193
ijtimoiy
-huquqiy yordam, ya’ni bolalarga, jamiyat
a’zolariga o’z haq -
huquqlarini anglashga yordam berish;
ijtimoiy - reabilitatsion xizmat, ya’ni insonldrning ma’naviy –axloqiy,
emotsional, ruhiy holatlarinn taklashga yordam berish,
ijtimoiy-
iqtisodiy yordam, ya’ni posobiya, konpensatsiya, nafaqalarni olishda
hamkorlik qilish bolalar uylari bitiruvchilariga,
yetimlarga moddiy
yordam berishni tashkillashtirish;
ijtimoiy—tibbiy yordam berish, ya’ni bolalarni ijtimoiy patranaj qilish, voyaga
yetmaganlar
orasida kashandachilik, alkogolizm kabi holatlarni profilaktika va
reabilitatsiya qilish;
▪
ijtimoiy-psixologik, ya'ni oilada, turli mikrojamiyatda sog`lom muhitni tashkil
etishga yordam berish:
▪
ijtimoiy-pedagogik, ya'ni bolalarni tarbiyalashda ota-onalarning o`z haq-
huquqlarini anglash, ularga sharoitlar yaratish, o`qituvchi va o`quvchi orasidagi
ziddiyatlarni hal etish kabilardan iborat.
Ijtimoiy pedagog bu vazifalarni amalga oshirish uchun, albatta quyidagi sohalarda
o`z bilimlarini boyitib borishi shart.
▪
milliy istiqlol g`oyasi huquqiy-me'yoriy baza (qarorlar, aktlar,
buyruqlar,
ko`rsatmalar, tashkilot tuzulmalari va x.k.),
▪
ijtimoiy pedagogikaning tarixi va nazariyasi
▪
yosh davrlar psixologiyasi
▪
sotsiologiya
▪
ijtimoiy-pedagogik ishlarni olib borish hamda rejalashirish metodlari va h.k.
Shuningdek, ijtimoiy pedagogdan quyidagi malaka va ko`nikmalarga ega bo`lishi talab
etiladi:
▪
analitik, ya'ni sotsiumda ro`y berayotgan jarayonlarni nazariy tahlil etish, bolaning
ruqiy olamini anglay bilish, ularning muammolarini hal etishga doir hamkorlik faoliyatini
tashkil etish;
▪
prognostik, ya'ni tashkil etilgan ijtimoiy-pedagogik faoliyat bo`yicha bolaning
muammolarini hal etish yo`llarini bashorat qilish;
▪
loyiqalash, ya'ni ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mazmunini aniqlash va
rejalashtirish;
▪
refleksiv, ya'ni ijtimoiy pedagog o`zining faoliyatini tahlil etib borishi;·
kommunikativ, ya'ni ijtimoiy pedagogning insonlararo
muloqat madaniyatini
egallashi. U boshqalar fikrini eshita bilish, muloqatga kirisha bilish, faktlar to`plash
singari faoliyatlarni o`z ichiga oladi.
▪
Kasbiy status-bu kasb kodeksida ko`rsatilib, sub'ektning insonlararo munosabatlar
tizimidagi kasbiy holati, huquqlari, majburiyatlaridir.
Dostları ilə paylaş: