O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 164,42 Kb.
səhifə12/20
tarix19.12.2023
ölçüsü164,42 Kb.
#187117
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Zokirov Rustam Kurs ishi 99

1.3 7-rasm. Zararsiz sutli ilonlarni ko'pincha zahari odamlar uchun halokatli bo'lgan marjon ilonlari bilan adashtirishadi.
Ilonlardan olinadigan zahar maxsus pitomniklarda saqlanadi, quritiladi. Quruq cho‘kma fiziologik eritmada eritiladi va otlarga yuboriladi. Bunda eritma dozasi oshirib boriladi. Hayvonda immunitet hosil qilinadi. Undan qon olinadi, qizil va oq qon tanachalari ajratiladi, plazma esa (shuning o‘zi ilonga qarshi zardobdir) shisha ampulalarga solinadi. Ampulalarga solib kavsharlab qo‘yilgan zardob ikki va undan ortiq yil saqlanishi mumkin. U ilon chaqqan odamning terisi ostiga yoki venasiga yuboriladi. O‘z vaqtida yordam ko‘rsatilganda ilon chaqqan odam ertasi kuniyoq tuzalib ketadi.Ilonlarning zaharidan tibbiyotda turli maqsadlarda foydalanishadi. Dori darmonda ham sanoatda ham foydalanishadi.
Ilon zahari — zaharli ilonlarning zahar bezidan chiqadigan sarg’ish yoki och yashil, hidsiz tiniq suyuqlik. Quritilgan ilon zahrining 70—90% i murakkab oqsil moddalar, qolgani anorganik moddalardan iborat. Zahar tarkibida erkin aminokislotalar, yog’lar, yog’ kislotalar, har xil tuzlar bor; natriy, kalsiy, kaliy, rux, magniy, fosfor, kremniy, temir, kumush kabi elementlar ham uchraydi. Ilon zahrida 15 ga yaqin oqsil moddalar borligi elektroforsez usulida aniqlanib bu moddalarning biologik xossalari turlicha ekanligi qayd qilingan. Ulardan biri odam yoki hayvonni o’ldirsa, ikkinchisi qonni ivitadi, uchinchisi qizil qon tanachalarini yemiradi, boshqasi esa organizmga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Ko’zoynakli ilon zaharidan nervga ta’sir etadigan modda — neyrotoksin, ko’lvor ilon va charx ilon zaharidan bir qancha fermentlar ajratib olingan. Ilon chaqqan odamning zaharlani-shida ana shu maxsus toksinlar va ba’zi fermentlar asosiy rol o’ynaydi. Yaxshilab quritilgan va havo kirmaydigan qorong’i joyda saklangan ilon zahri 15—20 yilgacha barcha xossalarini saqlab qoladi.
O’rta Osiyodagi zaharli ilonlar zaharining organizmga ta’siri ham bir xil emas, ko’zoynakli ilon zahari, asosan, nerv sistemasiga, ko’lvor ilon, charx ilon va zahari esa, asosan, qon tomir devori va qonga ta’sir etadi. Bu ilonlar chaqqanda jarohatlangan joy va uning atrofi zahardagi gemorragik moddalar ta’sirida shishadi va qattiq og’riq paydo bo’ladi. Ilon zahrining ta’siri odamning qaysi joyini ilon chaqqaniga ham bog’liq. Ko’krak yoki bo’yinni chaqsa, juda xavfli, chunki bu qismda yirik qon tomirlar ko’p.
Ilon chaqqanda ko’riladigan eng asosiy choralardan biri organizmga kirgan zahar miqdorini kamaytirishdir. Buning uchun ilon chaqqan joy mahkam ushlanadi va qattiq siqib, jarohatdan qon chiqariladi. Qonni og’iz bilan ham so’rib olish mumkin, lekin og’iz bo’shlig’ida yarachaqa bo’lmasligi kerak. Ilon oyoq yoki qo’lni chaqsa, zahar badanga tez tarqalmasligi uchun, ularni mutlaqo qimirlatmaslik kerak. Qaysi ilon chaqsa, organizmga o’shaning zaharidan tayyorlangan maxsus zardob yuborilishi kerak.
Ilon zahridan tayyorlangan preparatlar shifobaxsh dori sifatida ishlatiladi, masalan, vipraksin, va viprosallar yallig’lanishga qarshi va og’riqsizlantiruvchi xossalarga ega bo’lib, revmatizm va nerv kasalliklarini davolashda qo’llaniladi. Ilon zahridan ajratib olingan fermentlar nuklein kislotalar va oqsil moddalar strukturasini, organizmning ba’zi ferment sistemalarini, oqsillar almashinuvida oraliq moddalar hosil bo’lishini o’rganishda qo’llanilmoqda. O’rta Osiyodagi zaharli ilonlar zaharining kimyoviy tarkibi va ta’siri ham o’rganiladi.
Ilonlardan har 25—30 kunda bir marta zahar olinadi. O’zbekistonda uchraydigan ilonlardan kuzoynakli ilon (kapcha ilon) va ko’lvor ilon (gyurza)da ko’p, charx ilon va qalqontumshuq ilonda kamroq, cho’l qora iloni (gadyuka)da juda kam zahar bo’ladi. Har galda ko’pi bilan 0,1 g quruq zahar olish mumkin. Ilonlar ko’pchilik qushlar uchun ozuqa hisoblanadi. Shuningdek ilonlar kemiruvchilarni qirib foyda keltiradi.
Zaharli ilonlarni ovlaydigan ba'zi qushlar, sutemizuvchilar va boshqa ilonlar (masalan, podshoh ilonlar) ba'zi zaharlarga qarshilik va hatto immunitetni rivojlantirgan. Zaharli ilonlar uchta ilon oilasini o'z ichiga oladi va ular rasmiy taksonomik tasnif guruhini tashkil etmaydi. Ilon zahari oqsillarning murakkab aralashmasi bo‘lib, boshning orqa qismidagi zahar bezlarida saqlanadi. Barcha zaharli ilonlarda bu bezlar kanallar orqali yuqori jag'dagi kanallar yoki ichi bo'sh tishlarga ochiladi. Proteinlar potentsial ravishda neyrotoksinlar (asab tizimiga ta'sir qiluvchi), gemotoksinlar (asab tizimiga hujum qiluvchi) aralashmasi bo'lishi mumkin. Qon aylanish tizimi, sitotoksinlar (hujayralarga to'g'ridan-to'g'ri hujum qiladi), bungarotoksinlar (neyrotoksinlar bilan bog'liq, ammo mushak to'qimalariga bevosita ta'sir qiladi) va organizmga turli yo'llar bilan ta'sir qiluvchi boshqa ko'plab toksinlar. Deyarli barcha ilon zahari tarkibida gialuronidaza mavjud boʻlib, u zaharning tez tarqalishini taʼminlaydi. Gemotoksinlarni ishlatadigan zaharli ilonlarning og‘izlarida odatda tishlari bo‘ladi, bu ularga zaharni qurbonlariga yuborishni osonlashtiradi. Neyrotoksinlardan foydalanadigan baʼzi ilonlarning (masalan, mangrov iloni) ogʻzining orqa qismida tishlari orqaga burilgan holda tishlari bor. Bu ilonning zaharidan foydalanishini ham qiyinlashtiradi. Barcha ilonlar ma'lum darajada zaharli bo'lishi mumkin, zararsiz ilonlarning zahari zaif va tishlari yo'q. Ushbu nazariyaga ko'ra, "zaharsiz" deb nomlangan ilonlarning aksariyati zararsiz deb hisoblanadi, chunki ularda zahar yuborish usuli yo'q yoki odamga xavf tug'diradigan darajada yetkazib bera olmaydi.

BIRINCHI BOB BO'YICHA XULOSA


(Reptelia) — umurtqalilar sinfi. Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning sinfi hisoblanadi. Ular quruqlikda yashashga moslashgan bir qator progressiv belgilari va xususiyatlari borligi bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfidan farq qiladi. Amfibiyalarga nisbatan sudralib yuruvchilarda markaziy nerv sistemasi, ayniqsa, bosh miyasi va sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Bosh miya yarimsharlari nisbatan katta bo‘lib, kulrang miya moddasidan iborat po'stlog'i bor. Shuning uchun ham ilonlarda nerv-reflektor faoliyati ancha murakkablashgan. Sudralib yuruvchilarning progressiv xususiyatlari ularning skeleti tuzilishi va rivojlanishida ham ko'rinadi. Skeleti to'liq suyakdan tashkil topgan. Yer ustida harakat qilishi tufayli ularning tanasi amfibiyalarnikiga nisbatan qismlarga aniq bo'lingan. Sudralib yuruvchilarning oyoqlari boshqa qumqlikda yashovchi umurqali hayvonlarniki singari besh barmoqli, ayrim guruhlarida oyoqlari bo'lmaydi.
Boshining ancha harakatchanligini va sezgi organlaridan ko'proq foydalanish imkoniyatini beruvchi bo'yin umurtqalari sonining ko'payishi va ayniqsa, birinchi bo'yin umurtqasi — atlant, ikkinchi bo'yin umurtqasi — epistrofeyning yaxshi rivojlanganligini alohida ko'rsatib o'tish lozim. Ularning ko'pchiligida ko'krak qafasi hosil bo'lgan. Bu esa ilonlar nafas olishining ancha takomillashganligidan dalolat beradi, Sudralib yuruvchilar faqat o'pka orqali nafas oladi, yaxshi rivojlangan traxeyasi va ikkiga bo'lingan bronxlari bor, Ularning terisi quruq, teri bezlari bo'lmaydi, terisi muguz tangachalar yoki qalqonlar bilan qoplangan. Sudralib yuruvchilarning yuragi amfibiyalarnikiga o'xshab uch kamerali bo'lsada, lekin ularning yurak bo'lmalari orasida to'siq va yurakqorinchasida chala to'siq paydo bo'lgan. Shuningdek, ilonlarning arterial oqimi yurak qorinchasining turli joylaridan chiquvchi uchta mustaqil qon tomirga bo'lingan.



  1. Yüklə 164,42 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin