194
▪
davlat organlarini ular faoliyatiga doir mavjud
muammolardan xabardor etish
huquqiga;
▪
ijtimoiy faollik va u yoki bu tashabbus bilan chiqadigan ota-onalar, oilalar,
homiylarni rag`batlantirish huquqiga;
▪
ommaviy axborot vositasi yordamida ma'lum ijtimoiy
faoliyat yoki namunavty
oila tarbiyasi tajribalarini tarqib etish huquqiga;
▪
yashash joyi ish va o`quv jarayonlarida ma'lum ijtimoiy muammolarni hal etishga
qaratilgan fuqarolarning ijtimoiy harakatini boshqarish kabi huquqlarga ega.
Ijtimoiy pedagogning kasbiy sifatlari.
Ijtimoiy pedagog asosan xalq ommasi Bilan ishlaydigan shaxsdir. U o`z faoliyati
jarayonida turli xarakterdagi insonlar bilan muloqatga kirishishiga to`qri keladi. Bu
vaziyatda ular bilan turli
xil ziddiyatlarga bormaslik, ularning har birining ko`ngliga,
yuragiga kirib borish uchun sifat va fazilatlarga ega bo`lishi talab etiladi: empatiya
(dunyoni boshqalarning ko`zi bilan ko`rish, tushuna bilish), xayrihoqlik, ezgulik,
to`qrilik, ochiq ko`ngillik, aniq mo`ljal olish,
samimiylik, kommunikabellik(boshqalar
bilan chiqisha bilish)Ijtimoiy pedagogning ahloqiy majburiyatlari Ijtimoiy pedagog o`z
mijozlarining qalbiga kirib borishida uning ahloqiy majburiyatlari muhim ahamiyat kasb
etadi. Ijtimoiy pedagogning aqloqiy majburiyatlari o`ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Bular: o`z mijozlariga nisbatan axloqiy muloqatda bo`lish, ya'ni ularning haq huquqlari
va imtiyozlarini birinchi darajali deb bilish;
▪
ular bilan muloqatga kirishishda ahloq me'yorlarga amal qilish (hurmat,
haqqoniyat. hushmuomilalik, alohida etibor va h.k.)
▪
rahbarlar yoki yetakchi tashkilotlarga nisbatan yetuk majburiyatlar
▪
o`z kasbi oldidagi axloq majburiyatlar, ya'ni o`z kasbining mazmuni va mohiyatini
anglash, mas'uliyatni his etish, faollik ko`rsatish va h.k.
Dostları ilə paylaş: