O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika fakul`teti


 Dars mashg`ulotlarini psixologik tahlili



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127755
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pe

2.5. Dars mashg`ulotlarini psixologik tahlili 
I. 
Darsning aniq maqsadlari va vazifalariga bog`liq ravishda uning 
tuzilishiga psixologik baho berish.
1. 
Darsning mavzui maqsad va vazifalari. 
2. 
Darsning tuzilishi va uning psixologik jihatdan maqsadga muvofiqligi. 
2. Darsning mazmuniga psixologik jihatdan baho berish.
1. O`quv materialining sifati qanday (tasvirlovchi yoki tushuntirovchi, ko`rgazmalilik, 
aniqlik, mavhumlik va umumlashganlik darajasi)? 
2. O`quvchi bilim faoliyatining qanday tomonlarini faollashtirish bu o`quv (obrazli 
yoki og`zaki mantiqiy xotirani, xayoliy tafakkurni, xayolni)?. U qanday his-tuyg`ularni 
uyg`otadi? 
3. Mazkur material o`quvchilar bilim faoliyatining yosh xususiyatlariga, ularning 
hayotiy tajribasi va bilimlari darajasiga mos keladimi? 
4. O`qituvchi qanday qilib murakkab o`quv materialini mazkur yoshdagi 
o`quvchilarning idrok etishi uchun qulay, tushunarli va qiziqarli qila oladi (bayon qilishning 
ravshvnligi va oddiyligi, yorqin misollar, o`xshatishlar, qiyoslashlarning mavjudligi, ko`rgazmali 
vositalardan foydalanish, hayot bilan bog`lanish ?. 
5. O`rganilayotgan materialning tarbiyaviy ta`siri qanday (axloqiy, estetik va h.zo)? O`qituvchi 
uning tarbiyaviy imkoniyatlarini qay darajada qulay amalga oshiradi.
3. Darsda o`quvchilar bilim faoliyatining namoyon bo`lishi va uni boshqarish. 
1. Diqqatni tashkil etish. 
Mashg`ulotning barcha bosqichlarida diqqatni tashkil etish yo`llari.
Darsdagi diqqatning turlari va ularning ayrim o`quvchilarda namoyon bo`lishi. 
O`quvchilar diqqatinig bir ishdan boshqasiga ko`chish usullari. 
O`qituvchi taklif etgan qanday faoliyat turlarida o`quvchilar diqqatining bo`linishi 
(taqsimlanishi talab qilindi va ular qanday qilib buning uddasidan chiqdilar?). 
2. Idrokni tashkil etish va uning xususiyatlari. 
Nimalar o`quvchilar idrokining ob`ekti hisoblanadi (o`qituvchining nutqi, darslik 
matni, turli ko`rgazmali vositalar)? 
Idrok etish materialining sifati. 


Ko`rgazmali vositalardan foydalanish, ularning darsdagi vazifasi. 
O`quv axborotini idrok etishning tushunib olinganligi. 
3. Xotirani faollashtirish va uning rivojlantirilishi. 
O`qituvchining o`quvchilar xotirasiga murojaat qilishi. Bu ish mashg`ulotning turli 
bosqichlarida qanday maqsadda amalga oshirildi? 
Darsda xotiraning qanday turlari (ko`rgazmali-obrazli, og`zaki-mantiqiy, hissiy 
oldindan o`ylagan, oldindan o`ylangan mexanik, mantiqiy turlari ) namoyon bo`ldi? 
O`qituvchi bayon qilinayotgan ma`lumotlarni yaxshiroq eslab qolishning qanday 
usullaridan foydalandi? (eslab qolish maqsadini qo`yish, materialga mantiqiy ishlov berish, 
faoliyatga kirishish, takrorlash, hissiy vazifa berish va hokazolar) ? 
Darsda ayrim o`quvchilarda xotiraning qanday jarayonlari namoyon bo`ldi (eslab 
qolish, bilib olish, qayta esga tushirish, unutish)? 
4. O`quvchilarning fikrlash faoliyatini kuchaytirish. 
O`qituvchi o`quvchilarda qanday ilmiy tushunchalarni shakllantirdi. Bunda ko`rgazmali 
qurollardan qanday foydalandi? 
U tushunchalar o`rtasida qanday aloqalar o`rnatdi va qanday fikr mulohazalarni ishlab 
chiqdi? 
U qanday yo`l bilan (induktiv yoki deduktiv) quvchilarni ma`lum tushunchalar va 
fikrlarni o`zlashtirishga olib keldi? 
O`qituvchi o`quvchilarda mazkur tushunchalarni o`zlashtirish ehtiyojini vujudga 
keltirdimi (ularning nazariy ahamiyatini ochib berdimi, amaliy qo`llanilishini ko`rsatdimi, 
turmush bilan bog`ladimi va h.k)? 
O`quvchilar darsda qanday o`zlashtirish darajalarini ko`rsatdilar va tushunchalarni 
belgilashda yo`l qo`yilgan kamchiliklar nimalardan iborat bo`ldi. 
O`qituvchi o`quvchilarning mustaqil ijodiy tafakkurini qanday faollashtirdi? Dars 
muammoli tuzilishi bilan ajralib turdimi? Muammoli vaziyatlar qanday yo`l bilan yaratildi? 
O`quvchilar javoblarni izlashda faollik ko`rsatdilarmi? 
O`quvchilar qo`yilgan muammoning yechimini topish uchun qanday aniq fikrlash 
harakatlarini mustaqil ravishda amalga oshirdilar (bitta misolni tahlil qilib berish kerak). 
Sinf muammoli ta`limga qay darajada hozirlik ko`rgan (umumiy rivojlanish darajasi; 
zarur bilim va malakalarning mavjudligi; savolga javob izlashda o`zini faollik bilan ko`rsatgan 
o`quvchilar soni)? 
O`qituvchi o`quvchilarni oqilona fikrlashning tayyor usullariga o`rgatganmi, algoritm 
tipidagi farmoyishlar berganmi va ularni qanday kiritgan? 
Dars umuman ichki tomondan qay darajada izchil, mantiqiy, barqaror qilib qurilgan? 


O`quvchilar mulohazalarining mantig`i va ularning xatolari nimalardan iborat. 
5. Darsda o`quvchilarning xotira tasavvuri, reproduktiv va ijodiy xayoli faollashdimi? 
6. O`qituvchi o`quvchilarning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni qanday amalga 
oshirdi?

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin