Trening qoidalari: Bir-birini eshitishni bilish – bu so‘zlayotgan odamga qarab turish va uning gaplarini bo‘lmaslik, demakdir. Gapirishini tugatgach, keyingi so‘z olgan odam qisqacha avvalgi ishtirokchi gaplarini takrorlashi va keyin o‘z fikrlarini bildirishga kirishishi maqsadga muvofiq. Kimdir gapirayotganda qolganlar jimlik saqlaydi.
Aynan mavzuga oid gapirish –ba’zida ishtirokchilar muhokama qilinayotgan mavzudan chetlashib ketadilar. Ishtirokchilarni to‘xtatib qo‘ymaslik kerak, balki quyidagicha savol bilan murojaat qilish zarur: «uzr, men unchalik tushunmapman, sizning gaplaringiz bizning mavzu bilan qanchalik bog‘liq? Nimani nazarda tutayotganligingizni tushuntirib berolmaysizmi?»