O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/127
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#176034
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   127
ta’limiy-tarbiyaviy
faoliyati aks ettirilib, hafta mavzusi
davr ko‘rsatiladi. Ertalabki doirada bolalar bilan olib boriladigan qabul, suhbat, o‘yinlar, ertalabki 
badan tarbiya kompleksining tartib raqami kiritiladi.
Markazlardagi faoliyatlarga o‘zgartirish kiritilgan taqdirda, 
o‘sha markaz nomi va 
mavzu, unga kerakli jihozlar yoziladi. Markazlardagi faoliyatlar o‘zgarmagan holatlarda bu joy 
bo‘sh qoladi. 


46 
Umumiy guruh bo‘lib ishlash
– bu frontal mashg‘ulot bo‘lib, unga nutq o‘stirish, 
matematika, savodga o‘rgatish, rus va o‘zbek tillari, ingliz tili, jismoniy tarbiya hamda musiqa 
mashg‘ulotlari kiradi. Tarbiyachi tomonidan mutaxassislar bilan kelishgan holda ushbu frontal 
mashg‘ulotlarni o‘tish vaqti belgilanadi va rahbariyat tomonidan tasdiqlanadi.
Yosh tarbiyachilarga frontal mashg‘ulotlarni to‘liq ochib yozish, tajribaga ega bo‘lgan 
tarbiyachilarga esa frontal mashg‘ulotlarni tezis sifatida yoritib berish mumkin. Frontal 
mashg‘ulotni yozish daftari rahbariyat tomonidan tasdiqlanadi va nazoratga olinadi.
Ish jurnalining 
sayr
bo‘limi 5 qismdan iborat. Bu qismlarda tarbiyachi eng avvalo 
kuzatilayotgan ob’ektni yoritishi, ob’ektga mos bo‘lgan mehnat turini, harakatli o‘yin, ixtiyoriy 
o‘yinlarni rejalashtiradi. Tarbiyachi bolalarni ixtiyoriy o‘yinga jalb qilgan vaqtda, asosiy harakat 
turlarini mustahkamlashga muhtoj bo‘lgan bolalar bilan ishlaydi va ularda sakrash, yugurish, 
tirmashib chiqish, uloqtirish, irg‘itish, turli usullarda yurish va boshqa harakatlar bo‘yicha olgan 
malakalarini mustahkamlaydi.
Ish jurnalidagi 
kunning ikkinchi 
bo‘limi bolalar bilan yakka ishlash, badiiy adabiyotlar, 
o‘yin va faoliyatlar qismlariga bo‘lingan bo‘lib, unda tarbiyachi bola bilan qaysi mavzuda yakka 
ishlashini, o‘qib beriladigan, sahnalashtiriladigan, hikoya qilib beriladigan, yod olinadigan asarlar 
nomini, syujetli-qoidali, ta’limiy, stol ustida o‘ynaladigan, rivojlantiruvchi o‘yinlar, tug‘ilgan 
kunlar, uchrashuvlar, qo‘g‘irchoq teatrlari, to‘garaklar va boshqa ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatlar 
rejalashtiriladi. 
Kechki sayrda
esa tarbiyachi kuzatish, ixtiyoriy o‘yinlar, ota-onalar bilan suhbat qismlarini 
rejalashtiradi. Jurnalning davomida 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin