BOB. RESPUBLIKAMIZDAGI ILONLARNING TURLARI VA HAYOT KECHIRISH TARZI.
Mamlakatimizda tarqalgan zaharli ilonlarning turlari.
Nazariyaga ko‘ra, ilonlar zaharli bo‘lgan oddiy kaltakesak ajdodidan paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin degan faraz bor. Zaharli Ilonning yuqori jagʻlarida zahar tishlari bo'ladi. Tishlar sirtidagi egatcha yoki ichidagi nay orqali zahar bezidan zahar oʻlja tanasiga oqib keladi. Ichki organlari asimmetrik joylashgan. Oʻzbekiston hududida Ilonning 20 gacha yaqin turi tarqalgan, ulardan kapcha ilon, koʻlvor ilon, dasht qora iloni, qalqontumshuq, charx ilonlari zaharli hisoblanadi. Koʻpchilik turlarining soni keskin kamayib ketmoqda. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish jamiyati ,,Qizil kitobi”ga 16 tur va kenja turi kiritilgan. Zaharli ilonlarda ba’zi bir so'lak bezlari zahar ishlab chiqaradigan bezga aylangan. Og'iz bo'shlig'i va hiqildoqdan keyin qizilo’ngach boshlanadi. Go'shtdor, cho'ziluvchan qizilo'ngach tomoqdan keyin traxeyaning ustidan o'tib, qorin bo'shlig'ining oldingi qismida oshqozonga qo'shiladi.
O’rta Osiyo kobrasi. O'zbekistondagi yirik zaharli ilonlardan biridir. Tanasining oldi qismida ko’ndalang qoramtir yo’llar bo’ladi. Tanasining uzunligi 125 sm, dumi 45 sm gacha. Rangi tana rangidan to'q sariq, qo'ng'ir yoki qora ranggacha kuchli darajada o'zgarib turadi. O'zbekistonda kobra faqat Bobotog'da, Hisor tizma tog'larining tog' oldilarida va Surxondaryo vodiysida nisbatan ko'proq uchraydi. Qarshi dashtida birmuncha kamroq, Zarafshon va Nurota tizma tog'larida esa undan ham kam uchraydi.
Sharqda uchraydigan eng so'nggi punkti — Hisor atroflaridir. Hatto Bobotog'da ham bir kunda ikkitadan ortiq ilon uchratish qiyin, odatda, ekspeditsiyalar vaqtida kamdan-kam, ya`ni bir oyda bitta kobrani uchratish mumkin. O'zbekistonda kobra quruq yon bag'irlarda, kemiruvchilar inida yashashi mumkin. Bu ilonni kapcha ilon deb ham atashadi.
2.1 8-rasm. O’rta Osiyo kobra iloni.
Dostları ilə paylaş: |