiladi. Unda shunday birlashishlarni amalga oshirish vositasi bo`lgan o`tkazgich, kabel, truboprovod kabilar aks ettiriladi.
5- Ulash sxemasida buyumning tashqi tomoni bilan boshqa buyumga birlashish (ulanish) joyi ko`rsatiladi.
Umumiy sxemada kompleksning tarkibiy qismlari tasvirlanib, foydalanish joyida qanday montaj qilish haqida ma’lumot beradi. Buyum elementlarining o`zaro joylashishi sxemada taxminan to`g`ri tasvirlanadi. ylashtirish sxemasida buyum tarkibiy qismlarining bir-biriga nisbatan qanday joylashtirilganligi ko`rsatiladi.
3 Birlashtirilgan sxemada biror maqsadni ko`zlab ikki — uch xil sxemalar turi birlashtirilib tasvirlanishi mumkin. Masalan, prinsipial va montaj (birlashtirish), - biriktirish va ulash sxemalari. Bunday biriktirishlar sxema turi va ko`rinish hujjati bilan aniqlanishi lozim. Masalan, elektr prinsipial sxemasi va ulash sxemasi.
9 Kombinatsiyalashtirilgan sxemada buyum tarkibiga turli elementlarning ko`rinishlari kiritilishi munosabati bilan, buyum uchun bir turdagi sxemalarning bir qanchasini tuzish talab qilinadi. Bunday sxemalarni bitta kombinatsiyalashtirilgan sxema bilan almashtirish lozim bo`ladi, masalan, elektr-gidravlik prinsipial sxema.
10. Turli ko`rinish va turlar sxemalari. Bunday sxemalar tarmoq standartlari tomonidan joriy etilgan kod, tur va ko`rinishlarda bajariladi.
Sxemalarning shifri, ularni o`qish, bajarishga qo`yiladigan talablar ularda qo`llaniladigan shartli grafik belgilar standartlarda ko`rsatilgan. Ish jarayonida standartlarning talabiga qat’i rioya qilish talab qilinadi.
Sxemaning shifri standartga muvofiq uning turini ko`rsatuvchi harf va turini belgilovchi raqamdan tashkil topadi. Masalan, pnevmatik strukturali sxema — R1, kinematik funksional sxema - K2 va hokazo.
Sxemalarda tasvirlanayotgan buyum elementlari ustam-ust tushmasligi va o`qish oson bo`lishi uchun mazkur elementlar qulay vaziyatda joylashtiriladi. Bundan tashqari, grafik belgilarni bog`lovchi chiziqlar imkoni boricha kam sinadigan va kam kesishadigan bo`lishi hamda parallel bog`lovchi chiziqlar orasidagi masofa mm dan kam bo`lmasligi lozim.
Elektr sxemalarda qo`llanadigan shartli grafik belgilarning o`lchamlari standartda berilgani holda, boshqa turdagi sxemalar elementlarining o`lchamlari nisbati ularning haqiqiy o`lchamlari nisbatiga taxminan mos kelishi lozim.
Sxemalarda buyumning tarkibiy elementlari raqamlar bilan belgilanadi, ya’ni ularning vaziyat nomer belgilari qo`yiladi. Har bir elementning tartib nomeri harakat boshlanadigan joydan boshlab chiqarish chizig`i tokchasiga qo`yiladi. Tokcha ostiga, kerak bo`lganda, element to`g`risida tushuntirish yoziladi.
Sxemalarni harakatga keltiriladigan joydan boshlab o`qiladi. O`qish paytida har bir elementning shartli tasvirlanishini o`qish qiyinlik qilsa, ularni shartli belgilar bilan taqqoslab o`qish tavsiya etiladi.
Sxema elementlarining shartli grafik belgilari bog`lanish chiziqlarining yo`g`onligida chiziladi. Bog`lanish chizig`i yo`gonligi 0,2 1,0 mm atrofida olinadi. Bitta sxemada barcha chiziqlar bir xil tanlangan yo`gonlikda chizilishi shart. Sxemada barcha shartli grafik belgilar standart tomonidan qabul qilingan vaziyatda chizilishi lozim. Lekin ba’zi maqsadlarni ko`zlab, ularni 90 ga burib yoki 180 ga ag`darib tasvirlash mumkin. Raqamli yoki harfli – raqamli belgilari bor sxema elementining shartli grafik belgisini 90 yoki 45 ga burib tasvirlashga yo`l qo`yiladi. Sanoat va qurilishning barcha tarmoqlaridagi buyumlar uchun qo`lda yoki avtomatlashtirilgan usulda bajariladigan sxemalarning shartli grafik belgilari standart tomonidan umumiy tatbiq qilinishga mo`ljallangan
Tatbiqi umumiy bo`lgan shartli grafik belgilar (GOST 2.721-74) A. Energiya, gaz, suyuqlik oqimlarining shartli grafik belgilari. 1.Elektromagnit energiyalarning oqimi, elektr signal:
1. Yo`nalishi bir tomonlama yo`nalishi turli vaqtda ikki tomonlama yo`nalishi bir vaqtning o`zida ikki tomonlama
2. Havo (gaz) oqimi: yo`nalishi bir tomonlama yo`nalishi iki tomonlama
3. Suyuqlik oqimi: yo`nalishi bir tomonlamayo`nalishi ikki tomonlama
4. To`g`ri chiziqli xarakat yo`nalishi: bir tomonlama qaytmabir tomonlama chegaralangan ilgarilama qaytma. Aylanma xarakat: birtomonlama x oq! qaytma
6. Gidravlik va pnevmatik sxemalarda mexanik bog`lanish chiziqlari
T.Elektr sxemalarda mexanik bog`lanish chiziqlari
8.Xarakatni uzatuvchi mexanik bog`lanish chiziqlari: to`g`ri chiziqli yo`nalish bo`yicha bir tomonlama to`g`ri chiziqli qaytma soat mili yo`nalishi bo`yicha aylanma.
9. CHiziqli sozlashning umumiy belgisi YU. Qo`lda sozlash (tashqariga chiqarilgan) N.Mexanizmni to`xtatish belgisining umumiy tayeviri
12.Muftaning uzilgan xolati
13.Muftaning qo`shilgan xolati
14.Tormozning umumiy belgilanishi
15.Itargich
16.Rolik
17.Qo`lda xarakatga keltirish
18.Oyoqda xarakatga keltirish
19.Boshqa xarakatga keltirish manbalari: mexanik energiya beruvchi akkumulyatorning umumiy uomuok
Belgisi T—I I—R elektr = magnitli pnevmatik yoki gidravlik elektr = mashinali issiqlik dvigateli membranli f— f V. Kimyo sanoatidagi mashina, moslama va apparatlar elementlarining shartli grafik belgilari (GOST 2.793-79) 1.Issiqlik almashtiruvchi apparat:
tabiiy sovutishli Majburiy sovutishli: suyuqlik bilan havo (gaz) bilan shamol (ventilyator) bilan
2.Isitgich:tabiiy isitishlim ajburiy sovutishli: suyuqlik bilan havo (gaz) bilan elektr toki bilan Z.Viparnoy apparatning umumiy belgilanishi erkin tushuvchi plyonkali

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin