O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə80/94
tarix25.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56330
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   94
O‘qituvchilarda kasbiy stress

2-sessiya asosiy qism



“hayot yo’li obrazi” mashqi

10 daq.

Vatman varog’i

Ishtirokchilarda hayotiy maqsadlarni anglash, qayta tilash orqali inqirozli vaziyatlarda ruhiy bardoshlilik ko’nikmasini rivojlantirish



«orzular kollaji» mashqi

20 daq.

Mashina, uy, maishiy texnikalardan iborat har xil rasmlar

Ishtirokchilarning orzularini vizual tasavvurga ega bo’lishiga yordam beradi.



“bu narsa o‘zi emas, u boshqa narsa” mashqi

5 daq.

Talab etilmaydi

Ijodkorona fikrlashni rivojlantirish va biror jarayonni ijro etish (aktyorlik) mahoratini shakllantirish.

3-sessiya xulosa qismi



Qayta aloqa

10 daq.

Barcha ishtirokchilarga qog‘oz-ruchka, flipp-chart.

Kunning sarhisobini qilish

Jami: 1 soat 20 daqiqa

Trening borishi.
1-sessiya kirish qismi

  1. Videorolik:

Dunyo bugungacha ko‘rgan katta yutuqlar avval bir orzu-xayol edi. Eng bahaybat chinorlar ham avval kichik bir qalamcha, eng katta qushlar esa oddiy tuxumlar bo‘lgan. Jeyms allen

Kelajak orzularingiz – yolg‘iz qolganingizda mudom o‘ylaydigan, boshqalarga aytolmaydigan va doim shakllanib, takomillashib boruvchi xayollaringizdir. Bu hayotda hamma orzularga erishi shingiz shart emas. Gapim sizga g‘alati tuyilishi mumkin. Chunki juda ko‘p marotaba «orzularingga erish va baxtli bo‘l», degan gaplarni eshitgansiz. Aslida unday emas. Hamma orzularga erishish ham hayotingizni zerikarli qilib qo‘yadi. Yashash zavqini yo‘qotgach, ko‘ngilni xush qilishga ermak vositalar qidira boshlaysiz. Har bir inson hayoti davomida qiyinchiliklar bilan pishib boradi. Chunki umrimiz turli sinovlarga to‘la. Orzular esa umr yo‘limizdagi qorong‘i joylarni yoritib turadi. Agar hech qanday orzuyingiz bo‘lmasa, zulmat ichida qolib o‘zingizni yo‘qotib qo‘yishingiz mumkin. Orzularni osmoningizdagi yulduzlar deb biling. Yulduzlarni qo‘lingiz bilan tutolmaysiz, ammo ular tunlari yo‘lchi yulduz vazifasini o‘tab, hayotingizni yoritib turadi. O‘qituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan kelajakda kim bo‘lmoqchi ekanliklari haqida so‘radi va har kimni orzusiga qarab baholashini aytdi.

– nodira, sen katta bo‘lganingda kim bo‘lmoqchisan?

– men shifokor bo‘lib, bolalarni davolamoqchiman.

– senga besh baho. Sardor, sen qaysi kasbni tanlading?

– men bankir bo‘lmoqchiman. Ko‘p pulim bo‘lishini xohlayman.

– yaxshi. Senga to‘rt baho. Sherzod, sen kim bo‘lmoqchisan katta bo‘lganingda?

– men katta-katta zavod-fabrikalarning egasi bo‘lib, ming-minglab odamlarni ish bilan ta’minlamoqchiman. Ko‘p turli narsalar ishlab chiqarib, butun dunyoga sotmoqchiman. Sinfdagi bolalar kulishibdi. O‘qituvchi esa:

– senga uch baho. Dars tugaguncha, tuzukroq kasbni orzu qilolsang, senga ham besh baho qo‘yaman, – debdi.

Dars tugashiga oz qolganda, sherzod o‘qituvchiga debdi:

– ustoz, mayli, menga uch baho qo‘yavering. Men orzuyimdan voz kechmayman.

O‘qituvchi tabassum bilan javob beribdi:

– sherzod, orzuyingdan hech qachon voz kechma, va albatta, unga erishgin. Men sening qat’iyatingni sinagan edim. Bahoying besh!

Orzularingizni chegaralamang. Aksincha, ularni turli xayollar bilan boyiting. Har bir insonning

Orzulari uning saviyasini belgilaydi. Orzularingizning baland va kattaligi kelajakka nisbatan munosabatingiz va dunyoqarashingiz kengligiga bog‘liqdir.

Uzoq yaylovlarda qo‘ylarini o‘tlatib yurgan cho‘pondan so‘rashibdi: «pulingiz ko‘p bo‘lsa nima qilardingiz?»

Cho‘pon aytibdi: «barra ko‘k piyoz bilan issiq shirmoy non yerdim».

Yonidagi boshqa bir cho‘pondan ayni savolni so‘rashibdi. Cho‘pon: «bu do‘stim aytganidan yaxshiroq yana nima bor?!» degan ekan. Ba’zan katta-katta orzular qilish uchun ikkilanishingiz va hatto cho‘chishingiz mumkin. Siz o‘z kuch-quvvatingizni qo‘rquv va xavotirlarga emas, orzularingizni ro‘yobga chiqarish va ularni amalga oshirish uchun sarflang, yana va ana o‘z ustingizda ishlang. Bilim va qobiliyatlaringizni shakllantiring. Hayot haqida tajriba ortiring. Unutmang, orzularingiz hayotdagi maqsadlaringiz emas. Maqsadlarga erishish shart. Orzular esa hayotingizning bir yerida doim nur sochib tursin! Orzu qilishda birgina qoida bor: u ham bo‘lsa faqatgina sizning ishonchingizdir. Orzularingiz haqida boshqalarga – oila a’zolaringizga, yaqin do‘stingizga ham aytganingizda ular kulishi mumkin. Ahamiyat bermang, o‘z orzularingizga ishoning. Inson qanchalik orzu qilar ekan, shuncha vaqt yashaydi. Orzu qilish to‘xtaganda, hayotda vaqt to‘xtab, uning mazmuni va ma’nosi yo‘qoladi.




  1. qo‘lqop va saqich estafedasi” mashqi

Maqsad: ishtirokchilarda quvnoq kayfiyatni paydo qilish hamda jamoaviylikni shakllantirish, jamoa bo‘lib bir maqsad yo‘lida ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin