202
ularga yordam berish jarayonida amaliy tadbiq etish muammosi ko’riladi. Bu muammoni
hal qilish uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini bilish zarur.
Avvalambor bu tushunchalarning ta’rifini aniqlab olish lozim.
Ma'lumki, so`nggi yillarda pedagogika olamida «texnologiya”, “pedagogik
texnologiya” kabi tushunchalar kirib keladi va ularning mazmuni va mohiyati bilan biz
oldingi kurslarda tanishib o`tganmiz. Ulardan farqli o`laroq
ijtimoiy pedagogik
texnologiyaning mazmuni va mohiyati nimadan iborat degan haqli savol tug`iladi.
“ ijtimoiy pedagogik texnologiyalar” tushunchasi “pedagogik texnologiya” va “
ijtimoiy texnologiya” tushunchalaridan kelib chiqqan.
Pedagogik-texnologiya ikki sohada o’z ildizlariga ega. Birinchisi, texnik fanlar-
o’quv jarayonining effektivligini oshirishga yordam beruvchi texnik vositalarni qo’llash
va ishlab chiqish. Ikkinchisi, ijtimoiy fanlar hisoblanadi.
80-yillar o’rtalarida pedagogik amaliyotda SH.A.Amonashvili (ijtimoiy-shaxsiy
texnologiya), V.P.Bespalko (dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi), S.N.Lo’senkova
(istiqbolli ta’lim) va boshqalarning pedagogik texnologiyalari, V.A.Karakovskiy,
N.E.Selivanova, N.I.Hurkova va boshqalarning pedagogik
tarbiya tizimlari umum tan
olindi. “Pedagogik texnologiyalar” o’quv fani professional pedagoglarni tayyorlash
dasturiga kiritildi.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar deganda insoniyat va texnik zahiralardan
foydalanishi orqali o’quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonlarini rejalashtirish,
baholash
metodlari tushuniladi. Pedagogikada texnologik yondoshuvning maqsadi barcha
maqsadlarga erishish kafolatlangan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishdir.
Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning barcha boshqariladigan tarkibiy
qismlarini tizimli tahlil qilish, nazorat qilishni ko’zda tutadi.
Ijtimoiy-pedagogik
texnologiya-
bu
sotsium
a'zosi
sifatida
insonning
ijtimoiylashuvi jarayonidagi faoliyati, hatti-harakatlari va ongiga ma'lum maqsad asosida
ta'sir o`tkazuvchi pedagogik metodlar va vositalar majmuidir.
Bolalar va o`smirlar orasidagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat texnologiyasi quydagi
shaklda amalga oshiriladi:
1.Tashkiliy faoliyat. Bu faoliyat bolaning o`qituvchilari,
ota-onalari, tenghurlari
bilan uchrashuvlar, suqbat o`tkazish,to`plangan materiallarni tahlil etish va shu asosda
bolaga ijtimoiy-pedagogik yordam berish kabi ishlarni o`z ichiga oladi.
2.Tashxis qo`yish ishlari. Bu faoliyat bola yoki o`smir shaxsini o`rganish, turli xil
savol-javob ishlarini olib borish kabi ishlarni o`z ichiga oladi.
3.Bolalar va o`smirlar orasida treninglar tashkil etish.
4.Kommunikativ-metodik ishlarni olib borish.
5.Kasbga yo`naltirishga doir faoliyat.
6.Ijtimoiy zararlarga qarshi bolalarning ijtimoiy-psixik ko`nikmalarini
hamda
tanqidiy munosabatlarini shakllantirishga doir faoliyat ko`rsatish.
Ijtimoiy texnologiyalarning turlaridan biri ijtimoiy ish texnologiyalari bo’lib ular
ijtimoiy pedagogik texnologiyalarga juda yaqin, chunki yuqorida ta’kidlagandek ijtimoiy
pedagog va ijtimoiy ishchi faoliyatining jihatlari ko’p.
Ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy va pedagogik texnologiyalarni
birlashtiruvchi texnologiya hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish imkoni ijtimoiy pedagogik
faoliyatning o’z tuzilishiga ega ekanligiga bog’liq. ijtimoiy
pedagogik faoliyat maqsad
va vazifalarni aniqlashdan boshlanadi. Bularni mutaxassislar yechishlari lozim, ya’ni
bolada muomala ko’nikmalarini shakllantirish, unga yangi muhitga ko’nikishga yordam
203
berishdir va boshqa maqsadlar o’z
navbatida faoliyat mazmuni, uning amalga oshirish
metodlari va uni tashkillashtirish shakllarini aniqlab beradi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsadi, uning natijalari va mazmuni qanchalik to’g’ri
aniqlanganligi, unga yerishish uchun qanday metodlar tanlanganligiga bog’liq bo’ladi.
SHunday qilib ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy pedagogik faoliyat
metodlari va usullari majmuasidir.
Ijtimoiy pedagogning aralashishni talab qiluvchi har qanday muammoni hal qilish
unga tashhiz qo’yishdan boshlanadi. Tashhiz qo’yish
axborot taxlili, to’plash va
tizimlashtirishdan iborat.
Keyingi bosqich bu muammoni hal qilish yo’llarini qidirish. Buning uchun tashhiz
asosida maqsad qo’yiladi va unga muvofiq faoliyatning aniq vazifalari belgilanadi.
ijtimoiy pedagog qanday texnologiyani qo’llashga ko’ra shunga mos tushuvchi
faoliyat metodlari va shakllarini tanlaydi. Ish yakunlanganidan so’ng ijtimoiy pedagog
bola muammosi qanchalik to’g’ri hal qilinganiga baho berishi lozim.
ijtimoiy texnologiyalar tasnifi
Tasnif asosi
Dostları ilə paylaş: