O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə29/94
tarix25.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56330
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94
O‘qituvchilarda kasbiy stress

Qiziqish

  • Xursandlik

  • Hayron bo‘lish

  • G‘azab

  • Havotir

  • Zerikish

  • Aybdorlik

  • G‘ashi kelish

  • Loqaydlik

  • Kutish

  • Ijodiy ko‘tarinkilik

    ishning borishi. Har bir ishtirokchi emotsiyalar va holatlar ro‘yxatini oladi va o‘z fikriga ko‘ra guruhning umumiy emotsional holatini trener bergan ro‘yxatdan 3 tadan 6 tagacha emotsiyalarni tanlab va darajalab chiqadi. Keyin ro‘yxatlar vaqtinchalik qoldiriladi. Shundan so‘ng trenar a4 varaqlarga yozilgan emotsiyalarni polga qo‘yadi. Birinchi ishtirokchi bir emotsiyadan ikkinchisiga har birining oldida to‘xtab o‘tib boraidi va faqatgina hozirgi paytda o‘ziga xos bo‘lgan emotsiya va holatlar tagida imzo qo‘yadi. Birinchi ishtirokchi “emotsiyalar so‘mog‘i”ning yarmisiga borgandan keyin ikkinchi ishtirokchi o‘z sayohatini boshlaydi. Barcha ishtirokchilar “so‘qmoq”ni o‘tib bo‘lgach, o‘z joylarini egallaydilar, trener esa guruhning emotsional portretini eng ko‘p imzolar to‘plagan emotsiyalar yordamida shakllantiradi. Hosil bo‘lgan emotsional portret ishtirokchilarga ma’lum qilinadi. Keyin har bir ishtirokchi o‘zlarining dastlabki bashoratlari (avvalgi etapda belgilagan emotsiyalari) va trener tomonidan olingan natijalar bilan solishtiradilar.

    muhokama.trener ishtirokchilarga navbati bilan quyidagi savollarga javob berishni taklif qiladi:



    • O‘zingizning emotsional holatingizni baholash oson bo‘ldimi?

    • Sizning bashoratingiz guruhning umumiy emotsional holati bilan qanchalik aniq keldi?

    • Baholashda sizga nima yordam berdi va nima halaqit qildi?

    • Mashqni bajarishda nima qiyin bo‘ldi?

    • Nima qiyinroq bo‘ldi – o‘z holatingizni baholashmi yoki guruhning emotsional fonini baholashmi? Nima uchun?

    ishtirokchilar atrofdagilarning holatini baholash qanchalik muhim ekanligini muhokama qiladilar; buni hayotda amalga oshirish qanchalik oson kechishini; aniq ko‘ra bilish uchun nima halaqit qilishiyu nima yordam berishini muhokama qiladilar.


    1. emotsiya va hissiyotlar. O‘z emotsiyalarni qanday jilovlash kerak?” Mini-ma’ruza

    inson hayotida emotsiyalarning roliga ahamiyatsiz qoldirish noto‘g‘ri. Bizning ijtimoiy-madaniy rolimizga ko‘ra (ona, ota, farzand, rahbar, xodim) odamlar bizdan u yoki bu xulq-atvorni va ma’lum emotsional reaksiyalarni namoyon qilishimizni ( yoki aksincha, namoyon qilmasligimizni) kutishadi. Va biz bu kutishlarni oqlashga harakat qilamiz – o‘zimizga qabul qilgan rolimizga binoan emotsional holatlarni namoyon qilishga harakat kilamiz. Emotsiyalarni bostirish to‘g‘ridan to‘g‘ri depressiyaga yo‘l, shaxsnnng psixologik salomatlgi buzilishi sabablaridan biri, somatik muammolarning paydo bo‘lishidir. 1985 yilda klinik fiziolog ruven bar-on birinchi bor eq — emotional quotinent, aqliy koeffitsientga o‘xshash emotsionallik koeffitsientini kiritdi. 1990 yilda piter salovsy va djek mayer «emotsional intellekt» maqolasini chop etdnlar va shu terminni kiritdilar. Ulariing fikricha, emotsional intellekt — bu o‘zining va o‘zgalarning emotsiyalarini tushunish va shu orqali ularni turli hayotiy vaziyatlarda va boshqa odamlar bilan munosabatlarda boshqara olshpdir. Emotsional intellekt tushunchasi inson — o‘z emotsiyalarining xo‘jayini, ularni anglaydi va boshqaradi, istalmagai emotsiyalarni bostirmaydi, balki u yoki bu emotsiyalarni namoyon qilish-qilmaslikni o‘zi hal qiladi va o‘zi ruhsat beradi, degan ma’noga ega. Emotsional intellekt o‘z emotsiyalarini tushunishdan boshlanadi, va faqatgina o‘z emotsialarimizni anglabgina qolmay, o‘zgalarning emotsiyalarini va ularni chaqirgan sabablarini tushunishga o‘rganishimiz mumkin. «odam-odam» sohasida faoliyat yurituvchilar uchun emotsional intellekt ayniqsa muhim, chunki u o‘z emotsiyalarini boshqarshpga yordam beradi va kuchli salbiy emotsiyalarni his qilayotgan xodimlar/o‘quvchilar bilan samarali munosabat o‘rnatishga imkon beradi.




    1. uyat bilan o‘yinlar” mashqi

    Maqsad. O‘z emotsiyalarini tushunish va tahlil qilish malakalarini rivojlantirish; ba’zi negativ emotsiyalar asosida yotuvchi irratsional ustanovkalarni aniqlash; o‘zgalarning emotsiyalarani qabul qilish.


    Yüklə 0,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin