O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə66/94
tarix25.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56330
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   94
O‘qituvchilarda kasbiy stress

Davomiyligi: 1 soat 20 daqiqa

Reja:



Trening mazmuni

Davomiyligi

O‘quv vositalari

Mashq maqsadi

1-sessiya kirish qismi



Videorolik

15 daq.

Kompyuter, videoproektor, kalonka

To’g’ri maqsad qo’ya olish va uzoq hamda qisqa muddatli maqsadlar haqida to’liq ma’lumot olishlari va to’g’ri maqsad qo’ya olish ko’nikmasini shakllantirish



“orqama-orqa” mashqi

10 daq.

Talab qilinmaydi

Kayfiyatni ko’tarish va ishtirokchilarda emotsional barqarorliklarini taminlashga erishish



“g‘aram, tepalik, so‘qmoq” mashqi

10 daq.

Talab qilinmaydi

Qayta aloqa. Guruhda ishchanlik vaziyatini hosil qilish

2-sessiya asosiy qism



“maqsadga erishish"

treningi


20 daq.

Talab etilmaydi

Ishtirokchilarning o’z maqsadlarini aniqlash va maqsadlariga erishishlariga bo’lgan ishonchlarining ortishiga erishish



“nima? Kim? Qanday? Qayerda? Qachon?” Refleksiv muolajasi treningi

15 daq.

Ruchka, daftar

Yaqin kelajak rejalarini aniqlashga va «xayotiy dastur»ni tuzishga o‘rgatish

3-sessiya xulosa qismi



Qayta aloqa

10 daq.

Barcha ishtirokchilarga qog‘oz-ruchka, flipp-chart.

Kunning sarhisobini qilish

Jami: 1 soat 20 daqiqa

Trening borishi.
1-sessiya kirish qismi

  1. Videorolik:


Maqsadga eltuvchi 5 asosiy qoida

Hayotimizdagi deyarli barcha narsalar bizning maqsadlarimiz atrofida shakllanadi. Maqsadlar bizni kelajakka yetaklaydi. Lekin ko’p holatlarda biz maqsadlarga erishishda omadsizlikka uchraymiz. Buning asosiy sababi esa, odamzot unutishga va asosiy maqsaddan osongina chalg’ib ketishga moyil bo’ladi. Xo’sh, unda maqsadlarni amalga oshirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? Ushbu maqolada sizga maqsaddan chetlab ketib qolmaslik uchun e’tibor berish kerak bo’lgan 5 ta xatti-harakat haqida ma’lumot bermoqchimiz. Yaxshilab o’qib, yon daftarchangizga qayd etib qo’yishingiz mumkin.

1. Maqsadning asosiy hayot senariysiga mosligi.

Oldinga maqsad qo’yishdan avval, e’tibor berish lozim bo’lgan eng muhim jihat bu – maqsadning umumiy hayotiy falsafangizga mosligini aniqlab olish lozim. Ya’ni, bugungi siz erishmoqchi bo’lgan rejangiz sizning uzoq hayotingizda qanday o’rin tutadi, u sizga haqiqatdan ham kerakmi? Masalan, agar siz professional musiqachi bo’lmoqchi bo’lsangiz va kelajakdagi butun hayotingizni aynan shu sohada tasavvur qilsangiz, oliy matematikaning “ehtimollar nazariyasi” bo’limini o’rganib chiqishni hozircha ortga surib turganingiz ma’qul.

Maqsad qo’yish (goal setting) – hayot yo’lingiz bo’ylab sayohat qilishning bir qismi bo’lishi lozim.

2. Maqsaga erishish uchun kerak bo’ladigan eng mayda detallarni ham yon daftarchaga yozib oling.

Biror narsaga erishish uchun avval o’sha narsani nima ekanligini aniqlab olish kerak. Yaxshilab o’ylab ko’rib, maqsadlaringizni qog’ozga yozib chiqing. Barchasini. Hatto juda qiyin, amalga oshirish imkonsizdek tuyulganlarini ham. Keyin, shu maqsadlarga erishish uchun kundalik hayotingizda qanday o’zgarishlar, yangiliklar qilishingiz lozimligi haqida yaxshilab o’ylab chiqing.

Eng muhimi esa, bu qog’ozni stol tortmasiga solib qo’yib unutib yuborish emas, doimiy ravishda ko’rib chiqib, yodda tutish lozim.

3. Maqsadga erishishga halal beradigan narsalarni minimal darajada kamaytirish.

Sizni yo’ldan chalg’itishi mumkin bo’lgan narsalarni chetlab o’tish lozim. Bu oila a’zolaringiz, ijtimoiy tarmoq yoki turli video o’yinlar bo’lishi mumkin. Qat’iy reja tuzib, uni buzmaslikka harakat qiling. Ko’p holatlarda bunday rejalarni nazoratchilarsiz amalga oshirish qiyin bo’ladi, lekin agar siz chin dildan istasangiz bu butunlay imkonsiz ish emas.

Maqsadga erishish asosan o’z-o’zini yengib o’tishdan iborat.

4. Ertaroq uyg’oning.

Agar muvaffaqiyatga erishgan jahon miqyosidagi tadbirkor, ishbilarmonlar hayotiga qaraydigan bo’lsak, ularni bir jihat bog’lab turadi: ularning ko’pchiligi o’z kunini juda erta boshlaydilar. Erta uyg’onish ish vaqtingizni bir necha soatga uzaytirishdan tashqari, turli xil chalg’ituvchi tashqi ta’sirlarni ham (bolalar, turli yangiliklar, tv programmalar) chetlab o’tishga yordam beradi.

Albatta, erta uyg’onish osongina amalga oshiriladigan ish emas, u odatda sabr, tayyorgarlik hamda ruhiy hotirjamlik orqali qo’lga kiritiladi.

5. Sizga yordam bera oladigan odamlarni toping.

Siz qanchalik harakat qilmang, agar maqsadga bir o’zim erisha olaman desangiz qattiq adashasiz. Kimdir sizga bevosita yordam berishi juda zarur emas, lekin maqsadga erishish uchun siz o’zingizga omadli, katta muvaffaqiyatlarga erishgan insonlarni tanlab olib, o’z motivatsiyangizni oshirish uchun foydalansangiz bo’ladi. Misol uchun, yaxshi mentor sizga og’ir vazifani oson yo’lini o’rgatishda amaliy yordam bersa, atrofingizda sizni qo’llab-quvvatlab turuvchi shaxsning bo’lishi qo’shimcha ishtiyoq bilan harakat qilishga undaydi.

Hozir o’zingiz turgan joy va ertaga erishmoqchi bo’lgan maqsadingiz o’rtasida ko’prik vazifasini bajara oladigan odamlar bilan birga bo’ling.



  1. orqama-orqa” mashqi

Ishtirokchilar xona bo‘ylab harakat qiladilar. Boshlovchi tana a’zolaridan birining nomini aytadi, masalan, «orqa» deydi. Shunda ishtirokchilar o‘zlariga juft topib, bir-biriga suyanishlari kerak. O‘ziga sherik topa olmagan ishtirokchi esa o‘rtaga chiqadi va o‘yinni davom ettirish uchun boshqa tana a’zolarining nomini aytadi (masalan qo‘l, oyoq, bosh barmoqlar, elka va hokazo).


  1. g‘aram, tepalik, so‘qmoq” mashqi

Ishtirokchilar 6-10 kishilik guruhga bo‘linadilar. Har bir guruh a’zolari bir-birlarining qo‘llaridan ushlab, davra quradilar. O‘yin ishtirokchilarning o‘ng tomonga qarab aylanishi bilan boshlanadi. Boshlovchi tomonidan «so‘qmoq» deyilganda ishtirokchilar bir qator bo‘lib o‘tirib olishlari kerak. 'G‘aram» deyilganda har bir guruh 2 kichik guruhga bo‘linadi va bir-biriga yuzma-yuz bo‘lib, qo‘llarini birlashtirib yuqoriga ko‘taradilar. «tepalik» deyilganda esa, ishtirokchilar yana bir qator bo‘ladilar, biroq bunda guruhdagi bir ishtirokchi tursa, ikkinchisi o‘tirib oladi, natijada tepaliklar ko‘rinishini aks ettiradilar. Vazifani boshqalardan oldin va yaxshi bajargan guruhga 1 ball beriladi. Shunday qilib eng ko‘p ball jamg‘argan g‘olib deb topiladi.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin