208
Hamkorlik
metodlar
qilish
Muomala metodi
Baholash metodi
O’z-o’zini
amalga
oshirish metodi
SHunday qilib ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi ijtimoiy pedagogik faoliyat
shakllari, metodlari, vositalari va nazorati mazmunining majmuasi hisoblanadi.
Turli
metodlarning maqsadga muvofiq birikishi ijtimoiy pedagogik texnologiyaning
mohiyatini tashkil qiladi.
Savollar:
1.
Milliy xarakterning haqida gapirib bering..
2.
Mahallalar – ijtimoiy o`z-o`zini boshqarish organi sifatida qanday ishlarni olib
boradi?
3.
ijtimoiy pedagogik texnologiya mohiyatini ochib bering?
4.
ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini tasniflang
5.
ijtimoiy pedagogik trening o’tkazish xususiyatlarini aniqlang?
7-mavzu:
DЕVIANT XULQ – IJTIMOIY-PЕDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
O`ZBЕKISTONDA FAOLIYAT OLIB BORUVCHI IJTIMOIY-
RЕABILITATSION MUASSASALAR
.
Tayanch tushunchalar
:
deviatsiya, tarbisi og`ir bolalar va o`smirlar ijtimoiy
qarovsiz qolgan bolalar, dezadaptsiya, delinkventlilik,
reabilitatsiya, profilaktika,
korreksiya masalalari.
REJA:
1.
Deviatsiya va uning turlari.
2.
Deviant xarakterlarning asosiy sabablari.
3.
Deviatsiya konsepsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va korreksiya masalalari.
2.
Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot yuritish.
3.
Reabilitatsion ijtimoiy pedagogik texnologiyalar
Deviatsiya va uning turlari:
Odatda deviatsiyalar o’spirinlik davrida yuzaga keladi. O’spirinlik davri yoshlik
davrlari ichida eng murakkabidir. Uni o’tish davri ham deb atashadi,
chunki bu davr
mobaynida bolalikdan yigitlikka o’tish ro’y beradi va bu jarayon o’smir rivojlanishining
209
barcha jihatlari-anotomik-fiziologik tuzilishi, aqliy, axloqiy rivojlanishida o’z ta’sirini
ko’rsatadi.
O’smirlik davrida o’smir hayoti va faoliyatida jiddiy o’zgarishlar ro’y beradi, bu esa
o’z navbatida ruhiyatning qayta shakllanishiga, tengdoshlari bilan munosabatlarning
yangi shakllari paydo bo’lishiga olib keladi. O’smirning ijtimoiy maqomi o’zgaradi.
Unga nisbatan kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar qo’yila boshlaydi.
Jamiyat tomonidan qabul qilingan hatti-harakatlar. qoidalar va me'yorlardan
chekingan o`smirlarni oqir yoki tarbiyasi qiyin yoki tabiyasi oqir o`smirlar deb
atashadi.
Tarbiyasi qiyin o`smirlar deganda turli xil sabablarga ko`ra pedagogik ta'sirlarga
qarshi chiquvchi bolalar tushuniladi. Jamiyatda o`rnatilgan me'yor
va qoidalarga rioya
qilmaydigan shunday tarbiyasi oqir o`smirlarni ilmda deviatsiya deb atashadi.
Deviant hatti-harakat-bu psixik sog`lom shaxslar tomonidan me'yoriy qoidalarni
buzish hollaridir.
Deviatsiya- bu ijtimoiy pedagogik muammo bo`lib, inson ruqiy olamidagi, uning
atrofidagi muhitning o`zgarish hollari Bilan bog`liq. Bu hol, ayniqsa, o`smir
yoshdagi
bolalarga xosdir. Chunki bu yosh eng qiyin va murakkab davr bo`lib, bu yoshdagi
bolalarning anatomo-fiziologik, intellektual, axloqiy va boshqacha jihatlarida o`zgarishlar
ro`y beradi. Bu o`zgarishlar o`z navbatida ularning psixikasida uzgarishlar ruy berishiga
zamin yaratadi. Ularning ijtimoiy statusida, jamoada o`zini tutishida o`zgarishlar ro`y
berib, ularni ko`proq «Men kimmanq”-degan savol qiynaydi.
Deviatsiya o`z ichiga deviant, delinkvent va
kriminal hatti-harakatlarni
birlashtiriradi.
Deviant hatti-harakat-bu kichik ijtimoiy munosabatlar (oila, maktab) hamda
xarakter, jinsiy va yosh xususiyatlari jiqatidan yaqin kichik ijtimoiy guruhlarga xos
ijtimoiy me'yorlardan, hatti-harakatlar va qoidalardan og`ish, chekinishning bir turidir.
Ya'ni bu turdagi harakatni intizomsizlikdeb ham atash mumikn.
Agressiya, chaqiriq, ishda va mehnat faoliyatida o`z boshimchalikka yo`l qo`yish,
bolalar va o`smirlarning ichkilikka berilishi,
daydib yurishlari, oliftagarchilik qilishlari,
assotsial xarakatlarga berilish kabilar deviant xarakatlarning asosiy ko`rinishlaridir.
Ma'lum vaziyatlarda bolalar va o`smirlarning shu kabi hatti-harakatlarni namoyon etishi
deviant harakatlarning tipik xususiyatidir.
Delinkvent hatti-harakat- deviant qarakatlardan farqli o`laroq, ular vaziyat ta'sirida
emas, balki yuqoridagi kabi assotsial xarakatlarning quyidagi turlari mavjud:
·
haqoratlash, xo`rlash, azoblash va undan huzurlanish kabi agressiv
bosqinchilik harakatlar;
·
Kichik o`g`riliklar, ta'magirlik, avtotransport va boshqada kerakli buyum va
anjomlarni o`qirlash kabi moddiy foyda ko`rishga qaratilgan o`z shaxsiy mafaati
yo`lidagi xarakatlar;
·
Narkotiklar sotish va tarqatish.
Kriminal hatti-harakat- bu jinoiy javobgarchilikka
tortilishga yoshi yetgan
shaxslarning huquqlarga zid harakatlari bo`lib, ular ustidan jinoiy ish qo`zg`atilish
jarayonidir. Kriminal harakatlarga deviant va delinkvent xarakatlar asos yaratadi.
Dostları ilə paylaş: