O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika fakul`teti


Boshlang`ich sinf o`quvchilarining iqtidor va iste`dodlarini aniqlovchi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/39
tarix09.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#127755
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pe

6. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining iqtidor va iste`dodlarini aniqlovchi 
test-anketa.
Iqtidor-shaxsning individual-psixologik xususiyati bo`lib, u faqat akademik 
faoliyat (fanlarni o`rganishga moyillik darajasi yuqori) yoki aqliy-nazariy 
faoliyatda namoyon bo`ladi. Iste`dod esa, aqliy-ijodiy faoliyatda namoyon 
bo`ladigan individual-psixologik xususiyatdir. Albatta, bu xususiyatlar har bir 
insonning faqat o`ziga xos bo`lganligiga va tabiiy shartlanganligiga qaramasdan, 


alohida e`tibor va ta`lim-tarbiyani talab etadi. Shuning uchun ham, iqtidorli va 
iste`dodli bolalarni tanlab, ularni yanada rivojlantirish uchun yetarli shart-sharoit 
hamda intellektual, ijodiy muhit kerak bo`ladi. Chunki har qanday iqtidor va 
iste`dod faqat o`ziga tegishli bo`lgan soha faoliyati jarayonida rivojlanadi va 
namoyon bo`ladi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning iqtidor, qobiliyat, qiziqish yo`nalishlarini 
aniqlash bo`yicha quyidagi test-anketa usulini havola etamiz. Ushbu test anketa 
usuli bolalarning qobiliyat, qiziqish yo`nalishlarini aniqlashda va rivojlantirishda 
xizmat qiladi. 
Har bir inson faoliyati 7 yo`nalishning biri bo`yicha qobiliyat yoki qiziqishga 
ega. Bolalarning qiziqish, qobiliyat va iqtidor yo`nalishlarini aniqlash bo`yicha 
Amerikalik olim A. D. Xann va G. Kaff tomonidan ishlab chiqilgan test-anketa, 
psixologiya fanlari nomzodi Y.M.Asadov tomonidan qayta ishlanib, mintaqamiz 
bolalari uchun moslashtirilgan. 
Ko`rsatma: Test-anketa boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun mo`ljallangan 
bo`lib, savollarga ota-onalar javob beradilar. Psixolog yoki o`qituvchi tomonidan 
savollar o`qiladi va bolaning qiziqishi, qobiliyat va iqtidorining namoyonlik 
darajasi 2-5 ball sistemada belgilanadi. Agar savollarda berilgan xususiyatlar 
bolaga juda mos kelsa “+ +” belgisi va 5 ball; namoyonligi yaxshi bo`lsa “+” 
belgisi va 4 ball; o`rta bo`lsa “
- - ” 
belgisi va 3 ball; unchalik namoyon 
bo`lmasa “ - ” belgisi va 2 ball qo`yiladi, ko`rsatkichlar 2 balldan past bo`lmasligi 
kerak.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin