4
ta yo`nalish ifodalangan. Bular:
a)
Ustinlik qilish - bo`ysunish
b)
Do`stonalik- dushmanlik
O`z navbatida bu sektorlar 8 qismga bo`lingan bo`lib, ular ancha xususiy
munosabatlarni ifodalaydi. Yanada aniq tariflash uchun aylana 16 sektorga
43
bo`linadi.
T.Liri ishlab chiqqan shema shunday taxminga asoslanganki, tekshiriluvchining
natijalari aylana markaziga qanchalik yaqin joylashgan bo`lsa, bu ikki ko`rsatkich:
o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik shunchalik kuchli hisoblanadi: Har bir yo`nalish
bo`yicha to`plangan ballar summasi indeksga aylantiriladi. Bunda vertikal
(ustunlik qilish -bo`ysunish) va gorizontal ( do `stonalik va dushmanlik) o `q
ustunlik qilishi mumkin. Olingan ko`rsatkichlarning aylana markazidagi masofa
interpersional xulq atvorning moslashganligi yoki ekstremalligini bildiradi.
T.Liri metodikasi insonlarning kuzatilayotgan xulq atvorini, ya`ni xulq atvorini
atrofdagilar tomonidan baholash, yaqinlarining baxosi “ideal men”ni ta`riflash
uchun qo`llashni taklif etadi. Diagnostikaning bu darajalariga mos ravishda
korsatma ham o`zgartiriladi. Eng yuqori baho -16 ball, biroq ular munosabatlar
ifodalanishining 4 darajasiga taqsimlanadi:
4 ball- past moslashtirilgan (adabtiv xulq- atvor)
5-8 ball-o`rtacha moslashtirgan(adabtiv xulq atvor)
9-12ball yuqori patalogiya darajasidagi
13-16 ball ekstremal xulq atvor
Shuningdek, yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, tadqiqot ishimizda E.Fidler
tomonidan taklif etilgan hamda Yu. L.Xanin tarafidan moslashtirilgan guruhdagi
psixologik iqlimni o`rganish uchun mo`ljallangan mtodikadan foydalanildi. Ushbu
metodika yordamida guruhning psixologik iqlimi ko`rsatkichini aniqlashni ko`zda
tutadi. O`zaro munosabatlarning quyidagi binolar shkalsini taklif etiladi.
1
Do`stonalilik
Dushmanlik
2
Kelishuvchanlik
Kelisholmaslik
3
Qoniqarlilik
Qoniqmasiik
4
Qiziquvchanlik
Befarqlik
5
Maxsuldorlik
Natijasizlik
6
Iliqlik
Sovuqlik
7
Hamkorlik
Hamkorlikni mavjud emasligi
44
8
Bir birini qo`llab quvatlash
Qo`llab quvvatmaslik
9
Mashg`ullik
Zerikish
10
Muofaqqiyat
Muofaqqiyatsizlik
Ushbu munosabatlar 1 balldan 8 ballgacha (mas.do`stonalik - 1b; dushmanlik -8b)
baholanadi. To`plangan ball qanchalik kam (10) bo`lsa, guruhdagi psixologik iqlim
shunchalik qulay, qanchalik ko`p bo`lsa (80), psixologik iqlim shunchalik yomon,
noqulayligidan dalolat beradi. Ushbu metodikalar bo`yiga olingan ma`lumot
keyingi paragrafda batavsil bayon qilinadi.
Ushbu metodika o`spirinning ijtimoiy voqelikdagi o`z o`zini qidirish, shaxsiy
xususiyatlarini aniqlash jarayoni ko`p hollarda ichki nizolarni keltirib chiqaradi.
Bolaligi nihoyasiga yetgan-u, hali katta bo`Imagan inson - o`spirin uchun o`zining
yangi “ meni” davomiy va og`ir kechadi.
Ularga etibor bermaslikka urinish o`spirinlarning atrofdagilar bilan munosabatini
yomonlashishiga olib kelmaydi.
Shaxslararo munosabatlar sohasida vujudga keladigan nizolar o`spirinlar
tomonidan emotsional affektiv tarzda qabul qilinadi, ular barkamol shaxs
kamolotiga to`sqinlik qilib, o`spirin hayotiy faoliyatning samarasizligiga saba
bo`ladi.
Shaxslararo munosabatlar tashxisining (T.Liri- Sobchik) motidifikatsiyashtirilgan
varianti shaxslararo va ichki ziddiyatlar tuzilmasini o`rganish uchun juda qulay.
Emperik jihatdan isbotlanganki o`z o`zini baholash tuzilmasi (real “men`` va ideal
“men”) dagi jiddiy o`zaro nomunofiqlik shaxsning ichki nouyg`unligidan darak
berib, uning nizo uyg`otuvchi xulq atvoriga sabab bo`ladi. Mazkur metodikaning
qimmati shundaki u o`z o`zini baholash tizimidagi nomunofiqlik va uning
xarakterini aniqlashga qodir bo`lgan yagona o`lchov asbobi ekanidadir.
Xilma xil psixodiagnostik metodikalar orasida shaxslararo munosabatlarning
interpersional tashxisi anketalar va ko`p omilli so`rovnomalarning ijobiy
tomonlarni o`z ichiga olganligi bilan ajralib turadi. Ushbu metodlar esa
45
motivatsiyalangan buzilishlar va sinaluvchining tadqiqot jarayoniga ustanovkalari
ta`sirdan holi emas. Shaxslararo munosabatlar diagnostikasi metodi T.LIRI (1969
ishlab chiqqan original variantdan asosan boshqa psidiagnostik asosan
psixodiagnostik tadqiqotlar natijalari bilan qiyoslashda asoslab berilgan talqin
bilan farqlanadi. Bundan tashqari, L.N.SOBCHIK tomonidan sport jamoalaridagi
(1972,1974,Sobchik) ishlab chiqarish jamoalari , talabalar jamoalari va boshqa
turdagi kichik guruhlardagi (L. Sobchik 1986, M.Moleshina,1986) shaxslararo
munosabatlarni o`rganish jarayonida sinovdan o`tkazilgan metodikaning verbal
materialining moslashtirish ishlari amalga oshirildi. Ammo metodikani qo`llash
amaliyoti so`rovnoma hukmlarining ayrimlari mukammal tuzilmaganligi ko`rsatdi.
Bu holat metodikani tahrirlash va moslashtirish yuzasidan qo`shimcha chora
tadbirlarni amalga oshirishga undadi. Shuningdek, natijalarni qayd etish va
hisoblab chiqishning o`zgacharoq qulay va tezkor usuli ishlab chiqildi.
Shaxs atrofdagilar bilan o`zaro ta`sirning dolzarblashgan jarayonidagi hatti
harakailarida namoyon bo`lishiga asoslanib, T.Liri emperik kuzatishlarni
shaxslararo o`zaro ta`sirning sakkizta umumiy yoki tobora konkretlashtirilgan
oktantlari - variantlari ko`rinishida tizimlashtirgan. Shaxslararo xulq atvor
tiplariga muofiq 128 ta anchagina oddiy tavsif epitetlardan iborat so`rovnoma
ishlab chiqilgan. Sifat tafsifi u yoki bu shaxslararo munosabatlar variantini aks
ettiruvchi ustuvor tiplarni aniqlashni ko`zda tutadi. Oktantlarning ifodalanganlik
darajasi tegishli ballar va shaxsning ma`lum tavsiflari bilan belgilanadi.
Oktantlarning qutbiy tavsiflariga to`xtalib o`tamiz.
Shaxslararo munosabatlarning dastlabki (1,2,3,4,) to`rtta tipi nokonform
tendensiyalar ustunligi va dizyungktiv nizoli ko`rinishlariga moyillik (3-4),
firklarning ko`proq mustaqilligi va o`z nuqtai nazarini himoyalashda qat`iylik,
liderlik va ustuvorlik tendensiyalari (1-2) bilan harakterlanadi. Qolgan to`rtta
(5,6,7,8) oktant aksincha kartinani namoyon etadi:
Konform tendensiyalar ustunligi, atrofdagilar bilan aloqalarda konkurentlik (7,8),
o`ziga ishonmaslik atrofdagilar fikriga tobelik, murosaga moyillik (5,6) ni
46
bildiradi.
Psixogrammada oktantlar berk tuzilma sifatida berilib, uning chegaralarida
shaxslararo munosabatlaridagi xulq atvor uslubiga xos xususiyatlar joylashtirilgan.
Ana shu shaxslararo munosabatlardagi xulq atvor tiplariga munosib tarzda 128ta
sodda, turli harakterli xususiyatlarni aks ettiruvchi epitetlar tuzilgan.
Metodikaning
modifikatsiyalashtirilgan varianti maxsus javob varaqasi mavjud bo`lib, unda 1 dan
128 gacha bo`lgan raqmlar shunday joylashtirilganki,har bir oktant bo`yicha
ballarning hisoblash deyarli, avtomatlashtiriladi
Dostları ilə paylaş: |