O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida qo`llaniladigan metodlar



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/231
tarix20.09.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#145771
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   231
ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida qo`llaniladigan metodlar. 
Ma'lumki, metod-bu grekcha so`z bo`lib, ma'lum masalalarni hal etishga 
qaratilgan yo`l degan ma'noni anglatadi. 
Ijtimoiy pedagogikada metod (methodos)-bu shaxsning ijtimoiylashuviga va 
ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya ishlarini olib borishga, pozitiv ijtimoiy tajribalarni 
o`zlashtirishga qaratilgan bola qamda ijtimoiy pedagogning hamkorlik faoliyatidir. 
Ijtimoiy pedagog tomonidan qo`llaniladigan asosiy metodlar quyidagicha tasnif 
etiladi: 
1.Ijtimoiy ish metodlari. Bunga ijtimoiy tashxis metodlari (intervyu, monitoring, 
sotsiologik savol-javob ishlari, ekspertizadan o`tkazish va h.k.), ijtimoiy reabilitatsiya 
metodlari (mehnat terapiyasi, guruhli terapiya va h.k) kiradi. 
2.Psixologik metodlar. Bularga psixodiagnostika (intellekt va qobiliyatlarni 
aniqlovchi testlar, savol-javoblar, loyiqa testlari, sotsiometriya), psixokorrektsiyalar 
(psixogimnastika treninglar, psixologik konsultatsiyalar berish) kiradi. 
3.Pedagogik metodlar (pedagogik tajriba, pedagogik nazorat, ta'lim-tarbiya berish 
metodlari) 
4.Ijtimoiy pedagogik metodlar (ijtimoiy tarbiya, ta'sir ko`rsatish, ijtimoiy 
pedagogik hamkorlik qilish va h.k) 
Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotidagi metodlar- bola 
ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy tajriba 
to’planishini ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o’zaro bog’liq faoliyati 
bo’lganligi uchun ijtimoiy pedagogika metodlari haaqida gapirish hali erta. Ular hozir 
shakllanish bosqichidalar. SHuning uchun ijtimoiypedagog o’z amaliy faoliyatida 
pedagogika, psixalogiya va ijtimoiy ishda qo’llanayotgan metodlardan foydalanadi. 
Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar” tushunchalari 
qo’llaniladi. usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, 
bo’ysunuvchan xarakterga ega. Aslida har bir metod amaliyot tomonidan to’plangan, 
nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi. 
Ijtimoiyp edagogning u yoki bu usulni qo’llashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, 
bola xulq-atvoriga, zahiradagi usullarga bog’liq.vosita usul va metoddan ko’ra kengroq 
tushuncha hisoblanadi. CHunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita 
vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalar-ijtimoiypedagog tomonidan oldiga qo’yilgan 
maqsadga erishishi uchun qo’llanadigan moddiy, emotsional, aqliy va boshqa shartlar 
majmuasidir. Vositalar o’z mohiyatiga ko’ra faoliyat usullari hisoblanishmaydi, faqatgina 
biror-bir pedagogik maqsad (masalan, o’yin, suhbat, disput, konferensiya, trening va 
boshqalar)ga yetishishi uchun qo’llanilganida faoliyat usuliga aylanishadi. 
Ba’zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika metodlariga 
mos qilib tasniflashadi: 
-ishontirish 
-talab qilish 
-hikoya 


207 
-suhbat va bahs 
-jazolash va maqtash 
Biroq ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini qamrab oluvchi metodalr tasnifi quyidagi 
ko’rinishga ega: 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin