Stress alomatlari
Amaliy nuqtai nazardan stress nima? Buni tushunish uchun stressning asosiy alomatlarini ko’rib chiqamiz:
Doimiy bezovtalik, tushkun holatda yurish, ba’zida bu holatlar hech qanday sabablarsiz yuzaga keladi.
Yomon, notinch uyqu.
Depressiya, jismoniy zaiflik, bosh og’rig’i, charchoq, biron narsa qilish yoqmasligi.
Diqqatni kamayishi, bu o’qish yoki ishlashni qiyinlashtiradi. Xotiradagi muammolar va fikrlash jarayonining sekinlashishi.
Dam olish, ish va muammolarni bir chetga surib qo’ya olmaslik.
Boshqalarga, hatto eng yaxshi do’stlarga, oila va yaqin kishilarga qiziqishning yo’qligi.
Doimiy paydo bo’ladigan yig’lash, ko’z yosh to’kish, xafagarchilik, umidsizlik, o’z-o’ziga achinish hissi.
Ishtahaning pasayishi — ba’zida esa aksincha: oziq-ovqatni ortiqcha yeb yuborish.
Ko’pincha asabiy odatlar rivojlanadi: kishi labini tishlaydi, tirnoqlarini tishlaydi va hokazo.
Kishida befarqlik, odamlarga ishonchsizlik paydo bo’ladi.
Agar siz stress holatda bo’lsangiz, bu bir narsa demakdir: sizning organizmingiz qandaydir tashqi ta’sirga javob reaktsiyasini qaytardi.
Stress turlari
Ba’zi holatlarda «stress» ning ta’rifi qo’zg’atuvchining o’ziga tegishlidir. Masalan, jismoniy — bu kuchli sovuq yoki chidab bo’lmaydigan issiqlik, atmosfera bosimining pasayishi yoki oshishi.
Kimyoviy stress tushunchasi ostida barcha toksik moddalarning ta’siri tushuniladi.
Ruhiy stress o’ta salbiy yoki ijobiy his-tuyg’ular natijasi bo’lishi mumkin.
Jarohatlar, virusli kasalliklar, mushaklarning ortiqcha yuklanishi — biologik stressdir.
Natijasiga qarab psixologiyada quyidagi turdagi stresslar ajratiladi:
Dostları ilə paylaş: |