O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika fakul`teti


 Iqtidorli (iste`dodli) bolalarni izlash, tanlash va ularga ta`lim-tarbiya berish



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127755
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pe

 
2.2. Iqtidorli (iste`dodli) bolalarni izlash, tanlash va ularga ta`lim-tarbiya berish
 
Insoniyat o`zining ijtimoiy taraqqiyotining bugungi kuniga kelib, aql-
zakovat yoki ijod mahsuli bo`lgan g`oya ham mulk ekanligini aniq va ravshan 
belgilab oldi. Intellektual mulk deb ataladigan boylik sohibi o`z iqtidori, aql-
zakovati bilan buyuk ijod namunalarini, ixtirolarni yaratadiki, bu o`z navbatida 
insoniyat va jamiyat taraqqiyotini ta`minlovchi asosiy omil hisoblanadi. 
Shu nuqtai nazardan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 
o`zining mashhur ijobiy «portlash effekti» to`g`risida gapira turib: - «Har qaysi 
insonda muayyan darajada intellektual salohiyat mavjud. Agar shu ichki 
quvvatning to`liq yuzaga chiqishi uchun zarur bo`lgan shart-sharoit yaratilsa,.. har 
qaysi inson Olloh taolo ato etgan noyob qobiliyat va iste`dodini avvalo o`zi uchun, 
oilasining, millati va xalqining, davlatining farovonligi, baxt-saodati, manfaati 
uchun to`liq baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli taraqqiyotga 
erishadiki, uning sur`at va samarasini hatto tasavvur qilish ham oson emas.» - 
degan edi. Bu teran fikr, hayotiy mantiq mamlakatimizda iqtidorli yoshlar uchun 
yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning ta`lim-tarbiyasiga berilayotgan e`tiborda 
o`z ifodasini topmoqda. Oldindan qilingan bu bashoratning yaqin orada haqiqatga 
aylanmog`i muqarrar, bu ishonch O`zbekistonning kelajagining buyukligiga 
bo`lgan ishonch bilan uyg`unlashib ketadi. 
Iqtidorli bolalar, ularning ta`lim-tarbiyasi to`g`risida gap ketganda, ko`pincha 
«Qanday bolani iqtidorli deyish mumkin?» degan savol ham tug`iladi. Iqtidor 
tushunchasi ko`p qirrali va uning qoidasi turli-tuman. Bu qoidalarni umumlashtirib 
psixolog olimlar ko`pincha iqtidorni yuqori darajada rivojlangan qobiliyat, yuqori 
darajadagi aqliy koeffitsiyent (IQ) deb, izohlashadi. Aytish kerakki, iqtidorni 
o`rganish jarayonining boshlanganiga bir asrdan uzoq vaqt o`tgan bo`lsada, unga 
aniq yoki to`liq asoslangan ilmiy ta`rif berilmagan. Shuning uchun «iqtidor tabiat 


in`omimi yoki ta`lim va tarbiyaning samarasimi?» degan savol nafaqat bizning 
mamlakatimizda, balki butun dunyoda ham olimlarni, ham tarbiyachi-pedagoglarni 
o`ylantiradi. 
Amerika qo`shma shtatlari ta`lim qo`mitasi 1972 yilda shunday qoidani tavsiya 
etgan: «o`zining oliy darajada rivojlangan qobiliyatlarini namoyon etib, u yoki bu 
faoliyatda yuqori natijalarga erishgan yoki shunga erishish imkoniyatiga 
(layoqatiga) ega bo`lgan bolalarni iqtidorli va talantli deyish mumkin». Amerikada 
bunday bolalar istiqboli faoliyatida erishgan natijalari va bir yoki bir necha soha 
(aqliy, akademik, ijodiy, badiiy, muomala va liderlikka intilish, harakat)ga bo`lgan 
layoqat, imkoniyat, qobiliyatlari asosida aniqlanadi. Makur yo`nalishlar bo`yicha 
iqtidorli bolalar uchun maxsus dasturlar (ko`pincha individual dasturlar) 
tayyorlanib, bunday bolalarga asosan maxsus maktablarda emas, oddiy 
maktablardagi ixtisoslashtirilgan guruhlarda ta`lim-tarbiya beriladi. 
Fransiya, Germaniya maktablarida ham iqtidorli bolalar maxsus tayyorlangan 
psixofiziologik, 
psixologik-intellekt 
testlari 
yordamida 
saralanadi. 
Bu 
mamlakatlarda iqtidorli bolalar uchun maxsus maktablar tashkil etilgan bo`lsada, 
oddiy maktablarda ham ular uchun ixtisoslashtirilgan guruhlar mavjud. 
Dunyoda iqtidorli bolalarni tanlash uchun Raven, Kettel (culture-fair 
intelligence), Veksler intellekt testlaridan foydalaniladi. Bu metodikalar madaniy 
muhit ta`siriga bog`liq bo`lmaganligi va noverbal (so`z ishlatilmaydi) bo`lganligi 
uchun juda keng tarqalgan. Mazkur metodikalarning O`zbekiston muhitiga 
moslashtirilgan variantlari O`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-
pedagogik Respublika tashxis Markazida mavjud. Hozirgi kunda 200taga yaqin, 
fanlar chuqur o`rgatiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda 
tashxis Markazlari mutaxassislari Raven, Kettel metodikalari yordamida iqtidorli 
bolalarni tanlash ishlarini amalga oshirmoqdalar. Bundan tashqari, Respublika 
tashxis Markazi mutaxassislari tomonidan mazkur maktablarga iqtidorli va 
qobiliyatli o`quvchilarni tanlash bo`yicha 3 ta psixologik metodikalar majmuasi 
ishlab chiqilib, amalga tadbiq etilgan. Shuningdek, o`quvchilarning umumiy aqliy 


qobiliyatlari bilan birga, 5 ta akademik yo`nalish (ijtimoiy-gumanitar, aniq, tabiiy 
fanlar, xorijiy tillar va san`at-nafosat) bo`yicha ham maxsus qobiliyatlarni 
o`rganish uchun psixologik tashxis metodikalari tayyorlandi. 
Barcha tashxis Markazlarida «iqtidorli bolalar banki» tashkil etilgan bo`lib, 
mazkur tanlovlarda eng yuqori aqliy rivojlanganlik darajasini ko`rsatgan 
o`quvchilar kiritilgan. 
Respublika tashxis Markazi mutaxassislari tomonidan o`tkazilgan tadqiqot 
natijalari, hozirgi kunda 6-16 yosh davridagi bolalarning o`rtacha 3-5 foizi yuqori 
darajadagi aqliy koeffitsiyent (IQ)ga ega ekanligini ko`rsatmoqda. Biz o`z 
tadqiqotlarimizda «iqtidor» tushunchasini yuqori darajada rivojlangan qobiliyat 
sifatida o`rganmoqdamiz. Shu o`rinda aytish lozimki, ko`pincha, hatto 
mutaxassislar ham, iqtidor va iste`dod tushunchalarini bir ma`noda talqin etishadi. 
Bizningcha, iqtidor shaxsning individual-psixologik xususiyati bo`lib, u faqat 
akademik faoliyat yoki aqliy-nazariy faoliyatda namoyon bo`ladi. Iste`dod esa 
aqliy-ijodiy faoliyatda namoyon bo`ladigan individual-psixologik xususiyatdir. 
Albatta, bu xususiyatlar har bir insonning faqat o`ziga xos bo`lganligiga va tabiiy 
shartlanganligiga qaramasdan, alohida e`tibor va ta`lim-tarbiyani talab etadi. 
Shuning uchun ham, iqtidorli, iste`dodli bolalarni tanlab, ularni yanada 
rivojlantirish uchun yetarli shart-sharoit hamda intellektual, ijodiy muhit kerak 
bo`ladi. Chunki har qanday iqtidor va iste`dod faqat o`zi tegishli bo`lgan soha 
faoliyati jarayonida rivojlanadi va namoyon bo`ladi.
O`zbekiston Xalq ta`limi tizimida iqtidorli bolalarni izlash, tanlash va ularga 
ta`lim-tarbiya berish muammolari izchillik bilan hal etilib kelinmoqda. Jumladan, 
Xalq ta`limi vazirligi 2009 yil 27 mart 4/4 sonli va Davlat test markazining 2009 
yil 27 martdagi 01-11 x/19 sonli qo`shma qarori bilan “Ayrim fanlar chuqur 
o`rganiladigan davlat umumta`lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, 
davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasalariga o`quvchilar qabul qilish 
tartibi to`g`risidagi” Nizom qabul qilindi.


Mazkur Nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 
maydagi 203-son “O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`limni tashkil etish 
to`g`risida”gi va 2008 yil 7 avgustdagi 173-son “Ayrim fanlar chuqur 
o`rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasalari faoliyatini 
takomillashtirish to`g`risida”gi qarorlariga muvofiq davlat umumta`lim 
muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan maktablari va 
maktab internatlarga o`quvchilar qabul qilish va ularni ushbu ixtisoslashtirilgan 
sinf hamda ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasasidan o`qishdan chetlatish 
tartibini belgilaydi.
Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasalariga 
tegishli sinfni muvaffaqiyatli yakunlagan, chuqurlashtirib o`qitish belgilangan 
o`quv fanlaridan muayyan qobiliyatini ko`rsata olgan o`quvchilar tanlov natijalari 
asosida O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi va Davlat test markazi 
tomonidan qo`shma buyruq bilan belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi.
O`quvchilarning iqtidor va iste`dodlari fanlardan olgan «a`lo» baho bilan emas, 
ko`proq miyada kechadigan aqliy jarayonlarning mahsuldorligi bilan o`lchanadi. 
Psixologik intellekt testlari o`quvchining u yoki bu fandan bilimini emas, umumiy 
aqliy qobiliyati va o`zi tanlagan soha bilan shug`ullana olish layoqati, imkoniyatini 
aniqlab beradi. O`quvchi umumiy o`rta ta`lim fani («umumiy o`rta»ga e`tibor 
bering) bo`yicha imtihonda «besh» baho olsayu, shu soha bo`yicha intellektual 
yoki ijodiy qobiliyati bo`lmasa, uning keyingi faoliyati unumdorligi past bo`ladi. 
Oxir oqibatda bunday kishi tanlagan sohasidan bezibgina qolmay, jamiyat uchun 
ham hech qanday foyda keltirmaydi. 
Yana shuni qayd etish lozimki, iqtidorlilikni faqat shaxsning aqliy imkoniyati 
sifatida tasniflash uni tadqiq etishda bir tomonlamalikka olib keladi. Chunki 
iqtidorlilik nafaqat aql, balki shaxs tuzulmasining barcha komponentlarining 
uyg`un va yuqori darajada rivojlanganligi bilan izohlanadi. Demak, iqtidor faqat 
aqlga emas, balki shaxsga tegishli. Iqtidorli kishi deganda biz har tomonlama 
rivojlangan shaxsni nazarda tutamiz. Kimdir o`z qobiliyati bilan, boshqa birov o`z 


xarakteri va tashqi olamni o`ziga xos idrok etishi bilan iqtidorli bo`lishi mumkin. 
Ayrim holatlarda biz o`z tengdoshlaridan rivojlanishda o`zib ketgan bolalarni 
iqtidorli deymiz. To`g`ri, bunday bolalar qobiliyatli, lekin shunday bolalar ham 
borki, ular noandoza fikrlashi, voqea va hodisalarni g`ayrioddiy talqin etishi bilan 
iqtidorli hisoblanadi. Bunday bolalar ko`pincha tarbiyachilar, o`qituvchi va ota-
onalar uchun «qiyin» va ularni tarbiyalash ham og`ir kechadi. Ayniqsa 
o`qituvchilar bunday bolalar hatti-harakatini baholashda, uning boshqa bolalarga 
o`xshamaydigan g`ayrioddiy harakatlarini qabul qilishda qiynalishadi. Aytish 
kerakki, bolaning rivojlanishi o`ziga xos qonuniyat asosida kechadi va o`zining 
ichki mantiqiga ega bo`ladi. Ichki mantiqni tushunishda quyidagi konsepsiyaga 
asoslanish lozim. O`z-o`zini boshqaruvchi individ rivojlanish jarayonida shunaqa 
xususiyatlarga ega bo`lib boradiki, bu xususiyatlar bir so`z bilan aytganda na ichki, 
na tashqi jihatdan shartlanmagan. Bu xususiyatlar tashqi va ichki ta`sirlarning 
uzviylashuvi bilan mushtaraklashadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxsning 
rivojlanishi uning barcha qirralarini qamrab olgan holda yaxlit jarayon sifatida 
kechadi. Buni oddiy tilda izohlasak, hech kim shaxs bo`lib tug`ilmaydi, balki shaxs 
sifatida shakllanadi. Yosh davrlari davomida shaxs rivojlanishi bilan iqtidorning 
rivojlanishi uyg`un kechishini ta`lim va tarbiyada albatta inobatga olish lozim 
bo`ladi. 
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida Respublikamiz Xalq ta`limi tizimida 
iqtidorli bolalarni tanlash va ularga ta`lim-tarbiya berishning ilmiy asoslangan, 
maqsadga yo`naltirilgan uzluksiz tizimini yaratish hozirgi kunning eng dolzarb 
vazifalaridan biridir. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin