2. “ismlar – fazilatlar” tanishuv mashqi:
tanishuv quyidagi tarzda o‘tkazilishi mumkin: trener ishtirokchilarga o‘zini, faoliyatini, bugungi trening maqsadini tanishtiradi. Shundan so‘ng «ismlar — fazilatlar» mashqi orqali trening ishtirokchilari bir-birlari bilan tanishishadi.
Bu o‘yin guruh ishtirokchilarining kayfiyatini ko‘tarish, ishtirokchilar o‘zlarini erkin his qilishlari uchun tashkil qilinadi.
Har bir ishtirokchi biron-bir ismning birinchi harfi bilan boshlanadigan shaxsning ijobiy xarakter xususiyati, kishi fazilati nomini aytish lozim (masalan, rashid - rostgo‘ylik, murod — mardlik va hokazo).
Dostları ilə paylaş: |