198
Savollar
1.
Ijtimoiy pedagog oldiga qo’yiladigan kasbiy talablarni sanab bering:
2.
Ijtimoiy pedagogdan qanday malaka va ko`nikmalarga ega bo`lish
talab
etiladi?
3.
Ijtimoiy pedagogning huquqlari nimadan iborat?.
4.
Ijtimoiy pedagogning kasby sifatlari, etik majburiyatlariga nimalar kiradi?.
5.
Ijtimoiy pedagog faoliyatinnng modeli haqida gapiring?.
6.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari qaysilar?
7.
jtimoiy pedagogikaning tamoyillarini qaysilar?
6-Mavzu:
MAHALLALAR – IJTIMOIY O`Z-O`ZINI BOSHQARISH ORGANI.
IJTIMOIY-PЕDAGOGIK TADQIQOTLAR. IJTIMOIY-PЕDAGOGIK
FAOLIYAT MЕTODIKASI VA TЕXNOLOGIYASI.
Tayanch tushunchalar
: urf-odat va an'analar, milliy xarakter va xulq-atvor, oila,
etnogenez, o`zlikni anglash, ijtimoiy-pеdagogik tadqiqotla, ijtimoiy-pеdagogik faoliyat
mеtodikasi va tеxnologiyasi
REJA.
1.Milliy xarakterning shakllanishi ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida.
2.Oila va mahalla-bolaning norasmiy muloqat muhiti
1.Ijtimoiy pedagogik texnologiya haqida umumiy tushuncha. Uning o`ziga xos
xususiyatlari.
2.Ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida qo`llaniladigan metodlar.
Milliy xarakterning shakllanishi ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida.
Milliy tarbiya taraqqiyotimiz uchun zarur fazilatlarini yoshlarning xarakter
sifatlariga aylantira olsagina uning natijalaridan qoniqish mumkin bo`ladi.
Shuning
uchun ham masalaga milliy xarakter kontseptsiyasi nuqtai nazardan yondoshmoq zarur.
Ana shunda tarbiyada ham xuddi ta'limdagidek aniqlikka va samaradorlikka erishiladi.
Milliy xarakter-bu har bir xalq va har bir millatga xos fe'l-atvor,siyrat, shamoyil,
tabiatdir. Tabiatni, jamiyatni,
yashashdan maqsadni, insonni, mustaqil davlatchilikni
zamonaviy tarzda o`sha millatga xos tushunish, munosabat bildirish milliy fazilatlar
tizimidir.
Ma'naviy
yangilanishning
ijtimoiy-pedagogik
mohiyati-sho`rolar
199
raqbatlantirishning
befarqlik, uning natijalaridan begonalashuv, maxalliychilik, ijtimoiy
loqaydlik va h.k.lardan xalqimiz xarakterini poklashni anglatadi.
Inson xarakteri-ijtimoiy pedagogik xodisadir. Insonga xos yaxshi yoki yomon sifat
o`z-o`zidan, birdaniga paydo bo`lib qolmaydi. O`g`rilik ham,
jinoyatchilik ham,
vatanparvarlik ham, vatanga befarqlik ham, jinoyatchilik ham, foqishalik ham yoki ular
haqidagi namunalar va ma'lumotlarni muttasil:
1) Ko`rish.
2) Eshitish.
3) O`qish orqali shakllana boradi.
Bir kishini xushmuomala yoki odobli yoki adolatsiz
yoki odobsiz deyishsa,
buning aniq sabablari(tarbiyaviy), tarixibor. Masalan, agarda adolatparvar insonning
hayotini tuqilgan kunidan boshlab videotasmaga olinganida edi, undagi adolatparvarlik
fazilatlarning “sirlari”ni “ko`rish”, “ko`rsatish” mumkin bo`lar edi. Buning esa hozircha
iloji yo`q.
Lekin pedagogik nazariya, amaliy ijtimoiy pedagogika orqali, millatning
pedagogik tarixi, hozirini sharqlash, kelajagini loyiqalash (modellashtirish) mumkin.
Ma'naviy salohiyatlar iqtisodiy islohatlardan orqada qolishi mumkin. Maqsad
shunday bo`lishi kerakki, milliy xarakter qiyinchiliklarni matonat bilan yengishga qodir
yangi,
peshqadam, bunyodkor millatni barpo qilsin. Bu esa amalga oshirsa bo`ladigan,
real
ijtimoiy pedagogik, ijtimoiy-psixologik ishdir. Buning uchun psixolog, faylasuf, pedagog
va sotsiologlardan:
▪
Milliy xarakterimizdagi yutuq va kamchiliklarni ob'ektiv o`rganish:
▪
Ilg`or, ogoh, bunyodkor millatlarga xos fazilatlar, ularning mezon, ko`rsatkich va
darajalarini ilmiy aniqlash:
▪
Yetakchi fazilatlarni xarakter, ya'ni amaldagi “ishlayotgan” sifatlarga aylantirish
uchun kim, qachon, qaerda, nima ish qilishi kerak qachon va qanday tarbiya millatimizni
shuhratga burkagan qanday tarbiya tufayli millat mustamlakaga aylangan-kabi savollarga
javob olish zarur. Bunga millat tarixini, bugunini pedagogik o`rganish javob beradi
Dostları ilə paylaş: