O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika fakul`teti



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127755
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pe

 
 
 
Saylxonova Mahliyo Ramazonovananing 
“Umumiy o`rta ta`lim maktablarida amaliy psixologning vazifalari ish 
mazmuni va uslublari” mavzusida yozilgan bitiruv 
 malakaviy ishiga ilmiy rahbarning 
Inson psixologiyasini tushinish, tahlil qilish va rivojlantirishga jiddiy 
e’tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotning etakchi vazifalaridan biri bo’lib kelgan. 
XX asr bo’sag’asida psixologiya fani va uning ilg’or vakillari o’zlarining
navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga 
psixologik xizmat ko’rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan 
asoslab berishga muvaffaq bo’ldilar. 
Umuman, psixologik xizmat ko’rsatish muammosi ma’lum ma’noda, ilmiy
psixologiyaning etakchi yo’nalishlaridan biri sifatida ko’p bor munozaralar 
manbai bo’lgan. Bu xaqda qadimgi va dastlabki psixologik tasavvurlar makoni 


bo’lmish hindiston, Xitoy, Egipet, Vavilon, O’rta Osiyo, Gretsiyadan, 
shuningdek, jon (ruh) xaqidagi I- kitobning muallifi Aristoteldan va temperament 
(mijoz) ta’limotining asoschilari Galen’, Gippokrat va Ibn Sinolardan tortib, to 
hozirga qadar psixologlar o’z fikr-mulohazalarini bildirganlar va bildirib 
kelmoqdalar. 
Ma’lumki, barcha rivojlangan mamlakatlardagi xalq ta’limi tizimining 
muvafaqiyati ushbu tizimda psixalogik xizmatning har tomonlama to’g’ri va 
samarali tarzda tadbiq etilishi bilan bevosita bog’liq ekanligi ko’pgina maorif 
xodimlarining diqqat e’tiborini o’ziga qaratmoqda. 
Porloq kelajagimiz poydevorini,albatta yuksak ijtimoiy bilimlar majmuasi 
bo’lmish ta’lim tarbiyasiz va uning ravnaqisiz ko’rib bo’lmaydi. 
Bugungi kunda o’zbekistonlik psixologlar guruhi tomonidan"O’zbekiston
Respublikasi xalq ta’limi tizimida psixologik xizmat, xalq ta’limi tizimida
ishlaydigan psixologlarning malakasini oshirish va ularning attestatsiyasi 
haqidagi Nizom"ning ishlab chiqilishi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 
tasdiqlanishi O’zbekistondagi psixologik xizmat tizimining rasmiy tarzda 
"jonlanishi" va taraqqiy etib borishi uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. 
Tabiiyki, ushbu "Nizom" ta’lim muassasalarida tatbiq etilajak psixologik xizmat 
tizimining asl maqsadi, mazmuni, mohiyati, ahamiyati, vazifalari va asosiy 
yo’nalishlari haqida etarlicha tasavvur hosil qilish va shu tasavvur asosida
muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish uchun o’ziga xos qo’llanma va yo’llanma bo’lib 
xizmat qiladi. Xuddi ana shu " yo’llanma" asosida bugungi kunda Respublikamiz
miqyosida talaygina ta’lim muassasalarida psixologik xizmat tizimi tashkil etilgan. 
Darhaqiqat, Respublika xalq ta’limi tizimida psixologik xizmatning joriy 
etilishi, dastavval, o’quvchi shaxsini har tomonlama tushunish tahlil qilish va 
rivojlantirish borasida o’ziga xos yuksak ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, 
hamma rivojlangan davlatlarda va hamma zamonlarda ham inson omilidan unumli 
foydalanish muammosi eng dolzarb muammo hisoblangan. Ushbu muammoni 
bartaraf etish esa eng birinchi navbatda o’quv maskanlaridagi har bir o’quvchi 


shaxsiga, o’quvchilar jamoasiga bo’lgan psixologik yondashuvning mazmuniga, 
mohiyatiga va saviyasiga ko’p jihatdan bog’liqdir. 
M.R.Sayilxonovaning 
bitiruv 
malakaviy 
ishi 
maktablarida 
amaliy 
psixologning vazifalari ish mazmuni va uslublarini o’rganishga bag’ishlangan 
bo`lib, ushbu tadqiqotda quyidagi vazifalar belgilangan. 
5. Myammoga taalluqli adabiyotlarni o`rganish. 
6. Myammoni nazariy jihatdan tahlil qilish. 
7. Amaliyotchi psixolog xizmatini tashkil qilish bo`yicha hujjatlarni o`rganish. 
8. Maktab amaliyotchi psixologining ish mazmuni mukamal o`rganish va 
uning mohiyatini yoritib berish. 
Talaba M.R.Sayilxonova oldiga qo`ygan vazifalarni to`liq bajargan, bu 
borada ulkan ishlarni amalga oshirgan va o`z oldiga qo`ygan maqsadiga erishgan. 
Talaba M.R.Sayilxonova ushbu muammoga katta qiziqish bilan yondashdi 
va intiluvchan, tirishqoq talaba sifatida o’zini ko’rsata oldi.
Saylxonova 
Mahliyo 
Ramazonovananing 
“Umumiy o`rta ta`lim 
maktablarida amaliy psixologning vazifalari ish mazmuni va uslublari” 
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi tugallangan ilmiy ish bo’lib, Davlat 
Attestatsiya Komissiyasi tomonidan bitiruv malakaviy ishilarga qo’yiladigan 
talablarga to’liq javob beradi va uning muallifi pedagogika-psixologiya yo`nalishi 
bo`yicha bakalavr darajasini olishga loyiq. 
 
Ilmiy rahbar: D.X.Umurzoqov 


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin