O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə41/94
tarix25.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56330
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94
O‘qituvchilarda kasbiy stress

2-sessiya. Asosiy qism


  1. chigilni yechish” mashqi

Qatnashchilar doira shaklida turadilar.

Yo‘riqnoma: «kelinglar, bir-birimizga yaqinroq turib olamiz, kichikroq doira hosil qilib, barchamiz qo‘llarimizni doira o‘rtasiga cho‘zamiz. Mening ishoram bilan hammamiz bir vaqtda qo‘llarimizni ushlaymiz. Shunday ushlashimiz kerakki, har birimizni qo‘limiz orasida yana kimnidir qo‘llari bo‘lishi kerak. Shuning uchun yonimizdagi kishi qo‘lini emas, keyingi qarshimizdagi odamnikini ushlashga harakat qilaylik. Ikkala qo‘lingiz bilan bir odamning ikkala qo‘lini ushlamang — bir qo‘lingiz bilan bir ishtirokchining, ikkinchi qo‘lingiz bilan esa ikkinchi ishtirokchining qo‘lini ushlang. Shunday qilib boshlaymiz. Bir, ikki, uch».

Shundan so‘ng trener barcha qo‘llar bir-birini ushlashganiga ishonch hosil qilganidan so‘ng, guruh qatnashchilariga qo‘llarini qo‘yib yubormay, mashqni boshlash, ya’ni «chigalni yozishni» taklif qiladi. Trener ham bevosita mashqda qatnashadi, ammo bu paytda turli echimlar taklif etmaydi. Mashq bajarish davomida, guruhda mashqni echish qiyinligi yoki mumkin emasligi to‘g‘risida turli fikrlar aytiladi. Bunday paytda trener xotirjamlik bilan, bu hal qilinishi mumkin bo‘lgan vazifa ekanligini, chigal echilishi mumkinligini ta’kidlashi kerak. Mashq uch variantning biror ko‘rinishida ijro etilishi mumkin.

Guruhning barcha qatnashchilari bir doira ichida turadilar. Bu paytda kimdir orqasiga, yana kimdir yoniga qarab turishi mumkin, asosiysi doira holati saqlanib qolishi kerak.

Agar guruh katta bo‘lsa, unda ikki yoki undan ortiq mustaqil

Doiralar tashkil qilinishi mumkin.

Guruh qatnashchilari zanjir bo‘lib, bir-birlariga bog‘lanib doira hosil qiladilar. Bu mashqni bajarish uchun guruh qatnashchilariga vaqtni 3-5 minutdan 15 minutgacha belgilash mumkin. Ba’zan guruhlar zanjirni echishdan bosh tortishlari mumkin.

Mashq yakunlangandan so‘ng, guruhga bunday savollar bilan murojaat qilinadi: «mashqni bajarishga nima yordam berdi?», yoki «mashqni tezroq bajarish uchun yana nima qilsa bo‘lardi?». «bu mashqni tezroq bajarish uchun nima xalaqit berdi?». Bizning nazarimizda bunday savollar berish maqsadga muvofiqdir. Odatda ishtirokchilar, o‘yin muxokamasida shunday fikrga keladilar: «bunday mashqni muvaffaqiyatli hal etish uchun hamkorlik, bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, barcha o‘zini erkin his etishi, barcha kishini fikrlarini inobatga olish va mashq jarayonini diqqat bilan kuzatib borish kerak ekan». Bu mashq guruhni biriktirishga, shuningdek og‘ir kechgan kunni maroqli yakunlash imkonini beradi. Mashqni ehtiyotkorlik bilan bajarish talab qilinadi, chunki u ishtirokchilar orasida jismoniy bog‘lanishni taqozo etadi. Agar trener o‘yin davomida biror qatnashchining toliqqanini sezsa, uni o‘yindan ozod qilishi mumkin.




  1. lider va farosat” mashqi


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin