O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


O’zbekistonda zamonaviy bosqichda ijtimoiy pedagogika rivojlanishining ijtimoiy-



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/231
tarix20.09.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#145771
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   231
ijtimoiy pedagogika

O’zbekistonda zamonaviy bosqichda ijtimoiy pedagogika rivojlanishining ijtimoiy-
siyosiy va huquqiy asoslari 
Ijtimoiy pedagogikani va ijtimoiy-pedagogik faoliyat rivojining metodologik 
asoslari quyidagilar hisoblanadi: 
1.
Bozor munosabatlarini shakllantirish va jamiyatni demokratiyalashtirish sharoitida 
davlatning kuchli ijtimoiy siyosati. Bu siyosatning asosiy yo’nalishlari I.A.Karimov 
asarlarida va davlat dasturiy hujjatlarida ko’rsatilgan. 
2.
Aholining eng kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish choralari 
to’g’risidagi hukumat farmoyishlari, qonun, farmonlarni hayotga tatbiq etish. 
3.
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy pedagogik konsepsiyasi. 
Ijtimoiy muammolarga nihoyatda katta e’tibor qaratilishining sababi milliy 
davlatchilikni shakllantirish jarayonidir. Bu davrda ayniqsa ijtimoiy muammolar 
nihoyatda keskinlashadi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi milliy 
havfsizlikka tahdid omili bo’lib xizmat qilishi mumkin. SHuning uchun vaqtida choralar 
qabul qilish nihoyatda muhimdir. 
Iqtisodning liberallashuvi turli ijtimoiy qiyinchiliklarni –ilmsizlar sonini ortishi, 
turli tengsizliklar paydo bo’lishi, hayot tarzining buzilishini keltirib chiqardi. 
SHuning uchun O’zbekiston taraqqiyotining o’z yo’li, asoslanadigan yetakchi 
tamoyillaridan biri kuchli ijtimoiy siyosat olib borish hisoblanadi. Bu siyosatning 
maqsadi quyidagilardir: 
1.
Bozor islohotlarining hamma bosqichlarida aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash; 
2.
Aholining turli qatlamlarini paydo qilmaslik orqali ijtimoiy kelishuvni ta’minlash. 
Mustaqillik yillarida ko’rsatilgan maqsadlarga aholining ijtimoiy himoyasining 
yangi mehanizmi shakllangan va u quyidagilarda namoyon bo’ladi: 

ishlab chiqarishni barqarorlashtirish; 

davlat mablag’laridan tashqari, mehnat jamoalari, ijtimoiy va mehribonlik fond va 
tashkilotlarining mablag’larini yo’naltirish; 

aholi daromadlarining yuqori tabaqalashuviga yo’l qo’ymaslik; 


169 

kambag’allikka qarshi kurashish, nogiron, yetim va qariyalarni qo’llab-
quvvatlashni kuchaytirish. 
Milliy mentalitet va hayot tarzining xususiyatlarini inobatga olib, eng kam ta’minlangan 
oilalarni aniqlash va ularga mahalla qo’mitalari orqali yordam ko’rsatish kabi ijtimoiy 
qo’llab-quvvatlash shakli tarqalmoqda. Bunday yondashuv bizning xalqimizda ko’p asrli 
ildizlarga ega va amaliy ahamiyati esa mablag’larning hayotda aniq tarqatilishini 
ta’minlaydi. 
Respublikada olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning huquqiy asosi bo’lib quyidagi 
yo’nalishlarga doir hujjatlar xizmat qilmoqda: 
1.
Xayriya-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 4 
martdagi “Sog’lom avlod uchun xalqaro nohukumat xayriya fondining faoliyatini 
ta’minlash choralari to’g’risida”gi farmoni. Unda fondning asosiy vazifalari belgilangan: 
-mablag’larni “Sog’lom avlod” davlat dasturiga qaratish; 
-oila va jamiyatda sog’lom hayot tarzini targ’ib qilish; 
-xorij va milliy homiylarning xayriya yordami vosita va mablag’larini jalb qilish; 
-ko’p farzandli oilalar, nogiron bolalar, bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga 
insonparvarlik yordami ko’rsatish. 
2.
Mehr-muruvvatga oid O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 
yil 27 yanvardagi “Mehr-muruvvat to’g’risida”gi farmoyishi. Uning maqsadi jamiyatda 
do’stlik, bag’rikenglik, xalqlararo totuvlik fuqarolar, ayniqsa yoshlarning yaxshi axloqiy 
hislatlarini rivojlantirishdir.
3.
Sog’lom avlod tarbiyasiga oid O’zbekiston Respublikasining “fuqarolar 
sog’ligini saqlash to’g’risida”gi qonuni haqida aholining malakali tibbiy yordam va 
ijtimoiy himoya olishdagi konstitutsiyaviy huquqlarni amalga oshirishi, sog’liqni saqlash 
tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga moslashtirish maqsadida 
quyidagi farmon va farmoyishlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi prezidentining 
1998 yil 10 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida sog’liqni saqlash tizimini isloh 
qilish davlat dasturi to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 
dekabrdagi “O’sib kelayotgan avlodni sog’lomlashtirish muammolarini kompleks hal 
qilish to’g’risida”gi farmoyishi, 2000 yil 15 fevraldagi “Sog’lom avlod davlat dasturi 
to’g’risida”gi, 2002 yil 31 oktyabrdagi “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish fondi 
faoliyatini tashkil qilish to’g’risida”gi, 2002 yil 25 yanvardagi “Ayollar va o’sib 
kelayotgan avlodning sog’ligini mustahkamlash to’g’risida”gi farmoni. 
4.
Ayollarning ijtimoiy himoyasiga oid O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining “Ayollarga qo’shimcha imtiyozlar to’g’risida”gi 1989 yil 14 apreldagi 
qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1989 yil 17 martdagi “Ayollarning 
maxsus himoyasini kuchaytirish to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 
17 martdagi “Zararli va sharoiti og’ir ishlarda band ayollarning daromadlariga soliq 
solinayotganidagi imtiyozlar to’g’risida”gi farmoni. 
5.
Oilani qo’llab-quvvatlashga oid O’zbekiston Respublikasi prezidentining 1994 
yil 16 iyundagi “Ko’p bolali oilalarga ijtimoiy yordam tizimini mukammallashtirish 
to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1986 yil 10 dekabrdagi “Ko’p bolali 
oilalarga yordam ko’rsatish to’g’risida”gi farmoyishi. “Voyaga yetmagan bolali oilalarga 
nafaqa to’lash to’g’risida”gi Nizomida bu nafaqalarni olish huquqiga quyidagilar ega: 
-nogiron bolali oilalar; -ota-onasi yo’q bo’lgan va bolalarning tarbiyasi bilan 
qarindoshlari shug’ullanuvchi oilalar; -ota-onadan biri yoki ikkalasi ham nogiron bo’lgan 
oilalar; -ota-onadan biri yoki ikkalasi ham ishsiz bo’lsa. 


170 
6.
Nogironlarga yordam berishga oid 1991 yil 18 noyabrdagi “O’zbekiston 
Respublikasida nogironlarning ijtimoiy himoyasi to’g’risida”, Vazirlar Mahkamasining 
“YOshligidan nogiron bo’lganlarga, qariyalarga va mehnat qilishga layoqatsiz shaxslarga 
nafaqa to’lash to’g’risida”gi 1994 yil 24 iyundagi № 319 farmoyishi. Ularda nazarda 
tutilgan choralar nogironlar uchun individual rivojlanishlari, ularning ta’limlari va ishlab 
chiqarishda qatnashishlari, sog’liqni saqlash dasturini amalga oshirishga qaratilgan. 
7.
Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini himoyalashga oid O’zbekiston 
Respublikasining aholining kam ta’minlangan oilalarini himoyasi to’g’risidagi farmon, 
farmoyishlari. SHuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ishga joylashtirishda ish 
o’rinlarining minimal soni o’rnatiladi. 
8.
Mahallaning ijtimoiy maqomini mustahkamlashga oid Mahalla qo’mitalariga 
fuqarolarni o’z-o’zini boshqarish organiga aylanishi munosabati bilan 1999 yil 14 
apreldagi “Fuqarolarni o’z-o’zini boshqarish organlari to’g’risida”gi Qonun, shuningdek 
1999 yil 13 yanvardagi “Aholining ijtimoiy qo’llab-quvvatlanishini ta’minlashda o’z-
o’zini boshqarish organlari rolini oshirish to’g’risida”gi farmon qabul qilindi. Ular 
shahar, qishloq, mahalla oqsoqollari yig’ilishlarining vakolatlarini belgilab berishadi. 
Ulardan asosiylari davlatning oilalarni ijtimoiy ta’minlash uchun ajratilgan mablag’larini 
to’g’ri taqsimlash, ayollar manfaatlarini himoya qilish, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni 
shakllantirish, ijtimoiy tartibni ta’minlashda ishtirok etish, huquqbuzarliklarning oldini 
olish, voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish, aholi markazlarining tozalik va 
ekologik holatini nazorat qilish. 
Zamonaviy sharoitlarda ijtimoiy siyosatni o’tkazish hayotning barcha sohalarini 
ijtimoiylashtiruv ijtimoiy ishlarning aniq belgilangan yangi shakllarini joriy qilish 
zarurligini tug’diradi. Bu borada quyidagi ishlar amalga oshirildi: 
1) 1996 yil 23 fevralda Vazirlar Mahkamasining “O’zbekistonda tibbiy- ijtimoiy 
patronaj tizimini tuzish” haqidagi buyrug’i chiqdi. Unda “Sog’lom avlod” fondining 
taklifi bilan viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqalpog’iston Respublikasida 15 ta tez tibbiy 
yordam guruhilarini tuzilishiga mablag’ ajratildi. Bu buyruq tibbiy- ijtimoiy yordam 
ko’chma guruhlarini mutaxassislar bilan ta’minlash vazifasini amalga oshirishga 
qaratilgan. Unda shuningdek tibbiy- ijtimoiy patronaj ishchilarini tayyorlash tashkiloti 
zarurligi ham aytilgan. O’zbekiston Respublikasi mehnat vazirligiga bir oy muddat ichida 
kasb-hunarlarni tasniflash Respublika markaziga yangi kasb-“tibbiy- ijtimoiy ishchi” 
kasbini kiritish vazifasi yuklatildi. Tibbiy- ijtimoiy patronaj funksiyalari tarkibiga 
quyidagilar kiradi:
1.
Tibbiy- ijtimoiy patronaj ijtimoiy sohada faoliyat yurituvchi turli tashkilot, 
muassasalar intilishlarini birlashtiradi. 
2.
tibbiy- ijtimoiy patronaj o’z faoliyatida O’zbekistonda yashovchi xalqlarning asriy 
an’analariga, fan yutuqlariga asoslanadi va O’zbekistonda yuritilayotgan samarali ijtimoiy 
siyosatni har bir oilaga yetkazishga majburdir. 
3.
tibbiy- ijtimoiy patronaj har bir oilaning tibbiy ijtimoiy holati monitoringini o’tkazadi. 
Tibbiy- ijtimoiy patronaj maqsadlari quyidagilardan iborat: 

Sog’liqni saqlash vazirligi, Aholini ijtimoiy ta’minoti vazirligi va Sog’lom avlod 
uchun fondi ko’rsatkichlari yordamida mahalliy organlar bilan yaqin aloqada bo’lib 
yashashning tozalik gigiyenik sharoitlarini, oilaning psixologik iqlimini, uning 
a’zolarining sog’ligi holatini aniqlash 

tibbiy, ijtimoiy va psixologik yordamga muhtoj ayollar va bolalarni o’z vaqtida 
aniqlash; 

oilada sog’lom turmush tarzining shakllanishi. 
4.
ko’rsatilgan maqsadlarga muvofiq tibbiy ijtimoiy patronajga quyidagilar yuklatiladi: 


171 
-oilalarga tibbiy, ijtimoiy va huquqiy yordam ko’rsatish; 
-ayol va bolalarni sog’lomlashtirishda yordam ko’rsatish, oilani rivojlantirish bo’yicha keng 
tushuntirish ishlarini olib borish. 
2) 1998 yil 1 aprelda Vazirlar Mahkamasining “Ona va bola skiringi dasturini 
tasdiqlash to’g’risida”gi farmoyishi chiqdi. Bu dastur homilador ayollarda nogiron 
bolalarning tug’ilishini oldini olish uchun tug’ma va boshqa patalogiyasini aniqlashga 
qaratilgan. Bu farmoyishga binoan “Ona va bola skiringi” dasturini qo’llab-quvvatlash 
mas’uliyati “Sog’lom avlod uchun”, “Mahalla” fondi, O’zbekiston Respublikasi xotin-qizlar 
qo’mitasiga yuklatildi. 
1998-2001 yillar orasidagi davrda “Sog’lom avlod uchun” fondining “Villak” (Finlandiya) 
va Bristol Monteds Skvibb (AQSH) kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalariga muvofiq 
skrining markazlari agrotexnika va boshqa texnik jihozlari bilan ta’minlandilar. 
3) 1997 yil 31 dekabrda Vazirlar Mahkamasining “SOS-O’zbekiston bolalar 
qishloqlari assotsiatsiyasini ta’sis etish to’g’risida”gi farmoyishi chop etildi. Bu 
assosatsiatsiya bolalar qishloqlarini tashkil qilish jamiyati- SOS-Kinderford xalqaro jamiyati 
(Avstriya) tomonidan ta’sis etildi. 
Assosatsiatsiya faoliyatining asosiy maqsad va yo’nalishlari quyidagilardan iborat: 

-jamoatchilik va davlat tuzilmalarining yetim bolalarning jismoniy, aqliy va axloqiy 
jihatdan rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishdagi harakatlarini tartibga solish; 

-etim bolalarga yordam berishga qaratilgan loyiha va dasturlarni amalga oshirishda 
moliyaviy yordam berish; 

-falokatga uchragan barcha bolalarga yordam ko’rsatish; 

-O’zbekiston Respublikasida SOS-O’zbekiston bolalar qishloqlarini tashkil qilish va 
ularni jihozlar bilan ta’minlash; 

-SOS-Kinderford interneyshnl bilan hamkorlik qilish; 

-Assotsiatsiya faoliyatiga davlat, jamoat va xususiy xususiyatlarni jalb qiladimi; 

-etim bolalar uchun insonparvarlik dasturlarini tarqatish va qo’llab-quvvatlash uchun 
OAVlari bilan hamkorlik qilish, ko’rgazma, seminarlar o’tkazish, axborot 
materiallarini chop etish. 
YUqorida keltirilgan hujjatlardan ko’rinib turibdiki, ijtimoiy muammolarga alohida 
e’tibor 1996 yildan qaratilgan. Bir yil avval 1995 yil O’zbekistonda shaxsni 
shakllantirishning ijtimoiy pedagogik konsepsiyasi ishlab chiqildi. Uning tuzilishi Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi, ta’lim tizimini to’g’ri isloh qilish bilan izohlanadi. 
Konsepsiyaning asosiy qoidalari: 
1)
madaniy-axloqiy tarbiyaning ta’limdan ustuvorligi; 
2)
insonda ijtimoiy faollik, o’z-o’zini boshqarish ko’nikmalari, muomala va axloq 
madaniyati, yuqori intizomga ega demokratik jamiyat fuqarosini tarbiyalash; 
3)
ijtimoiy faol shaxsni jamiyat ishlab chiqarishning asosiy sharti sifatida 
shakllantirish har bir fuqaro hayotining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy sohalarida ishtirok etishi; 
4)
shaxsni ijtimoiylashtirish vositalari sifatida demokratiyalashtirish, insonparvarlik 
tamoyillarini amalga oshirish; 
Ta’limni demokratiyalashtirish-faollik va tashabbusni, hamkorlik, birlik vositalarini 
rivojlantirishni nazarda tutsa insoniylashtirish-yosh avlodni milliy, ijtimoiy-madaniy 
qadriyatlar orqali umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarga, inson huquqlarini ta’minlashga 
ko’nikishlari demakdir. 
Bu konsepsiya boy tarixiy, madaniy, ma’naviy, pedagogik, ijtimoiy an’analar bilan 
birgalikda ijtimoiy-pedagogika fanining amaliy faoliyat sohasi sifatidagi rivojida poydevor 
bo’lishi mumkin. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin